L. Reanimatsiya haqida va usullari klinik o'lim haqida Xirurgiya haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/3
tarix30.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#99710
  1   2   3
amirbek- 1 (1)

  • REJA
  • l.Reanimatsiya haqida va usullari klinik o'lim haqida
  • 2.Xirurgiya haqida
  • 1. Reanimatsiya bo'limi haqida.
  • Reanimatsiya [re - qayta va lot. animatio -jonlantirish, tiriltirish] - klinik o'lim holatidagi (q. Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim a'zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to'satdan yo'qolgan yoki o'zgargan faoliyatlarini tiklash uchun ko'riladigan chora-tadbirlar majmui.
  • Nafas olish va yurak faoliyati to'xtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini ta'minlay olmay qolgan hollarda reanimatsiya qo'llaniladi. Reanimatsiya masalalarini reanimatologiya o'rganadi. Renimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suv-elektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan so'ng a'zolar faoliyatini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi.
  • Yashashga qobiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin.
  • Reanimatsiya tadbirlarini og‘ir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish
  • oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, bo‘g‘ilish, suvga cho‘kish, termik kuyish, sovqotish va h. k. dan o‘layotgan vaqtda qo‘llash lozim. Reanimatsiyani, ko‘pincha, “tezkor davolash” (“intensiv terapiya”), “tezkor parvarish” (“intensiv parvarish”) deyiladi.
  • Demak, to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimatsiya o‘tkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostmulyator va h. k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qo‘yish), dori-darmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (ya’ni, ko‘krak qafasini ochmay turib) massaj qilish, apparatsiz sun’iy nafas oldirish va h. k. usullar qo‘llanadi. Reanimatsiyani shifokor, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimatsion yordam ko‘rsatadi.
  • Reanimatsiya chora-tadbirlarining to‘la kom-pleksi maxsus R. va tezkor davolash bo‘limlarida o‘tkaziladi, bu bo‘limlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa(lar) markazlarda tashkil topsa, shu asosda
  • tarmoqlar (kardiologik, toksikologik va h. k.)ga bo'linadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimatsiya markazlari ko‘p tarmoqli bo'ladi.
  • Terminal holat (lot. terminalis oxirgi, so'nggi) — hayotning so'nggi bosqichi; hayot bilan o'lim orasidagi holat. Bunda organizm yashashi uchun muhim bo'lgan organ va sistemalar faoliyatida (xatto tiklash mumkin bo'lsa ham) chuqur o'zgarishlar ro'y berib, gipoksiya kuchayadi. T.g'. (behushlik boshlansada) nafas reflekslari va yurak faoliyati saqlanib turgan agoniyao l d i, agoniya va klinik o'lim kabi 3 bosqichni o'z ichiga oladi. Terminal holatning davomiyligi asosiy kasallikning og'ir yoki yengilligiga va organizmni jonlashtirish (qarang reanimatsiya) chora tadbirlari ko'rilishiga bog'liq.

  • Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə