Мактабгача талим кечги 211 гурух Акрамова Тахмина Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni har tamonlama tarbiyalashga oid qarashlari



Yüklə 184,48 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü184,48 Kb.
#139520
  1   2   3
Sharq va g\'arb mutafakkirlarining yosh avlodni har tamonlama tarbiyalashga oid qarashlari

Мактабгача талим кечги 211 гурух Акрамова Тахмина

Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni har tamonlama tarbiyalashga oid qarashlari


Reja:
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyati
Ibn Sinoni tarbiyaga oid qarashlari
Sharq va g'arb mutafakkirlari
Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.
Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak. Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Yüklə 184,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə