Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish



Yüklə 12,67 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü12,67 Kb.
#29736

Aim.uz


Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish

Kulolchilik tovarlari sopol va nafis keramika (yunon. loydan yasalgan) deb atalmish farfor (arab. hoqon), fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda eramizdan oldin 4 ming yil ilgari boshlangan. Farfordan (chinnidan) buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan. Mayolika so‘zi Ispaniyadagi Mayorka oroli (XIV asr) va fayans so‘zi Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan olingan.

O‘zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Bog‘ot chinni, Sherobod kulolchilik va Rishton badiiy-kulolchilik zavodlari hamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi. Yurtimizda Angren, Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari, Sho‘rsuvda kuydirganda oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit, Zirabuloq, Ziyovuddinda dala shpati, Dehqonobod va G‘uzorda dolomit konlari mavjud.

Farfor, fayans va mayolikaning asosiy xomashyosi kaolin (oq gil) hisoblanadi. Uning tarkibidagi kaolinit Al2O32SiO2•2H2O qizdirilganda mullit 3Al2O3•2SiO2 va kristoballit 4SiO2 kristallariga aylanadi. Undan loy tayyorlashda qayishqoqligini oshirish uchun qizdirganda oqaradigan gil qo‘shiladi. Qizdirib sovitilganda bo‘lg‘usi buyumning kichrayib qolish darajasini kamaytirish uchun loyga oq qum SiO2 qo‘shiladi. Loyni pishirish (qizdirganda yaxlitlanish) haroratini pasaytirish uchun dala shpati K2O•Al2O3•6SiO2 yoki tarkibi 75% dala shpati va 25% qumdan iborat pegmatit qo‘shiladi.

Xomashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib, ustidan g‘ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika buyumlari, farfor va fayans idishlarining bandlari va jo‘mraklari hamda haykalchalar quyish usulida ishlab chiqariladi. ldishlar bandi hamda jo‘mragi xomashyolarga sir tarkibidagi moddalar. dekstrin yoki karboksimetilselluloza qo‘shilgan aralashma bilan yopishtiriladi. Keyin ho‘l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va jo‘mragi ko‘tarishga bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar quritilib, ikki marta qizdiriladi.

Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo‘yicha yetti turga bo‘linadi:

1. Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 10% gildan qorilib, shakllantirilgandan keyin 900°C va 1410°C da pishirliadi. G‘ovakligi 0,5% bo‘lib, 2,5 mm. gacha qalinlikdagi devori orqali yorug‘lik shu’lasi ko‘rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.

2. Yumshoq (suyakli) farfor. Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki suyak kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin 900°C va 1300°C da pishirliadi. Buyum yupqa devorli bo‘lib, hamma joyidan yorug‘lik shu’lasi ko‘rinib turadi.

3. Fayans. Loyi 2% kaolin, 40% kvars qumi, 30% gil va 10% pegmatit aralashmaisdan qorilib, shakllantirilgandan keyin 1280°C va 1050°C da pishirliadi. G‘ovakliligi 9-12% atrofida bo‘ladi. Undan tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.


  1. Yarim farfor. Qattiq farfordan farqi xomashyosiga gil kaolin hisobidan 5% ko‘proq qo‘shilishida bo‘lib, undan umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan qalin devorli idishlar tayyorlanadi. Pishirilishi fayansniki kabi. Qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida yuvishga chidamli bo‘ladi. G‘ovakliligi 5-8% atrofida.

  2. Mayolika buyumlari. Loyi 15% kaolin, 25% oddiy gil va 40% dan kvars qumi bilan nefelin Na3(AlSiO4) yoki kvars, dala shpati va slyudadan iborat perlit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin ikki marta 900°C da pishirliadi. G‘ovakliligi 15% bo‘ladi.

  3. Olovbardosh sopol. Loyi 30% oddiy gil, 45% perlit va 25% nefelin yoki sillimanit Al2SiO5 aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900°C da pishirladi. Undan tayyorlangan xumchada ovqat pishirish mumkin.

  4. Oddiy sopol. Loyi 85% oddiy gil va 15% kvars qumi aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900°C da pishirliadi. Undan tovoq, kosa, ko‘za, gul tuvagi, yodgorliklar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.

Buyumlar birinchi qizdirishdan keyin sirlanadi. Farforning siri 31% kvars qumi, 34% pegmatit, 14% dolomit CaCO3•MgCO3, 6% farfor sinig‘i va 5% kaolin aralashmasidan tayyorlanadi. Fayans va mayolika siri 26% kvars qumi, 19% dala shpati, 12% dan stronsiy karbonati va buyum siniqlari, 11% bura Na2В4О7•10H2O, 9% soda Na2CO3 8% kaolin va 3% bo‘r CaCO3 aralashmasidan tayyorlanadi. Mayolika buyumlari odatda rangli sir bilan qoplanadi. Sir tarkibiga qo‘rg‘oshin antimonati 3RbO•Sb2O5 qo‘shib sariq, xrom oksidida yashil, kobalt oksidida ko‘k, temir oksidida jigarrang va hammasining ralashmalari qo‘shilsa, boshqa ranglar hosil bo‘ladi. Oziq-ovqat idishlari siriga qo‘rg‘oshin oksidi qo‘shilmaydi.

Farfor siri tarkibida 2-3 valentli metall oksidlari ko‘pligi uchun u sakkiz marta 100- 180°C gacha qizdirilib, 16°C dagi suvga botirilsa ham yorilmaydi. Fayans siri yetti marta 100- 170°C va 16°C oralig‘idagi harorat o‘zgarishlariga chidam beradi. Mayolika siri faqat to‘rt marta 100- 160°C oraliqdagi issiqlik o‘zgarishiga chidaydi. yodgorliklarining siri 30% kvars qumi, 36% dala shpati, 17% chinni siniqlari, 12% dolomit va 5% kaolin aralashmalaridan tayyorlanadi. Sirga rang berish uchun rangli shishalar yoki lantanoidlar (seziy, prazeodim, neodim, prometiy, samariy, yevropiy, gadoliniy, terbiy, disproziy, golmiy, erbiy, tuliy, itterbiy va lyutetsiy) oksidlari qo‘shiladi. Boshqa sopol buyumlarining siri 60% gil, 10% kaolin, 20% kvars qumi va 10% metall oksidlaridan iborat rangli angobdan olinadi. Metall oksidlaridah kobalt ko‘k, xrom va mis yashil, temir jigarrang hamda marganes sariq rang beradi. Farfor buyumlari sirlangandan keyin ikkinchi qizdirishda pechlarga qolipsiz joylashtiriladi. Shuning uchun tayyor buyumlar tagining qirralik qismi sirlanmagan bo‘ladi.




Aim.uz


Yüklə 12,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə