Mavzu : XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar



Yüklə 151,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.02.2022
ölçüsü151,31 Kb.
#83674
Тарих 1-Иш



 

Mavzu

:   


XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar 

 

                 Boshida sobiq SSSR ni saqlab qolishga 

                 Bo'lgan urinishlar va ularning  

                 O'zbekiston mustaqilligiga ta'siri. 

                 (Yangi ittifoq shartnomasi. GKCHP)    

  

GKChP (“Gosudarstvenniy komitet po chrezvichaynomu 



polojeniyu”, o‘zbekchasi –

 

FVDQ yoki “Favqulodda 



vaziyat bo‘yicha davlat qo‘mitasi”) –

 bundan roppa-rosa 

28 yil avval, bor-

yo‘g‘i uch kun davlat to‘ntarishi ortidan 

SSSRda 

hukmron bo‘lgan qo‘mita nomi. Qisqa muddat 

yashagan bu tuzilma SSSR hamda uning tarkibiga kiruvchi 

davlatlar, umuman dunyo tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu 

haqda “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh hikoya qiladi. 

 

1991-yil 19-avgust. Sovet Ittifoqining barcha 



burchaklarida televideniye va radio orqali xabar berildi: 

“Prezident Mixail Gorbachyov sog‘lig‘i yomonlashgani 

uchun mamlakatni ortiq boshqara olmaydi. U boshlagan 

islohotlarning aksariyati boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. 

Shu sababli mamlakat boshqaruvini sakkiz kishidan iborat 

Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasi o‘z qo‘liga oladi. Olti 

oy davomida mamlakatga yangi rahbar saylanadi”. Bu 

xabarni eshitgan odamlar biroz xavotirga tushdi. 




“Gorbachyovga nima bo‘lgan ekan

-

a?!” degan o‘y 



ko‘pchilikning xayolidan o‘tdi. Mamlakat ahli hali Stalin 

vafot etganda “sog‘lig‘i yomonlashdi” deb ma’lumot 

tarqatib o‘zaro taxt talashishganini, Xrushchyov Brejnev 

tomonidan “sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ishdan 

bo‘shash haqida ariza yozdi” degan bahona bilan taxtdan 

ketkazi


lganini unutgani yo‘q edi. Qolaversa, bunday 

“ssenariy” ittifoqdosh respublikalarning har birida necha 

martalab qo‘llangandi. Odamlarning xavotirlari bejiz 

emasligi uch kun ichida oydinlashdi. Favqulodda vaziyat 

davlat qo‘mitasiga ham mamlakatni olti oy bo

shqarish 

nasib etmadi. Hammasi uch kunda tugadi.  

1985-yil 11-

mart sanasida SSSR “taxti”ga o‘tirib, Sovet 

Ittifoqi kommunistik partiyasining birinchi kotibi 

lavozimini olgan Mixail Sergeyevich Gorbachyov sal 

o‘tmay mamlakatda “qayta qurish” nomi ostida yan

gi 

islohotlar boshlanganini ma’lum qildi. Oldiniga islohotlar 



oldinga siljishi biroz sustroq bo‘ldi. Axir Stalin vafotidan 

keyin 30 yildan oshiq vaqt bir xil tartibda ishlab kelgan 

amaldorlarni o‘zgartirish juda qiyin edi. Ammo 

1986yildan boshlab mamlakatdagi aksariyat tartiblar 

o‘zgardi. Birinchi navbatda, Gorbachyov KPSSning 1986

-

yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan XXVII syezdida 



Afg‘onistondagi behuda urushni to‘xtatish va qo‘shinlarni 

bosqichmabosqich bu mamlakatdan olib chiqish haqida 

gapirdi. Oktabr oy

ida ilk olti polk Afg‘onistondan olib 




chiqildi. Shuningdek, Gorbachyov mamlakatda 

kommunistik partiya gegemonligiga chek qo‘yadigan 

qaror qabul qildi va boshqa partiyalar tuzishga ham 

ruxsat berildi. Shuningdek, diniy sohada ham katta 

o‘zgarishlar bo‘ldi v

a mamlakatda 1991-yilgacha turli 

konfessiyalarga tegishli ibodatxonalar qayta ochildi, 

yangilari qurildi. So‘z erkinligi masalasida juda katta 

oldinga siljishlar kuzatildi.  

Eng muhimi, mahalliy xalqlarda milliy o‘zlikni anglash, shu 

jumladan, mustaqillikka intilish harakatlari boshlandi. 

1987


1988-


yillardan boshlab Boltiqbo‘yi davlatlari 

1940yilda SSSR ularni zo‘rlik bilan bosib olgani, shu tufayli 

endi ular SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘lishi haqida 

turli chiqishlar qila boshladi.  

1990-yilga kelib bir paytlar ikkinchi qutb sifatida dunyoni 

titratgan SSSRning tarqab ketish ehtimoli ancha 

oydinlashdi. Bu paytga kelib Boltiqbo‘yi davlatlari SSSR 

boshqaruvi ostidan chiqqanini bir tomonlama e’lon qilib, 

o‘zini boshqarish yo‘liga o‘tgan edi. Shuningdek, 

1990yilga kelib bir paytlar sotsialistik tizimning muhim 

bo‘laklari sifatida SSSRning qanoti ostida unga suyanchiq 

bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlari –

 Polsha, Bolgariya, 

Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, 

Albaniya kabi mamlakatlar sotsialistik boshqaruv usulidan 

voz kechib, G‘arbiy Yevropa tomon yuz burdi. Ularda 

mamlakatni boshqarib turgan rahbarlarning ayrimlari bu 



ishlarga o‘zi boshchilik qilgan bo‘lsa, ayrim qarshilik 

qilganlari xalq tomonidan ag‘darib tashlandi. 

 

Buning ortidan sotsialistik tuzumlarning harbiy 



bo‘linmalarini birlashtirgan va bir paytlar NATOga qarshi 

kuch o‘laroq tashkil etilgan Varshava shartnomasi 

tashkiloti (VShT, ruscha OVD) ham 1991-yil 1-iyul 

sanasida tarqab ketdi. Bungacha esa Sharqiy Yevropadagi 

sobiq sotsialistik mamlakatlarda SSSR harbiy bazalarini 

faoliyat yuritishiga qarshi ko‘plab namoyishlar ham bo‘lib 

o‘tdi va buning natijasida SSSR Sharqiy Yevropadagi bir 

qator mamlakatlardagi harbiy bazalarini yopib, ularda 

faoliyat yuritgan qo‘shinlarini SSSRga qaytargan e

di.  


SSSRning Yevropa markazidagi muhim tayanch nuqtasi 

 



Germaniya demokratik respublikasi 1990-yil 3-oktabrda 

yilda Germaniya federativ respublikasiga qo‘shildi va 

Germaniya birlashdi. SSSR esa Yevropa markazidagi 

muhim tayanch nuqtasidan ayrildi. SSSR aholisi bu 

voqealarni sinchkovlik kuzatardi; shuning ortidan SSSRda 

yashovchi turli millatlar, ittifoqdosh respublikalarda 

mustaqillik uchun harakatlar kuchayib boraverdi. Shu 

yo‘lda 1990

-yilda ittifoqdosh respublikalarning aksariyati 

mustaqillik deklaratsiyalarini qabul qildi.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasini 

1990-yil 20-iyunda qabul qilgan.  




Mustaqillik deklaratsiyasining birin-ketin qabul qilinishi 

ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lida qo‘ygan 

ilk muhim qadamlari edi.  

1991-


yilga o‘tib esa mustaqillik uchun harakatlar biroz 

jonlandi.  

O‘sha paytda SSSR rahbari sifatida ishlab kelayotgan 

Gorbachyov 1988

1989-yillarda ham, 1990



1991-yillarda 

ham mamlakatning turli hududlarida ro‘y berayotgan 

voqea-hodisalarga birmuncha xotirjam qaradi. Ayniqsa 

1990



1991-yillarda SSSRning turli hududlarida 



mustaqillik uchun qilinayotgan harakatlarga ham ancha 

bosiq munosabatda bo‘ldi. 

 

Ammo Moskvada o‘tirgan SSSRning bir necha yuqori 



martabali shaxslariga ro‘y berayotgan hodisalar ma’qul 

kelmadi va ular Gorbachyovni munosabat bildirishda 

ko‘ngilchanlik qilayotganlikda aybladi. 

 

1991-yil 17-mart kuni SSSRda umumxalq referendumi 



o‘tkazildi. Unda qatnashgan aholining 77,85 foizi SSSRni 

saqlab qolishni yoqlab ovoz berdi. Gorbachyov SSSRni 

tarqat

ish va uning o‘rniga Mustaqil davlatlar 



 

konfederatsiyasini tuzish rejasini e’lon qildi. Rejaga ko‘ra, 

20-avgust kuni ittifoqdosh respublikalar rahbarlari 

Mustaqil davlatlar konfederatsiyasi bitimini imzolashlari 

kerak edi. Bu reja SSSRni saqlab qolish tarafdorlari 

bo‘lgan ko‘pgina rahbarlarga yoqmadi. 

 



1991-yilning 4-avgust kuni Gorbachyov dam olish uchun 

Qrimdagi hukumatga tegishli Foros dam olish  

rezindensiyasiga jo‘nab ketdi. 16

-avgust kuni Gorbachyov 

Forosdan turib 20-

avgust kuni ta’tildan qaytishi va

 

ittifoqdosh respublikalar bilan Mustaqil davlatlar 



konfederatsiyasi shartnomasini imzolashini ma’lum qildi. 

 

1991-yil 18-avgustdan 19-



avgustga o‘tar kechasi SSSR 

prezidenti Gorbachyovning mamlakatda olib borayotgan 

ichki va tashqi siyosatidan norozi 

bo‘lgan bir guruh 

rahbarlar uning SSSRni tarqatib yuborib, o‘rniga 

konfederatsiya tuzishiga qarshi chiqib, SSSRda davlat 

to‘ntarishi uyushtirdi hamda Gorbachyovni Forosdagi 

dala hovlisida dam olayotgan joyida nazoratga olib, unga 

rejasini bekor qilish tala

bini qo‘ydi. 

 

Ammo Gorbachyov bu talabga ko‘nmadi. Shundan so‘ng 



ular Gorbachyovni dala hovlidan chiqa olmaydigan qilib 

nazoratga oldi. Ular Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat 

qo‘mitasi tuzilganini va mamlakatni vaqtincha shu 

qo‘mita boshqarishi haqida 

televideniye va radio orqali 

e’lon qildi. 

 

Ular davlat to‘ntarishini sodir etishidan asosiy maqsad 



SSSRni saqlab qolish edi. Ular Gorbachyov 1991-yil 

20avgust kuni SSSRni tarqatib yuborsa, egallab turgan 

mansablaridan ayrilishi aniqligini yaxshi bilar edi. Shu 

uchun ham ular bu rejaga mutlaqo qarshi edi.  




Ular mamlakat boshqaruvini qo‘lga olar ekan, davlat 

to‘ntarishi uyushtirilgani haqida umuman gap bo‘lmadi. 

Faqat Gorbachyov oxirgi paytlar SSSRni boshqarish 

layoqatini yo‘qotgani, shu tufayli mamlakat taqd

iri jar 

yoqasiga kelib qolgani, Gorbachyov oxirgi kunlarda 

sog‘ligi yomonlashgani tufayli iste’fo bergani va 

davolanayotgani, shu sababli mamlakatni yangi rahbar 

tayinlanguncha qo‘mita boshqarib turishi haqida 

uzundan-


uzoq murojaatnomani o‘qib berdi. 

 

Favq



ulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi tarkibida SSSR 

vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev, bosh vaziri Valentin 

Pavlov, ichki ishlar vaziri Boris Pugo, mudofaa vaziri  

Dmitriy Yazov, davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) rahbari 

 

Vladimir Kryuchkov, mudofaa vazirining 1-



o‘rinbosari 

 

Oleg Baklanov, dehqonlar ittifoqi raisi Vasiliy 



Starodubsev, qurilish, transport, aloqa va davlat 

korxonalari va obyektlari assotsiatsiyasi prezidenti 

Aleksandr Tizyakovlar bor edi.  

Shuningdek, ularni mudofaa vaziri o‘rinbosari, 

quruqlik

dagi qo‘shinlar qo‘mondoni Valentin Varennikov, 

prezident apparati rahbari Valeriy Boldin, KPSS MQ 

kotibi, siyosiy byuro a’zosi Oleg Shenin, SSSR prezidentini 

qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Vyacheslav Generalov, KGB 

DXQ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Yuriy Ple

xanov, Oliy 

Kengash raisi Anatoliy Lukyanov va yana bir qator yuqori 

martabali amaldorlar qo‘llab

-quvvatladi.  




Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasini DXQning “Alfa” 

guruhi, mudofaa vazirligining Dzerjinskiy, harbiy desant 

qo‘shinlarining Tula diviziyasi,

 

Taman motoo‘qchi 



diviziyasi va Kantemir diviziyalari faol qo‘llab

-quvvatladi.  

Shuningdek, davlat teleradiokompaniyasi ham FVDQ 

ixtiyoriga o‘tdi. 

 

Qo‘mita rahbari SSSR vitse



-prezidenti Gennadiy Yanayev 

bo‘ldi. 


 

1991-yil 19-

avgustda “Gorbachyovning sog‘lig

yomonlashgani tufayli mamlakat konstitutsiyasining 



127,7-

moddasigiga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar davlat 

qo‘mitasi mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olganini” 

e’lon qilgan FVDQ mamlakatning ayrim hududlarida 

favqulodda vaziyat joriy etilganini e’lon qildi

.  


FVDQ mamlakatda kommunistik partiyadan boshqa  

partiyalar faoliyatini taqiqladi. Mitinglar uyushtirish, 

namoyish o‘tkazib ko‘chalarga chiqishlarga ham chek 

qo‘ydi. 


 

Yana bir qarorga ko‘ra esa “Trud”, “Rabochaya tribuna”, 

 

“Izvestiya”, “Pravda”, “Krasnaya zvezda”, “Sovetskaya 



 

Rossiya”, “Moskovskaya pravda”, “Leninskoye znamya”, 

“Selskaya jizn” gazeta va jurnallaridan boshqa har qanday 

gazeta-jurnallarni chop etish taqiqlandi.  

Bu payt Gorbachyov Forosda tashqi dunyodan uzilgan 

holda nazorat qilindi.  




1991-yil 19-

avgustda armiya bo‘linmalari va harbiy 

texnika Moskva shahridagi barcha shohko‘chalarni 

nazoratga oldi. Ayniqsa Kremlga keladigan yo‘llar qattiq 

nazorat qilindi.  

Moskva shahriga 4 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 362 

tank 427  zirhli transportyor va BMP olib kirilgan edi.  

Leningrad, Tallin, Tbilisi, Riga shaharlari atrofiga 

qo‘shimcha harbiylar jalb qilindi. 

 

Turli shaharlarda harbiy bo‘linma va texnikalarning 



kiritilishi Moskva va yana bir qancha shaharlarda 

ommaviy namoyishlar boshlanib ketishig

a sabab bo‘ldi. 

Odamlar SSSRning yirik shaharlari 

 Leningrad, Kiyev, 



Minsk va boshqalarda FVDQga qarshi namoyishlarga 

chiqdi.  

FVDQ Gorbachyovni Qrimdagi dala hovliga qamab qo‘yib, 

mamlakat boshqaruviga egalik qilishni boshlashi o‘sha 

paytda aksariyat sog

‘lom fikrli kishilarga yoqmadi. FVDQ 

a’zolari bayonotlarida “Gorbachyovning sog‘ligi 

yomonlashgani uchun” deygani bilan ko‘pchilik davlat 

to‘ntarishi bo‘lganini bilib bo‘lgan edi. 

 

O‘sha holatda FVDQga qarshi eng asosiy kuch sifatida 



o‘rtaga RSFSR rahbari 

Boris Yelsin hamda uning 

boshchiligidagi RSFSR rahbariyati chiqdi. Yelsin ketma-ket 

ikkita farmon e’lon qildi. Ularda FVDQning mamlakatga 

vaqtinchalik rahbarlik qilayotgani noqonuniy ekani, ular 



xalqni aldayotgani, aslida esa SSSRda davlat to‘ntarishini 

amalga oshirgani, RSFSR rahbari FVDQning hech qanday 

qaror va buyruqlariga bo‘ysunmasligini, mamlakatning 

haqiqiy rahbari Gorbachyovni o‘z qonuniy o‘rniga 

qaytarish haqida yozilgan edi.  

Shundan so‘ng RSFSR Oliy Kengashi joylashgan bino 

(keyinchalik u “Oq uy”deb ataldi) FVDQga qarshi kurash 

markazi bo‘ldi va davlat to‘ntarishiga qarshi bo‘lgan 

minglab moskvaliklar namoyish o‘tkazish uchun shu bino 

oldiga to‘plandi. 

 

Bino atrofiga Taman diviziyasining askarlari kelib 



joylashdi.  

Boris Yelsin Taman diviziyasiga qarashli tanklardan 

birining ro‘parasiga chiqib o‘zining “Rossiya fuqarolariga 

murojaat”ini o‘qib berdi. U murojaatida FVDQ mamlakat 

konstitutsiyasini qo‘pol ravishda buzib, mamlakatda 

davlat to‘ntarishi uyushtirganini, har bir fuqaro FVDQning 

noqonuniy i

shiga o‘z munosabatini bildirishi lozimligi 

haqida gapirdi.  

Murojaat ostiga RSFSR prezidenti Boris Yelsin, Vazirlar 

Kengashi raisi Ivan Silayev, Oliy Kengash raisi Ruslan 

Xasbulatovlar imzo chekkan edi.  

19-

avgust kuni kechki payt FVDQ a’zolari matbuot 



anjumani o‘tkazdi. Unda SSSR bosh vaziri Valentin Pavlov 

ham qatnashdi.  




OAV xodimlari bergan turli-tuman savollar oldida FVDQ 

boshlig‘i Yanayev ancha asabiylashdi. Buni hatto matbuot 

anjumanini televizordan ko‘rgan tomoshabinlar ham 

sezdi.  


20-avgust kuni Moskvada FVDQga charshi katta 

namoyish boshlanib ketdi. FVDQ Moskvada komendantlik 

soatini joriy etdi.  

Oq uy atrofida binoni FVDQ buyruqlariga bo‘ysunib 

harakatlanayotgan harbiylardan himoya qilish uchun 

qurol ko‘targan ko‘ngillilar paydo bo‘ldi. 

 

Uch kun ichida ma’lum bo‘ldiki, FVDQning davlat 



to‘ntarishini fuqarolar mutlaqo qo‘llab

-quvvatlamadi. 

Moskvada joylashgan harbiylar Yelsin boshchiligidagi 

demokratik kuchlar tarafiga o‘tganini e’lon qildi. 21avgust 

kuni Moskvadan harbiy qo‘shinlar va texnikani olib 

chiqish boshlandi.  

O‘sha kuni soat 11

:30 da RSFSR Oliy Kengashining 

navbatdan tashqari favqulodda sessiyasi ish boshladi. 

Sessiyada deputatlar RSFSR bosh vaziri Ivan Silayev va 

vitse-prezident Aleksandr Rutskoyga Qrimga borib, 

Gorbachyovni ozod qilib Moskvaga olib kelish 

topshirig‘ini qo‘ydi.

  

22-avgust kuni Tu-134 samolyotida Rossiya hukumati 



rahbarlari Gorbachyovni oilasi bilan birga eson-omon 

Moskvaga olib keldi.  




FVDQ barcha a’zolari qo‘lga olindi. Ularga RSFSR Jinoyat 

kodeksining 64-

moddasiga ko‘ra vatanga xiyonat aybi 

qo‘yildi. Qama

-qama

lar boshlanganda davlat to‘ntarishi 



qatnashchilaridan biri bo‘lmish SSSR ichki ishlar vaziri 

Boris Pugo o‘z joniga qasd qildi. 

 

Qamoqqa olinganlar orasida SSSR Oliy Soveti raisi 



Lukyanov ham bor edi.  

Tergov boshlanib ketdi. Oradan biroz o‘tib, FVDQ 

uyushtirganlar turli muddatlarga qamoq jazosi olishdi.  

1994-yil 23-fevralda Rossiya Davlat Dumasi tomonidan 

e’lon qilingan amnistiyaga ko‘ra FVDQ a’zolarining 

hammasi afv etildi, qamoqda saqlanayotganlari 

qamoqdan ozod qilindi.  

SSSR aholisi uch kun tahlikada yashadi. Ayniqsa harbiylar 

tomonidan o‘rab olingan Moskva shahrida vaziyat ancha 

og‘ir edi. Alaloqibat tinch aholi vakillaridan uch kishining 

halok bo‘lganini aytmaganda, hammasi yaxshilik bilan 

tugadi.  

Eng muhimi, FVDQ a’zolarining davlat to‘ntarishiga 

ur

inishi SSSRning tezroq tarqab ketishiga sabab bo‘ldi. Bu 



hodisadan keyin ittifoqdosh respublikalar avval 

rejalashtirilgan Mustaqil davlatlar ittifoqi bitimini ham 

imzolashni xohlamadi va mustaqilligini e’lon qildi. 

 



Boltiqbo‘yi respublikalari birinchi mustaqilligini e’lon 

qilgan bo‘lsa, Qozog‘iston eng oxirida –

 1991-yil 

16dekabrda mustaqilligini e’lon qildii 

 

25



26-dekabr kunlari SSSR Oliy Soveti Respublika 

Kengashi ittifoq tugatilgani haqida deklaratsiya qabul 

qildi. Gorbachyov SSSR prezidenti lavozimidan ketganini 

e’lon qildi va shu tariqa 70 yil mobaynida dunyoning 

ikkinchi qutbi sifatida yashab kelgan katta qudratli davlat 

parchalanib ketdi.  

  

Shu narsani ta’kidlash lozimki, FVDQ davlat to‘ntarishini 



sodir etmaganida ham bu davlat baribir parchalanar edi. 

Sababi, ittifoqdosh respublikalarda milliylikka qaytish, 

mustaqil bo‘lishga urinish o‘zining yuksak cho‘qqisiga 

chiqqan va SSSR rahbari sifatida Gorbachyov bu ishlarga 

ancha xotirjam qarayotgan edi.  

  

1989



1990-yillardan boshlab SSSRning turli hududlarida  

millatchilik avj ola boshladi. Buning oqibatida  

Ozarbayjonga tegishli Tog‘li Qorabog‘da etnik armanilar 

Boku boshqaruviga qarshi isyon ko‘tarib, o‘rtada qurolli 

mojaro boshlanib ketdi. Gruziyada esa muxtoriyat 

huquqiga ega bo‘lgan Abxaziya va Janubi

y Osetiya isyon 

ko‘tarib, mustaqil bo‘lishni xohladi. 

 

  




Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar etnik o‘zbeklarga tajovuz 

qilib, qonli mojaro keltirib chiqardi. Bundan oldinroq 

Farg‘onda o‘zbeklar mesxeti turklarga qarshi tajovuzlar 

uyushtirgan edi. Moldovada asosan ruslar va gagauzlar 

yashaydigan Pridnestrovye o‘lkasida Kishinyov 

boshqaruviga qarshi isyon boshlandi. Shu tariqa, 

1990yildayoq tom ma’noda boshboshdoqliklar yuzaga 

kelib, bunday holatda SSSRning davlat sifatida uzoq 

yashamasligi oydinlashib bo‘lgan e

di. FVDQning davlat 

to‘ntarishiga urinishi SSSRni saqlab qolish uchun amalga 

oshirilgan harakat edi. Bu ish muvaffaqiyatsizlikka 

uchragach, SSSR parchalandi va shu tariqa davlat nomi 

ham, o‘zi ham tarix qa’rida qolib ketdi. Jahon xaritasida 



esa o‘n beshta yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldi. 

 

Yüklə 151,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə