Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tasviriy san’at fani o‘quv dasturi



Yüklə 215,14 Kb.
səhifə1/2
tarix22.11.2017
ölçüsü215,14 Kb.
#11337
  1   2

L O Y I H A
O‘zbekiston respublikasi XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

tasviriy san’at FANI o‘quv DASTURI

(1-7-sinf)

Toshkent – 2017

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limining tasviriy san’at fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quv dasturi Xalq ta’limi vazirining 2017 yil dagi_____ -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-7 sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.



UQTIRISh XATI
Ushbu o‘quv dastur umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanini o‘qitishning Davlat ta’lim standarti asosida mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini yoritib beradi.

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish, badiiy tafakkurni yuksaltirish, estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan bilimlarni egallash, ulardan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

Tasviriy va amaliy san’at asarlarini, badiiy hunarmandchilikni, me’morchilik va dizayn san’atiga oid tarixiy namunalar hamda zamonaviy san’at asarlarini tahlil qilishga va amaliy faoliyatida qo‘llashga o‘rgatish;

naturaning xarakterli jihatlarini ko‘ra olishga, tahlil qilishga va tasvir yoki haykalni ishlash bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olishga o‘rgatish;

texnika va texnologiyalarning takomillashib borishi asosida fanlar integratsiyasini hisobga olgan holda to‘g‘ri va ongli kasb tanlashga yo‘naltirish;

tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Tasviriy san’at fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, quyidagi tartibda o‘qitiladi.

1 – 4 -sinf


  • tasvir ishlashga ijodiy yondashish;

  • asosiy ranglar (qizil, sariq, ko‘k)ni bilish;

  • asosiy ranglardan hosila ranglarni hosil qilish;

  • qalam, qog‘oz, bo‘yoq, mo‘yqalam va loy, plastilin, stek (xaykaltaroshlik pichoqchasi)dan to‘g‘ri foydalanish usullarini bilish;

  • tasvir mazmuniga ko‘ra qog‘oz holatini mos (tik yoki yotiq) tarzda tanlay olish.

5 – 7 -sinf

  • tasviriy san’at asarlarini tahlil qila olish;

  • tasviriy san’atning tur va janrlarini farqlay olish;

  • asosiy va hosila (zarg‘aldoq, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, ranglarni hosil qilishni bilish;

  • O‘zbekiston va jahon tasviriy san’at asarlarini bir-biridan farqlash;

  • naturaning xarakterli jihatlari (shakli, rangi, o‘lchami, nisbatlari, fazoviy holati)ni kuzata olish va amalda qo‘llay olish;

  • miniatyura san’ati, sharq miniatyura maktablari namoyondalarini, syujetli kompozitsiya haqida bilish;

  • amaliy bezak san’atida ramziy belgilar, dizayn san’ati, me’morlik, kitobat san’atini o‘rganish.

Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalari-

ning elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

Tasviriy san’at faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish; mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob berish; muloqotda muomala odobiga rioya qilish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z fikrini tushuntira bilish, maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish.



A1+

tasvirlanadigan natura ko‘rinishini sodda bayon qilish; olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish; yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish mavzudan kelib chiqib savollarni to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.


A2


Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildirish.
A2+

Tasviriy san’at faniga oid atamalarni xorijiy tillardan ifodalay olish, o‘z do‘stlari bilan texnika tilida muloqotga kirisha olish; zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

Tasviriy san’at faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, media vositalardan foydalanish, axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish.



A1+

media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media madaniyatga rioya qilish.



A2

Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlashda xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media madaniyatga rioya qilish.



A2+

EXCELda ma’lumotlar bazasini yaratish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish; kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma yozish, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yarata olish.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

tasviriy san’at fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish, “Sehrli moy qalam” to‘garakda fanlarni o‘qib-o‘rganish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘zining xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish, o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish.



A1+

o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish;



A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish; jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish; o‘zining qiziqishlariga qarab qobiliyatlarini namoyon qila olish, ongli kasb tanlash, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lish.



A2+

lider bo‘la olish, konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

O‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish, muomala madaniyatga amal qilish; (kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish, oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish; sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.



A1+

maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish, o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok etish.



A2
Sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish; jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, Vatan oldidagi mas’uliyatni his qilish, kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, ekologik, huquqiy madaniyatga rioya qilish.
A2+

jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, o‘z munosabatini bildirish; inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash; ozodalikka rioya qilish, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchasiga ega bo‘lish, san’at asarlarini tahlil qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar) bilish.



A1+

milliy bayramlarni bilish, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish, san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish, ziyorat qilish odobiga amal qilish.



A2

Xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar) bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.



A2+

milliy mafkuraning milliy, umuminsoniy tamoyillarini va vazifalarini bilish.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

Oilasida nechta odam borligi, kim katta-kim kichikligini bilish, maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish; mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish; isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi) tejab foydalanish, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish; texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini bilish.



A1+

kundalik rejalarini tuza olish; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish, isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish.



A2

mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera olish, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish; kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish.



A2+

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish, taraqqiyotni isloh qilishning besh tamoyili va yetti ustuvor yo‘nalishini sharhlay olish.



1-SINF

33 soat, haftasiga 1 soat
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: tasviriy san’at faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: tasviriy san’at faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakat motorikasini rivojlantirish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: tasviriy san’at turlariga oid ma’lumotlar haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: oilasida nechta odam borligi, kim katta-kim kichikligini bilish.
1-mavzu: Tasviriy san’at turlari. (1 soat)

Tasviriy san’atning asosiy turlari: rang tasvir, grafika va haykaltaroshlik haqida ma’lumot berish.



2-mavzu: Rassomning ish qurollari haqida tushuncha. (1soat)

Dars jarayonida foydalaniladigan ish qurollari haqida ma’lumot berish.



3-mavzu: Chiziqlar va shakllar. (1soat)

Tasviriy san’at fanida foydalaniladigan yordamchi chiziqlar haqida ma’lumot berish.



4-mavzu: Bo‘yoqlar va ranglar haqida asosiy tushuncha. (1 soat)

Asosiy va hosila ranglarni haqida tushuncha berish hamda ish jarayonida qo‘llashni o‘rganish.



5-mavzu: Tasviriy san’atda bayroqcha rasmini tasvirlash. (1 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



6-mavzu: O‘quvchilar bilan birgalikda soat rasmini tasvirlash. (1 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



7-mavzu: Kuz faslini idrok etish. (1 soat)

Tabiatning turli fasllaridagi o‘ziga xos go‘zalligini ko‘ra bilish, tabiat go‘zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo‘llash.



8-mavzu: “Kuz” mavzusida rasm chizish. (1 soat)

Manzarani tasvirlash jarayonida tasvirni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va perspektiva qoidalari haqida tushuncha berish.



9-mavzu: Barglar rasmini tasvirlash. (1 soat)

Turli shakldagi barglar rasmini chizish.



10-mavzu: Barglardan tasvir va shakllar hosil qilish. (1soat)

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari o‘stirish.



11-mavzu: Tasviriy san’atda haykal ishlash sirlari. (1 soat).

O‘quvchilarda qo‘llarning mayda matorikalarini rivojlantirish orqali ularda haykal ishlash malakalarini tarkib toptirish.


12-mavzu: Akvariumdagi baliqlar rasmini tasvirlash. (1 soat)


Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olish hamda sovuq ranglar bilan ishlashni o‘rgatish.

13-14 mavzu: “Ikki echki” ertagi asosida haykal ishlash.(2 soat).


Ertaklar asosida illustrasiya ishlash.

15-mavzu: “O‘zbek modeli” avtomashina rasmini chizish. (1 soat)

O‘zbek avtomashinalari rasmini chizish orqali milliylik ruhini uyg‘otish va naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



16-mavzu: Qish faslini idrok etish. (1 soat)

Tabiatning turli fasllaridagi o‘ziga xos go‘zalligini ko‘ra bilish, tabiat go‘zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo‘llash.



17-mavzu: “Qish” mavzusida rasm chizish. (1 soat)

Manzarani tasvirlash jarayonida tasvirni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va perspektiva qoidalari haqida tushuncha berish.



18-mavzu: Ho‘tik haykalchasini ishlash. (1soat)

O‘quvchilarda qo‘llarning mayda matorikalarini rivojlantirish orqali ularda haykal ishlash malakalarini tarkib toptirish.



19-mavzu: Yelkanli qayiqcha rasmini tasvirlash. (1 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



20-mavzu: “Uch tulki” ertagi asosida rasm chizish va uning haykalchalarini yasash. (1 soat)

Ertaklar asosida bosqichma-bosqich illustrasiya ishlash.



21-mavzu: Fil haykalchasini ishlash. (1 soat)

Fil haykalchasini yasash orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.



22-23-mavzu: Samolyot rasmini ishlash. (2 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



24-mavzu: Havo shari rasmini chizish. (1 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



Nazorat ishi (1 soat)

25- mavzu: Bahor faslini idrok etish. (1 soat).

Tabiatning turli fasllaridagi o‘ziga xos go‘zalligini ko‘ra bilish, tabiat go‘zalligini idrok etishda asosiy tasavvurlar va fantaziyani qo‘llash.



26-mavzu: “O‘lkamizda bahor” mavzusida rasm chizish. (1 soat)

Manzarani tasvirlash jarayonida tasvirni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va perspektiva qoidalari haqida tushuncha berish.



27-mavzu: Gullar rasmini chizish. (1 soat)

Tabiatning go‘zalliklarini ranglar uyg‘unligi orqali ko‘rsatib berish.



28-mavzu: Kapalak rasmini chizish. (1 soat)

Tabiatning go‘zalliklarini ranglar uyg‘unligi orqali ko‘rsatib berish.



29-30-mavzu: To‘tiqush rasmini chizish. (1 soat)

Naturaga qarab rasmni qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish va ranglardan to‘g‘ri foydalana olishga o‘rgatish.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi, tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi, sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi, naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.



Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi,tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi.



Nazorat ishi (1 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 30 soat

Nazorat ishlari uchun - 4 soat

Jami - 34 soat
2-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: darsga oid ko‘rsatmalar va o‘qituvchi nutqini tushunish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizordan to‘g‘ri foydalanish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish.

1-mavzu: Tasviriy san’atda “Rang va tuslar”. (1 soat (A1+: 2soat))

Tasviriy san’atda asosiy va hosili ranglar bilan ishlash.



2-mavzu: Mevalar va milliy idishlardan tashkil topgan natyurmort rasmini chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Bosqichma bosqich natyurmort tasvirlash usullari.



3-mavzu: “Manzara” janrida rasm chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Tasviriy san’atda manzara janrini tasvirlash bosqichlari.



4-mavzu: Ustozlar bayramiga tabriknoma eskizini yasash. (1soat).

O‘quvchilarni kompozitsion faoliyatini rivojlantirish.



6-mavzu: “Bo‘g‘irsoq” ertagi asosida haykal yasash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Illustrasiya tasvirlash bosqichlari.



7-mavzu:“O‘zbek xalq amaliy san’ati” haqida tushuncha. (1 soat).

Amaliy san’at turlari haqida ma’lumot berish.



8-mavzu: “Oltin kuz” manzara rasmini chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Borliqni badiiy idrok etish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2soat))

9- mavzu: “Baliq” haykalchasini yasash. (1soat).

O‘quvchilarni kompozitsion faoliyatini rivojlantirish.



10-mavzu:“Kuzgi ishlar” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+: 2 soat))

Kuz faslida bajariladigan ishlarni tasvirlash, o‘quvchilarni kompozitsion faoliyatini rivojlantirish.



11-mavzu: Yo‘lsimon naqsh chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Naqsh namunalaridan nusxa ko‘chirish.



12-mavzu: Avtomashinalarni rasmini chizish.(1 soat).

Naturaga qarab tasvirlash.



13-mavzu:“Bo‘ri bilan tulki” ertagi asosida haykal yasash. (1 soat).

Ertak asosida kompozitsiya bajarish.



14-mavzu:“Qish manzarasi” mavzusi asosida rasm chizish. (1 soat (A1+: 2 soat)) Borliqni idrok etish, qish faslini tasvirlash.

15-mavzu:“Qanotli do‘stlar” qushlar rasmini chizish. (1 soat).

Qish faslida istiqomat qiladigan qushlari rasmiga qarab tasvirlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

16-mavzu:“Yangi yil” manzara rasmini tasvirlash. (1 soat).

Qish manzarasini, bayramga tayyorgarlikni tasvirash.



17-mavzu: “Men sevgan hayvon” mavzusida haykal yasash. (1soat).

O‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan hayvonlari rasmini chizish.



18-mavzu: Naqsh namunalaridan nusxa ko‘chirish(1 soat (A1+: 2 soat))

Kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



19-mavzu: Aylana naqsh kampozitsiyasini chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Naqsh namunalaridan nusxa ko‘chirish.



20-mavzu: 8-Mart bayramiga tabriknoma yasash. (1 soat)

O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.



21-mavzu:“Navro‘z-bahor bayrami” mavzusida jamoa tarzida devoriy gazeta ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Navro‘z bayrami, bahor fasli go‘zalliklarini tasvirlash.



22-mavzu: “Mening maktabim” mavzusida rasm chizish. (1 soat) O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.

23-mavzu: Archa, terak va turli xil daraxt rasmlarini chizish hamda ularga ta’rif berish. (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.



24-mavzu: Ixtiyoriy ertak qaxramoni haykalchalarini ishlash. (1 soat (A1+: 2soat)) O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.

Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2soat))

25-mavzu:Tuyaning rasmini chizish. (1 soat) Yordamchi chiziqlar asosida tuya rasmini chizish.

26-mavzu: Dekorativ haykalchalar (1 soat (A1+:2soat)) O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.

27-28-mavzu: “Bobomning bog‘i” mavzusi asosida manzara kompozitsiyasini yaratish (2 soat (A1+: 4 soat)) O‘quvchilarni kompozitsion qobiliyatini rivojlantirish.

29-30mavzu: “Uch jo‘ja va o‘rdakcha” ertagi asosida ularning haykalchalarini ishlash. (2 soat (A1+: 4 soat)) Illustrasiya tasvirlab, tasvir asosida haykal ishlash.

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

A1

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi, tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi, oladi, naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.



A1+

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini tahlil qila oladi; tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi; naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi.


Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

A1

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A1+

qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi; turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi; sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra oladi va tasvirlash layoqatiga egallay oladi.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2soat))
Mavzularni o‘rganish uchun -30 soat (A1+:60 soat)

Nazorat ishlari uchun - 4 soat (A1+:8 soat)

Jami - 34 soat (A1+:68 soat)
3-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)
O‘quvchilarda shakillantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: ona tili va birorta xorijiy tilni o‘zlashtirish, muloqotda qo‘llay olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor orqali berilgan xabarlarni to‘g‘ri javob qaytarish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: maktabda, to‘garakda fanlarni o‘qib-o‘rganish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish.
1-mavzu: “Mustaqil ona Vatan” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+:2soat))

Bayramona kayfiyatni davom ettirgan holda kompozitsiya bajarish.



2-mavzu: “Kuzgi hosil” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+:2soat))

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kompozitsiya bajarish.



3-mavzu: “Kuz” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+:2soat))

Kuz faslini badiiy idrok etish.



4-mavzu: Natyurmort (milliy idishlar) asosida rasm chizish. (1 soat (A1+:2soat))

Bosqichma-bosqich natyurmort chizish qoidalari.



5-6-mavzu: Tabriknoma eskizini chizish va yasash. (2 soat)

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kompozitsiya bajarish.



7-mavzu: “Sijjakda kuz” O‘.Tansiqboev mavzusi asosida rasm chizish. (1 soat (A1+:2soat)) Kuz faslini badiiy idrok qilish.

8-mavzu: Barglar yordamida tasvir yaratish. (1 soat (A1+:2soat))

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kompozitsiya bajarish.



Nazorat ishi . (1 soat (A1+:2soat))

9-mavzu: Momaqaymoq, binafsha, lolaqizg‘aldoq kabi gullarning rasmini chizish. (1 soat (A1+:2soat))

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kompozitsiya bajarish.



10-mavzu: 2-3 mevalardan tashkil topgan natyurmort rasmini tasvirlash. (1 soat (A1+:2soat))

11-mavzu: Gullar ishtirokida to‘rtburchak shaklda naqsh namunalaridan birini ko‘chirish. (1 soat (A1+:2soat))

Bosqichma-bosqich naqsh chizish qoidalariga amal qilish.



12-mavzu: Baliq relefli haykalini ishlash. (1 soat (A1+:2soat))

Bosqichma-bosqich haykal yasash qoidalariga amal qilish.



13-mavzu: “Tulki va turna” ertagi qaxramonlari asosida illustrasiya ishlash. (1 soat (A1+:2soat))

ertak asosida bosqichma-bosqich illustrasiya ishlash qoidalariga amal qilish.



14-mavzu: Harakatdagi odam haykalini yasash. (1 soat (A1+:2soat))

Harakatdagi sportchi, raqqosalarni tasvirini yasash.



15-mavzu: “Qorli uycha” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+:2soat))

Qish manzarasini badiiy idrok etish, qish faslida uy ko‘rinishini perspektiva qoidalariga amal qilib tasvirlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+:2soat))

16-mavzu: “Yangi yil” mavzusida devoriy gazeta chizish. (1 soat (A1+:2soat))

Jamoaviy tarzda yangi yil tabrigini bajarish.



17-mavzu: “Fantastik daraxt” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+:2soat))

Kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



18-mavzu: “Tog‘larning bahorgi ko‘rinishi” manzara rasmni chizish (1 soat (A1+:2soat)) Bahor kelganida tog‘lar, bog‘larning ko‘rinishini tasvirlash.

19-mavzu: 8-Mart bayramiga tabriknoma yasash. (1 soat (A1+:2soat))

Jamoaviy tarzda onajonlar bayramiga tabriknoma bajarish.



20-mavzu: “Men sevgan hayvon” mavzusida haykal yasash. (1 soat (A1+:2soat))

Kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



21-mavzu: “Navro‘zi olam” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+:2soat))

Sumalak sayli, bayram kayfiyatini tasvirlash.



22-mavzu: Geometrik shakllar yordamida naqsh kompozitsiyasini chizish. (1 soat (A1+:2soat)) Grix chizish qoidalari haqida ma’lumot berish, bosqichma-bosqich chizish.

Nazorat ishi (1 soat (A1+:2soat))

23-24-mavzu: O‘zbek xalq amaliy bezak san’atini badiiy idrok etish (2 soat (A1+: 4 soat)) Amaliy san’at turlari haqida tushuncha berish.

25-mavzu: Gullar asosida naqsh chizish. (1 soat (A1+: 4soat))

O‘quvchilarda kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



26-mavzu: “Ho‘tik yetaklagan bola” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Naturaga qarab tasvirlash.



27-mavzu: “Echki va uning bolalari” ertagi qahramonlaridan birini tanlab rasm chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

O‘quvchilarda kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



28-mavzu: Natyurmort asosida haykal ishlash. (1 soat (A1+: 2soat))

O‘quvchilarda kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.



29-mavzu: “Hayvonot bog‘ida” mavzusida rasm chizish. (1 soat (A1+: 2 soat))

Naturaga qarab tasvirlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

30-mavzu: Harakatdagi odam obrazini ishlash (1 soat (A1+: 2soat))

O‘quvchilarda kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish, bosqichma-bosqich tasvirlash qoidalariga amal qilish.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi;

A1

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi, naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi, tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi.



A1+

tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi; naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi.


Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

A1

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.



A1+

qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi; turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi; sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra oladi va tasvirlash layoqatiga egallay oladi.


Mavzularni o‘rganish uchun -30 soat (A1+:60 soat)

Nazorat ishlari uchun - 4 soat (A1+:8 soat)

Jami - 34 soat (A1+:68 soat)
4-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: san’at asarlarini tahlil qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: texnikaning paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni bilish.
1-mavzu: Tasviriy san’at tur va janrlari (1 soat (A1+: 2soat))

2-mavzu: Mevalar asosida natyurmort chizish (1 soat (A1+: 2soat))

3-mavzu: “Qovun saylida”mavzusida kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

4-mavzu:“Raqqosa” haykalini ishlash (1 soat)

5-mavzu: Kuzgi gullar mavzusida rasm ishlash (1 soat (A1+: 2soat))


6-mavzu: “Qushlar” mavzusida rasm chizish (1 soat)

7-8-mavzu: To‘rtburchak shaklida naqsh chizish (1 soat (A1+: 2soat))

Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2soat))

9-mavzu: O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari mavzusida suhbat (1soat)

10-mavzu: “Mehmonlar me’moriy yodgorliklar oldida” mavzusida kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2soat))

11-mavzu:“Chopon bola” mavzusida haykal ishlash (1 soat (A1+: 2soat))

12-13-mavzu: Kvadrat shaklida naqsh chizish (1 soat (A1+: 2 soat))

14-mavzu: “Sport o‘yinlari” mavzusida kompozitsiya ishlash (1soat).

15-mavzu: “Qish keldi” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+: 2 soat))

Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

16-mavzu: Doira shaklida naqsh chizish (1 soat (A1+: 2 soat))

17-mavzu: “Savat ko‘targan qiz” mavzusida kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

18-mavzu:“Tuya bilan bo‘taloq mavzusida” haykalini ishlash (1 soat)

19-mavzu: “Ur to‘qmoq” ertagiga illustrasiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

20-mavzu: “Futbolchi” mavzusida haykal ishlash (1soat)

21-mavzu: “Navro‘z” bayrami mavzusiga kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

22-mavzu:“Tog‘da bahor”mavzusiga kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

23-mavzu:“Bahor gullari” mavzusiga kompozitsiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

24-mavzu: Sopol lagan uchun naqsh ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

26-mavzu: “Bokschi” mavzusida haykal ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

27-28-mavzu: “Poyga” mavzusiga rasm ishlash (2 soat).

29-mavzu: “Bo‘ri bilan turna” masaliga illustrasiya ishlash (1 soat (A1+: 2 soat))

30-mavzu: Yil davomida o‘tilgan mavzularni takrorlab, chizilgan na’munalarda ko‘rgazma o‘tkazish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarning elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

Tasviriy san’at faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay oladi; mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob bera oladi; muloqotda muomala odobiga rioya qila oladi, suhbatdoshining fikrini tinglay oladi, o‘z fikrini tushuntira oladi, maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qila oladi.



A1+

Tasvirlanadigan natura ko‘rinishini sodda bayon qila oladi; olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yurita oladi; yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildira oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni to‘g‘ri qo‘yib javob bera oladi.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

Tasviriy san’at faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘radi, o‘rganilgan ish usullarini bajara oladi, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib bora oladi, media vositalardan foydalana oladi, axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana oladi.



A1+

Media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana oladi; fayllarni ochishda media madaniyatga rioya qila oladi.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

Tasviriy san’at fanini o‘rganish, amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qila oladi, kattalarning gapiga quloq tuta oladi, “Sehrli moy qalam” to‘garakda fanlarni o‘qib-o‘rgana oladi, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘la oladi; to‘g‘ri so‘z bo‘la oladi, o‘rtoqlarining xatosini tushuntira oladi, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam bera oladi, o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunisha oladi, xatolarini tuzatishga harakat qila oladi, o‘zini nazorat qila oladi, halollik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay oladi, yaxshi fazilatlarga rioya qila oladi.



A1+

O‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib boradi; turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rgana oladi.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

O‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini biladi, unga rioya qiladi, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘la oladi; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi, muomala madaniyatga amal qila oladi; (kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘la oladi, oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay oladi; maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga amal qila oladi; sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avay oladi.



A1+

Maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok eta oladi, o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini biladi, maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va x.k.) ishtirok eta oladi.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

Orasta kiyinish va doimo shunga amal qiladi, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la oladi, yurish-turishda kattalardan o‘rnak bo‘la oladi, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlay oladi; ozodalikka rioya qila oladi, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bo‘la oladi, san’at asarlarini tahlil qila oladi, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qila oladi; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay oladi, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayllar) biladi.



A1+

Milliy bayramlarini biladi, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni biladi, san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay oladi, san’at asarlarini tahlil qila oladi, ziyorat qilish odobiga amal qiladi.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

Oilasida nechta odam borligi, kim katta-kim kichikligini biladi, maktabga kelib ketadigan vaqtni biladi; mamlakatimizdagi bayram kunlarini biladi; isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunadi, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi.) tejab foydalana oladi, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni biladi; texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini biladi.



A1+

Kundalik rejalarini tuza oladi; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza oladi, isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qila oladi.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

A1

Naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi, naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi, tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi, perspektiva qoidalarini amaliy ishda qo‘llay oladi.



A1+

Naturaning shakli, hajmi, tuzilishini tahlil qila oladi; tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi; naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi.


Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi;

A1

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.



A1+

qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi; turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi; sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra oladi va tasvirlash layoqatini egallay oladi.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))
Mavzularni o‘rganish uchun -30 soat (A1+:90 soat)

Nazorat ishlari uchun - 4 soat (A1+:12 soat)

Jami - 34 soat (A1+:102 soat)
5-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: jamoa bilan ishlashda uning fikrini qo‘llab-quvvatlash.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (audio-video yozuv,kompyuter) foydalanish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: shaxsiy, iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritishni bilish.

1-mavzu: Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari. (1 soat (A1+: 2soat))

Chiziq, dog‘, rang, shakl, fazo, faktura haqida tushuncha.



2-3mavzu: Qalamtasvirda geometrik jismlar chizish. (2 soat (A1+: 4soat))

Nuqta, chiziqli tasvir, chiziqli tasvirlash, tusli tasvirlash, shtrixlar haqida ma’lumot berish.


4- mavzu: Oq va qora rangda manzara rasmini ishlash. (1 soat (A1+: 2soat))

Narsalarning och-to‘qlik darajalarini farqlash.



5-mavzu: Xotirjam, o‘ychan holatlarni ifodalanuvchi manzara rasmini chizish. (1 soat (A1+: 2soat))

Tasviriy san’atda tabiat ko‘rinishini ifodalash.



6-mavzu: Odam haykalining turli vaziyatdagi holatini yasash. (1 soat (A1+: 2soat))

Harakatdagi odam kompozitsion haykalini ishlash.



7-mavzu: Oydin tundagi yoki quyoshning botish chog‘idagi daraxtni tasvirlash (1 soat (A1+: 3soat)

Guash yoki akvarel bo‘yoqlari bilan ishlash.



Nazorat ishi №-1.

8-9-mavzu: Rangtasvir xususiyatlari. (2 soat (A1+: 4 soat))

Spektr ranglar haqida tushuncha.



10-mavzu: Rangtasvir va grafikada manzara. (1 soat (A1+: 2soat))

Manzara janridagi asarlarni tahlil qilish va ijodiy ish bajarish.



11-mavzu: Tabiatning obrazli manzarasini tasvirlash. (1 soat (A1+: 2soat))

Yil fasllarining obrazli talqinini ishlash.



12-mavzu: Sharqona shahar tasvirining eskizini chizish (1 soat (A1+: 2soat))

Sharq tarixiy minoralarini o‘rganish, tasvirini chizish.



13-mavzu: “Tasviriy san’atda animalistik janr” (1 soat (A1+: 2 soat))

Animalistik janr haqida ma’lumot berish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

14-mavzu: “Men sevgan hayvon” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘quvchilar yoqtirgan hayvonlarni rasmini chizish.



15-mavzu: “Qish manzarasi” mavzusida rasm chizish (1 soat (A1+: 2 soat))

Qish faslini idrok etish.



16-mavzu: “Yangi yil” mavzusida devoriy gazeta ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Jamoaviy tarzda yangi yil tabrigini tasvirlash.



17-mavzu: Rangtasvirda natyurmort chizish bosqichlari. (1 soat (A1+: 2 soat))

Natyurmort chizish bosqichlari, perspektiva qoidalari haqida ma’lumot.



18-19mavzu: Milliy idishlardan natyurmort chizish. (2 soat (A1+: 4 soat))

Bosqichma-boqich natyurmort chizish.



21-mavzu: Men sevgan hayvon haykalchasini yasash. (1 soat)

O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.



22-23-mavzu: Naqsh na’munalaridan kompozitsiya bajarish. (2 soat (A1+: 4 soat))

Kompozitsiya bajarish.



24-mavzu: Badiiy bezak grafikasi. (1 soat (A1+: 2soat))

Kompozitsiya bajarish.



25-mavzu: 8-Mart bayramiga devoriy gazeta ishlash. (1 soat).

Jamoaviy tarzda tabriknoma eskizini bajarish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

26-mavzu: Tasviriy san’atda portret janri. (1 soat (A1+: 2 soat))

27-mavzu: “Avtoportret (1 soat (A1+: 2 soat))

28-29-mavzu: “Men sevgan qaxramon” mavzusida portret ishlash (2 soat (A1+: 4 soat))

30-mavzu: “Harakatdagi odam” xaykalini yaratish (1 soat (A1+: 2 soat))

Kompozitsiya bajarish.


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi;

A1

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi, tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi, naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi, naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



A1+

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi; tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi; naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi; amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi; O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini tahlil qila oladi; naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.


Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi:

A1

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi, tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi, tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi, sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.



A1+

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini badiiy tahlil qiladi va asar xususiyatini mazmunan ifodalay oladi; tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalarini biladi va ularni amalda qo‘llay oladi; amaliy san’atda rangshunoslik qoidalariga amal qila oladi; maxsus material va ish qurollaridan foydalana oladi.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))
Mavzularni o‘rganish uchun -30 soat (A1+:60 soat)

Nazorat ishlari uchun - 4 soat (A1+:8 soat)

Jami - 34 soat (A1+:68 soat)
6-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: nam qog‘ozga tasvir ishlash usullari oid manbalaridan foydalana olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlarni ishlatilish sohalarini axborot manbalaridan qidirib topish, bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda ishlash.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: Vatan, oila, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish.
1-mavzu: O‘rta asrlar tasviriy san’ati usul va yo‘nalishlari. (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘rta asrlarda tasviriy san’at yo‘nalishlarining rivojlanishi haqida ma’lumot berish.



2-mavzu: Xitoy va Yaponiya tasvirlash san’ati usuli. (1 soat (A1+: 2 soat))

Nam qog‘ozga daraxt, tog‘, gul obrazini tasvirlash.



3-4 mavzu: Harakatdagi odam, sportchi obrazini tasvirlash (2 soat (A1+: 4 soat)) Harakatlanayotgan obraz (figura) ni tasvirlash.

5-mavzu:Tariknoma eskizini yasash. (1soat)

Ustozlar bayramiga tabriknoma eskizini yaratish.



6-mavzu: Rangtasvir yoki grafika usulida kompozitsiya yaratish. (1 soat (A1+: 4 soat))

Tasviriy san’at turlaridan birini tanlab kompozitsiya yaratish.



7-8-mavzu: Haykaltaroshlikda lirika va drammatizm. (2 soat (A1+:4soat))

Haykaltaroshlik turlarini badiiy idrok etish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

9-mavzu: Mayda plastika haykaltaroshligi. (1 soat (A1+: 2 soat))

Haykaltaroshlikda mayda plastika yo‘nalishining o‘rni.



10-mavzu: Sharq miniatyura san’ati. (1 soat (A1+: 4 soat))

Miniatyura san’ati tarixi haqida ma’lumot berish.



11-12 mavzu: Sharq miniatyura san’ati asarlaridan namuna ko‘chirish. (2 soat (A1+: 4 soat)) Sharq miniatyura san’ati asarlaridan nusxa ko‘chirish.

13-mavzu: O‘zbek xalq ertaklariga illustrasiya bajarish. (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘zbek halq ertaklari syujetlari asosida miniatyura usulida illustrasiya ishlash.



14-mavzu: Sharq mumtoz adabiyoti syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Sharq mumtoz adabiyoti syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash.



15-16-mavzu: Miniatyura ishlash uchun qutilar tayyorlash va kompozitsiya ishlash. (2 soat (A1+: 4 soat))

Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida miniatyura ishlash uchun quticha yasash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2soat))

17-mavzu: Tasviriy san’atda dastgoh rangtasviri. (1 soat (A1+: 2 soat))

Mahobatli rangtasvir usuli haqida ma’lumot berish.



18-mavzu: Dastgohli rangtasvir sohasida ijod qilgan buyuk namoyondalari. (1 soat (A1+: 2 soat))

Mahobatli rangtasvir janrida ijod qilgan rassomlar haqida ma’lumot berish.



19-mavzu: Nayurmort kompozitsiyasi. (1 soat (A1+: 2 soat))

Oshxona anjomlaridan tashkil topgan buyumlarni chizish.



20-mavzu: Xotirada mazuiy natyurmort ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Kompozitsiya bajarish.



21-22mavzu: Rangtasvirda syujetli kartina chizish. (2 soat (A1+: 4 soat))

Ertak, multfilm qaxramonlari ishtirokida rasm chizish.



23-mavzu: Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompozitsiya ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat)) Kompozitsiya yaratish.

24-25-mavzu:Tasviriy san’atda manzara janri. (1 soat (A1+: 3soat))

Maktab yoki uy hovlisini tasvirlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

26-mavzu: Maktab, sinf emblemasini yasash. (1 soat)

Kompozitsiya yaratish.



27-mavzu: Tasviriy san’atda tarixiy yoki mifologik janr. (1 soat (A1+: 2 soat))

Tarixiy asarlarni badiiy idrok qilish.



28-mavzu: Tarixiy va mifologik mavzusida portret chizish. (1 soat (A1+: 2 soat))

Mavzudan kelib chiqib kompozitsiya yaratish.



29-mavzu: Syujetli kartina eskizini chizish. (1 soat (A1+: 2 soat))

Yordamchi chiziqlardan foydalanib syujetli kartina chizish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

30-mavzu: Mening san’atim tengdoshlarim nigohida. (1soat)

Yil davomida tasvirlangan rasmlar ko‘rgazmasini o‘tkazish.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi:

A2

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi; tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi; naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi; amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi; O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini tahlil qila oladi; naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.



A2+

tasviriy san’atning tur va janrlari asosida amaliy ish bajara oladi.

Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi;

A2

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini biladi, tahlil qila oladi va undan ta’sirlana oladi; tasviriy san’atning janrlari, oqim va yo‘nalishlarini farqlay oladi;

tasvir ishlash bosqichlariga amal qila oladi; naturaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligini farqlay oladi; tasvirlashda ishlatiladigan yordamchi chiziqlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; tasvir ishlashda soya-yorug‘ qismlarini ajratadi, ish jarayonida qo‘llay oladi; tasvir ishlash jarayonida asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi; plastilin yoki loy bilan ishlash bosqichlarini bajara oladi.

A2+

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini badiiy tahlil qiladi va asar xususiyatini mazmunan ifodalay oladi; tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalarini biladi va ularni amalda qo‘llay oladi; amaliy san’atda rangshunoslik qoidalariga amal qila oladi; maxsus material va ish qurollaridan foydalana oladi.


Mavzularni o‘rganish uchun -30 soat (A1+:60 soat)

Nazorat ishlari uchun - 4 soat (A1+:8 soat)

Jami - 34 soat (A1+: 68 soat)
7-SINF

34 soat (A1+68 soat) haftasiga 1 soat; (A1+; 2 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya: hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish; muloqotda o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish; media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, topshiriqlarni bajarishda media-madaniyatga rioya qilish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish; shaxsiy gigiena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: inson mehnatini yengillashtiradigan, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

1-2-3-mavzular: Tasviriy san’atdagi oqim va yo‘nalishlarda tur va janrlar. (3 soat (A1+: 6 soat))

Tasviriy san’at janrlari haqida umumiy ma’lumot berish hamda asarlarni badiiy idrok qilish.



4-mavzu: Impressionistik rangtasvir. (1 soat (A1+: 2 soat)

Impressionistik rangtasvir asarlarni badiiy idrok etish.



5-mavzu: Kubizm uslubida natyurmort ishlash. (1 soat (A1+: 2 soat))

Kubizm usulidagi asarlarni badiiy idrok etish.



6-7-mavzular: Tasviriy san’atda ramziy belgi va giraldika. (2 soat (A1+: 4 soat))

Maktab, sinf, mahalla emblemasi namunasida kompozitsiya qilish.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

8-9-mavzu: “O‘zbekistonning amaliy bezak san’atida ramziy shakllar” (2 soat (A1+: 4 soat)) Naqsh chizish bosqichlarida ishtirok etadigan shakllarni chizish.

10-11mavzu: O‘zbekiston naqsh ramzlari. (1 soat (A1+: 4 soat))

O‘zbekiston amaliy bezak san’ati haqida ma’lumot.



12-13-mavzu: Amaliy bezak san’atining obrazli tizimi. (2 soat (A1+: 4 soat))

Amaliy san’at turlari haqida ma’lumot berish.



14-15-mavzu: Amaliy bezak san’atida shakl va mazmun. (2 soat (A1+: 4 soat))

Amaliy bezak san’atida shakl va mazmun, dizayn san’ati haqida tushuncha berish, kompozitsiya tasvirlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

16-mavzu: Dizayn san’ati. (1 soat (A1+: 2 soat))

Dizayn san’ati turlari haqida ma’lumot berish.



17-18-mavzular: O‘zbekistonning me’moriy yodgorliklari. (2 soat (A1+: 4 soat))

O‘zbekiston amaliy bezak haqida suhbat, hamda mavzu asosida amaliy ish bajarish



19-20-21-mavzular: “Sharq me’morligi” mavzusida rasm chizish. (3 soat (A1+: 6 soat))

Me’moriy obidalar ularning asrlar davomida saqlanib qolganliklari haqida ma’lumot berish.



22-mavzu: Men istagan shahar. (1 soat (A1+: 2 soat))

Innovatsion, takomillashgan kelajakdagi shahar mavzusiga kompozitsiya ishlash.



Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3soat))

23-mavzu: Me’moriy manzara. (1 soat (A1+:2 soat)) Tarixiy me’moriy obidalar ishtirokida kompozitsiya ishlash.

24-mavzu: Amaliy bezak namunalarini badiiy idrok etish. (1 soat (A1+: 2 soat))

Miniatyura janri asarlarini tahlil qilish.



25-mavzu: Kitobat san’ati. (1 soat)

Tarixiy kitoblarni (Avesto) kelib chiqishi haqida ma’lumot berish.



26-27-mavzu: O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati. (1 soat (A1+: 2 soat))

Rassom-yozuvchi-noshir, badiiy harf, illustrasiya ishlash.



28-mavzu: Kitobat san’atining badiiy grafik elementlari. (1 soat (A1+: 2 soat))

Tanish bo‘lgan syujetli abadiy asar illustrasiyasini ishlash.



29-mavzu: “Kitob illustrasiyasi”. (1 soat (A1+: 2 soat))

Badiiy asarlariga illustrasiya ishlash.



30-mavzu: Kitob maketini yasash. (1soat)

Illustrasiya va boshqa badiiy grafik elementlaridan kitob maketini yasash.



O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

Yüklə 215,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə