Linzalar haqida tushuncha



Yüklə 63,41 Kb.
tarix05.02.2018
ölçüsü63,41 Kb.
#25433

Aim.uz

Linzalar haqida tushuncha.


Darsning maqsadi : O`quvchilarga linzalar haqidagi bilimlarni, ularni

turli optik asboblarda ishlatilishida o`rni muhimligini tushuntirish.



Vazifalari: O`quvchilarga linzalar va ularning ishlatilishi haqida tarixiy ma’lumotlar berish, uning fotoapparatlarda, ko`zoynaklarda, mikroskoplarda ishlatilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish hamda fizik qonunlarni ko`rsatish orqali fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.
Darsda kerakli jihozlar: 6-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, linza, kompyuter texnikasi, dioproektor

Asosiy atamalar va tushunchalar: linza, optik o`q, fokus masofa, diopteriya.

Dars turi: Yangi bilim berish

Darsda qo`llaniladigan metod: Faol ma’ruza, guruhlar bilan ishlash
Darsning borishi
I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)

a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o`tiradilar.

b) salomlashish, davomatni aniqlash;

c) o`quvchilarni darsga hozirligini ko`rib chiqish.



II. Yangi mavzu bayoni

O`qituvchining kichik ma’ruzasi (10 minut)

Reja:

  1. Linza nima va uni qanday tushunamiz?

  2. Linzaning bosh optik o`qi nima?

  3. Linzalar qanday turlarga bo`linadi?

  4. Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi.?

  5. Linzada tasvir qanday hosil bo`ladi?

  6. Linzaning optik kuchi nima?

  7. Linzalar qanday asboblarda qo`llaniladi?

Yangi mavzuni boshlashdan oldin har xil ko`zoynaklar (tasvirni katta ko`rsatadigan, uzoqni yaxshi ko`radigan, kompyuterda ishlaydigan)ni o`quvchilarga tarqatib, ulardan qayerlarda foydalanish so`raladi. Shundan so`ng linzaga ta’rif beriladi. Slayd orqali linzani ifodalovchi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.


Linza nima va uni qanday tushunamiz?

Linzadan yorug`likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo`nalishini o`zgartirish uchun yoki yorug`lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko`zoynakning oynasi gardishga olingan linzadir. Ko`zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko`rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug`likni yaxshi o`tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin.

Linzalarda tasvir yasash uchun optik o`qqa parallel nurlar yuboriladi. Linzaning bosh optik o`qi deb sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o`tuvchi to`g`ri chiziqqa aytiladi.

Linzalar qanday turlarga bo`linadi?

Linzalar qavariq va botiq linzalarga ajratiladi. Qavariq linza yig`uvchi, botiq linza sochuvchidir. Linzaning o`rta qismi chetlariga qaraganda yo`g`on bo`lsa qavariq, ya’ni nurlarni yig`adi, agar o`rta qismi chetlariga qaraganda ingichka bo`lsa botiq, ya’ni nurlarni sochadi. Linzalarning mana shu xususiyatidan amalda keng foydalaniladi. Masalan: Fatoapparatlarda yig`uvchi linzalar fotosuratga olinayotgan buyumni kichiklashtirgan tasvirni beradi. Sochuvchi linza kino apparatdagi kichik kadrdagi tasvirni yuzlab marta kattalashtirib beradi.



Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi?

Linzadan o`tgan nurlar bir nuqtada yig`iladi. Bu nuqta linzning fokus masofasi deyiladi. Fokus nuqtani F harfi bilan belgilanadi. Linzaning markazi O nuqtadan F nuqtgacha bo`lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Botiq linzada tasvir hosil bo`lmaydi. Botiq linzada mavhum fokus mavjud. Sochilgan nurlarni go`yoki F nuqtadan chiqib kelayotgandek tasavvur qilish mumkin.



5. Linzada tasvir qanday hosil bo`ladi?

Buyumdan linzaga qarab ikkita nur birinchisi optik o`qqa parallel, ikkinchisi linzaning markaziga yo`naltiriladi. Nur linza fokusidan o`tsa, ikkinchisi linza markazidan sinmasdan o`tadi va A nuqtada uchrashadi va tasvir hosil bo`ladi. Linzaning optik kuchi, buyum va linza orasidagi masofaga bog`liq ravishda tasvir turlicha bo`ladi.



Kompyuterda “Kalorama” tomonidan ishlab chiqilgan animatsion ko`rgazmali tajribada yig`uvchi linzalarda buyumlarning tasvirlarini hosil qilish namoyish qilinadi. ( 2 minut)

O`quvchilar kompyuterda tasvirni hosil qilinganini ko`rgandan so`ng uning chizmasi slayd orqali tushuntiriladi.

Qavariq linzada tasvir quyidagicha hosil bo`ladi. AB buyum F va 2F oralig`iga qo`yilgan bo`lsa, hosil qilingan tasvir haqiqiy, to`nkarilgan va kattalashgan bo`ladi.

Linzaning optik kuchi nima?

Linzalarda tasvir yasash buyum bilan linza orasidagi masofaga bog`liq. Fokus masofasi qisqaroq bo`lgan linza, fokus masofasi uzun linzadan ko`ra buyumni ko`proq kattalashtiriladi. Shuning uchun birinchi linzani optik jihatidan kuchliroq deb aytish mumkin. Linzaning optik kuchi deb linzaning fokus masofasiga teskari bo`lgan kattalikka aytiladi? Optik kuchi D harfi bilan belgilanadi va formulasi quyidagicha:


D=
Optik kuchi birligi qilib dioptriya (1 dptr) qabul qilingan. 1 dioptriya- bu fokus masofasi 1 m ga teng bo`lgan linzaning optik kuchidir. Fokus masofasi 1 m dan kichik bo`lgan linzalarning optik kuchi 1 dptr dan katta bo`ladi. Masalan, fokus masofasi 0,5 m bo`lgan linzaning optik kuchi quyidagiga teng.
D==2 dptr
Linzalar fotoapparat, ko`zoynak, proeksion apparat, mikroskop, teleskop va h.k.o. larda qo`llaniladi.
III. Mavzuni mustahkamlash. (7 minut)

Ekranda slayd orqali savollar ko`rsatiladi va unga o`quvchilar javob beradilar.

1. Savol: Oq rangning tarkibiy qismi yordamida hosil qiluvchi spektrlarni kuzatib , o`rganadigan asbob.



Javob. Spektroskop.

2. Savol: Yerning tabiiy yo`ldoshi yordamida hosil qiluvchi ko`zning nuqsonini oldini oluvchi optik jism.



Javob. Ko`zoynak

3. Savol: Odamning ko`zi nima uchun sovuqni sezmaydi?



Javob: Sovuqni his etuvchi asab tolalari joylashgan ayrim nuqtalar orqali his etamiz. Ko`zda esa bunday nuqtalar yo`q.

4 savol: Linzalar necha xil bo`ladi?



Javob: Linzalar 2 xil bo`ladi: Qavariq va botiq.

5 savol: Nurlar to`planadigan nuqta nima deb ataladi?



Javob: Fokus deb ataladi

6. Muz yordamida olov hosil qilish mumkinmi?



Javob: Ha mumkin. Muzdan linza yasaladi. Linza yordamida nur yig`iladi va kuydirib, olov hosil qilinadi.

7. Quyoshli kunda o`simlik ustiga sepilgan suvlar qanday zarar keltirish mumkin.



Javob: O`simlik ustiga sepilgan suv tomchilari linza shaklini olib uning barglarini kuydiradi.

8. Jonli organizmlarda linza mavjudmi?



Javob: Ha, mavjud. Ko`z – jonli linza.

9. Shisha butilka tabiatga qanday zarar keltirishi mumkin?



Javob: Tabiat qo`ynida qoldirilgan shisha butilka yoki uning bo`lagi linza vazifasini o`tashi mumkin. Ma’lum sharoitlarda bunday qo`lbola linzalar orqali to`plangan yorug`lik nuri yong`in hosil qilishi mumkin.

10. Ikki og`ayni bir-birini ko`rmaydi.



Javob: Ko`z
IV. Yangi mavzu yuzasidan va uyga berilgan vazifani so’rash (10 minut)

O`quvchilar tanlagan 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi.



I-guruh. Linza

II-guruh. Quyosh

III-guruh. Oy

IV-guruh. Ko`zgu

V-guruh Nur

O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig’i chiqib tanlab oladilar.


«O`zing bajar» bu shartda o`quvchilar tajriba qilib ko`rsatadilar.

1-guruhga “Yorug`likning qaytish qonuni” (Yorug`lik manbai, yassi ko`zgu, disk)

2-guruhga “Yorug`likning sinish qonuni” (1 stakan suv, 1 varaq oq qog`oz, qalam).

3-guruhga Yorug`likning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishini tajribada tushuntiring (o`quvchilarga yorug`lik manbayi, ekran, birorta to`siq beriladi).

4-guruhga Botiq linzada qanday tasvir hosil bo`ladi. (Yorug`lik manbayi, botiq linza ekran)

5-guruhga Qavariq linzada qanday tasvir hosil bo`ladi. (Yorug`lik manbayi, qavariq linza ekran)


Guruhlar taqdimoti ( 10 minut)

V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan ballariga qarab rag`batlantiriladi.



VI. Uyga topshiriq: ( 2 minut)

Izoh: O`qituvchi uyga vazifani slayd orqali ko`rsatadilar va o`quvchilar yozib oladilar.


Boshqotirma.

Savollar. 1. Shishani sindirmay uyga kira oladi. 2. O`z aksingizni ko`ra olasiz. 3. Quyoshdan kelib olamni yoritadi. 4. Issiqlik uzatishning bir turi. 5. Rasmingizni oladigan optik qurilma. 6. Spektrdagi ranglardan biri. 7. Vatandoshlarimizdan biri. 8. Ko`zoynakning asosiy qismi. 9. Yorug`likning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishidan hosil bo`ladi.




Boshqotirma javobi.
1. Nur 2. Ko`zgu 3. Yorug`lik 4. Nurlanish 5. Fotoapparat 6. Zarg`aldoq

7. Beruniy 8. Linza 9. Soya


Har bir optik asbob uchun “Sinkveyn” yozib kelish. Masalan:

1. “Linza”

2. Linza- sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism

3. Linzalar 2 hil bo`ladi: qavariq va botiq



4. Nurlar to`planadigan nuqta fokus.
Yüklə 63,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə