Matematika kechasiga atalgan tadbir



Yüklə 34,6 Kb.
səhifə1/2
tarix24.06.2022
ölçüsü34,6 Kb.
#90064
  1   2
Matematika kechasiga atalgan tadbir


Jizzax viloyat Arnasoy tuman 22-maktab matematika o’qituvchisi Suyunova Nargiza MATEMATIKA KECHASIGA ATALGAN TADBIR


B A Y O N N O M A S I..

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar.Ma’lumki o’quv yilining har bir oyi bitta fanga ajratilgan bo’lib, shu fan oyligida sinfdan tashqari tadbirlar, kechalar ochiq dars mashg’ulotlari bahs va munozaralar o’tkazilib boriladi. 2020-yil 17-oktabr kunidagi yig’inda maktabning 5-’’A’’va 5-’’B’’ sinf o’quvchilari o’rtasida matematik viktorina, ya’ni, savol-javob kechasini o’tkazish uchun to’planganmiz. Fursatdan foydalanib bu kechada har ikkala sinf o’quvchilariga omad tilab qolaman.





Ming yillar basharga ko’makdosh-dastyor Ajdodlar mushkilin oson etgan fan Tabiat sirlarni kashf etar bisyor
Yetti iqlimda teng tanlamas Vatan.
Me’morlikda bilsang usiz ko’p qiyin Agronomlar uchun dasturul-amal Texnik fanlar ichra o’rindir tayin, Injiner har ishda qiladi amal.

Koinot safari usiz xom xayol Ayting, bu xislatlar qaysi fanda bor? Do’stlar, bundayin xislatga ega Yagona fan erur – matematika.


Endi viktorina bellashuvini o’tkazish tartibi bilan tanishtiraman. Mana stolda 5-’’A’’va 5-’’B’’ sinf jurnali bo’yicha raqami va ism-familiyasi yozilgan. Kartochkalar qo’yilgan. O’rtada esa 20-ta savol raqamlari qo’yijgan. Bellashuv tartibi quyidagicha: yordamchi 8-’’A’’ sinfning faol o’quvchisi Ahmedova Maftunani taklif etamiz. Maftuna o’quvchilar va misol raqamlarini tanlaydi. Masalan:5-’’A’’ va 5-’’B’’sinfdan tanlangan o’quvchilarga misol raqamlaridan ikkitasini tanlab topshiradi. O’quvchilar tanlangan misol yoki masalani sinfiga ajratilgan doskada yozib tayyorlashadi va izohlab berishadi.Hakamlar hay’ati esa ularning javoblarini baholab boradilar. Bugungi kechamizning 2-sharti esa quyidagicha: savol-javoblar orasida siz aziz barcha o’quvchilarga matematika fani bo’yicha qiziqarli savollar va jumboqlar beriladi. Eng faol o’quvchilar aniqlanadi va taqdirlanadi. Endi esa hakamlar hay’ati bilan tanishtiraman.


1. Ibroximov A

2 Tog’ayev B
3. Sherbekov Q
Hurmatli hakamlar hay’ati agar o’quvchi savolga to’g’ri va to’liq javob bersa 5 ball, sinfidan 1-yordam berilsa 2 ball, raqib sinf yordam bersa raqib komandaga 3 ball berilishini hisobga olishingizni so’rayman.


Hamma vaqt insonga eng kerakli fan Algebradan avval kelgan dunyoga.
Nil bo’yida ilk bor u panoh topgan, Darkor bo’lgan fir’avn ehromlarida. Aksioma kiritib yozgach Yevklid
Salmoqli fan bo’lib kelgan dunyoga Aytingiz-ushbu fan ne deb atalar?
Aytilgan topishmoq barcha shartiga Beshak mos keladi ilmu Handasa.
I

Endigi navbatni 1- shartga beramiz. Qani Maftunaxon marhamat boshlang. Aziz o’quvchilar bu ikki o’quvchi o’z misolini yechgunicha men sizlarga qiziqarli savollardan o’qib eshittiraman. 1- savolim quyidagicha: biz faqat matematika-matematika deymiz. Aslida o’zingiz shu so’zning asl ma’nosini bilasizmi? Qani kim aytadi?


’’Matematika’’ qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib,’’Mathema’’- ’’Bilim’’ degan ma’noni bildiradi. Bundan ko’rinadiki, bilim olishning asosi matematika faniga ham bog’liq ekan. SHuning uchun matematika fanini chuqur o’rganishingiz kerak bo’ladi.



Yüklə 34,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə