Mavzu :
O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari
kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi.
1853—56 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok,
kollaps, zotiljam va boshqa asoratlarni kuzatgan edi. Uning fikricha, jarohat insov
tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta’sir etadi. N. I.
Pirogov ta’riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Ulug` Vatan urushi davrida jarroh va terapevtlarning kuzatishlaricha,
yaradorlarda murakkab patogenez bilav kechuvchi xilma-xil ichki a’zolar
kasalliklari aniqlangan. Yaradorlarda hayotiy jarayonlar boshqarilishining buzilishi
bilan
kechuvchi shok, yarador bo’lish natijasida qon bosimi tushib ketishi bilan
namoyon bo’luvchi kollaps kabi asoratlar ham kuzatildi. Urush paytida o’pka, yurak
va buyrak kabi ichki a’zolarda o’ziga xos o’zgarishlar aniqlangan. Bu
shikastlanishlar murakkab bo’lib, ko’pincha tananing qaysi joyiga o’q tekkanligiga
(bosh, ko’krak, korin) bog`liq. Ba’zi shikastlanishlar
turli yuqumli kasalliklarga
sabab bo’ladi. Yarador bo’lish qon yo’qotish bilan kechib, bu kasallikning tuzalishi
va asoratlar qolishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bundan tashqari, jangovar holat (tinimsiz janglar frontdagi urush to’xtagan
davrlar) asablarga kuchli ta’sir etishi, yaradorlar tinkasini quritish bilan birga ular
ichki a’zolari faoliyatini yomonlashtiradi.
Vatan urushi yillarida terapevtlarning yaradorlarni davolashlari puxta ishlab
chiqilgan edi. Alohida tibbiy batalon va gospitallarda
terapevtlar jarroh bilak
birgalikda yaradorlarda kelib chiqqan ichki a’zolar kasalliklarini davoladilar.
BUYRAK KASALLIKLARI
Yaradorlarda jarohatlaiishdan so’ng tez orada
reflektor ravishda siydik
tutilishi mumkin. 1—2 kun o’tgach siydik chiqarish faoliyati asli holiga keladi.
Jarohat infekstiyasi zamirida ko’p hollarda yuqumli-toksik nefropatiya
kuzatiladi. U jarohatlanishning dastlabki kunlaridayoq boshlanib, buyrakdagi kichik
o’zgarishlar (siydikda bitta-yarimta gialin va donachali stilindrlar, biroz oqsil paydo
bo’lishi) bilan ifodalanadi. Kasallik bir oycha davom ztadi va jarohatdagi yuqumli
asorat ketishi bilan buyrak faoliyati tiklanadi. N e f r i t l a r odatda jaroxatlanishdan
so’ng ancha vaqt o’tgach kuzatiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bemor shishib
ketadi, qon bosimi ko’tariladi (sistolik bosim 200 MM c. u., diastolik bosim 100—
120 mm. s. u.). Siydik tarkibida oqsillar, qon hujayralari, ko’plab gialin stilindrlari,
donachali stilindrlar uchraydi. Ba’zan buyrak etishmovchiligi
(uremiya) bemor o’limiga sabab bo’ladi. Vatan urushi
davrida iefritlar buyrak
xastaligi bilan og`rigan yaradorlarning taxminan yarmida kuzatilgan.
Nefrozlar kamroq (buyrak kasalliklarining 6,4 foizi) uchraydi. U ko’proq
yiringli osteomielit bilan yug`rigan yaradorlarda kuzatiladi. Bemorda turli
darajadagi shishlar paydo bo’ladi. Siydik
tarkibida oqsillar gialin, donador va
mumsimon stilindrlar ko’payadi. Gematuriya nefrozlarda uchramaydi. Ba’zi
yaradorlar buyragida tosh hosil bo’lishi tufayli ularning buyragi sanchib og`riydi. Bu
hol urush sharoitida ko’p kuzatilgan. Buyrak kasalliklarini o’z
vaqtida aniqlash,
yaradorlarning tezroq safga kaytishshariga imqon berishi shubhasiz.