Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə1/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.



Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.




Kirish………………………………………………………….

3

I BOB

Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi………………..

5

1.1

Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi……..

5

1.2

Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi nazariyasining hozirgi holati…………………………………..



7

II BOB

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning zamonaviyligi……………



11

2.1

Bolalarda matematikani õrgatish usullari……………………...

11

2.2

Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasining zamonaviyligi………………………………………………….



17




Xulosa………………………………………………………….

25




Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………...

27


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini yanada oshirish maqsadida mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Amaliyot jarayonida talabalar nazariy olgan bilimlarini yanada boyitadilar. Pedagogik amaliyot oliy o’quv yurtida malakali mutaxassislar tayyorlash nuqtai nazaridan o’quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur pedagogik amaliyot talabaga o’quv yurtida olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda sinab ko’rish, pedagogik faoliyatni egallashda dastlabki malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish, turli yosh guruhlarida bolalar bilan ishlash tajribasini egallashga xizmat qiladi.
Universitet rektorining talabalarni pedagogik amaliyotga chiqarish to’g’risidagi buyrug’i chiqgach, kafedra qoshida pedagogik amaliyotga bag’ishlangan seminar-trening yoki konferentsiya o’tkaziladi. Konferensiyada amaliyot maqsadi va vazifalari bilan talabalar tanishtiriladi, amaliyot rahbarlari tegishli ko’rsatmalarni beradilar, kunlik va haftalik hisobot vaqtlari kelishib olinadi. Shuningdek, amaliyotchi-talabalarga kafedradan zarur qo’llanmalar, tarqatma materiallar va vositalar taqdim etiladi. Talabalar ta’lim muassasasida malakali tarbiyachilarining 20-25 ta mashg’ulotiga qatnashgan holda mashg’ulotni tashkil etish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.
Kurs ishining maqsadi: Pedagogik amaliyotning maqsadi oliy ta’limda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqur o’rganish asosida pedagogik faoliyatga oid amaliy ko’nikma va malakalarini egallashdan iboratdir.
Pedagogik amaliyotga nazariy va amaliy ta’limga oid o’quv rejani to’liq bajargan talaba qo’yiladi. Talaba pedagogik amaliyot oldidan kafedradan amaliyot rejasi va kundaligini oladi, qilinadigan ishlar mazmuni bilan tanishadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar va qo’llanmalarni o’rganadi. Amaliyot rahbaridan tegishli maslaxatlar olib zarur hujjatlarni tayyorlab amaliyotga har tomonlama tayyorgarlik ko’radi. Amaliyot rahbari nazorati ostida bolalar orasida 2-3 ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. Maktabgachat a’lim muassasasida yuritiladigan o’quv hujjatlari bilan tanishib chiqishi ko’zda tutilgan. Talaba amaliyot davomida zamonaviy MTMda “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” dasturi asosida ta’lim-tarbiya ishlarni rejalashtirish, tarbiyachi faoliyatini kuzatish va olib borish ko’nikmalari shakllantiriladi. Pedagogik amaliyot davrida talabalar yana birbor o’z kasbiga bo’lgan qiziqishlari ortadi 3 yil davomida olgan nazariy bilimlarini sinovdan o’tkazadi.
Kurs ishining vazifalari: Muammoga oid ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlash yo’llari va vositalarini aniqlash; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning mazmuni, shakli, vosita va metodlarini ishlab chiqish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning usullarini o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning vositalarini saralash va tanlash; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etishning zamonaviy usullarini amalda qo’llash yo’llarini o’rganish; O’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etish asosida ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti: Mutaxassis fanlarda o’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish metodikasi.

Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə