Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)



3-MAVZU: YETAKCHI KAPITALISTIK 
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI 
(XIXASR OXIRI - XX ASR BOSHI). IKKI JAHON 
URUSHLARI ORALIGʼIDA TARTIBGA SOLINADIGAN 
KAPITALIZMNI SHAKLLANISHI. IKKINCHI JAHON 
URUSHIDAN SOʼNG DUNYONING YETAKCHI 
MAMLAKATLARINI IQTISODIY RIVOJLANISH 
XUSUSIYATLARI. 
 Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY 
TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
Tayanch atamalar va iboralar
: tabiiy-geografik omil, import 
boji, demografik omil, monopoliya, progressizm, oilaviy monopo-
liya, 
■ Reja: 
10.1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti 
10.2. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
10.3. Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
10.1.AQShning iqtisodiy taraqqiyoti 
◄ AQShda jadal iqtisodiy o‘sish omillari. 
1. Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat 
tomonidan yerni mayda uchastkalarga bo‘lib ommaviy sotib va 
yerga ishlov berishni xohlovchi har bir fuqaroga yer sotib olishga 
ruxsat berib Amerika hukumati Qo‘shma Shtatlarda kapitalizm 
rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. 
2. Sanoat ishlab chiqarishini o‘sish sur’atlarini jadallashuvida 
tabiiy-geografik omil katta rol o‘ynaydi – katta xom ashyo ba-
zasini mavjudligi, turli foydali qazilmalar. 
3. AQShning tashqi savdo siyosati – olib kirilayotgan tovarlarga 
katta bojlar qo‘yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umu-
man boj yo‘q edi. Import tovarlariga 10% darajada boj qo‘yilishi 
1861 yildan so‘ng davlat daromadlarini xarajatlarga nisbatan yili-
ga 100 mln.doll.ga oshishini ta’minladi. 
4. ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng 
qo‘llanilishi. Qo‘shma Shtatlar o‘z korxonalarini yangi texnika 
(o‘sha davrga nisbatan) bilan ta’minlardilar. Ular elektroenergi-
yani ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda 


edilar – elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo‘jalikda ish-
latilar edi. 
5. demografik omil. AQSh hududida aholi zichligi juda past 
darajada ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqara-
rdi, undan tashqari bu holat ishlab chiqarish jarayonlarini mex-
110


10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK 
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
anizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga olib kelib, Yev-
ropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqozo etardi. 
6. tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi va Janubiy 
Amerikaga yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G‘arbiy ya- 
rimsharda o‘z holatini mustahkamlash imkonini berdi. 
1913 yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll. 
ni tashkil etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo‘l qurilishi) 
va 1 mlrd.doll. Meksikaga (neft qazib olish). AQSh Boliviyaning 
qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis sanoatini, Janubiy Amer-
ikadagi muhim temir yo‘llarni nazorat qilar edi. Uzoq Sharqda 
AQShni qiziqish obyekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz tal-
abdan iborat edi. 
Amerika sanoatining rivojlanish sur’atlari va tarkibi. Monopo-
listik bosqchida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlandi, 
ushbu ko‘rsatkich boshqa kapitalistik mamlakatlarnikidan yuqori 
edi. 1870-1913 yy.da AQSh yalpi ijtimoiy mahsulotining o‘sish 
sur’ati 4,3%ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich Germaniyada – 3%, An-
gliyada – 2,4%, Fransiyada – 1,1%ni tashkil etdi. Milliy boylik etti 
marotaba, sanoat ishlab chiqarishi to‘qqiz marotaba o‘sdi. 
AQShda ayniqsa og‘ir sanoat tez rivojlandi, bu ikkinchi ITIning 
asosiy yo‘nalishlari natijasi edi. 1870-1913 yy.da ko‘mir qazib ol-
ish 17 marotaba, neft qazib olish – 76 marotaba, po‘lat eritish – 46 
marotaba o‘sdi. 
Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Monopolistik 
bosqichga o‘tish ishlab chiqarishni jadal konsentratsiyalashuvi 
natijasi edi. 1913 yilda AQShda sanoat mahsuloti ishlab chiqar-
ish hajmida yirik korxonalar (500 va undan ko‘p ishchilar) ulushi 
85%ni tashkil etardi. Kapitalning markazlashuvi darajasini quyida-
gi ko‘rsatkich aks ettiradi – aksioner jamiyatlar barcha ishchilarn-
ing 80%ni mujassamlashtirar edi. 
AQShda birinchi monopoliya 1872 yili paydo bo‘ldi – “Standart 
oyl” eng yirik neft kompaniyasi
1
. Uni Dj. Rokfeller tashkil etgan. 
1879 yilda bu monopoliya katta daromadlar olib mamlakatda 
neftni qayta ishlashni 95%ni nazorat qilar edi. 
AQShda monopoliyaning eng keng tarqalgan shakli – trestlar 
edi, ular barcha tarmoqlarda (elektrotexnikadan tortib to tamaki 

Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / 
М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.169. 
111



sanoatigacha) tashkil etildi. Temiryo‘l qurilishi to‘liq monopoll-
ashtirilgan tarmoq hisoblanar edi. 
AQShning monopollashganligi darajasiga po‘lat, neft, elektr, 
temir yo‘l “qirollari” sulolalari orqali baho berish mumkin, bular -
Morganlar, Rokfellerlar, Vanderbildlar, Garrimanlar va boshq. 
Trestlarni bank monopoliyalari bilan birlashib ketishi jarayoni 
faollashib Amerika moliyaviy kapitali vujudga keldi. Ikki bank gu-
ruhi Morgan va Rokfeller yetakchi pozitsiyalarni egallashdi. 
XX asr boshida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojl-
anishda davom etdi. Qayta ishlash sanoatining hajmi Angliya, 
Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarning jami ishlab chiqarish 
hajmi bilan tenglashdi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida AQShn-
ing ulushi 36%ga etdi, po‘lat eritishda – 47%, toshko‘mir qazib 
olish – 45%, neft qazib olish – 82%ga tenglashdi. 
Progressizm va davlat-monopolistik kapitalizm davri. 1901-
1914 yy. Amerika tarixiga progressizm davri sifatida kiritildi, chunki 
bu yillarda davlat tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni 
qamrab oluvchi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi. 
1914 yilda AQShda Kleyton qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra 
kasaba uyushmalari va fermerlar ittifoqlari aksiltrest qonuni ta’siri 
ostiga tushmas edi. 
Federal zaxira tizimi(FZT)ni tashkil etish to‘g‘risida qonun 
qabul qilindi. Bu tizimga Vashingtonda joylashgan Federal zax-
ira boshqaruvi boshchilik qilishi kerak edi. 12 ta federal zaxira 
banklari tashkil etilib ularning kapitali milliy, shtat va sanoat 
banklari badallaridan shakllanar edi. 
Shu davrda Federal sanoat komissiyasi (FSK) tashkil etildi, un-
ing vazifasi - shaxs va korporatsiya faoliyatining nopok uslublari 
to‘g‘risida axborot to‘plashi va javobgarlikka tortish edi. 
Shunday qilib, AQShda progressizm davrida davlat-monopo-
listik kapitalizmi boshlanib, bunda davlat iqtisodiyotni rivojlan-
tiruvchi, uning barcha sohalarini qamrab oluvchi tartibga solish 
chora-tadbirlarini amalga oshiradi. 
Ishchilar holati. Shahar aholisi. Kapitalistik tizim yuqori eksplu-
atatsiya normasi aholini tabaqalashuvi bilan ajralib turar edi. Mil-
lionerlar soni 4 mingga etdi; 1% aholi mamlakat milliy boyligining 
yarmiga ega edi. Shaharlar soni o‘sdi. 1850 yilda AQShda 6 ta yirik 
shahar bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda ularning soni 38 taga etdi, ular-
dan eng yiriklari - 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə