Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə1/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.


Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
«Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir».
(BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashga oid ma’lumotnomasidan).
«Korrupsiya – shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir».
(Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham korrupsiyaga shu kabi ta’rif berilgan).
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Korrupsiya insoniyatga qadim zamonlardan beri hamroh bo‘lib kelmoqda. Pora (poraxo‘rlik) uchun jazo berish Misr fir’avnlari tomonidan to‘rt ming yil oldin o‘rnatilgan. Xamurappi qonunlarida ham o‘z aksini topgan. Korrupsiyaning kelib chiqishiga tarixiy nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak, boshliqlar va ruhoniylarga ularning foydasiga erishish uchun ularga sovg‘a berishdan boshlangan.
Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi.
Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.”

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə