Masofani aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix17.02.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#83793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
\'Untitled.FR11.pdf ìàñ



121

TEZLIK VA VAQT BO‘YICHA 

MASOFANI ANIQLASH

Masala.  «Tiko» avtomobili  1 soatda 70 km yo‘l yurdi. U shunday 

tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo‘l yuradi? 3 soatda-chi?



Yechish.  2  soatda o‘tilgan yo‘l  1  soatda o‘tilgan yo‘ldan 2 marta uzun 

bolgani uchun avtomobil 2 soatda 70 • 2 = 140 (km) yo‘l bosadi. 3 soatda 

bosgan yo‘li: 70-3=210 (km) bo‘ladi. «Avtomobil 1 soatda 70 km yo‘l yurdi» 

deyish  o‘rniga  «Avtomobilning tezligi  soatiga  70 km»  yoki  avtomobil 

70 km/soat tezlik bilan harakatlanyapti deyish ham mumkin.

Uzunlikning  o‘lchov  birliklari  m m ,  sm,  dm ,  m,  k m ;  vaqtning 

o‘lchov birliklari sek u n d ,  m in u t,  s o a t bolgani kabi  tezlikning ham 

o‘lchov birliklari bor. Ular m/min, m/s, km/s, km/min, km/soat bolishi 

mum kin.  Tezlikning  o‘lchov  birliklarini  yozganda  avval  uzunlik 

birligi  yozilib,  so‘ng qiya  chiziq  «/»  (yoki  «—»)  qo‘yiladi va  qiya  chiziq 

tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin: 

Yechish. 

1

) 7 0 k m /soa t • 2 soat=140km   Javob: 140km.



2) 70 k m /soa t • 3 soat=210km. Javob: 210km .

Berilgan  tezlik  va  berilgan  vaqtga  ko‘ra  bosib  o‘tilgan yo‘lni  topish 

uchun  tezlik  va  vaqtni o'zaro  ko'paytirish  kerak.  TJmuman,  soatiga 

v  km yo‘l  bosayotgan jismning  t  soatda  o‘tgan yo'lini  S  harfi  bilan 

belgilasak, buyo‘1  S = v • t  formulaga (qoidagd) ko‘ra hisoblanadi.

1. 


Gulchehra  1  soatda  4  km  yo‘l  o‘tadi.  Shunday  tezlik  bilan  2 

soatda  necha  kilom etr  y o‘l  bosadi?  3  soatda-chi?  4  soatda- 

chi? 30 minutda-chi?

2. 


Poyezd 56 km/soat tezlik bilan ketyapti. U a) 2 soatda; b) 5 soatda 

necha kilometr yo‘l o‘tadi?

3. 

«Neksiya»  avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yuryapti.  Uning  1 



m in u td a ,  10  m in u td a,  15  m in u td a,  y a rim   soa td a   o ‘tgan 

yo‘lini  toping.



128


4.  Mashina 1 soatda 72 km yo‘l yurdi. U 1 minutda qancha 

masofani o‘tadi?



Yechish. 

1

) 1 km = 1000 m; 



2) 72 km = 72 000 m

3)  1 soat = 60 minut; 

4) 72 000 m : 60 = 1 200 m = 1 km 200 m 

Javob: Mashina 1 minutda 1200 m yo‘l yuradi.

5. 


Mohira 100 qadam tashlaganda 50 metr, uning otasi  150 qadam 

tashlaganda  90 metr yo‘l bosadi.  180 metr masofani bosish uchun 

Mohira necha qadam tashlashi kerak? Otasi-chi?

6



Poyezd 20 km masofani 20 minutda, Qorabayir ot esa 30 minutda 

o‘tadi. Ularning har biri 1 soatda necha kilometr yo‘l yuradi?



7. 

100  m etrga  yugurishda  Dilnoza 

m a r ra g a  

2 0


  s e k u n d d a   k e ld i.

X adich a  160  m etr  m asofaga  40 

sekundda yugurib bora oladi. 

2 0 0  


metrlik  masofaga  shunday  tezlik 

bilan  yugurishsa,  m arraga  kim  

birinchi bo‘lib keladi? \

8



Ikki  qishloq  orasidagi  m asofa  34  km.  Bu  qishloqlardan  bir 

vaqtda  bir-biriga  qarab  piyoda  va  velosipedchi  yo‘lga  chiqdi. 

V e losip ed ch in in g   tezlig i  12  k m /soat  va  p iyod a n in g   tezligi 

5 km/soat bo‘lsa, ular necha soatdan keyin uchrashadi?



9. 

Ikki  qishloq  orasidagi  m asofa  34  km.  Bu  qishloqlardan  bir- 

biriga qarab bir vaqtda piyoda va velosipedchi yo‘lga chiqdi. 

Velosipedchining tezligi  12  km/soat.  Agar  ular  2  soatdan  so‘ng 

uchrashishgan bo‘lsa, piyodaning tezligini toping.

10.  Ikki  qishloqdan  bir-biriga  qarab  bir  vaqtda  velosipedchi  va 

piyoda  y o lg a   chiqishdi.  V elosipedchining  tezligi  12  km/soat. 

Piyoda  1  soatda  5  km  yo‘l  bosadi.  Agar  ular  2  soatdan  so‘ng 

uchrashishgan bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani toping.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə