Manaviyatli inson konsepsiyasi



Yüklə 5,82 Kb.
tarix24.01.2022
ölçüsü5,82 Kb.
#83089
Manaviyatli inson konsepsiyasi-hozir.org (1)


Manaviyatli inson konsepsiyasi

manaviyatli inson konsepsiyasi



Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi

Ma’naviyat aslida shaxsiy e’tiqodga aloqador tushuncha. U ruhiyat bilan bog‘liq. Shaxsiy o‘zlikning bir parchasi. Yashash tarzi, dunyoqarash, diniy-axloqiy tasavvurlar hosilasi. Uni birovga majburlab o‘rgatib ham ham bo‘lmaydi, o‘rganib ham bo‘lmaydi.


  • Ma’naviyat aslida shaxsiy e’tiqodga aloqador tushuncha. U ruhiyat bilan bog‘liq. Shaxsiy o‘zlikning bir parchasi. Yashash tarzi, dunyoqarash, diniy-axloqiy tasavvurlar hosilasi. Uni birovga majburlab o‘rgatib ham ham bo‘lmaydi, o‘rganib ham bo‘lmaydi.

Ma’naviyat ilohiy va ulug‘ so‘z. Ammo uni shu qadar ko‘p chaynadikki, siyqasi chiqib ketdi. Ma’naviyat deganda ko‘ngil ozadigan bo‘ldi. “Ma’naviyatchilar” deganda ma’naviyatsizlar ko‘z oldimizga kela boshladi.

Musulmonning o‘z ma’naviyati bor. Nasroniyning o‘z ma’naviy olami bor. Dahriyni ham ma’naviyatsiz deya olmaymiz. Chunki uning ham hayot va axloq haqida o‘z tushunchalari bor. Davlat idoralari, rasmiylarning ma’naviyat bilan shug‘ullanishi nafaqat kulgili, hatto noqonuniy. Chunki hech bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi, targ‘ib qilinishi mumkin emas. Bu konstitutsiyada belgilangan qoida. Mafkura o‘rniga ma’naviyat degan so‘zni qo‘yishingiz ham mumkin. Ma’no o‘zgarmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi:


  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi:

  • "O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.

  • Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas."Xullas, ma’naviyat – har bir odamning o‘z e’tiqodi, dini, urf-odati va qarashlaridan kelib chiqib turlicha talqin qilinadigan o‘zlik. Uning yagona standarti, ko‘rinishi yo‘q. Shuning uchun davlatning ma’naviyatli avlod yetishtirish konsepsiyasini tushunmadim.

  • Umid qilamanki, ma’naviyat deganda ular madaniyatni nazarda tutmoqda. Zotan, madaniyat ma’naviyatning bir qismi yoki ko‘rinishi. Ammo ma’naviyat da’vosi ostida ba’zilar o‘z shaxsiy e’tiqodini boshqalarga majburan o‘tkazishga urinayotgani bois ikkalasini bir-biridan ajratishimiz lozim.

Masalan, ovqatlanish madaniyati, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, yo‘l harakati madaniyati va hokazo.


  • Masalan, ovqatlanish madaniyati, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, yo‘l harakati madaniyati va hokazo.

Ma’naviyatdan farqli o‘laroq, madaniyatni o‘rganish va o‘rgatish muhim, Har bir sohaning, har bir ishning rioya qilish lozim bo‘lgan tartib-qoidalari bor. Bu qoidalarga rioya qilishni biz madaniyat deb ataymiz.

Ovqatlanish madaniyati.

Ovqatlanish madaniyati bizning mamlakatlarimiz ya’ni yaqin sharq davlatlarida taomlanishdan avval qo’llar tozalab yuviladi. Ovqat o’ng qo’ldan boshlab yeyiladi. Ovqat asta sekinlik bilan chaynab yeyiladi

Pala partich shoshib ovqat yeyilmayi. Iloji bo’lsa oshqazonni 3/1 qismi ovqat bilan, 3/2 qismi suyuqlik bilan, 3/3 qismi esa havo bilan to’lgani yaxwi.

Madaniyatli fuqaro qonunga itoat qiladi. Madaniyatli inson pora bermaydi, madaniyatli amaldor pora olmaydi. Madaniyatli haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib avtomobil haydaydi.


  • Madaniyatli fuqaro qonunga itoat qiladi. Madaniyatli inson pora bermaydi, madaniyatli amaldor pora olmaydi. Madaniyatli haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib avtomobil haydaydi.

Madaniyatli yo‘lovchi ko‘chani kesib o‘tayotganda yo‘l belgilariga bo‘ysunadi. Madaniyatli inson boshqa din va e’tiqoddagilarga toqatli bo‘ladi; o‘z qarashini boshqalarga majburan o‘tkazish, boshqalarning shaxsiy hayotiga aralashish madaniyatsizlik ekanini biladi.

Madaniyatli inson ota-onani, keksalarni, o‘zidan ruhan va jismonan ojiz bo‘lganlarni hurmat qiladi va himoya qiladi. Madaniyatli inson qarama-qarshi jins vakiliga buyum yoki nafsni qondirish vositasi emas, balki o‘zi kabi teng huquqli inson sifatida qaraydi.

Madaniyatli inson birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, birovning mehnatini qadrlaydi. Rangi, tili, irqi, kiyinishi, dini va yashash tarzi rang-barang va hatto ziddiyatli bo‘lgan odamlar jamoat joyiga chiqqanda ana shu madaniyat orqali bir-biri bilan ziddiyatsiz munosabat qura oladi, bir joyda o‘tirib oldi-berdi qila oladi. Ya’ni, jamoat joyida bo‘lishning, boshqalar bilan muomala qilishning ham madaniyati bor.


Madaniyat bilan ma’naviyatni birlashtira olsak, biz komillik darajasiga harakat qila boshlaymiz. Avvalo inson o’zini – o’zi hurmat qilganda, o’zgalar uni hurmat qila boshlaydi. Kelinglar aziz birodarlar o’z – o’zimizni va o’zgalarni hurmat qilaylik.


  • Madaniyat bilan ma’naviyatni birlashtira olsak, biz komillik darajasiga harakat qila boshlaymiz. Avvalo inson o’zini – o’zi hurmat qilganda, o’zgalar uni hurmat qila boshlaydi. Kelinglar aziz birodarlar o’z – o’zimizni va o’zgalarni hurmat qilaylik.

Etiboringiz uchun rahmat.



http://hozir.org
Yüklə 5,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə