O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI
IV-BOSQICH 12-19-SIRTQI TA`LIM TALABASI
RAXMONOVA FOTIMANING
“Pedogogika va psixologiya” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Raxmonova F
Qabul qildi: Djasanova Y
QARSHI – 2021
5-Mustaqil ish
1-mavzu: Kasb va shaxs psixologiyasi.
Reja:
1. Shaxs haqida tushuncha
2. Shaxs psixologiyasi
3. Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan.
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart.
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yo`nalish va sotsiogenetik yo`nalish. Biogenetik yo`nalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb, tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs bo`lib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan.
Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular o`zlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon bo`ladigan faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning fikricha, yangi tug`ilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bo`lganda maymunning odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bo`lib yashagan qadimgi odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. Kichik maktab yoshida esa o`rtaasrlar davrini eslatadi. YUqoridagi nazariyalar uchta omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi ta`sirini tushuntirib bera olmadilar. Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda ta`sir etadi.
Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi ko`rinish, irsiy kasalliklar va layoqatlar utadi.
Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bo`lib, bola tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bo`lib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan turli ijtimoiy munosabatlarni o`zining faoliyati orqali singdirib, o`z fe`l - atvoriga aylantirib boradi. Bolalarning hammasi o`yin faoliyati bilan shug`ullanadi. O`yin bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid qilish orqali o`ynaydi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta`siri kuchli. Masalan, yangi tug`ilgan bolani hayvonlar orasiga qo`shib qo`yilsa xatti - harakatlari hayvonlarnikiga o`xshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bog`liq.
Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq , ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”,
Shaxsning psixologik xarakteristikasi, psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko‘plab fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o‘rganadi. O‘z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo‘llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo‘luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o‘rganadi. Psixologiya fani odamni ta’riflashda ko‘plab tushunchalar qo‘llaniladi. Shu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo‘llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir.
«Individ» tushunchalar kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, akli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vaqilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo‘lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxs ga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o‘zlashtrishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‘lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‘zlashtiradi, o‘zi uchun o‘zgartiradi-bu jarayon davomida o‘zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o‘zi hayot uchun yo‘l tanlashida, bu yo‘lni egallashida. Hayotda o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‘quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Shaxsning faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‘atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‘rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.
Inson shaxsning xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o‘xshashlarning yigindisiga bog‘liq. Bularning hammasini birga qo‘shib, mujassamlashtirsak ikita bir xil odam bo‘lmagan va bo‘lmaydi.
Har bir odam o‘ziga mansub bo‘lgan sinf millatiga xos. Ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni takrorlanmas individuallikga aylantiradi. Olamda bir xil kishi yo‘q. Individullaik kishining o‘ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirigan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisobalanadi, xolos.
Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‘qishda, ishda, davrada) bo‘ladi. Har bir guruhda o‘ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o‘xshamaydigan rollarni o‘ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‘pincha odam turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-qarshi ko‘ringan xususiyatlarning namoyon bo‘lishida umumiylik bor. Ana shu shaxs sifatlarning bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatadi.
Shaxsning psixologik ko‘rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‘zini tutishi o‘zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma’lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxs xislatlarining bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o‘rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli «shaxs tillari»ning ajratishga, ularni o‘rganishga olib keladi. Shaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni ma’lum toifalarga birlashtirishga to‘g‘ri keladi.
Nazariyalar orasida shaxsda ikkita qism, ikkita omilni ajratuvchi yo‘nalishlar ko‘rinarli o‘rin egallagan. Ular shaxs tuzilida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko‘rsatadilar.
Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lishi bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo ikki faktorni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi.
Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi, ammo lekin bir sharoitda tarbiyalangan ikki bola ikkki xil bo‘ladi. Chunki ularning tabiiy qobiliyatlari turlicha bo‘ladi. Demak shaxsning shakllanishiga sotsial omillardan tashqari biologik faktorlar ham ta’sir qiladi. Bu ikki narsa bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik kontseptsialarini nomini olgandir. Biogenetik kontseptsiya inson shaxsning rivojlanishi biologik, asosan rasmiy omillar bilan belgilanishga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojalanishi ichki sabab natijasida (o‘z-o‘zidan) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir. Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy taasurotlarning ro‘y berishdagi ba’zi bir xususiyatlarga harakat sur‘atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarining muayyan kompleksiga ham moyil (birovlardan jinoyat qilishga boshqalarga ma’muriyatlik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazi) bo‘ladi. Kishida guyo uning psixik holati shakllargagina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan psixik rivojalanish bosqichlari va ularning ro‘y berish tartibi oldindan belgilab qo‘yilgan emish.
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak- atrofdagi ijtimoiy mohiyatning bevosita ta’sir natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblanadi. Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiya kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligini hisobga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudodga xos sust rol uynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarga bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi. Shaxsning rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarga aniqlanadi.
Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi jamiyatda ro‘y beradi. Individning shaxs bo‘lishi yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo‘lish kabi ehtiyoji aynan jamoda to‘laqonli qondiriladi.
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazish tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo‘yilan maqsadlarda muvofiq tarzda yo‘naltirib boradi va uyushtiradi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojalnib keldi. Buning natijasida ko‘plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‘arb mamlakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‘xtalib o‘tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
Shaxs an‘anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.Shtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs, E.Fromm va boshqalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‘nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo‘lgan:
Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), postfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanistik psixologiya, interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
An’anaviy nazariyalar. Shaxs haqidagi an‘anaviy nazariyalar orasida freydizm alohida o‘ringa ega. E Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan bog‘liq bo‘lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ruy bo‘rgan va uning psixika (ruhiyati)da yoki rivojalanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan voqealar degan xulosaga keldi, bu ta’sirlar ko‘pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvoriga ta’sir qilishda davom etadilar, ba’zida xulq-atvor buzilishiga olib keladilar. E.Freyd turli psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong osti (ong oldi) va ong.
Ongsizlik-instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida ayniqsa, jamiyat tomonidan ta’qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo‘lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o‘rin tutadi.
Ong oldi-uning mazmunini kishi qiynalmay anglaydi.
Ong-ijtimoiy me‘yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.
K.Yung va uning psixologik qarashlari. Karl Gustav Yung (1875-1961) Shveytsariyalik psixiatr, psixolog. Z.Freydning yakin safdoshlaridan biri. U.Z.Freydning izidan borib, inson psixikasida «ong» va «ongsizlik» darajalarini ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual, b) kollektiv (jamoa) – uning asosini oldingi avlodlar tashkil qiladi. Bular asosan instinktlar, mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.
Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug‘ma ehtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko‘rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.Yung kishilarning psixik yo‘nalaganligi asosida ularni ikki guruhga bo‘ladi: introvertlar va estrovertlar.
Introvertlar–xulq–atvor sabablarini o‘zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchoq, o‘z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil boshqalarga ko‘p qo‘shilishga intilmaydilar. Ekstrovertlar tashqi olamga yo‘nalgan. Ular impulsiv tashabbuskor, dilkash guruhga va jaoaga tez moslashuvchan.
2-mavzu: Kasbiy qobiliyatlarni shakllantirish.
Reja:
2.1. Kasbiy qobiliyat
2.2. Kasbiy qobiliyatni aniqlash
2.3. Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar.
Boshqarish qobiliyatini aniqlanishi - bu boshqara olish,rahbarlik qila olish bilan bog‘liqdir. Boshqara olishga xos testlar insonni shaxsiy xarakterini va rahbarlik, tashkilotchilik qila olishiga xos imkoniyatlami sinab oladi. Vaholanki boshqaruvchi - bu lavozimli shaxs bo‘lib, bu lavozimga tayinlanadi va boshqarishga huquqi bo‘lgan javobgar shaxs hisoblanadi. Shuning uchun ham bu shaxs boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi va quyidagi jarayonlarda ko‘rinadi:
-Mustaqil ravishda qaror qabul qila olish;
-Tahlil qila olishlik qobiliyati, bu esa uni kelajakni ko‘ra olishga xizmat qiladi.
-Ishbilarmonlik qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘z maqsadlarini egal- lashga, o‘ziga xos qaytarilmas g‘oyalarga va bir xil bo‘lgan qarorlarni qabul qila olishlik, ulami tavakkal qilish bilan bog‘liqligi va bu ta- vakkallami boshqara olishlik.
-rivojlangan intellekt, rivojlangan intuitsiyaga, ijod qilishga qobiliyati bo‘lishi.
Bulardan tashqari boshqaruvchi tashkilotehilik, kirishuvchanlik, muloqot qila olishlik, ilmiy - texnik, pedagogik, matematik qobil- iyatlarga ega bo‘lishi zarur. Boshqaruvchida shunga mos malaka, tayyorgarlik, ishlab chiqishdagi va kasbdagi malaka, shuningdek shaxsning ma’lum bir yo‘nalishi va individual - psixologik xususiyatlari ham bo‘lishi zarur.
Boshqaruv faoliyati amaliyotida odamlami ishontira olishlik, ay- niqsa katta sonli odamlarini ishontira olishlik qobiliyati ham bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Boshqarish qobiliyatiga qaratilgan testlar bu insonni boshqara olish qobiliyatini shaxsiy xarakterlaridan kelib chiqqan holda va rah- barlik, tashkilotehilik ishiga intilishlarini ko‘rsatib beradi. Buning uchun esa insonga katta malaka, bilim va ko‘nikmalar kerak bo‘ladi. Bu boshqarish kasbning “inson - inson” ko‘rinishiga tegishli bo‘lib, boshqaruvchidan o‘zigaxos ko‘p talablami qo‘yadi. Bu har xil da- rajadagi rahbarlar, ya’ni boshqaruvchi, master, kadrlar bilan bog‘liq rahbarlar va shu kabilarga xosdir.
Ijodiy imkoniyatlami baholash: Ijodiy imkoniyatlami diagnostika qilsh:
Ijodiy imkoniyatlami baholash - inson rivojlanishidagi muhim davr hisoblanadi. Muhim ilmiy muammolami, nazariyalami yechish, kashf qilish va ixtiro qilish, badiiy asarlami yaratish -bu inson ijodiy faoli- yatining natijasidir. Insonlami individual xususiyatlari ko‘pgina kasblar uchun ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘ladi. 0‘zi egallagan kasb sohasida natijali ishtirok etish uchun ularga ijodiy yondo- shish zamr bo‘ladi.
Ijod - bu eng awalo ruhlantiruvchi mehnat, insondan kuchli jismoniy va ma’naviy kuch sarf qilishni talab qiladigan jarayondir. Ma’lumki har qanday inson ijodkorbo‘lishi yoki mehnatkash bo‘lishi qiyin, chunki bu juda murakkab jarayon bo‘lib, insonni butun bir holda egallab olib uni fikrlarini, vaqtini va boshqa jarayonlarni boshqaradi. “Ijodiy tafakkur”, “ ijodiy mehnat” lami mashq qildirish “emotsional boy” shaxsga tegishli bo‘ladi. Insonning ijodiy faoliyati uning malakalarini boyib borishi bilan, boshqa insonlaming malakalarini o‘ziga singdirishi bilan o‘sib boradi. Ijodiy fikrlami asosi bo‘lib motivlar yotadi va ulaming sifati ijodkoming ottirgan bilimlari va malakalari bilan bog‘liqdir. Agarda insonda bilishga ehtiyoj bo‘lmasa, u holda ijodiy faoliyatga ham umid bog‘lamasa bo‘ladi.
Ijodkor insonga tegishli bir qancha asosiy sifatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-Mehnatsevarlik, ishga nisbatan diqqatli bo‘lish va ijodiy munosabat;
-Mustaqlligi, bajamvchanligi, harakatchanligi.
-Bilim va umumiy madaniyat.
-Intuitsiya va aqlning egiluvchanligi.
-Ishni tashkil qila olishlik va malakani, rivojlantirish.
-To‘g‘rilik, o‘ziga nisbatan talabchanlik, ishonch.
0‘ziga bo‘lgan ishonchga baho: 0‘ziga bo‘lgan ishonchning diagnostikasi:
0‘ziga bo‘lgan ishonchni bo‘lishi kasb tanlovchi uchun juda zarur bo‘lgan jarayondir. Bu jarayon o‘ziga ishonmagan odamni o‘ziga ishonchni bo‘lishini tarbiyalash va o‘ziga beriladigan ba- honi yuqori bo‘lishiga olib keladi. Insonni o‘ziga bo‘lgan bahoni o‘rganuvchi psixologik test shaxsni ijtimoiy - psixologik xarak- terlash uchun zarurdir.
0‘ziga bo‘lgan ishonchni baholashga qaratilgan juda ko‘p kriteriyalar bor. Bular xulq - atvor bilan bog‘liq, emotsional, kog- nitiv, sotsial - psixologik tomonlardir. 0‘zida ijobiy tomonlami yaratish uchun boshqalarga ijobiy, g‘amho‘rlik bilan bog‘liq tomonlami ko‘rsata olish kerak bo‘ladi. Bu jarayondan rolli o‘yinlardan, modellashtirilgan sharoitlardan foydalanish mumkin.Bular ma’lum bir murakkab sharoitlami vujudga keltiradi va shu holatlardan chiqib keladi.
0‘ziga ishongan odam har qanday holatda yutuqqa ega bo‘lishiga va uni egallashga intiladi. Bu sohada o‘tkaziladigan testlar, treninglar insonni o‘ziga ishonchni bo‘lishini ta’minlaydi.
Menejerlik qobiliyatini aniqlanishi:
Hozirgi vaqtda korxonani, tashkilotni boshqara oladigan va uni faoliyatini tashkil qila oladigan yaxshi mutaxassislarga talab o‘sib bormoqda. Menejerlar boshqaruv - xo‘jalik rahbarligida keng mustaqillikni egallaydilar, ayniqsa muhim iqtisodiy va mablag‘ ma- salalarida. Misol uchun, personallami boshqarish bu juda murakkab faoliyat bo‘lib, har xil faoliyat turlari qamrab olinadi.
Menejeming tashkilotehilik qobiliyati o‘zida quyidagilami qamrab oladi:
Boshqa odamning psixologiyasini chuqur va tez tushunib olish qobiliyati, uning qobiliyatlarini tashkilot manfaatlariga qarata olish;
Odamlami ruhiyatiga ta’sir eta olish qobiliyati, ulami birlashti- rish, yo‘naltirish va kollektivning kuchini yo‘naltirib tura olishlik;
Tashkilotehilik ishiga qiziqishi - barqaror qiziqish va unga psixologik tayyor bo‘lish, uni bajarishga bo‘Igan ehtiyoj;
Ma’lum bir qobiliyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, bu hol- da menejerlik haqida, kadrlami tanlash va joyiga qo‘ya olishlikni to‘g‘ri tashkil etish;
Bu qobiliyatlami rivojlantirish bilan bog‘liq bilimlami o‘zlashtirishdan tashqari quyidagi sifatlarga ham ega bo‘lib borish zarur: qat’iyatli bo‘lish, talabchan bo‘lish, maqsadga intiluvchan bo‘lish, harakatchan bo‘lish, uzoqni ko‘radigan bo‘lish, mustaqil bo‘lish, ishbilarmon bo‘lish kabilar.
Shaxsga xos bo‘lmagan xususiyatlami aniqlash:
Yutuqqa olib boruvchi motivlarga va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishga baho. Yutuqqa olib bomvchi motivlarga va muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishni o‘rganuvchi diagnostika. Yutuqqa ega bo‘lishga intilgan kishi o‘zini to‘la imkoniyatlarini shu yo‘lda sarflaydi. Kasb tanlashda kishilar noto‘g‘ri kasb tanlab qo‘yishdan qo‘rqadilar. Ayrimlar esa o‘z fikriga ega bo‘lib shu fikr uchun barcha choralami ko'radi. Bunday holat ko‘pincha yoshlarni kasb tanlash- larida yuz beradi. Shuning uchun ulami to‘g‘ri kasb tanlashlariga har xil darajada maslahatlar berilib boriladi. Maslahatlar berish uchun esa psixologlar testlardan foydalanadilar.
Shaxsning irodaviy sifatlariga baho: Shaxsni irodaviy sifat- larini diagnostika qilish:
Insonni o‘z irodasini shakllantirishga yordam berish uchun, o‘zidagi irodaviy sifatlami tarbiyalash va boshqarish uchun testlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Inson olib borayotgan ish faoli- yatida insonni irodaviy kuch sarf qilishi zamr bo‘Igan jarayondir. Insondan ayrim ishlar uchun ko‘proq iroda kuchi sarf qilinadi. Inson o‘ziga xos holda bilim olish uchun, malakaga ega bo‘lish uchun, mehnat qilishi uchun, o‘ziga yoqqan ish bilan band bo‘lishi uchun va shu kabilar uchun har doim irodaviy kuch sarf qilib tu- radi. Insondagi sabr - toqat, chidam, o‘zini ushlab tura olishlik kabi juda ko‘p psixologik sifatlar testlar orqali aniqlanadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, inson har qanday kasbni tanlar ekan u yerda lining irodasi muhim bir psixologik jarayon sifatida kerak bo‘ladi. Bulami o‘lchash va o‘rganish esa kasb tanlash uchun juda zarur jarayon hisoblanadi.
Psixodiagnostika va kasb psixologiyasi masalalari
Psixodiagnostika bu inson haqidagi kerakli bo‘lgan psixologik ma’lumotlami beradi. Kasbiy psixologik diagnostika rivojlanishi, shakllanishi 1849-yilda Fransiyada yozilgan “Kasb tanlash bo‘yicha qo‘llanma” kitobini nashr qilishdan boshlandi. Keyinchalik birinchi diagnostika qilish metodlari paydo bo‘la boshladi. Insonni diagnostika qilish, uning qobiliyatlarini rivojlantirish asosida xususiy maslahat beruvchi idoralar shakllandi. Bu Angliyada, AQShda, Fransiyada paydo bo‘ldi. G‘arbda bunday tizimni aniq tizimi shakllandi. U o‘ziga uchta bo‘limni qamrab oladi. Bular - maktab, mehnat birjasi va psixologik labarotoriyalardir. Bu uchta bo‘lim kasbga yo‘naltirish nazariyasini, aniq diagnostik usullami, kasbni insonga talabini tahlil qilishni o‘zida qamrab oladi.
Kasb tanlashning birinchi nazariyalaridan biri bu F. Parsons- ning uchomilli modelibo‘lib, uning asosiy holatini F. Parsons 1908 yilda shakllantirdi. Kasbga yo‘naltirish ishining uchta fazasi uning asosiy g‘oyasini tashkil etadi:
Birinchi,kasbga da’vogamining shaxsiy va psixologik qobiliyatlarini o‘rganish;
Ikkinchi, bu kasbni talablarini o‘rganish va ulami psixologik terminlarda shakllantirish;
Uchinchi, bu ikki tomonni taqqoslash asosida kasbni insonga qo‘yadigan talabini va insonni shu kasbga xos xususiyatlarini o‘rganiladi.
Bu nazariya o‘tgan asming 50-yillarigacha hukmron nazariya sifatida bo‘ldi. Keyinchalik unga nisbatan tanqidlar ham paydo bo‘ldi. Bunday holatning bo‘lishi bu insonlami kasb tanlashga qaratilgan testlarga qattiq berilganligi bo‘ldi. Testlar orqali bildirilgan fikrlar qat’iy xukm sifatida qabul qilindi.Bunday izlanishlar va amaliy ish- lanmalar kasb qo‘ygan talablardan kelib chiqqan holda insonga ta’rif va xarakteristika sifatida berildi. Insondagi mavjud bo‘lgan tabiiylik hisobga olinmadi. Insonning individual xislatlari, ya’ni uning tafak- kuri, diqqati, xotirasi, reaksiyasining tezligi kabilar hisobga olinmadi. Bu yerda “inson - kasb ’’munosabati kasbdan kelib chiqqan holda insonga boTgan yo‘nalish tarzida o‘rganildi. Mana shular asosida kasb tanlash va kasbiy mashqlar amalga oshirildi.
Shuni aytish kerakki,kasb tanlashni uzoq vaqt davomida kasb va individuallik o‘rtasidagitalablami mosligini o‘rganishniizlanish asosida o‘rganib keldi. Bunday yondoshishni “diagnostik” yondoshuv deb nomlab, uni kasbiy maslahat va kasbga yo‘naltirishga tegishli deb baholadilar. Shu bilan birga kasblar dunyosi o‘zgaruvchanligi kasblami insonga qo‘yadigan talabi ham o‘zgarib borishini un- utdilar. Shu bilan birga insonning individualligi ham xuddi qotib qolgan, o‘zgarmaydigan jarayon sifatida qaraldi. Lekin shuni aytish kerakki,qobiliyatlar statistika bilan bog‘liq emas, balki bolani tarbiyalash va ta’lim berish bilan bog‘liqdir. Bundan kelib chiqqan holda ay-tish kerakki,har qanday diagnostika bu “rivojlanish kesi- mini” ko‘rsatadi xolos, u uzoq davom etadigan prognozni bermaydi.
Subyektning faoliyatidagi har qanday hayotiy o‘zgarish, motiv- lami o‘zgarishlari uning qobiliyatlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qobiliyatni o‘lchayotganda juda ehtiyot- korlik bilan uni tushuntirish va sharhlash kerak boTadi. Faqat shu- larga asosan kasbga yo‘nalish berishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Kasb tanlash uchun kerak bo ‘ lgan qobiliyatlami rivojlantirishga kerak bo‘ladigan testlar arsenali psixologlarda mavjuddir. Masalan, R. Amtxauer ning testi uch parametrda - gumanitar, matematik va texnik sohada qobiliyatlami ko‘rsatib berishi mumkin.
Psixodiagnostika ayniqsa uni kasb bilan bog‘liq jarayonlari yoshlarni o‘zlarining layoqatlaridan kelib chiqqan holda kasb tan- lashlari uchun muhim vosita hisoblanadi. Albatta faqat psixodiagnostik tomonlarga suyanish, ya’ni testlardan foydalanish, suhbatlar qilish, bolani o‘z ustida ishlashi, atrofdagilami bolaga ta’siri va shu kabi ko‘plab omillar kasb tanlayotgan bolaga to‘g‘ri kasb tanlash- larida yo‘lyo‘riq berishda foydali hisoblanadi. Kasb tanlayotgan bo- lalaming ongi, bilimi, malakasi, qiziqishi, hayotiy ehtiyojlari uning faoliyatida yetarli ta’sirga ega bo‘ladi.
Kasb psixologiyasi albatta o‘z oldida turgan vazifalami va maj- buriyatlami o‘tashda psixodiagnostikaga suyanadi. Uning imkoni- yatlaridan keng foydalanadi.
Kasbiy maslahat berish uchun ishlatiladigan testlar.
Kasbiy maslahat-bu yoshlarni о‘zlari qiziqqan kasblarini tanlab shu kasb bo'yicha tayyorgarlik ko‘rishlari bilan bog‘liq jarayondir. Kasbiy maslahat berish uchun esa shaxsni diagnostika qilinadi, ya’ni uning qiziqishlarini, intilishlarini, qobiliyatlari, layoqatlari testlar orqali sinaladi. Testlardan olingan ma’lumotlar asosida esa psixolog- lar o‘z tavsiyalarini beradilar. Test - bu inson haqidagi ma’lumotlar olish, uni ma’lum bir yo'nalish bo'yicha imkoniyatlarini sinash hisoblanadi. Testlar o'tkazish orqali nafaqat ma’lumot olish balki, olingan natijalar asosida maslahatlar berishni va ma’lum kasblarga yo‘nalishlar berishni ham o‘ziga mujassamlab oladi. Bu yerda faqat testgina emas balki o‘qituvchi o‘quvchini kuzatishi, ish faoli- yatlarini o‘rganishi ham zarur bo‘ladi. Bular ham kasbiy maslahat berishda test kabi muhim hisoblanadi. Albatta testga qo‘yiladigan talablar bunda o‘z ifodasini topishi zarur.
Diagnostika testlar orqali inson haqida uning faoliyatlari haqida ma’lumotlar oladi. Diagnostika testlar, so‘rovnomalar, treninglar orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlami yig‘ib oladi. Psixodiagnostika testlar orqali kasb tanlovchining kasbga layoqatini tek- shirib boradi. Bunga misol qilib Dj. Xollandni shaxsni psixologik tipini aniqlovchi va unga mos bo‘lgan kasbni ko‘rsatib beruvchi so‘rovnomani, A.E. Golomshtokning “qiziqishlar kartasini”, E.A. Klimovning Defferensial- diagnostik so‘rovnomani, B.A. Fedor- shenning “Kommunikativ va tashkiliy qiziqishlar”, D. Bennetning testlari kabilami ko‘rsatish mumkin. Bunday testlami o‘tkazish yoshlarni imkoniyat va qiziqishlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonni qiziqishlarini psixodiagnostika qilish ular bilan ishlash jarayonini yengillashtirib, ularga to‘g‘ri maslahatlar be- rishga olib keladi. Biz quyida A.E.Golomshtokning qiziqishlar xari- tasini misol sifatida keltirdik.
Qiziqishlar xaritasi metodikasining savolnomasi (A.E.Golomshtok)
Qiziqishlaringiz sohasi va yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan quyidagi savollaming har birini did bilan o‘qing va mumkin qadar aniq javob berishga harakat qiling. Agar savolda so‘ralgan mazmun, sizga har tomonlama ma’qul tushsa va juda yoqsa, unda javob varaqasining tegishli katakchasiga ikkita plyus (++) belgisini qo‘yasiz. Agar savol mazmuni shunchaki yoqsa, unda bitta plyus (+), agar yoqish yoqmas- ligini bilmasangiz yoki ikkilansangiz, unda nol (0) qo‘yasiz. Agar savol mazmuni sizga ma’qul bo‘lmasa, minus (-), agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko‘rsangiz, unda ikkita minus (-) belgisini qo‘yasiz. Vaqt chegarlanmagan, lekin diqqat bilan, savollami tushirib qoldirmay, tez-tez o‘ylab javob bering. Diqqat, boshladik!
3-mavzu: Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya.
Reja:
3.1. Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari
3.2. Nizoning turlari va ularning o’rni.
3.3. Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish.
3.4. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo’lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g`risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo’lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to’g`risida gapirish foydasizdir.
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli юzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy o’zaro aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan– ichki nizolar holatlarida bo’ladi.
V.M.Afonьkova nizolarga pedagogik aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga boғliq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin:
-nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi – pedagog nizo – bu har doim ham yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni bostirishga harakat qiladi;
-neytralitet yondoshish – pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi;
-nizodan qochish – pedagog nizo – bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari ko’rsatkichi deb ishonadi;
-nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini yaхshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanib borishi to’g`risida qaror qabul qiladi.
O’quv faoliyati sharoitlaridagi nizolar turli хildagi nizolar bo’ladi. Pedagogika sohasi shaхsni maqsadga muvofiq shakllantirish barcha turlari to’plamidan iborat bo’ladi, uning mohiyati esa ijtimoiy tajribani o’rgatish va o’zlashtirish bo’yicha faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun aynan mana shu erda pedagog, o’quvchi va ota-onalarning ko’ngil hotirjamliklari uchun qulay ijtimoiy- psixologik sharoitlar yaratish zarur.
Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud:
Taxmin qiluvchi bosqich – manfaatlari to’qnashuvi юzaga kelishi mumkin bo’lgan sharoitlar bilan bog`liq.
Nizoning paydo bo’lish bosqichi – turli guruhlar yoki alohida insonlar manfaatlarining to’qnashuvi.
Nizoning etilishi bosqichi – manfaatlari to’qnashuvi muqarrar bo’lib qoladi.
Nizoni anglab etish bosqichi – janjallashuvchi tomonlar manfaatlari to’qnashuvini faqatgina sezibgina qolmay, balki anglab ham eta boshlaydilar.
Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqaruv jarayonida nizo – bu rahbar ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
mehnatni tashkil qilishda kamchiliklarni;
haq to’lashning takomillashtirilmagani;
yomon mehnat sharoitlarini;
mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
o’zaro munosabatlar masaniyatini past saviyasini va hokazolarni ko’rsatish mumkin.
Nizoning turlari va ularning o’rni
Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi:
Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
Vazifalarning o’zaro bog’liqligi.
Maqsadlardagi har xillik.
Erkinlik mustaqillik va o’zaro qadrni bilishdagi har xillik.
Manmanlik, qaysarlik.
Kommunikatsiya – o’zaro aloqani qoniqarsizligi.
• ochiq nizolar
• konstruktiv nizolar
• yopiq nizolar
• destruktiv nizolar
• ob’ektiv nizolar
• simmetrik nizolar
• sub’ektiv nizolar
• assimmetrik nizolar
Ichki shaxsiy nizo bir kishining o’ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos, kelmay, bajaruvchi bunday hold anima qilishini bilmay xunob bo’lgan hollarda vujudga keladi.
Shaxslar o’rtasidagi nizo ko’p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo’lgan nuqtai nazarining mos tushmasligi, rahbarlar o’rtasida resurslarni taqsimlash, zodimlar bilan rahbar o’rtasida ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda qarama – qarshi tomonlarning ko’z oldida, to’g’ridan – to’g’ri vujudga keladi. Ular to’qnashish sodir bo’lgunga qadar to’liq yetilgan bo’ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug’dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar o’ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o’xshatsa bo’ladi. Agar nizo hali “yetilmagan” yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqasha qilib aytganda nizo kishilar “ichida” bo’lsa, bilinki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Ob’ektiv nizolarga korxonaning rivajlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog’liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo’lib ishlab chiqarishni rivojlalntirish, rahbarlik uslubini takomillashtirish, korxonada normal “ruhiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Sub’ektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo’lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo’yicha his – tuyg’uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi.
Konstruktiv nizolar korxona maqsadiga muvofiq o’zgarishlar qilinishi, oqibatda esa nizo chiqadigan ob’ekt (sabab)ni bartaraf etishni nazarda tutadi. Agar nizo hech qanday asosga ega bo’lmasa,unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni barbod etadi, so’ngra ishlab chiqarish jarayonini, boshqaruvchilarni izdan chiqarish payida bo’ladi.
Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar
Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi (28-chizma).
Nizoning yettita funksional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan birinchi oqibat:
* nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo’ladi. Qarama – qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondashilganda mamnun qoladigan. Bunday oqibat o’z navbatida nizo yechimi bo’yicha qabul qilinadigan qaror to’siqlarini, ya’ni qarama – qarshi tomonlarning bir – biriga bo’lgan:
*adovatni ;
* xusumatni;
* dushmanlikni;
* adolatsiz kabi g’arazli to’siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo’qotishga imkon beradi.
Funksional oqibatning boshqa ko’rinishida qarama – qarshi tomonlarning ko’proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o’rtada nizo chiqmaslikka bo’lgan moyilliklari namoyon bo’ladi.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi quyidagi ko’rinishdagi disfunksional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin ya’ni:
qoniqmaganlik, mamnun bo’lmaslik, norozilik;
yomon ruhiy holat;
qo’nimsizlikning oshishi;
mehnat unumdorligining pasayishi;
kelajakda hamkorlikning susayishi;
o’zining guruhiga ko’proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni sussaytirish;
qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o’zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa faqat “salbiy” deb o’ylash;
hamkorlikka chek qo’yish va qarama – qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
o’zaro munosabat va hamkorlikni sussaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;
urg’uni o’zgartirish: diqqat e’tiborni ko’proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “g’olib” chiqishga qaratish.
Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo yetilmagan bo’lsa – yetiltirishga, to’xtab turgan bo’lsa – qo’zg’atishga, jiddiy bo’lmasa – jiddiylashtirishga, to’qnashish ehtimoli bo’lib turgan bo’lsa uni amalgaoshirishga xizmat qiladi. Qaisqasi, adovat tegirmoniga suv quyadi.
Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati – barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo’lish hamda kishilarning xatti-harakatlarigaijobiy ta’sir o’tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgannizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi kech qo’llaniladi.
Nizoli vaziyatlarni oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilkishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tomonidan qo’llaniladi.
Silliqlashish. Bu usul kishilarning yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir – biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash. – bu tamanlardan birining hohish irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qilishdir. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajovvuzkorlik bilan o’z hohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvofaqqiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilishva barchani fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Stress va uni boshqarish
Stress – inclizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashadi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;
asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashishini odam yoki hayvon organizmining har qanday ta’siriga o’ziga hos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo’linadi:
boshlang’ich ta’sirchanlik (emosional) tuyg’usi (g’alayon); a’zoyi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
qarshilik ko’rsatish bosqichi.
toliqish bosqichi.
Srtess – bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. qattiq bezovta bo’lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina streslarning ziyoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan va
haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’I lozim.
Stressni sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi (30-chizma).
Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda:
ongni faoliyatida ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi.
idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo boladi;
kutilmagan qo’zga’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi;
diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.
4-mavzu: Rahbarlik muloqoti.
Reja:
4.1.Rahbarga qo’yiladigan talablar
4.2. Rahbar fazilatlari va uslublari
4.3.Rahbarning ish uslubi
4.4.Rahbar turlari
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozi Rahbarga qo’yiladigan talablar Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim.Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.
Ouen YaNG durusutgina lavozimni egallab turgan bo’lishiga qaramay, qo’l ostidagi xodimlarning hech biriga hech qachon buyruq ohangida ish buyurmagan. U buyruq berishdan ko’ra maslahat solishini afzal bilgan. Bunday yumshoq muomala birichidan, Ouenning o’ziga katta izzat-obro’ keltirgan bo’lsa, ikkinchidan idora ishining har doim bir maromda muvofiqiyatli kechishini ta’minlagan.
Ya’ni hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki “Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning o’rniga “Shu masalada bir o’ylab ko’rsangiz” yoki “Shunday qilinsa yaxshi natija beradi deb o’ylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan.Rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim.
Yang biror tashkilotga xat yo’llash zarurati tug’ilib qolgan holda maktub matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan murojat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi tayyorlagan bo’lsa, uni o’qib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning yuziga solish o’rniga maslahat yo’sinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib yozganimiz ma’qulmidi, siz nima deysiz?”.
Yang o’z xodimlariga nima qilish kerakligi haqida hech qachon ko’rsatmalar bermaydi, zimmadagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, o’z xatolaridan tegishli xulosa chiqarish va boshqa takrorlamaslikni odat qilishga undaydi.
Haqiqatdan ham, bunday munosabat xodimlarni mustaqillikka o’rgatadi, xatolarni tez tuzatish va ishni oxirigacha pishiq-puxta bajarishga odatlantiradi. Qolaversa, bunday usul ishchi- xizmatchilarning izzat- nafsini hech qachon kamsitmaydi va, ayniqsa, ularda o’z imkoniyatlari va mahoratlariga qat’iy ishonch, mehnatga ishtiyoq tug’diradi.
Demak, agar rahbar insonlarda o’ziga nisbatan iliqlik, izzat- hurmat hissini uyg’otmoqchi bo’lsa, u salbiy xislatlardan, ya’ni buyurish, ko’rsatma berish ohanglaridan voz kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga ko’proq nafi tegadi.Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.
Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida g’amxo’rligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlik, mustaqillik, talabchanlik, bo’ysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, o’z so’zini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan ketib qolmasligi uchun quyidagi o’nta qoidaga rioya qilmog’i lozim:
1. Iloji boricha qulog’ingizgachya ishga qo’miling. o’z kompaniyangiz mijozlarini ko’paytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.
2. Kompyuterni o’rganing.
3. Chet tilini o’rganing.
4. O’z arxivingizni tashkil qiling.
Zarur tashklotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak bo’lib qoladi.
5. Har doim “ha” deng.
Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz etarli bo’lmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishidan ketib qolishning eng qisqa yo’li: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday so’zni aytishdan o’zingizni tiying.
6. Chiroyli imo, ishora qilishni biling.
Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.
7. Malakangizni muttasil oshirib boring.
8. Kishilar bilan bo’ladigan muomalada xushfel va iltifotli bo’ling.
Noyob, nazokatli, do’stona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, o’zaro ishonchni mustahkamlaydi., kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.
9. Boshqalar bilmaydigan va bajaraolmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
10. Ish vaqti faqat “dan va gacha” bo’lmasin.
Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so’ng ish joyida bo’lsangiz, bilingki bu ham e’tiborsiz qolmaydi.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi.
Biroq har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o’zaro aloqada bo’ladi.
Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yo’llari majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishidan, ya’ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir.
Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod bu tamomila ob’ektiv rahbarga bog’liq bo’lmagan mustaqil tushunchadir. Uslub garchi u ham ta’sir o’tkazish usullari majmuasidan iborat bo’lsada, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub (manera)lari har xildir.
Buni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. Barcha rahbarlar xodimlarni rag’batlantirish maqsadida boshqarishning iqtisodiy metodidan foydalanishlari kerak. Lekin ba’zi rahbarlar individual rag’batlantirishga, boshqa bir rahbarlar esa jamoani rag’batlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga harakat qiladilar. Ba’zi rahbarlar chorak natijalarga, ikkinchi bir rahbarlar esa yillik ish natijalariga qarab mukofotlashni afzal ko’radilar.
Buyruqlar va farmoyishlar chiqarish kabi boshqarishning tashkiliy-ma’muriy metodlaridan ham rahbarlar turlicha foydalanadilar. Bular bo’lmasa ham buyruq chiqarish va aksincha boshqarish funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli bajarish mumkin. Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va amaliy nazorat o’rnatish ham mumkin.
Shunday qilib, muayyan metodlarni amalga oshirishga har xil rahbarlar o’z indivudual uslublari bilan yondoshadilar.
Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay indivudual asosga ega deb qarash noto’g’ri bo’lur edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan yagona talablar, jamoadagi sotsial-psixologik muhit, yuqori rahbarlarning boshqarishda qo’llaniladigan usullari kabi ko’pgina ob’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’ektiv va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi. Sub’ektiv unsurlar rahbarning:
ishchanlik va shaxsiy sifatlari;
mijozi, qobiliyati va qiziqishi;
bilimi, ko’nikma va mahorati;
tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon bo’ladi.
Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni ko’rsatadiki, bunda birinchi o’rinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his qilish, hololik, vijdonlilik, kishilarga nisbatan mehribonlik va e’tibor bilan munosabatda bo’lish turadi. Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qilish qobiliyati, shaxsan intizomli bo’lish, mehnatsevarlik, tashkilotchilik qobiliyati, jamoada intizomni yo’lga qo’yishi va saqlay bilish qobiliyati juda yuksak baholanadi.
Rahbarlik uslubi belgisi va bo’yisinuvchilarga nisbatan munosabatga qarab barcha rahbarlarni quyidagi uch turga bo’lish mumkin.
Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo’linishi.Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va buysinuvchilarning o’ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
1.Boshqaruv metodlari
2.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlari
3.Management- boshqaruv.
Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari - maqsad va vazifalar, mazmun va shakl hamda metodlar o’zaro bog’liklikda bo’ladi. Ammo ular ichida eng o’zgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga ta’sir ko’rsatish metodlari bo’lib hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini o’zaro birligini ta’minlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish uchun shakllaridan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish sub’ekti va ob’ektining o’zaro uyg’unligi ta’minlanadi. Metodlar boshqarish tizimining xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini ta’sir ko’rsatish mazmunini belgilaydi.
Ta’lim tizimini boshqarish metodlari o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish metodlari bilan ma’lum aloqador bo’ladi. Buning boisi shuki, ular o’qituvchilarni o’quvchilarga puxta bilim berish, ular faoliyatini tashkil qilish, o’qish, o’rganishga qiziqtirishga xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga ular o’rtasida farq ham mavjud. Ularning farqi ta’sir ko’rsatish ob’ektlari bilan bog’liqdir. Boshqarish metodlari sub’ektning boshqaradigan tizimga ta’sir ko’rsatish usullaridan iborat. Bu usullar asosan pedagogik tizimning tashkiliy-psixologik yaxlitligini ta’minlab, o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Biz yuqorida ta’lim tizimini boshqarish jamiyatini boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlagan edik. Jamiyatni boshqarish ta’lim tizimini boshqarishning umum nazariy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har ikkalasi ham yagona metodologiyaga asoslanadi. Ammo shu bilan birga jamiyatning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalarini boshqarishda operatsion-texnologik metodlar belgilovchi rol o’ynaydi. Ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-psixologik metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar shaxsning aql-idrokigagina emas, balki hissiyotlariga ham ta’sir ko’rsatishi, uning o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va o’z-o’zini tartibga solish uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutadi. Bu esa o’z navbatida ma’muriy ta’sir ko’rsatishni kuchaytirib, sub’ektning bevosita rahbar aralashuvisiz o’z harakatlarini jamoa talablariga boshqarish talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlarini turli yo’llar (so’rov, suhbat, hujjatlarni tahlil qilish) bilan o’rganish shu narsani ko’rsasatadiki, jamoa a’zolari fikri bilan hisoblashmaslik, ijtimoiy-ruhiy holatiga e’tibor bermaslik rahbarlik ta’sirini pasayishiga olib keladi. O’quv yurtlarida pedagogik jamoa fikrini uyg’otish, ular faoliyatini oshirish, pedagoglarda topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissini tarbiyalash jamoani jipslashtirib, ta’lim - tarbiya sifatini oshishiga zamin hozirlaydi. Pedagoglar va o’quvchilar jamoalarining birgalikdagi faoliyatlarini maqsadga muvofiq va mohirona uyg’unlashtirish ham boshqarish metodlarining ta’sir ko’rsatishi doirasini kengaytiradi.
Ularni ta’lim muassasasi faoliyatiga doir xilma-xil masalalarni birgalikda muhokama qilishlari, jamoaviy mas’uliyat va insonparvarlik hislarini kuchaytradi. Bu boshqarish usuli sifatida pedagogik ta’sir ko’rsatishni kuchaytiradi.
Ta’lim tizimini boshqarish nazariyasida boshqarish metodlarini tasnif qilishga turlicha yondashuvlar mavjud, ularning ayrimlarida operatsion-texnologik metodlarga asosiy e’tibor berib, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatish metodlariga yetarli e’tibor berilmaydi. Bularning har ikkalasi ham boshqarish metodlarini tasnifiga bir yoqlama yondashishdir. Bunday bir yoqlama tasnif zamon talabiga javob bermaydi. Ta’lim tizimida boshqarish metodlarini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Bulardan biri mazkur tadqiqotda asos qilib olingan tizimli yondashuv: ikkinchisi mustaqillik sharoitida inson omilining hamma sohalarda oshishi va uning siyokat va metodologiya darajasiga ko’tarilishi; uchinchisi, hozirgi zamon muhiti, uning nihoyatda axborotga boyligi. Shuning uchun insonning juda katta axborot, shovqin-suronda yashashi uni doimiy ruhiy taranglikda yashashi ham ijtimoiy-psixologik omillar bilan operatsion-texnologik metodlarni yaxlitlikda qarashni taqozo qiladi.
"Ulardan birining asosida,-deb yozadi P.T.Frolov,- boshqariladigan ob’ektga, ishlab chiqarish jamoasiga yoki uning bo’g’iniga majbur etish va undash yo’li bilan ta’sir etish mumkinligi haqidagi g’oya yotadi. Ta’sir etishning birinchi usulida ob’ekt o’zidan nima talab qilishga, o’shani boshqarishga majbur qilinadi, ikkinchi usulda talab qilinadigan narsani uning o’zi bajaradi, chunki bundan manfaatdordir(54, 67).
Rahbarning majburiy va rag’batlantiruvchi usullari o’zaro omuxta qilinsa, mazkur yondashuvda ta’sir etishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullari jamoa a’zolarini tashabbus ko’rsatishiga sharoit yaratadi. Boshqarishda ta’sir ko’rsatishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullarni tanlash qator omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda eng avvalo pedagogik jamoaning kamolot darajasi, ya’ni uni uyushganlik, jipslik darajasi, demokratik tamoyillarni qo’llashga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqmoq kerak. Ikkinchidan, rahbarning ilmiy-amaliy saviyasi, uslubi, boshqarish nazariyasini, ta’lim-tarbiyani tashkil etish mahorati ham muhim mezondir. Yangilikni bayroq qilib olib, demoratik, rag’batlantiruvchi tamoyillarga tarafdori sifatida ish olib borishga yuzaki intilib, jamoaning kamolot darajasi va rahbarning o’z saviyasi past bo’lsa har qanday yangilik muvaffaqiyat emas, mag’lubiyat-keltiradi.
"Boshqarish usullari-deb yozadi M.Mirqosimov,-maktab ichidagi ta’lim tarbiyaviy, moliya-xo’jalik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, maktabning turli hamkorligidagi ishlari, muallimlar jamoasi bilan ishlash kabi mavjud munosabatlardan kelib chiqadi»(48, 89). Boshqarish usullarini tanlaganda va tasnif qilganda faqat ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik ishlari jarayonidagi jamoa a’zolarining munosabatlari nuqtai nazaridan emas, balki jamoa a’zolarining faoliyatida o’z ishiga qiziqish uyg’otishga ham e’tibor berish kerak.
Pedagogik jamoa a’zolarining faoliyat motivlari bo’lishi mumkin: a)har bir xodimning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bajarishi rasman majburiy motivlar; b)ularning moddiy manfaatlaridan kelib chiqadigan motivlar; v) ma’naviy motivlar.
Respublikamizda uzoq vaqtlardan beri ta’lim muassasalari
1.Boshqarish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uni tashkiliy-ma’muriy chora-tadbirlarsizn ilmiy-amaliy shug’ullanuvchi olim M.Mirqosimov shu asosda boshqarish metodlarining tasnifini beradi.
amalga oshirish mumkin emas. Bu metod boshqaruv bo’g’inlarini o’zaro bog’liqligini ta’minlab, unda ishtirok etuvchilarning munosabatlarini tartibga solib, ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini harakatga keltiradi. Boshqaruv tizimiga amalga oshirilayotgan harakatlar ikkiga bo’linadi: a)normativ b)shaxsiy.
Boshqaruvga doir normativ harakatlar umumiy bo’ladi. Unda biron shaxs aniq ishtirok etmaydi. Ular biron sharoitga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy hatti- harakat qoidalari bo’lib, uzoq vaqt amal qiladi. Boshqarishning shaxsiy harakatlari ma’lum sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi.
Tashkiliy metod - tashkiliy ko’rsatmalar va farmoyishlar berish yo’li bilan boshqariladigan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish esa, bevosita ma’muriy tashkil etishning yo’l vositalarini ifodalaydi. Masalan, muassasada ishlaydigan ishchi xodimlar uchun ichki tartib qoidalarni belgilash, ish mazmuni va mundarijasini tuzish va hokazo.
Ma’muriyat tomonidan ko’rsatma va farmoyish, buyruq berish yo’li bilan boshqariladigan sohaga ta’sir ko’rsatib, muassasa barcha bo’limlar faoliyatini bir maromda ishlashini tezkorlik bilan boshqarishga erishiladi. Bevosita ta’lim muassasasidan tashqarida ya’ni hamkorlik, otaliq, vosiylik kabi o’zaro munosabatlar o’zaro kelishuv shartnoma asosida tartibga solinadi.
2.Boshqarishnig ijtimoiy-psixologik metodi jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy insoniy munosabatlarni tartibga solishdir. Bunda jamoada sog’lom ruhiy-axloqiy muhit, kishilarning ruhiy, emotsional holati, insoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Bundan har bir xodimga jamoa orqali ta’sir ko’rsatish xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish orqali jamoa a’zolarini o’zaro munosabatlari tartib solinadi.
Ijtimoiy-psixologik metod muassasa rahbarining xodimlar bilan kundalik munosabatlardagi uchrashuv va suhbatlar orqali bir birlarini tushunish, ruhiy-psixologik muammolarni hal qilish orqali ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi.
Shu narsani e’tirof etish kerakki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-muhitdagi turli o’zgarishlar axborot manbalarning haddan ziyod ko’payganligi kishilarga ruhiy taranglikni keltirib chiqarmokda. Kishilarning tezda kayfiyati buzilishi, jahl chiqishi, o’z hissiyotini idora qila olmaslik va hokazolar. Bunday sharoitda rahbar faoliyatida psixologik omillar ular orqali ta’sir ko’rsatish salmog’i oshib boradi.
Pedagogik tizimni boshqarishda huquqiy ta’sir ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiyat hamma sohalarini boshqarishda qonun ustuvorligi va shu asosda fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish boshqarish sohasiga ham taaluqlidir.
Boshqarish jarayoniga huquqiy ta’sir ko’rsatish bu jarayonga ishtirok etuvchilarning munosabatlarini yuridik ta’sir ko’rsatish orqali tartibga solinadi. Huquqiy mezonlar davlat tomonidan chiqariladigan huquq mezonlariga o’zining yuridik ifodasini topadi.
Bular turli qonun hujjatlari, nizomlar ko’rsatmalar, instruktiv-metodik xatlar, ko’rsatma, buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar shaklida ifodalanadi. Huquqiy mezonlar turli sanksiyalar tarzida amal qiladi. Ularning amal qilish shakli moddiy, intizomiy, ma’muriy bo’lishi mumkin. Moddiy javobgarlik ta’lim muassasasi rahbari, uning xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi o’rinbosarlariga yuklangan moddiy narsalarni saqlash, asrash, ulardan oqilona foydalanish mas’uliyatidir. Moddiy javobgarlik jarima, peniyalarda ifodalanishi mumkin.
Intizomiy javobgarlik rahbar va jamoa a’zolarining xizmat burchlarini buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunda jazo ogohlantirish, tanbeh, hayfsan, uch oy maoshini pasaytirish yoki shu davrda pastroq ishga o’tkazish, rahbar hamda kasaba uyushmalari roziligi bilan beriladi. Jamoadagi mehnatga doir muammolar O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida hal qilinishi kerak.
Ma’muriy javobgarlik turli tuman sanksiyalarda noto’g’ri to’langan haqni undirib olish,jarima solish shaklida bo’lishi mumkin. Jinoiy javobgarlik mansab lavozimini suiste’mol qilganligi, jinoyat sodir qilish bilan bog’lik bo’lib, sud tomonidan jinoiy jazo beriladi.
Boshqarishda ko’rsatma berish boshqariladigan ob’ektiv, jamoa a’zolariga ko’rsatma, buyruq, farmoyish, topshiriq berish kabi usul va vositalarni o’z ichiga oladi. Bunda rahbar har bir ijrochiga ularning burchlari, huquqlari va mas’uliyatini aniq belgilashi muhimdir.Bular ko’rsatma instruktiv-metodik xat, nizomlar orqali rasmiylashtiriladi. Ta’lim tizimini boshqarshda ma’muriyatning buyruq ko’rsatmalari, pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi uchun har bir jamoa a’zosining shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlashga qaratiladi.
Boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish metodi. Pedagogik tizimni boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish juda muhim metoddir. Bunda rahbar har bir jamoa a’zosining o’z mehnati samarasi, sifatidan manfaatdorligini oshiradi.
Rag’batlantirish mukofotlash (faxriy yorliq,unvonlarga taqdim qilish) hukumat mukofotlarga tavsiya qilish yoki pul mukofoti va boshqa yo’llar bilan bo’lishi mumkin. Bunda rag’batlantirishning moddiy va ma’naviy me’yorlarni o’zaro mutanosiblikda qo’llash juda muhimdir. Ma’naviy rag’batlantirish buyruq bilan rahmat yoki tashakkur bildirish. Ijodiy izlanish, yuqori ko’rsatkichlarga erishgan xodimlarni turli yo’llar bilan rag’batlantirish ularning ishga munosabatini o’zgartiradi. Eng muhim jamoada sog’lom muhit yaratib, har bir xodimning o’z mehnatidan mamnun, manfaatdorligini oshirish lozim.
Boshqarishda kuzatish metodlari. Pedagogik tizimni boshqarishda kuzatish metodi ta’lim-tarbiya aniq mavzu, maqsad bilan, muntazam ravishda o’rganishdan iborat. Bunda boshqariladigan manbalardagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni aniqlash va shu asosda chora-tadbirlar belgilash muhimdir. Kuzatish ko’p qirrali pedagogik jarayonning turli tomonlarini ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik, ta’lim muassasasining moddiy bazasi kuzatish manbalari bo’lishi mumkin. Kuzatuvchi pedagogik jarayonning turli tomonlari to’g’risida ma’lumot to’playdi, ularni chuqur tahlil qilib, o’z faoliyatiga rahbarlik va boshqarish jarayoniga tegishli o’zgartirish kiritadi. Bu esa ishni yaxshilash, takomillashtirishga xizmat qiladi. Kuzatishda maqsadni belgilash, vazifani aniqlash hamda kuzatish usulini belgilash lozim. Shu bilan birga kuzatishga puxta tayyorlanish, uning natijalarini qayd qilish va tegishli ravishda rasmiylashtirish foydalidir.
Suhbat metodi. Suhbat ta’lim jarayoniga ishtirok etuvchilarning amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarga munosabatini o’rganish uchun xizmat qilada. Suhbat ta’lim jarayonini ishtirokchilari pedagoglar, o’quvchilar hamda boshqa jamoa a’zolari, ota-onalar bilan turli masalalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Har bir suhbat aniq maqsad bilan, suhbatlashuvchilarga samimiy munosabat asosida amalga oshirilishi lozim. Suhbat natijalari turli shaklda bayonnoma, xat yoki texnik vositalar yordamida yozib borilishi kerak. Chunki shunday qilinmasa uning natijalarini tahlil qilish mushkul bo’ladi.
Hujjatlarni tahlil qilish. Ta’lim tizimini boshqarishda hujjatlar tahlili juda muhimdir. Sifatli yozilgan, yaxshi tuzilgan, to’ldirilgan, yuritilgan hujjatlar qimmatli axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun pedagogik tizimning biron-bir masalasini tekshirish yoki o’rganishda hujjatlar muhim rol o’ynaydi. Hujjatlarning saviyasi va sifati ta’lim muassasasi rahbarining madaniyati va bilim darajasidan dalolat beradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlari pedagogik tizimni boshqarish va rahbarlik qilishda hujjat yuritish nihoyatda muhimdir. Hujjat nafaqat boshqarish saviyasi va madaniyatini ko’rsatuvchi dalildir, balki ta’lim muassasasi tarixini o’rganish uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Ularni chuqur o’rganish va tahlil qilish pedagogik jarayon va xodimlarni qabul qilgan qonun, qaror va farmoyishlarni bajarish darajasini bilib olish uchun xizmat qiladi.
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimiz safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyok ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va ma’suliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z muhim ishni o’z holiga, o’zi holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’aviyatimizdan, tarixiy xotiramizda ayrilib, oxir oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin1”-deydi Prezidentimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida. Keltirilgan ushbu satrlardan tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligi kelib chiqadi. Shunday ekan, ta’limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-ahloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, ahloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug’ullanadigan har bir tarbiyachi birinchi navbatda o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash pedagogikaning azaliy maqsadlariga mos kelishi bilan tavsiflanadi.
Mustaqil Respublikamizda uzlukiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirishni, ma’naviy va intellektual meroslarimizga to’g’ri munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Ma’lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta’lim sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta’limni insonparvarlashtirish orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyokiy xayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Ijtimoiy hayotdagi mafkuraviy jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta’limiy faoliyat loyihalarini asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarini qamrab olmasdan iloji yo’q. «Yangi pedagogik bilimlar ko’lami Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida kengayib bormokda, tadqiqot yo’nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti»2,- deb ta’kidlaydi professor Nurali Sayidahmedov.
Haqiqatan ham yangi pedagogik bilimlar ko’lami bugungi kunda ta’lim-Tadqiqotning oxiriga borib, ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish bo’yicha to’plangan materiallar tahlil qilindi. Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarni tayyorlash bundan bo’yon ham faoliyatimizning eng muhim yo’nalishi bo’lib qoladi”1. Shunday ekan, ta’lim tizimini modernizatsiyalash – ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, komil inson tarbiyasiga monand ravishda olib borilishi shartligi aniqlandi.
Tahlillar natijalari shuni ko’rsatdiki, birgina o’zimiz tahsil olayotgan Navoiy davlat pedagogika institutida 2008-2009,2009-2010 o’quv yillarida ta’lim faoliyatini maqsadli boshqarish bo’yicha o’lkan-o’lkan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, o’quv jarayoni va o’quv- uslubiy faoliyatni boshqarish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. Masalan, “Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish: muammolar, yechimlar, istiqbol”, “Ta’lim samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi” mavzusidagi Respublika va mintaqaviy ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi, viloyatdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarida hamkorlik dasturlari asosida seminar-treninglar, davra suhbatlari, metodik yordamlar o’tkazildi. Ta’lim jarayonining mazmunini boyitish, uni har tomonlama modernizatsiyalash maqsadida professor-o’qituvchilar pedagogik tizimga innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, noan’anaviy shakllar kiritishmoqda. Masalan, o’quv mashg’ulotlarida “Montessori”, “Breynshtorming”, “Zigzag”, “Ishbilarmonlik o’yinlari”, “Klaster”, “Keys” kabi innovatsion metodlardan unumli foydalanilmoqda. Bundan tashqari dars jarayonida pedagogik texnologiyalar va o’qitishning innovatsion usullariga oid seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan “YUNISEF” tashkiloti tomonidan “Bolalar huquqini himoya qilish konsepsiyasi” mavzusida NavDPIda joriy yilning yanvar oyida 5 kunlik seminar trening o’tkazildi. Bunda institutning barcha professor-o’qituvchilari hamda magistrantlari faol qatnashdilar.
Talim jarayoniga tadbiq etilgan innovatsion texnologiyalar ijobiy samaralarni bermoqda, chunonchi talabalarda o’qitilayotgan predmetlarga nisbatan motivatsiya paydo bo’lib, qiziqish uyg’otilmoqda. Ular darsda o’z fikrlarini tortinmay, baralla aytishga o’rganishmoqda. Talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyati va analitik mushohada qilish ko’nikmalari rivojlantirilmoqda.
Institutda innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo’yicha keng imkoniyatlar yaratilgan: o’quv xonalari zamonaviy kompyuterlar, multimedia vositalari, elektron proyektorlar bilan jihozlangan. Har bir o’qitiladigan fan bo’yicha elektron darsliklar, ularning versiyalari, didaktik slaydlar yaratilmoqda va ta’lim jarayoniga tadbiq qilinmoqda.
Yaratilgan va ishlab chiqilgan uslubiy qo’llanmalarning amaldagilardan farqi shundaki, ular har-bir talabaning qo’lida mavjud bo’lib darslarda egallagan bilimlarni mustahkamlash uchun resurs ta’minotini bajarmoqda.
Bolalar sportini hamda jismoniy tarbiya sohasidagi ishlarni rivojlantirish, yoshlarni uzluksiz sport mashg’ulotlariga keng jalb qilish, maqsadida «Barkamol avlod-2011» sport o’yinlarini, «Universiada-2010» sport o’yinlarini o’tkazish, davlat va xalqaro standartlar asosida 79 ta bolalar sport maskanlarini zamonaviy sport inventarlari va jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutida sportga juda ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2004-2009 yillar davomida talabalarmiz turli xalqaro va Respublika miqyokida o’tkazilgan sport musobaqalarida 23 ta oltin, 26 ta kumush va 32 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Viloyatning barcha umumta’lim maktablarida sportga yosh qizlar va ayollar ham keng jalb etilgan. Hozirgi kunda viloyatimiz bo’yicha 35% ayol-o’qituvchilar va 85% o’quvchi hamda talaba - qizlar sport to’garaklariga qatnashib kelishmoqda.
Xususan, Navoiy davlat pedagogika institutida 2010 yilda Andijonda o’tkaziladigan universiadaga tayyorgarlik ko’rish va qatnashish, yoshlar o’rtasida ommaviy sport o’yinlari (futbol, voleybol, basketbol)ni rivojlantirish, nogiron bolalar o’rtasida sport musobaqalarini o’tkazish, xalqaro toifali sport ustalari bilan «master-klass» uchrashuvlarini tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtirilgan edi.
2010 yilning 31-may kunida institut talabalar jamoasi oltin, kumush, bronza medallarini qo’lga kiritishib, Prezidentimiz tomonidan tuhfa etilgan “Damas” avtomobilini olishga muvaffaq bo’ldilar. Bularning barchasi yoshlarimizga muhtaram Prezidentimiz ko’rsatayotgan g’amxo’rlikdan nishona. Institutda tashkil qilingan boshqarish tizimi mexanizmining yaxshi yo’lga quyilganligidan dalolat beradi.
Yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham innovatsion texnologiyalar o’z samarasini bermoqda. Chunonchi: ko’rgazmali tashviqot ishlarida shuningdek yangi axborotlarni o’zlashtirishda, mafkuraviy immunitetni hosil qilishda dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
2010 yilda institutning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish doirasida talabalar turar joyini, o’quv korpuslarini qayta ta’mirlash amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shunday qilib, ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish komil inson tarbiyasida, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’sib kelayotgan avlodning bugungi kunda ta’lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanishni ta’minlash, oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimidagi yo’nalishlar va mutaxassislar bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv-metodik adabiyotlarni qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
O“zbekiston Respublikasi qarab otirmadi . U raqamli texnologiyalarning imkoniyatini orqali masofadan oqish imkoniyatini kengaytirdi. Masofadan turib oqish talim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda oquvchi mustaqil tarzda talim oladi bilimlarni ozlashtiradi. Talim jarayonini boshqaruvchi tizimlari (LMS-Learning management systems)dan foydalanadilar. Forum-sayt orqali almash muloqot olib borish shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi.
5-mavzu: Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida.
Reja:
5.1.Реориентация ва шахснинг характерологик хусусиятларини
ҳисобга олиш
5.2.Касбни асосли равишда танлашга тайёрлаш юзасидан ўқувчилар билан олиб бориладиган индивидуал ишлар
5.3.Реориентация (қайта касбга йўллаш) гуманистик психология тамойилларини
Реориентация психологик муаммо сифатида. Реориентация (қайта касбга йўллаш) психологик муаммо сифатида талқин қилиниши. Реориентация ва профориентация. Реориентация ва шахснинг характерологик хусусиятларини ҳисобга олиш.
Психология фанида касб танлашга йўллаш (профориентация) атамаси қадим замондан қўлланиб келинади. Лекин ижтимоий ҳайтнинг кейинги даврларида бошқа бир атама фанимизга кириб келди. У риориентация (қайта йўллаш) деб аталиб, инсонни янги бир мослашмага (кўникмага) касбга йўналтиришни билдириб келади.
Қайта касбга йўллаш (реориентация) ўта инсонпарварлик (гуманистик) ғояни касбини ўзгартирувчи ёки ишсиз қолган шахс руҳиятига сингдиришни англатади. Ишлаб чиқаришга автоматқурилмаларнинг (электрон мосламаларнинг, роботларнинг) кириб келиши иш ўринларининг қисқаришига олиб келади. Муассаса, ташкилот, корхона рентабеллигининг пасайиши ҳам ходимларга нисбатан эҳтиёжнинг камайишини келтириб чиқаради. Муълумки, бозор иқтисодиёти рақобатга асосланади, шунинг учун тестларга бардош берувчи, юқори малакали, маҳоратли, билимдон, комил инсонгина синовлардан муваффақиятли ўта олади, холос. Ўртамиёна даражадаги мутахассислар эса иш ўрнини йўқотиб, вақтинча ишсизлар рўйҳатига киради.
Ишсизлик, иш ўрнини йўқотиш аёлларда ўкинчли (аянчли) ҳис – туйғулар қобиғида ўта мураккаб кечади, гўёки трагедия, ҳалокат, жудолик вужудга келганда ҳам экстравертлик, ҳам интровертлик хусусиятлари уйғунлашгандай юз беради. Эркаклар эса бундай вазиятларга матонат билан, иложи борича ҳиссиётларга берилмасдан, ақл – заковат маромларига тортилганлик туйғуси устуворлигида намоён бўлади. Эркакларда ачиниш, хафахонлик кечинмалари тарзида ҳукм суриши, аста – секин унинг таъсир кучи пасайиши кузатилади. Бунда инсоннинг руҳий кечинмалари кескин ўзгаришнинг асосий омиллари сифатида унинг иш даври ва ёши ижтимоий муаммо майдонига чиқади. Ёшнинг улғайиши янги муҳит, ўзгача шароит, нотаниш жамоа ва унинг нуфузи каби масалалар ечимига салбий муносабатни келтириб чиқаради. Мазкур объектга узоқ давр меҳнат фаолиятини бағишлаш ҳам фрустрация ҳолатини ҳаракатлантирувчи сафида асосий роль ўйнаши мумкин. Хуллас, ҳар иккала омил ҳам фрустрациянинг манбаи вазифасини ўтайди (бажаради), нохуш муваққат кечинмалар вужудга келиши, кечиши, ривожланиши жараёнларини узлуксиз равишда бажариб туради.
Ҳозирги замон меҳнат биржаларида реориентация (қайта касбга йўллаш) ишлари олиб борилиши марказлаштирилган. Махсус ходимлар компьютер хотирасига жойлаштирилган шаҳар, туман бўйича ихтисослар бўйича ёки ихтисослар аро мутахассислар рўйҳати (зарурияти, эҳтиёжи, талаби) билан иш излаб келган муҳтож шахс таништирилади. Аксарият меҳнат биржаларида психологлар етишмаганлиги туфайли иш билан таъминлаш, бўш ўринларни тўлдириш билан шуғулланилади, холос. Аслида эса бу хизмат қатор омилларни текшириш, ўрганишни тақозо қилади, илмий психологик қонуниятлар асосида иш юритишни талаб қилади, чунончи:
Шахснинг фазилатлари, характерологик хислатлари.
Хиссий жабҳалари ва иродавий сифатлари.
Инсоннинг когнитив ва регулятив имкониятлари.
Эҳтиёжи, мотиви, мотивацияси, мотивировкаси.
Касбий майли, қизиқиши, лаёқати.
Профессиограмма талабларига мослиги, касбий яроқлилиги.
Иқтидори (истеъдоди), қобилияти, салоҳияти.
Касбий билимлари, кўникмалари, малакалари, маҳорати.
Умумий савияси, дунёқараши, маслаги (эътиқоди).
Саломатлиги, жинсий хусусиятлари, ёши.
Изланувчанлиги, ижодий имкониятлари, инновацияга нисбатан муносабати.
Ижтимоий етуклиги, ташкилотчилик қобилияти.
Экстровертлиги ва интровертлиги.
Юксак инсоний туйғуларга (ахлоқий, ақлий, нафосат, праксик) эгалиги.
Фидоийлик, альтристик, ватанпарварлик фазилатлари устуворлиги ва бошқалар.
Юқорида санаб ўтилган мезонлар бўйича текшириш ишлари бир нечта методлар, методикалар орқали кўп серияли тажрибалар негизида амалга оширилади. Бунинг учун тестлардан қобилиятга, шахсга, ижодиётга, хотирага шахслараро муносабатга (оид), махсус ишлаб чиқилган материаллардан, мақсадли вазиятлардан қийинлаштирилган топшириқлардан, муаммолардан психологик тренинглардан, психодиагммалардан ва бошқалардан фойдаланилади.
Олинган натижалар сифат ва миқдор жиҳатдан таҳлил қилингандан кейин муайян хулосалар чиқарилади. Хулосалар асосида реориентация субъекти розилигида ишга мухтож шахс таклиф қилинган касбга йўналтирилади. Иш жойининг масофаси, унинг экологияси, сангигиенаси, маоши, истиқболи, муаммоли жиҳатлари юзасидан мукаммал фикр муаммоли жиҳатлари юзасидан мукаммал фикр алмашинилади, токи шартнома қонуний ҳужжат эканлиги (қийматига) зарар келтирмасин (баъзан келишувдан воз кечиш ҳолатлари ҳам юз бериб туради). Психологик кузатишларнинг кўрсатишига қараганда, реориентация (касб танлашга йўллаш) каби босқичлардан ташкил топган бўлиб, улар қисқа фурсатларда (муддатда) ўтиши билан ўзаро муайян даражада тафовутланади. Жумладан, касбий маориф, касбга йўллаш, касбга саралаш, касбий мослашиш даври ўзига хос тарзда кечади, бир босқич иккинчиси билан силлиқ узвий боғланиб кетади. Касбнинг моддий (иқтисодий) томони, ижтимоий фаоллик (нуфузга эгалик), маънавий таъминланганлик (руҳий кўтаринкилик ҳиссиётининг устуворлиги) инсоннинг қайтадан ижтимоий ҳаётдан ўз ўрнини топиш имконини яратади, унинг умрини узайтиради, руҳий имкониятлари, заҳиралари, потенцияси, резерви ишга тушишига пухта негиз ҳозирлайди.
Реориентация (қайта касбга йўллаш) гуманистик психология тамойилларини турмушга татбиқ этишга зарур шарт – шароит яратади. Инсон омилини қадрлашга, бутун имкониятларини рўёбга чиқаришга, эзгу ният, орзу ҳавас, истак – хоҳиш ушалишга негиз вужудга келтиради. Кўп профилли касб – ҳунар эгалари сафини кенгайтиришга хизмат қилади, комилликка интилиш туйғусини жонлантиради, зарур билимлар, малакалар билан қуроллантиришга туртки беради.
Реориентация инсон имкониятини қайтатдан синашнинг манбаи ҳисобланиб, ўзини – ўзи кашф қилиши, ўзини – ўзи бошқариши, ўзини – ўзи ташкиллаштириш, ўзини – ўзи баҳолаш, ўзини – ўзи рефлекциялаш, ўзини – ўзи идентификациялаш каби шахс фазилатларини рўёбга чиқаришга хизмат қилади.
Касбга йўналтириш кабинетининг асосий вазифаларидан бири касб танлаш масалалари бўйича мактаб ўқувчилари билан индивидуал иш олиб бориш ҳисобланади. Касбга йўналтириш кабинети раҳбари бу ишни синф раҳбарлари, фан ўқитувчилари, ота – оналар, мактаб врачи билан яқин ҳамкорликда олиб боради. Унинг вазифаси ўқувчилар шахсини ўрганишда педагогларга ёрдам бериш; касбни мустақил танлашда мактаб ўқувчиларининг активлигини ошириш йўллари тўғрисида ўқитувчилар учун тавсиялар ишлаб чиқиш; синф раҳбари ўқувчига касбни эгаллаш йўлини танлашда тавсия беришда қийналаётган мураккаб ҳолларда ўқувчиларга консультация беришдан иборат.
Психологлар, педагоглар, социологлар маълумотлари бўйича шу нарса аниқланганки, касб танлаш ўқувчи учун мураккаб жараён ҳисобланади, унда шахснинг социал етуклик даражаси жиддий аҳамиятга эга. Ўсмир ўзининг касб йўлини шундай вақтда танлайдики, у вақтда унинг шахси ҳали шаклланмаган ва у бундай масъулиятли қарорга келиши учун етарли тайёрланмаган бўлади.
Хилма – хил касб меҳнатлари тўғрисида билимнинг етарли эмаслиги, шунингдек, ўз лаёқатларини бирон – бир иш фаолиятида текшириш тажрибаси чекланганлиги ўқувчиларда касб йўлини танлашда ҳам, уни амалга оширишда ҳам қийинчиликлар туғдиради.
Касбга йўналтириш нуқтаи назаридан ўсмирлик даврининг қийинчиликлари ҳам ана шундадир, яъни касб йўли танлаш тўғрисида биринчи мустақил қарор қабул қилиш заруратига дуч келади, лекин кўпинча бунга тайёр бўлмайди.
Худди шунинг учун мактаб ўқувчилари касбга йўналтириш масалалари бўйича методистнинг раҳбарлиги ва индивидуал ёрдамига мухтож бўладилар. Ҳар бир ўқувчини меҳнат ҳаёт йўлига фақат ижтимоий ташкил этилган индивидуал касбга йўналтириш иши жараёнидагина психологик ва педагогик жиҳатдан тайёрлаб олиб келиши мумкин.
Касбга йўналтиришда индивидуал ёндашишнинг моҳияти қуйидагилардан иборат: 1) мактаб ўқувчиси шахсининг индивидуаллигига, унинг бир бутунлигига ва хусусиятларини ҳар томонлама ўрганишга асосланиши керак; 2) у ё бу тарбиявий таъсирга ўқувчи индивидуал қандай реакция беришни ҳисобга олиш керак; 3) индивидуаллик ва ёш хусусиятларини ҳисобга олиб, касбни пухта танлашга тайёрлаш борасида мактаб ўқувчисининг ўз активлигини ошириш керак.
Ўқувчи шахсини ҳар томонлама ўрганиш – индивидуал ишнинг зарур шартидир. Бироқ, педагоглар кўпинча у ё бу иш фаолияти соҳаси талабларига жавоб берадиган шахснинг ҳамма хислатларига аниқлай олмай қийналадилар.
Касбга йўналтириш мақсадида ўқувчиларни мунтазам ва изчил ўрганиб борилганида тўғри келадиган йўлни топиб олиш мумкин. Консультациялар давомида педагоглар мактаб ўқувчиларининг қизиқиши, мойиллик ва лаёқатларини ўрганиб ва йўналтириб турадилар, касб танлашда улар ташаббусни бўғиб қўймасликка ҳаракат қиладилар, уларга ўзи, шахсий ҳислатларини тушуниб етишда ёрдам берадилар. Педагог ўқувчининг “ўз” касбини излаб топишида унга ёрдам беради, бу изланишларига бошчилик қилади. Ўқувчи кўпроқ кимнинг ёрдамига муҳтожлигига қараб синф раҳбари, предмет ўқитувчилари, касбга йўналтириш кабинети раҳбари индивидуал иш олиб борувчи консультант бўлиши мумкин. Консультациянинг ташкилий томони кабинет раҳбарининг вазифасига киради.
6-mavzu: Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi.
Reja:
6.1. Kasbiy yetuklik
6.2. Shaxs komilligi
6.3. Komil inson
Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi. Jahon psixologiyasi fanida shaxs to’g’risida o’nlab nazariyalar, qarashlar,yondashuvlar mavjud bo’lishiga qaramay, inson kamoloti yuzasidan hanuzgacha umumiy bir fikrga kelinganicha yo’q. Xuddi shu bois insonshunoslikda shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar qo’llanilishi anhana tusiga kirgan, jumladan, shaxs, inson, odam, kishi, Subyekt, individ, individuallik, komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipiklik va tipologik xususiyatlar shular jumlasidandir. Psixologiya fanida munosabatlar nuqtai nazaridan “Subyekt – obhekt – Subyektlararo”, “subekt – Subyekt – obhektlararo” singari yondashuvlar mavjud bo’lib, ularning barchasi tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sotsial) shartlanganlik manbalaridan kelibchiqqan holda tahlil hamda talqig qilishga asoslangandir.
SHaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual psixologiya, neofreydizm, beganalashish nazariyasi, gumanistik psixologiya, epigenetik nazariya, fruchtratsiya nazariyasi, rollar nazariyasi, ekzistentsial psixologiya, tushunuvchan psixologiya, frantsuz sotsiologik maktabi.yu sobiq sovet psixologlarining har xil nazariyalari mavjuddir.
Lekin bu o’rinda shaxsning tuzilishi, uning tabbiiy va ijtimoiy shartlangan xususiyatlari munosabati, tipiklik va tipologik jabhalar, ijtimoiylik va tarixiylik, filogenetik va ontogenetik tomonlari bo’yicha kontseptsiyalar mohiyatini tahlil qilish masalasi ilmiy izlanishlarimizning maqsadiga kirmaydi. Xuddi shu sababdan ularning mazmuni, tuzilishi to’g’risida mulohaza yuritish boshqa sahifalarga mo’ljallanganligi tufayli nomlarini tahkidlab o’tish bilan qanoat hosil qilamiz, xolos.
Uzoq va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qathiy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiqi qilingan. SHuning uchun biz shaxsan o’zimiz taklif qilayotgan sxema bo’yicha mulohaza yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o’ziga xos xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularni quyidagi davrlarga ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam (individ), inson, shaxs, Subyekt, komil inson.
SHaxsning kamoloti murtaklik davrdan boshlanish to’g’risidagi asosli fikrlar A.Vallon, D.Bromley tadqiqotlarida, ayrim psixologlar va psixofiziologlarning maqolalarida uchraydi, xolos. SHu narsani tahkidlab o’tish joizki, murtaklik davrining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirish imkoniyati muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki tabiatshunoslar, biologlar, fiziologlar tomonidan tavsiflab berilganligi, tibbiyot mutaxassislarining esa bu borada o’zlarining qarashlari, yondashuvlari shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos bo’lib hizmat qila oladi.
Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va D.Bromley bo’lib hisoblanadi. Jumladan, D.Bromley mazur davrni quyidagi bosqichlarga ajratib tahlil qilishni tavsiya qiladi: zigota – embrional – homila – tug’ilish oldi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni kamolot bosqichi qatoriga kiritadi. Mazkur psixologlar murtaklik davrini insonning umumiy kamoloti nuqtai nazaridan tahlil qilmaydilar, balki ular ontogenezning (tug’ilgandan to umrning oxrigacha davr) tarkibiy qismi sifatida talqin etadilar, xolos. Ushbu davrning o’ziga xos tomonlari va xususyaitlarini psixologik jihatdan yoritib berishga intiladilar va bu yo’nalishda mahlum bir yutuqqa erishishga muyassar bo’ladilar.
Ularning ilmiy – amaliy mulohazalarini asosli dalil sifatida qabul qilgan holda bu boradagi o’z shaxsiy mulohazalarimizni bildiramiz. Buning uchun murtaklik davrining muayyan tarkiblardan iborat ekanligini izohlash va tavsiflashning o’zi kifoya. Jahon psixologlari va fiziologlarining fikriga qaraganda, mazkur kamolot davrining har bir bosqichi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, mahlum bir mahnoda qulay (sezitiv) palla sifatida muayyan fukntsiya bajaradi.
Murtaklikning zigota (urug’lanish) bosqichi eng mashuliyatli davrlaridan biri bo’lib, u ham tabiiy (biologik), ham Subyektiv (shaxsiy psixologik), ham ijtimoiy (sotsial) omillar tahsirida vujudga keladi. Butun mashuliyat onaning zimmasiga tushadi, binobarin, uning homilaga nisbatan munosabati, unga zarur shart – sharoitlar yaratishi, instiktiv xususiyatli himoya fiunktsiyasining ishga tushishi, og’riq sezgilarining kuchayishi va ulaga nisbatan chidam – bardosh, sabr sifatlari bilan qarama – qarshi tura olishlik zigota yashovchanligini tahminlaydi.
Onaning xotirjamligi, ayrim qiyinchiliklarni yengish hoxishining mavjudligi, tabiiy extiyojlarni qondirish darajasi, nozik ezgu niyatlar va shirin hissiy kechinmalar bilan band ekanligi zigotaning baquvvat o’sishga zamin hozirlaydi. Attraktsiya (mahliyo qiluvchi) tuyg’ular olamiga onaning tortilganligi, stress (zo’riqish, tanglik) va affekt (g’azablanish) holatlariga berilmasligi, shijoat, hayajon, tashvishlanish hislaridan uzoqligi tabiiy go’zallik vujudga kelishiga imkon yaratadi.
Organizmning sog’lomligi, tabiiy ehtiyojlar qondirilishi jismoniy o’sishning jadal borishi uchun puxta negiz yuzaga keltiradi, binobarin, komillikda dastlabki asos solinadi.
Homilalik bosqichi bo’lg’usi shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, jismoniy barkamollikning,asab tizimi, bosh miya katta yarim sharlari, hissiy bilish tana ahzolari paydo bo’lishining va o’sishning manbai vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda quyidagilarga ehtibor berish maqsadga muvofiq:
homilaning jismoniy o’sishini uzluksiz ravishda tahminlash uchun oqsillar, vitaminlar va boshqa turdagi ozuqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib turish;
unga salbiy tahsir etuvchi qo’zg’atuvchilardan saqlanish, ijobiy his – tuyg’ular uyg’otuvchi hodisalar to’g’risida ko’proq o’ylash;
qaltis jismoniy va somatik harakatlardan o’zini tiyib turish, zo’riqishning uzluksiz ravishda oldini olish;
homilaga sensor tahsir o’tkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish;
kontakt va distant muomala vositalaridan foydalanish;
shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish;
bioritmika va psixometriya qoidalaridan og’ishmay foydalanish;
ijtimoiy hodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo’lish va hokazo.
Tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zarur shart – sharoit yaratish, nafosat tuyg’ulari bilan hamkorlik, kun tartibi asosida faoliyat va xulq harakatlarini amalga oshirish ham tabiiy, ham mahnaviy go’zallikni shakllantiradi. Orzu, istak, tilak, xohish tuyg’ulari yordami bilan obrazlarni yaratish tashqi tahsirning eng kuchli mehanizmi funktsiyasini o’taydi. Hujayralar, neyronlar orqali kirib borayotgan axborotlar qanchalik nozik, nafis, go’zal bo’lsa, homilada go’zallikning ham tabiiy shakli, ham xarakterologik jabhasi o’z aksini topadi.
Murtaklikning tug’ilish oldi bosqichi tashqi tahsirga beriluvchanligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, xuddi shu bois bunga alohida ahamiyat berish zarur. Homila o’zining tuzilishi, tana ahzolarining takomilligi, ularning maqsadga muvofiq harakati bilan chaqaloqqa juda o’xshab ketadi. Uning boladan farqli o’laroq tomoni ona organizmi orqali oziqlanish va nafas olishidir. Bu voqelik ilmiy tilda platsentar hodisa deb atalib, jamiiki narsa bir markazdan boshqarilishi yoki tahminlanishini bildiradi.
Homiladagi ideomotor (ixtiyorsiz) va motor (ichki yoki tashqi tahsirga maqsadli javob reaktsiyasi) harakatlari ortib borishi tug’ilishi tayyorgarligidan dalolat beradi. Ushbu hatti – harakatlar jajji odamning qarshilik ko’rsatishini, ziddiyatli vaziyat vujudga kelayotganligini anglatadi. Onaning u bilan muloqotga kirishuvi tarbiyaviy tahsir o’tkazishning real alomati sifatida namoyon bo’ladi. Sezgir tibbiyot asboblari yordami bilan uni tekshirib turish dastlabki diagnostik va korrektsion ishlarning debochasi hisoblanadi.
Insonda yuz beradigan subsensor, subtseptiv yuksak idrok shakllari tug’ilish oldi bo’sag’asida yorqin namoyon bo’la boshlaydi. Harakatning surhati, mazmuni, davomiyligi sifatlari bo’yicha bo’lg’usi chaqaloqning temperament xususiyatlarini va uning asab tizimi tipini aniqlash imkoniyati mavjud.
Odam (individ)lik davri tug’ilganidan to unda nutq paydo bo’lgunga qadar vaqt birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda ko’zga yaqqol tashlanadi:
embrional davridagi plantsentar tizimi o’rnini oral (mustaqil hazm qilish) egallaydi, yahni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar tabiiy ravishda chaqaloqda yuz bera boshlaydi;
tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptatsiya) tevarak – atrofni bilish boshlanganligidan dalolat beradi;
har xil turdagi harakatlarni amalga oshirish, jismlarga chang solish, ularga intilish narsalarni bilishga nisbatan harakatini bildiradi;
ota – ona va qarindosh – urug’larini tanish, sezgi, idrok, xotira jarayonlari o’sishini anglatadi;
jismlarga razm solish, uning tuzilishi va rangi bilan qiziqishi yaqqol tafakkurning ifodasidir;
unda emotsiya va hissiyotning paydo bo’lishi, muomalaga kirishi ehtiyojini namoyon etadi;
emaklash, tik turishga intilish uquvining paydo bo’layotganligi fazoviy tasavvurni aks ettiradi va boshqalar.
Mazkur davrda shaxslararo munosabatga kirishish, mikro va makro muhit xususiyatlari hamda holatlariga bolaning shaxsiy reaktsiyasi, ulardagi o’xshashlik va farqni ajrata bilish unin o’sishini bildiradi. So’z orqali narsalar va hodisalarni ifodalash hamda tushuntirish jarayoni yuzaga kelguniga qadar muomala, xulq, harakat orqali tabiat va jamiyatni sodda tarzda bilish amalga oshadi. Xuddi shu sababdan kamolotning dastlabki bosqichlaridan biri sifatida individuallik davri o’zini o’zi anglashga puxta negiz tayyorlaydi.
Inson davri o’zini o’zi anglashdan boshlanib, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi bilan tugallanadi. Ushbu davr insoniy xislatlarni etnik guruh ahzosi sifatida mukammal egallashi bilan boshqa taraqqiyot pallalaridan ajralib turadi. Alohidalikka oid xususiyatlar quyidagilarga o’z aksini topadi va u ikki bosqichdan iborat bo’ladi:
1. Nutqning paydo bo’lishidan to 6-7 yoshgacha:
- bolada fazoviy muvozanatning vujudga kelganligi;
- o’zini o’zi anglashdan iborat “Men” davrining mavjudligi;
- nutqda ona tili boyligidan unumli foydalanish imkoniyatining tug’ilishi;
- milliy urf – odatlarga, xulq – atvor qoidalariga rioya qila olishi;
- muomala maromi, ijtimoiy qadriyatlarni egallashi;
- o’yin hamda faoliyatning boshqa turlarini o’zlashtirish negizida milliy va umumbashariy fazilatlarning shakllanganligi;
- individual – tipologik xususiyatlarning aniq namoyon bo’lishi;
- barcha jihatlari bilan maktab tahlimiga tayyorgarligi;
- guruhiy hamkorlik uquvidan xabardorligi.
O’smirlik davri xususyaitlarining aks etishi:
jismoniy jihatdan mukammallikka intilishning mavjudligi;
- faoliyat, xulq va muomala jarayonlarida tipologik xususiyatlarga erishilganligi;
- aqliy, axloqiy, xarakterologik xususiyatlari shakllanganligi;
- turli shakldagi va tuzilishdagi (tengqurlari, katta yoshdagilar, rasmiy va norasmiy, real) guruhlarda o’zini – o’zi anglashning namoyon qilishi;
- ijtimoiy hayotda va faoliyatda o’zini – o’zi tasdiqlashga imkoni borligi;
- ijtimoiy turmushning har bir jabhasida faollik ko’rsatishi;
- o’quv fanlariga differentsial munosabatning qaror topishi; muayyan ehtiqod, dunyoqarash, shaxsiy munosabatning mavjudligi;
- tashqi tahsirlarga beriluvchanligi, xulq – atvorga qathiyatlik yetishmasligi;
- fantaziya va o’ziga bino qo’yishning ustuvorligi va boshqalar.
Maktab tahlimiga tayyorgarlik bosqichida to’plangan bilimlar ko’lami umrning qolgan yillarida kutilishi taxmin qilingan qismining yarmigatengdir. Bundan keyingi davrda o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar shaklan emas, balki mazmunan, sifat jihatidan boyib, takomillashib boradi, xolos. O’smirlik davrida insonga berilgan tabiiy imkoniyatlar ro’yobga chiqadi, ijtimoiylashuv, jismoniy o’sish jadallashadi, natijada yetuklikka puxta shart – sharoitlar yaratadi. Tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsiy pozitsiya – munosabat vujudga keladi. Buning natijasida mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish, xulq - atvor va faoliyatni amalga oshirish imkoniyati tug’iladi. Bu holat kamolot ko’rinishini namoyish etadi, insoniy fazilatlar, xislatlar, sifatlar va xususiyatlar tarkib topganligini bildiradi.
Inson kamolotining shaxs davri yetuklikning muayyan bosqichi hisoblanib, ijtimoiy hayot alohida ahamiyat kasb etadi va o’zining ko’rsatkichi bilan muhim rolg’ o’ynaydi. SHaxs davri bir necha taraqqiyot bosqichlarini aks ettirib, unda ilk o’spirinlik, o’spirinlik va yoshlikni qamrab oladi.
Uning birinchi bosqichi balog’at deb nomlanib, 15-16 yoshdagi o’g’il-qizlarni o’zida jamlaydi. Bu bosqichda ushbu xususiyatlar ko’zga bevosita tashlanadi:
jismoniy barkamollikning ifodalanishi;
ruhiy jihatdan muayyan ko’rsatkichga erishganligi;
ijtimoiy va ijtimoiy psixologik jihatdan muayyan yetuklikka erishuv;
xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi;
e’tiqod, dunyoqarash va pozitsiyada barqarorlikning mavjudligi.
SHaxs tarkib topishining ikkinchi bosqichi ixtisos egallash deb atalib, 17-18 va 21-23 yoshdagi barkamol yigitlar va bokira qizlardan tashkil topadi, kasbiy faoliyatni egallashning o’ziga xosligi bilan boshqa taraqqiyot pallalaridan ajralib turadi. Ushbu holatlar o’ziga xosligi bilan namoyon bo’ladi:
bilimlar, ko’nikmalar va malakalar egallashdagi individuallik;
faoliyatning individual uslubining paydo bo’lishi;
kasbiy motivatsiyaning ustuvorligi;
mahnaviy ehtiyoj, barqaror qiziqish, qathiyat yetakchiligi;
mutaxassislikka murojaatning shaxsiy pozitsiyaga bo’ysunganligi;
kollej va oliy maktab muhitining o’ziga xosligining ular shaxsiyatida ifodalanish;
amaliyotga va muhitga moslashishnig sifat jihatdan tafovutlanishi.
SHaxs shakllanishining uchinchi bosqichi yoshlik davridan iborat bo’lib, ixtisosiy yetuklikni o’zida aks ettiradi. Ko’pincha barkamollik alomatlari quyidagilarda ifodalanadi:
kasbiy, ixtisosiy individuallik, betakrorlik, o’ziga xoslik yuzaga kelishi;
kasbiy, ixtisosiy mahorat darajasiga erishuv;
o’z sohasida tashabbuskorlik xususiyatini namoyish etish;
ijtimoiy baholash ekspertizasi – tekshirish mezonlariga batamom mos tushishlik.
SHaxsning mahlumot darajasiga qaramay, yuksak ko’rsatkichlarga erishuvi uning kamolotidan darak beradi. O’z sohasida kasbiy, ixtisosiy mahoratini namoyish etish yetuklikning yuksak darajasini bildiradi va jamoatchilik fikrida iliq iz qoldiradi. Tashabbuskorlik takliflari, ixtirolari sohadagi muvaffaqiyatni ifodalab berib, betakror shaxs ekanligini isbotlashga xizmat qiladi. Noyob kasb egasi, fenomenal qobiliyatli, istehdodli yetuk shaxs shakllanganligi ijtimoiy – tarixiy voqelik sifatida yuksak baholanadi.
Inson kamolotining navbatdagi davri Subyekt darajasiga o’sib o’tishi mumkin emas, lekin uning ayrim xususiyatlarini egallash imkoniyatiga egadir. Subyekt o’zining mana shu xususiyatlari bilan shaxsdan tafovutlanadi:
xulq – atvorda, faoliyatda, muomalada mustaqillikning ustuvorligi;
ijtimoiy hayotning har bir jabhasida shaxsiy pozitsiyaga egalik;
ilg’or insonparvarlik g’oyalarini ilgari surish va originalligi, nostandartligi, innovatsion ekanligi bilan ajralib turishlik;
g’oyalarni qaror toptirishda obhektiv va Subyektiv to’siqlarni yengish.
Subyektning eng muhim ko’rsatkichi – bu professionalizmga erishuv va ijtimoiy – siysiy yetuklikni namoyish qilishdir. Nomdor mutaxassislar, fan va texnika, jamoat arboblari, ijodiy – tarixiy fikrlovchilar, siyosatchilar, davlat rahbarlari Subyekt bosqichida faoliyat ko’rsatishlari mumkin. SHuning uchun ushbu vaziyatda ommaviylikka erishvga intilish jamiyatning taraqqiyotini tezlashtirish sari yetaklaydi, fidoiy, tooliqmas kishilar safini kengaytirishga xizmat qiladi.
Komil inson g’oyasi insoniyatning asriy orzusi bo’lib hisoblanadi va ushbu darajaga erishish borliqni, tabiatni, jamiyatni bilishning muhim manbai sanaladi. Komil inson to’g’risida tasavvuf, so’fizim ilmiy maktablari muayyan mahlumotlar to’plashga muvaffaq bo’lganlar, shuningdek, bu mavzuga oid qarashlar jahonning insonparvarlik g’oyalari bilan qurollangan allomalarning izlanishlarida alohida o’rin egallagan. Ularning nazariyalariga tanqidiy munosabatni bildirish mavridi bo’lmaganligi sababli faqat tahkidlab o’tish bilan kifoyalanamiz, binobarin, tariqat, haqiqat, mahrifat to’g’risida mulohaza yuritmaymiz. Aksincha, bu borada o’zimizning shaxsiy qaqrashlarimizni bayon qilamiz xolos. Bizningcha, hozirgi zamon nuqtai nazaridan mazkur muammoga yondashsak, komil insonlikni to’rt bosqichga ajratib talqin qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
1. Inson kamolotining bu bosqichiga kelib o’zining sohasi bo’yicha piri ixtisos darajasiga erishadi. Buning natijasida yetuk inson hayot va faoliyatda ijtimoiy – tarixiy psixologik namumna bosqichiga o’sib o’tadi, o’zining salohiyati bilan sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik namunasi milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi mexanizm vaxifasini bajaradi. Bu bosqichdagi insonlarning asosiy xususiyatlari quyidagilarda o’z aksini topadi:
- yuksak aql – zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik;
- antipatsiya kundalik faoliyat mahsuliga aylanganlik , yahni amalga oshirish rejalashtirilgan faoliyat natijasining oldindan modelini yaratish;
- xulq, faoliyat, muomala jarayolari o’z imkoniyatini oqilona baholash va o’zgalar tomonidan xuddi shunday darajaga erishish;
- sohaga oid talant va salohiyatning amaliy ifodalanishini tahminlash.
2. Ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolotining navbatdagi yuksak bosqichi bo’lib, hozirgi davrda bir necha sohalar bo’yicha mukammal bilimlarga, qarashlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Sohalarning kengayishi tufayli bu darajaga erishish imkoniyati tobora cheklanib bormoqda, chunki fan va texnika jadal suratlar bilan o’sishi, axborotlar salmog’ining soniya sayin ortishi vaqt taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Fazoviy va vizual munosabatlar to’g’risidagi miqdor hamda sifat o’zgarishlari inson dahvosi bilan uning imkoniyati o’rtasidagi ziddiyatli holatlarni vujudga keltirmoqda.
Ixtisoslararo bilimdonlik o’ziga xos ikki xususiyati bilan boshqa kamolot bosqichlaridan ajralib turadi:
uzluksiz ravishda kashfiyotlarni amalga oshirishga qobillik;
har bir ixtisos predmetiga oid qarashlarda mukammallikka, sermahsullikka va dinamizmga erishish.
3. Komil insonning navbatdagi kamolot bosqichi aqliy donishmandlik deb atalib, tabiatga va jamiyatga, biosfera va noosferaga nisbatan super onglilik ko’rsatkichiga erishish bilan tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy madaniyat, yuksak his – tuyg’ular, muomala maromi, tabiat va jamiyat normalariga rioya qilishlik bilan uzviy uyg’unlikda hukm suradi. Axloqiy yetuklik siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy ong ko’rinishlariga oqilona yondashishni tahminlaydi.
Aqliy donishmandlik axloqiy, intellektual, estetik va praksik (mehnat natijasidan lazzatlanish) yuksak his – tuyg’ular manbasiga bevosita asoslansa, to’kislik, mukammallik namunasini aks ettiradi. Mahnaviy barkamollik yetuklikning tarkibiy qismlari bilan bir tekis qurollantiradi, xulq, faoliyat va muomala regulyatori funktsiyasini o’taydi.
4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga keluvchi imkoniyat yoki zaruriyatning mahsulidir. Fan, texnika, siyosat, din, davlat qurilishi sohasida keskin o’zgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar kamolotining oxirgi bosqichiga erishishi mumkin. Bunday darajaga erishganlar o’zlarining valeligi, bashoratchanligi bilan davrdan, zamondan ancha ilgarilab ketish hollari bilan tavsiflanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, pedagogika inson dunyoqarashining shakllanishi, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabati hamda bilish faoliyati muammolarini o‘rganuvchi falsafa bilan hamkorlik qiladi.Ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan etikaning estetik tarbiya bilan estetikaning o‘zaro aloqalari hammamizga ma’lumdir.
Keyingi yillarda pedagogika sotsiologiya, siyosatshunoslik fanlari bilan aloqalari rivojlanmoqda. Insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy muhitning shaxs rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sirini o‘rgatishda pedagogika bu fanlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Pedagogika tarix, etnografiya, folklor (xalq og‘zaki ijodi) kabi fanlarning yutuqlaridan samarali foydalanmoqda. Bugungi kundagi pedagogik jarayonning moxiyatini chuqurroq anglash uchun uning o‘tmishdagi shakllanish tarixini yaqqol tasavvur qilmoq darkor. Bunday sharoitda tarixiy merosga, folklor manbalarga murojaat qilinadi. Shaxsning jismonan yetukligi, barkamolligining ajralmas qismidir. Pedagogikada jismoniy tarbiya to‘grisida fikr yuritilar ekan, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi to‘g’risidagi bilimlardan foydalanish lozim bo‘ladi.
Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g’oyalarning shakllanishida, Imom Buxoriy, Iso at Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Yassaviy, Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Avloniy va boshqa qardosh xalqlar farzandlarining xizmatlari kattadir.
Komil insonlik to’g’risidagi mulohazalar ideal sharoitni aks ettirishga qaratilganligini tahkidlab o’tish joiz. CHunki reallikdan uzoqlashish unga erishish imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson o’zini – o’zi kashf qilish, o’zini ro’yobga chiqarish, qulay shart – sharoitlar yaratishorqali yuksak darajaga erishsa bo’ladi. Lekin, komil insonlikka qo’yiladigan talablar darajasiga nisbiy yondashish, mezonlarni ixchamlashtirish orqali komil insonni shakllantirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Darslik. Jalolova P.M., Xudayberdiyev.Sh.K. /TATU Qarshi filiali.
28-mavzu: Ta’limni boshqarish metodi.
Reja:
Dostları ilə paylaş: |