Mavzu : Qoraxoniylarda davlat idoralari Reja: I bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə1/8
tarix15.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#85498
  1   2   3   4   5   6   7   8
Qoraxoniylar davlat idoralari


Mavzu : Qoraxoniylarda davlat idoralari

Reja:

I Bob Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi

  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi

  2. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi

  3. Qoraxoniylar davrida boshqaruv tizimi

II Bob Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayot. Davlatning tarix sahnasidan ketishi

2.1 Qoraxoniylar davlatida ilm – fan va madaniyat. Davlatning ijtimoiy-siyosiy hayoti

2.2 Qoraxoniylar davlatini ikkiga ajralishi va Qoraxitoylar hujum

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar






Kirish

Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy Turon shohi - Afrosiyob avlodlari qatoriga qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan. 1 Amerikalik mutaxassis Robert Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb taxmin qilgan.2

Ta’kidlash joizki, qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar qoraxoniylar davlati tarixi hali to‘liq o‘rganilmaganligini ta’kidlashgan. Yusuf Xos Hojibning - Qutadg‘u bilig, Mahmud O‘shiyning - Fatovoi qozixon, Ibn al-Asirning - Al-komil fit-tarix asarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli ma’lumotlar mavjud. XX asr tarixshunosligida O.Pitsak, V.Kochnev, E.A.Davidovich numizmatik materiallar asosida mazkur davr tarixiga oid tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Qirg‘izistonlik olim O.Karaev ilk bora qoraxoniylar davri tarixiga bag‘ishlangan monografiya yaratgan. O‘zbek tarixshunosligida A.Ziyo tadqiqot ishi alohida ahamiyatga ega. B.Mahmudovning nomzodlikdissertatsiyasida Qoraxoniylar davlat boshqaruvi tahlil etilgan.

X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo‘lgan viloyatlarda, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko‘tarilgan isyonlar, toju-taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Ettisuv va Qashg‘arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalandilar. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga kelib bu hududlardagi turkiy qabilalar – qarluqlar, chig‘illar, yag‘molar va boshqalar o‘zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar.

Movarounnahr hududlarida o’troq so’g’dliklar bilan bir qatorda ko`plab turk qabilalari ham yashaganlar, ularning ko`pchiligi Shosh va Farg’onada, qisman Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida istiqomat qilar edilar. VIII — IX asrlarda turkiy xalqlar til jihatdan Farg’ona va Shosh hududlarida yashagan so’g’dliklarga o`z ta'sirlarini kuchli bir tarzda o’tkazganlar va bu joylarda turkiylashish jarayoni kuchaygan. Bu hududlardagi turkiylar o’troq xayot kechirganlar. Farg’onada turkiy qarluqlar, Shoshda esa turkiy o’g’uzlar ko’proq bo’lganlar.Kenjida va Shosh oralig’idagi, ya'ni hozirgi Chimkentning janubi-g’arbiy hududlariga kelib joylashganlar. Bular turkiy-o’g’uzlar edilar.

Akademiklar A.Muhammadjonov, Bo’riboy Ahmedov, G.A. Pugachenkova, A. Asqarov, K. Shonyozov, Hamid Ziyoyev, Azamat Ziyoyev va boshqa olimlarning ilmiy faoliyatlarida davlatchilik tarixi va uning o’ziga xos xususiyatlari hamda o’zbek xalqining kelib chiqishi masalalari ilmiy dalillar asosida va chuqur tahlillar zaminida yoritilgan. Biz kurs ishimizni o'z ichiga olgan ,,qoraxoniylar davlati’’ mavzuimizni yuqorida nomlari zikr etilgan tadqiqotlardan foydalangan holda bajardik. Shuningdek kurs ishini tayyorlashda turli xil ilmiy maqola,jurnallar foydalangan holda bajardik. Kurs ishimizni yaratishda respublikamizni birinchi prezidenti mustaqil davlatimizning bunyodkori Islom Karimovning asarlari ilmiy va nazariy asos, ilmiy yo’l-yo’riq, qiyosiy va nazariy jihatdan asosiy ko’rsatma bo’lib xizmat qildi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə