|
 Maktabgacha yoshdagi bolalar harakat faoliyatini shakllantirishning qonuniyatlari
|
səhifə | 1/2 | tarix | 04.07.2023 | ölçüsü | 25,48 Kb. | | #119201 |
| Maktabgacha yoshdagi bolalar harakat faoliyatini shakllantirishn
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HARAKAT FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING QONUNIYATLARI
Reja:
1. Bolalarni jismoniiy tarbiyalash jarayonidagi asosiy vazifalar.
2.Jismoniy tarbiya mashg’ulotini olib borishda tarbiyachi harakatli o’yinlarni tashkil qilishi va o’tkazishi
3.Harakat ko’nikmalarini hosil qilish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash
4.Harakat mahoratini ikki turi
5.О’qish jarayonida bolalarda harakat malakalarini shakllantirish qonuniyatlari.
Bolalarni jismoniiy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi.
Birinchi vazifa-sog’liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanish hamda uning ish qobilyatining oshishiga ta’sir etishdir.
Ikkinchi vazifasi- tarbiyalanuvchilarda yangi harakat turlariga qiziqish, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilar harakat, ko’nikma va malakalarini egallaydilar. Bu malaka va ko’nikmalar jismoniy tarbiyalar bo’yicha tuzilgan tarbiya dasturida nazarda tutilgan bo’lib, ulardan ba’zilari, masalan, tez yurish, yugurish, sakrashlar amaliy mashqlardir. Shu bilan birga, bu mashqlar gimnastika asbob-anjomlarida mashq qilish, akrobatika, badiiy gimnastika harakatlarini muvofiqlashtirishga, shuningdek, yangi harakatlarini osonroq va qisqa vaqt ichida o’rganib olishga ko’maklashadi, ko’nikma va malakalar hosil qiladi.
Uchinchi vazifa -tarbiyalanuvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish. Masalan, harakatli va sport uyinlarida-chaqqonlik, qisqa masofaga yugurishda-tezkorlikni aytish mumkin, Bog’cha dasturi tarbiyalanuvchilarining harakatlari, sifatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularining jismoniy rivojlanishlari va umumiy ish qobiliyatlarining ortishi uchun kerakli sharoitini yaratadi, albatta. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarda ahloqiy - irodaviy sifatlarini tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati ko’nikmalarini tarkib toptirish kerak.
To’rtinchi vazifa-tarbiyalanuvchilarda o’z sog’lig’iga ongli munosabatni tarbiyalash bo’lib, bu ularning ozoda-sarishtalik tartibida, gigiyena qoidalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug’ullanishlarida hamda sport mashg’ulotlarida muntazam qatnashishlarida namoyon bo’ladi. Badantarbiyaning sihat-salomatlikka foydasini tarbiyalanuvchi qancha yaxshi bilib olsa, unga bo’lgan qiziqishi shunchalik ortadi.
Mashg’ulotning asosiy qismi muayyan vazifani amalga oshirishga mo’ljallangan bo’lib, asosiy elementlarini o’rgatishga doir o’yin materiallaridan iborat bo’lsa, uning kirish qismida harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.
O’yinlardan foydalanishda faqat ularning elementlari qanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatini ham aloqada hisobga olish zarur.
Tarbiyalanuvchilar o’yinni yaxsqilab o’zlashtirib olishlari uchun uni bir necha marta qaytarish, bunda ular o’yindan qanchalik mamnun bo’lsalar, uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kerak.
Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda maktabning oila va jamoatchilik bilan aloqalarini yo’lga qo’yish muhim va shartdir. Shuning uchun ham ota-onalar o’rtasida pedagogik-metodik tashviqotlarni olib borish, maktab hayotida ota-onalar ishtirokini ta’minlash ayniqsa muhimdir.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotini olib boruvchi tarbiyachi harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishda quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
1. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy barkamolligi, salomatligining yaxsqilanishi, chiniqishiga, tana a’zolari va umumiy ish qobiliyatining o’sishiga yordam berish.
2. Tarbiyalanuvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish imkonini beradigan bilimlar va kerakli harakat malakalarini hosil qilish.
3. Tarbiyalanuvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy sifatlarni tarkib toptirish.
4. Tarbiyalanuvchilarni turli o’yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, rejimga rioya qilishga odatlantirish.
5. Tarbiyalanuvchilarda harakatli o’yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o’tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish.
Jismoniy mashqlarni o’tkazishda tarbiyachining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifasi juda mas’uliyatlidir.
Jismoniy mashqlar avvalo to’g’ri tanlanishi, bolalarda o’rtoqlarcha yordam, jamoatchilik, vatanparvarlik hislarini ijtimoiy-foydali mexnatga ongli munosabatni shakllanadigan tarzda tashkil qilinishi va o’tkazilishi kerak.
Jismoniy mashqlarni tanlash va maqsadga muvofiq yo’sinda o’tkazish juda muxim ahamiyatga ega. Ammo mashqlar hamma vaqt ham tarbiyaviy vazifalarni hal qilavermaydi. Tarbiya sohasida yaxshi natijaga erishish uchun harakatli o’yinlar tarbiyaviy tashkil qilinishi va o’tkazilishi kerak. O’yin rahbari bolalar jamoasini yaxshi bilishi,har bir o’yinning mazmuni va qoidalari bilan mufassal tanishishi,yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lishi lozim. Shundagina u harakatli o’yinlardan ko’zlangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erisha oladi.
Bolalar jismoniy mashqlar davomida o’z fe’l-atvori va shaxsiy xususiyatlarini namoyish qiladilar. Bundan esa tarbiyachig ularning turli odatlarini, salbiy va ijobiy qiliqlarini bilib olishi, tegishli tadbirlarni belgilashi, o’yinni muayyan yo’nalishga solib, ularda sofdillik, mardlik, o’rtoqlik sifatlarini jamoadagi o’z burchini his qilishni tarbiyalashi mumkin. Shu bilan birga, u bolalarga o’yin qoidalarini buzmagan holda ijobiy tashabbus ko’rsatishda har jihatdan yordam beradi.
Tarbiyachi o’yinlarni o’tkazish jarayonida ta’limning didaktik prinsiplaridan foydalanishi va doimo ularni amalga oshirishga erishishi lozim. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga har o’yinning mazmuni, vazifasi va qoidalarini tushuntirib beradi. Bu esa ularga o’yinga ongli munosabatda bo’lish, uni to’g’ri o’rganib olish, o’z xatolari va yutuqlarini to’g’ri tushunish va o’z harakatlarini o’rtoqlarining harakatlariga qiyoslab tahlil qilish imkonini beradi. Tarbiyalanuvchining o’yin yoki ayrim mashqlarni o’rganishda tarbiyachiga ko’r-ko’rona qilaverishi ham maqsadga muvofiq emas. Tarbiyachi o’rgatadigan va tarbiyalanuvchilar ongli ravishda bajaradigan harakatlar bolalarda tashkilotchilik ko’nikmalarini tarbiyalashda yordam berishi kerak. Bunga o’yinni o’tkazish uchun tarbiyalanuvchilardan hakamlar va ularning yordamcqilarini tayorlash yo’li bilan erishiladi. Tarbiyachi bolalar bilan o’tkaziladigan o’yinlar biroz muayyan qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lishiga, o’yin jarayonida bajariladigan har bir vazifa amalga oshishiga erishishi va to’siqlar qanday zabt etilishiga ko’ra murakkablashtirib borilishi zarur. Bu ish bolalarni mehnatsevarlikka o’rgatadi, ulardagi iroda kuchini orttirib boradi.
Tarbiyachi o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rishda uning aniq vazifalarini belgilab chiqadi, bu vazifalar bolalarning yoshiga mos, ya’ni ular bajara oladigan bo’lishi kerak.
Jismoniy mashqlarni tashkil qilish va o’tkazishda tarbiyalanuvchilarni iloji boricha tashabbus ko’rsatib, faol qatnashishga rag’batlantirish juda muhimdir.
Bolalar ijodiy faollik ko’rsatib o’ynasalar, o’yinlar ularda tashkilotchilik malakasini o’stiradi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’rtog’iga yordam berish, o’z holicha yoki o’rtoqlari darhol bir qarorga kelish-ijodiy tashabbuskorlik hisoblanadi. Agar bolalar o’yinni ilgari o’zlashtirgan bo’lsalar, o’yin paytida ularning faolligi yanada ortishi mumkin.
Jismoniy mashqlar paytida bolalarning faollik ko’rsatishi tarbiyachining ana shu o’yinni o’tkazishga qanday tayyorlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Tarbiyachining o’zi o’yinni aniq va yaqqol tasavvur qilishi, o’yin paytida o’ynovchilarning o’zaro munosabatlarini yaxshi tushunishi lozim.
O’yin rahbari keyinchalik o’yinni qanday o’zlashtirishlariga qarab, ularga hakamlik qilish ishlarini topshirishi va bolalar o’yinga uyushqoqlik bilan qatnashadigan bo’lganlaridan so’ng, ular orasidan o’ziga yordamcqilar tayinlashi kerak. Shunda ham bolalar o’yinini rahbarning o’zi kuzatib turmog’i lozim. O’yinni obrazli qilib tushuntirish, eng muhim omillardan sanaladi. Bu ish ayniqsa, mazmunli o’yinlarni so’zlab berishda g’oyat zarur bo’lib, o’yin qatnashcqilari o’z rollarini to’g’ri bajarishlarida yordam beradi. Tarbiyalanuvchilar o’yin mazmunini puxta o’zlashtirishlari uchun rahbar og’zaki tushuntirishni amalda ko’rsatishi bilan, ya’ni o’yinning ayrim harakatlarini bajarib ko’rsatish bilan olib borishi lozim. O’yinning qoidalarini tushuntirishda, harakatlarni ifodalab berishda ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanishda uning aniq vazifalarini doimo nazarda tutishi zarur.
O’yinlarni rejalashtirishda ularning mazmuni va bog’liqligini ham unutmaslik, muayyan tarbiyalanuvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalariga muvofiqligini hisobga olish kerak. Masalan, yangi bilim va malakalar mavjud bilim va malakalarga bog’lab berilishi lozim. Aytaylik, mashg’ulotlarda to’pni uzatish, ilib olish, o’ynatib olib yurish va savatga tashlashning asosiy qoidalari o’rganilgan bo’lsin. Mana shunga oid bilim va malakalarni mustahkamlash uchun “To’p onaboshiga” o’yinini yoki uch variantli “To’p o’yinlari” ni tavsiya etish mumkin. Shuningdek, bunda qatnashuvcqilarning o’sish va jismoniy tayorgarlik darajasiga mos o’yinlarni tanlash va o’tkazish lozim. Har bir o’yinning o’ziga xos xususiyatlari va qiyinchiliklari bo’ladi. Shuning uchun o’yinni tanlashda undagi qiyinchiliklarni tarbiyalanuvchilar bir oz kuch sarflab yenga olishlarini nazarda tutish kerak.
To’siq yoki qiyinchiliklarni yengishga, ya’ni yetarli darajada kuch sarflashga og’ir majbur qilmaydigan o’yin bolalarda hech qanday qiziqish uyg’otmaydi. Lekin kuch talab qiladigan o’yin bolalarning qo’lidan keladigan bo’lishi ham kerak. Shundagina u bolalarda o’z kuchlariga ishonch hosil qiladi va ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Juda yengil yoki haddan tashqari o’yinlar ham qiziqarli o’tmaydi.
Tarbiyachi o’yinlarni didaktikadagi asosiy prinsiplardan biri- osondan qiyinga, oddiydan murakkabga tamoyili bo’yicha belgilashi lozim. Tashkil qilinishi sodda va jamoalarga bo’linmay o’ynaladigan o’yinlar oddiy o’yinlar hisoblanadi. Bunday o’yinlarning qoidalari juda oson bo’ladi.
Bab-baravar jamoalarga bo’linib o’ynaladigan o’yinlar biroz murakkab va eng murakkkab o’yinlarga kiradi. Bunday o’yinlarning qoidalari qiyinroq bo’lishi kuzatiladi. Tarbiyachi tanish o’yinlardan notanish o’yinlarga o’tishni ham nazarda tutishi kerak. Bu tadbir bolalarni o’yinga qiziqtirishda yordam beradi. Yangi o’rganiladigan o’yinlardagi harakatlarning tanish o’yinlardagi harakatlarga o’xshashi va ularga hali bolalar uchun noma’lum qoidalar va harakatlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarbiyalanuvchilarining jismoniy sifatlarini shakllantirishda sport texnikasini takomillashtirishga qaratilgan o’yinlarni asta-sekin murakkablashtirib borish, bolalarda yangi harakat ko’nikmalarining hosil bo’lishiga zamin yaratadi va ilgari o’rganilgan harakatlar takomillashib boradi. Tarbiyalanuvchilar harakat ko’nikmalarini, shuningdek, ilgari olgan bilimlarini puxta o’zlashtirishga erishmoq uchun o’yinlarni muntazam ravishda takrorlab borish zarur. Ammo bu bir xil o’yinlarni takrorlayverish lozim degan gap emas, balki mazmuni har xil o’yinlarning ma’lum bir qismini takrorlab turish, tarbiyalanuvchilarni puxta o’zlashtirishlariga erishish, ularning bilim va malakasini uzluksiz tekshirib borish, demakdir. Metodik jihatdan to’g’ri yo’naltirilgan tadbirlar o’yin qatnashcqilarining yo’l quygan kamchiliklarini va xatolarini aniqlashda, ularni o’z vaqtida tuzatishda yordam beradi. Bolalarning o’yinlarni puxta o’zlashtirishi ularga bu o’yinlardan mustaqil ravishda foydalanish imkonini ham beradi.
Tarbiyachi har bir mashg’ulot uchun bolalar organizmiga har taraflama ijobiy ta’sir etuvchi mashq va harakatli o’yinlarni tanlashi va ularni o’tkazishda har xil usullardan foydalanib borishi lozim.
Mashg’ulotda, shuningdek, turli o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’rganiladigan materiallarning metodik jihatdan izchilligiga aloqada e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu izchillik birinchidan, mashg’ulotning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan, mashg’ulot materiallarini to’liq o’tishga erishish, uchinchidan, butun mashg’ulot davomida har bir mashqni muayyan me’yorda amalga oshirish imkonini beradi.
Mashg’ulotning boshida yoki o’rtasida murakkab harakatlarni bajarishga undovchi o’yin hamda mashqlar o’tkazilsa, mashg’ulot oxirida tarbiyalanuvchilarning charchagan tana a’zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o’yin va mashqlarni tanlash lozim. Masalan, mashg’ulot boshida bolalarning diqqatini jamlash uchun “Kim avval payqaydi”, “Joyga tez qaytish”, “Kim yaqinlashdi” singari o’yinlar o’tkazilsa, mashg’ulotning asosiy qismida “To’pni kim oldin oladi”, Quvnoq bolalar”, “Qoch bolam, kalxat keldi” kabi serharakat o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi. Mashg’ulot nihoyasida esa bolalar organizmini tinchlantiruvchi “Pr-r-r...” (qush uchishini ifodalovchi tovush), “Chetan devor”, “Pat” kabi o’yinlardan foydalanish, asosan qul va oyoq harakatlari uchun mashqlar tanlash metodik jihatdan oqilona hisoblanadi.
Agar butun mashg’ulot faqat o’yinlardan iborat bo’lsa, serharakat o’yinlarni kam harakatli o’yinlar bilan, bir xil yo’sindagi o’yinlarni ikkinchi alfozdagi o’yinlar bilan navbatlashtirib o’tkazish kerak.
Agar tarbiyachi bir sport turi texnikasining ayrim qismini o’yin orqali bolalarga o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ysa, avval o’yinning mazmuni va yo’nalishini puxta o’ylab olishi zarur.
Masalan, “To’pni oldirma” yoki “To’p ilish” o’yinlari bolalarga to’p uzatish va ilib olish harakatlarini o’rgatish belgilangan bo’lsa, bu ishni faqat mazkur metod orqali amalga oshirib bo’lmaydi. Chunki o’ynayotganlarning asosiy e’tibori to’pni tez uzatish va ilib olish bilan band bo’lib, o’yin texnikasi elementlarini bajarish e’tibordan chetda qoladi. Agar bu ishni tegishli metodik ko’rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o’zgarishlar kiritib o’tkaziladigan o’yinlar yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin.
Bolalarni ortiq charchatib qo’ymaslik uchun qayajonli va ermak o’yinlarni ko’p o’tkazavermay, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmi imkoniyatini hisobga olgan holda boshqa xildagi o’yin va mashqlar bilan qo’shib olib borish kerak.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotining muhim xususiyatlaridan va vaqtdan unumli foydalanishdir. Bu tadbir mashg’ulotni qiziq o’tish imkonini beradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni mashg’ulotda faol qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, hamma tarbiyalanuvchilarga beriladigan topshiriqlar bir me’yorda bo’lishiga erishishi lozim. Bunga esa har bir o’yin va har bir ishtirokchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo’li bilan erishish mumkin. Agar o’ynovcqilar soni juda ko’p bo’lsa, bir necha guruh yoki komanda tuzish, topshiriqni bajarish uchun belgilangan vaqtni qisqartirish lozim.
Shunday qilib, agar inson sog’lom bo’lsa, unda tinmay bilim olish ehtiyoji mavjud bo’ladi. Islom dinining muqaddas kitobi bo’lmish “qur’oni Karim” va “hadisi Sharif”larda sog’lom bo’lish– jamiyatga va o’ziga foyda keltiruvchi shaxs bo’lib yetishishda muhim omil - deb qayd qilingan. Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy madaniyatli insonlar qilib tarbiyalashda jismoniy mashg’ulotlarning o’rni nihoyatda salmoqli bo’lib, bunda tarbiyachining mahorati va bu sohada maxsus fiziologik va muayyan bilim egasi bo’lishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|