M mtm. Au. 21– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgachata’lim) mutaxassisligi magistranti Mahkamova Husnidaning



Yüklə 15,57 Kb.
tarix15.06.2022
ölçüsü15,57 Kb.
#89497
Mahkamova Husnida2


M.MTM.AU.21– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgachata’lim) mutaxassisligi magistranti Mahkamova Husnidaning
2021-2022 o’quv yilida ilmiy- pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlarni bajarish bo`yicha aprel va may oyi uchun tayyorlagan
HISOBOTI

2022-yil aprel oyida ilmiy rahbarim PsDAliyeva Dilfuza Abduraximovna rahbarligida magistrlik dissertatsiyasi «Maktabgacha yoshdagi bolalarda do'stona munosabatni shakllantirish» bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy faoliyatni tashkil etish uchun axborot manbalari, ilmiy maqolalarni tuzish dasturini o’rganib chiqdim va o’z maqolamni yozdim. Maqolamda bolalar nutqini o’stirishda nimaga e’tibor berish kerakligini , qanday omilllar yetakchi o’rin egallashini , qanday innovatsion texnologiyalardan foydalish kerakligini yoritdim. Maqola yozish uchun izlanish jarayonimda internet saytlaridan desertatsiya mavzusiga oid ma`lumotlarni ajratib olish va ularni qo`llash bo`yicha ishlar amalga oshirdim. Shuningdek Ta’lim va tarbiya nazariyasi Maktabgacha ta’lim magistratura mutaxassisligi o’quv rejasida belgilangan fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qatnashdim va ijobiy o’zlashtirdim.


Jumladan :
Mutaxassislik fanlaridan “Notiqlik san’ati”, Maktabgacha ta’lim metadologiyasi”, “ Maktabgacha ta’limda steam o’qitish texnologiyasi”, “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” fanlarini ma’ruza seminar va amaliy mashg’ulotlariga muntazam qatnashib , darslarni o’zlashtirdim.
Ushbu vaqt mobaynida ish rejasida belgilanganidek Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor o’qituvchilarining darslarini kuzatdim va pedagogik tajribamni boyitdim.
Aprel oyida Namangan davlat universitetida bo’lib o’tgan “Maktabgacha ta’limda innovatsion yondashuvlar asosida “ Ustoz – Shogird ’’ tizimini takomillashtirish Respublika ilmiy –amaliy anjumanida o’z ilmiy rahbarim bolan birgalikda ishtirok etdim.
Ushbu vaqt mobaynida Maktabgacha ta’lim kafedrasidotsenti Sh Xo’jamberdiyeva hamda kafedramiz katta o’qituvchisi Ph.D Z. Qodirovalardan seminar va ma’ruza mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish , dars ishlanmalar , ma’ruza matnlari , testlar taqdimotlar tayyorlash bo’yicha maslahatlar oldim.

May oyidan boshlab IPI rejasiga asosan O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Ta’lim to`g`risida»gi qonunini, Magistratura to`rg`isidagi Nizomni, O`quv rejaning tuzilishini, Fan dasturining tuzilishini, Ishchi dasturning tuzilishini, guruh jurnallarining yuritilishini, dars jadvali kabi me’yoriy hujjatlarni o’rganib chiqdim. Shu bilan birgalikda , ushbu oyda ham ITI kalendar rejaga va o’quv rejasiga asosan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilayotgan maruza va amaliy mashg’ulot darslariga o’z malakamni va mahoratimni oshirish uchun muntazam ravishda kuzatib kelmoqdaman hamda darslarni tahlil qilmoqdaman. Bundan tashqari ma’naviyat va axborot darslarida faol ishtirok etmoqdaman. May oyida ham ko’plab professor ustozlarimiz zoom dasturi orqali ilmiy pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha mashg’ulotlar olib borishdi. Jumladan, 20- may kuni professor, fan doktori Xodjayev Bekzod Xudoyberdiyevich ustozimiz ham bizga judayam kerakli bo’lgan ma’lumotlarni aytib o’dilar . Biz o’zimizni qiziqtirgan shu bilan birgalikda kerak bo’lgan ma’lumotlarni oldik. O’quv me’yoriy hujjatlardan tashqari, magistrlik dissertatsiya mavzuyimga oid adabiyotlar to’plamoqdaman va maqolalar tayyorlamoqdaman. O’quv rejaga asoslanib darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash kabi me’yoriy hujjatlarni o’rganib chiqdim. Bunga qo’shimcha ravishda , ITI kalendar rejaga va o’quv rejasiga asosan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilayotgan ma’ruza va amaliy mashg’ulot , maruza darslarini kuzatdim va tahlil qildim. Dars kuzatishdan maqsad o’z pedagogik mahoratimni oshirish va metodik usullarni rivojlantirish,shuning uchun darslarni kuzatib, tahlil qilib kelmoqdaman.


Ushbu oyda ham, ITI kalendar rejaga va o’quv rejasiga asosan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilayotgan maruza va amaliy mashg’ulot darslariga jumladan, ilmiy rahbarim PsD. Alieva Dilfuza Abduraximovna ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarini kuzatdim va tahlil qildim. Hozirda ilmiy rahbarim bilan navbatdagi maqolamni tayyorlamoqdaman .

Adabiyotlar ro’yxati
- “Ilk qadam” Maktabgacha Ta’lim Muassasasining Davlat o’quv dasturi .Toshkent -2018 yil
- Jurnallar “Ilk qadam” Maxsus son Avgust-2021
- “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida “gi qonun
- Maktabgacha pedagogika Sodiqova Sh.
-F.R Qodirova. R.M.Qodirova "Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ". T.,Istiqlol",2006
-Babayeva D.R."Nutq o'stirish metodikasi" T.TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma
-http://library.ziyonet.uz ; http://ilmiy.bmti.uz
Va boshqa ilmiy pedagogik ishimga oid bo'lgan adabiyotlarni o'rganmoqdaman.

Magistr: Mahkamova H.
Kafedra mudiri: Abdusamotova .N
Ilmiy rahbar: Aliyeva D.
Yüklə 15,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə