Maktabgacha pedagogika



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/4
tarix21.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#97532
  1   2   3   4
3-mavzu

Fargʻona Davlat Universiteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 3-kurs 20.41-guruh talabasi Abubakirova Muslimaxonning “Maktabgacha pedagogika” fanidan taqdimoti.

Maktabga tayyorgarlik jarayonida bolaning davlat talablariga muvofiqligini aniqlash va tashxislash.

Reja:

  • Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni.
  • Bolalarni maktabda taʼlim olishga tayyorligini tashxislash usullari.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan davlat hujjati bo‘lib hisoblanadi. Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Davlat talablarining maqsadi:
-mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va tehnologiyaning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
-sifatli ta’lim ko‘rsatish xizmatlari, ta’lim va kadrlar tayyorlash
sohasida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim faoliyatining tartibini belgilash;
- bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
- bolaning intellektual shaxs sifatida va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
- bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan
tanishtirish;
- bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdir.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə