Мавзу: АҚли заиф ўсмирларда оилавий ҳаёт ҳАҚидаги тасаввурларнинг хусусиятлари



Yüklə 259,21 Kb.
səhifə1/4
tarix04.11.2017
ölçüsü259,21 Kb.
#8150
  1   2   3   4


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI

JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA FAKUL’TETI
“DEFEKTOLOGIYA, MAXSUS PSIXOLOGIYA NAZARIYASI

VA TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI



O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining

20 yilligiga bag`ishlanadi

HIMOYA QILISHGA RUXSAT BERILDI”

Pedagogika-psixologiya” fakul’teti dekani v.b. _______________________ prof.X.A.Meliyev

_______” ______________________ 2011 y.


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MAVZU: « Aqliy rivojlanishida muammosi bo’lgan o’smirlarda oilaviy xayot haqidagi tasavvurlarining o’ziga xos xususiyatlari »
5141800 –Defektologiya yo`nalishi bo`yicha bakalavr

darajasini olish uchun
Bajaruvchi: Tursunova Nargiza

401 gurux talabasi
Ilmiy rahbar: o`qit.G.X.Temurova

Bitiruv malakaviy ishi kafedra yig`ilishining (Qaror № __, _______) qarori bilan himoyaga tavsiya etildi.




Kaf.mudiri: dots.R.N.Nurmatov

JIZZAX – 2011
M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………………………………

I -BOB. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari

1.1. Sharq mutafakkirlarining yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqidagi qarashlari …………………………………………………………….



1.2 Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarining muammoli tomonlarining defektologiyaga oid adabiyotlarda o’rganilish holati ………………………………………………………………

1.3. Aqli zaif o’smirlarga oila - nikohning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi tushunchalarni o’rgatish ……………………………………………..

II -BOB. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari.

2.1. Oilada sog’lom ruhiy iqlim barqarorligini vujudga keltirish, aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim omili. …………….................................................................................................

2.2. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda maktab va oilaning hamkorligi.......................................................
TAJRIBA-SINOV …………………………………………………..

XULOSA ………………………………………………………….….

ILOVA ………………………………………………………………..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.....………..…


Kirish

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XIV moddasida «Oila jamiyatning faol yacheykasi, jamiyat va davlatni himoya qilish huquqiga ega. Ota-onalar bolalarini voyaga yetguncha boqishga, qarashga majburlar»-deb yozilgan1. Davlat va jamiyat yetim va ota-onasi vasiylik qilishdan mahrum qilingan bolalarni boqish, ularga qarash, tarbiyalash va bilim berishni ta’minlaydi, muhtojlik faoliyatiga munosabat bildirilib, yordam berish maqsadida rag’batlantiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 noyabrdagi 433-sonli qarori O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish bo’yicha 1995-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturining bandlarida «Sog’lom avlod uchun», «Ona va bola skriningi» (1998), «Oila kodeksi» (1998), barcha fuqarolarga bunday bolalar tug’ilishining oldini olish, ta’lim-tarbiya berish, jamiyatda o’z o’rnini topib ketishga ko’makdosh bo’lishga undaydi.

Har bir xalq o’z oilasining baxtli bo’lishi, farzandlarining aqlli, dono, xushmuomala, mard bo’lib, kamol topishi uchun kurashgan. O’zbek xalqi barcha Sharq xalqlari kabi oilaga, bola tarbiyasiga juda katta ahamiyat bergan. Bu an’ana avloddan-avlodga xalq donishmandligining timsoli sifatida o’tib kelgan va bu xislat adabiyotimizda, milliy madaniyatimizda o’ziga xos o’rin tutgan.

Hozirgi davr oila muammolari orasida o’zaro munosabat va yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, to’g’rirog’i, bo’lajak oila boshqaruvchisi sifatida tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Shu ma’noda ota-onalar, keng jamoatchilik zimmasiga yoshlarni oilaviy hayotni o’tashdek mas’uliyatli vazifani bajarishga, uy tutish, ro’zg’or, oila xo’jaligini tejab tergab boshqarishga tayyorlash, ularda «erkak» «ayol» fazilatlarini tarbiyalash, o’zaro muomala munosabat odobini tarkib toptirishga, ularga ona mehri, ota g’amxo’rligi, farzand minnatdorligi nimaligini va hayotda shularga amal qilish zarurligini uqtirish yuklatilgan. Oila baxti, farzandlar istiqboli uchun ota-ona o’g’il-qizni oilaviy hayotning hamma muammolariga mas’uliyat bilan yondashadigan, o’z umr yo’ldoshini hurmat qiladigan, unga hamma vaqt tayanch, sodiq do’st bo’ladigan, shuningdek, qayni-bo’ynilariga munosabatini, kelinlik, kuyovlik vazifasini o’rniga qo’ya oladigan, ya’ni ularni farzandlik burchini o’tay oladigan qilib tarbiyalash zarur. Hayotiy tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, ahil, baxtli oilalar bilan bir qatorda turmushdagi, ro’zg’ordagi ayrim arzimas mashmashalar sababli ajralishgacha boradigan yosh oilalar keskin kamaygani yo’q.

Oilaviy huquqlarning asosiy qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining nikoh va oila haqidagi quyidagi moddalarida huquqiy jihatdan mustahkamlangan: «Oila jamiyatning asosiy yacheykasi hisoblanadi, jamiyat va davlatning himoya qilish huquqiga ega» (63-modda), «Ota-onalar o’z bolalarini ularning to voyaga yetguncha saqlash va tarbiyalashga majburdirlar» (64- modda), «Voyaga yetgan mehnatga qobiliyatli bolalar o’zlarining ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar» (66-modda)1.

Oilaviy munosabatlar axloqlilik me’yorlariga, urf-odatlarga, asrlar davomida hosil qilingan an’analarga, u yoki bu xalqning hayoti va turmushini o’ziga xosligini ifodalashga asoslanadi. Jamiyat bunday munosabatlarning me’yorini belgilaydi, hayotiy nuqtai – nazar, hatti –harakatlar, qoidalar, talablarni to’plab birlashtirib amalga oshiradi. Jamoaning axloqliligi ular a’zolarining axloqliligidan tarkib topadi. Axloq kodeksi (oila va nikoh kodeksi) har bir inson uchun jumladan, jamiyat hayotiga kiradigan, aqli zaiflar uchun ham me’yor hisoblanadi Ijtimoiy jihatdan bir butun qilib birlashtirilishi kerak. Bunda aqli zaiflarga ham bir xil qarab, kamsitish, ularning xaq-huquqini cheklab qo’yish mumkin emas.

S.N. Kryunkovning fikricha, «zaif yoki bo’sh insonlarga ma’lum ijobiy axloqiy odatlarni aytib berish, ularda ijtimoiy axloqiy muomalaga asos solish… busiz u umumiy, birgalikdagi hayotga qarshi zot bo’lishi mumkin edi, «ular shuningdek, vaqti bilan butun birgalikdagi ijtimoiy hayotning a’zolari oldida turishi, hayotning ulkan mexanizmining kichik a’zolari bo’lishi mumkin»2. Oilaning tarbiyaviy ahamiyati asosan ruhiy, jismoniy rivojlanishi jihatdan nonormal shaxslarni shakllantirishda ortadi.

Jamiyatimizning sog’lom yoshlari qatori aqliy nuqsonga ega bo’lgan aqli zaif o’quvchilar ham oila qurishga tayyorlanishi oilaga bo’lgan sadoqat, e’tiqod, oilada otalik burchi, onalik burchlarini chuqur anglashlari jamiyatimizning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov va hukumatimiz O’zbekistonning istiqlolini mustahkamlashda eng avvalo insonlarning ma’naviy ahloqiy va muhimligini o’qtirib, yoshlarni oilaga tayyorlashda ma’naviyat va ahloqiylikni qayta tiklash, xalqlarning ma’naviy merosiga, insonparvarlik g’oyasiga sodiqlik, ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarishda keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, nogiron chaqaloqlar tug’ilishini oldini olish, odamlar umrini uzaytirish kabi g’oyalarga e’tibor qaratish lozimligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Demak, bugungi kunda yoshlarni oilaga tayyorlash, oilada bolalarni ahloqiy tarbiyalashga e’tiborni qaratish, bu davr va bugungi kunni turmush taqozosidir.

Kuzatishlarda ayrim yoshlarning oilaviy hayotga ma’naviy tayyor emasligi, ularda xis-tuyg’ular, oilaga jiddiy mas’uliyat xissi yetishmasligi ma’lum bo’lmoqda. Shuningdek, ular oilasi, farzandlari oldidagi, qolaversa, jamiyat oldidagi burchlarini yaxshi anglamaydilar. Bunday yoshlarning ko’pchiligi oila byudjetini rejalashtirish, unga amal qilish, uy yumushlarini oila a’zolari o’rtasida to’g’ri taqsimlash, ota-onalar fikri bilan hisoblashish va hokazolarni bilmaydilar. Bu hol yordamchi maktabdagi aqli zaif o’quvchi va yoshlarni, kelajakdagi oilaviy hayotga moddiy va ma’naviy jihatdan oldindan tayyorlashni taqozo etadi.

Bu hol aqli zaif o’smirlarda kelgusidagi oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishni maqsad qilib olgan bizning ishimizning muhimligi va ahamiyati haqida gapirishimizga imkon yaratadi.



Tadqiqot maqsadi: Aqli zaif o’smirlarning kelgusidagi oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

Tadqiqot predmeti Aqli zaif o’smirlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirish jarayoni.

Tadqiqot obyekti – aqli zaif o’smirlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari.

Tadqiqotning vazifalari:

Tadqiqot muammosiga oid adabiyotlarni o’rganish.

  1. Pedagogik amaliyotda tadqiqot muammosining holatini o’rganish.

  2. Aqli zaif o’smirlarning oilaviy hayot xaqidagi tasavvurlarini mavjudligini aniqlash.

  3. Aqli zaif o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorlashga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot metodlari:

1. Mavzuga oid manbalar, dasturlar tahlili.

2. Pedagoglar, o’qituvchilar, tarbiyachilar bilan suhbatlar.

3. Yordamchi maktab o’quvchi va o’qituvchilari bilan so’rovnoma o’tkazish, o’quvchilar haqida ma’lumot to’plash.



Tadqiqotning ilmiy farazi:

shundan iboratki, yordamchi maktab tarbiyalanuvchilarining kelajakdagi oilaviy hayoti unga tayyorgarlik darajasiga, oiladagi tarbiyaviy ishlarning muntazam ravishda aniq bir maqsadga yo’naltirilishga, eng asosiysi aqli zaif o’smirlarning ruhiy, jismoniy va jinsiy jihatdan yoshga bog’liq bo’lgan holda rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olishga bog’liq bo’ladi.

Tadqiqotning metodologik asosi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Bola huquqlari to’risida”gi Konvensiyasi, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining pedagogik-psixologik tadqiqotlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid risolalari, ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan, nogiron bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid me’yoriy xujjatlar tadqiqotimizda metodologik asos bo’lib hizmat qiladi.



Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi: O’zbekiston Respublikasidagi yordamchi maktablarda aqli zaif o’smirlarning oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlarini shakllantirish masalalari ilk bora ko’rib chiqildi. Shuningdek, o’quv dasturlari ham tahlil qilindi.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ishning natijalari aqli zaif o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorgarlashga xissa qo’shadi. Bitiruv malakaviy ishi materiallari “Oligofrenopedagogika”, “Maxsus psixologiya”, “TIM”, “IMY”, “Mehnat tarbiyasi” kurslarini nazariy jihatdan boyitadi.

Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati:

Aqli zaif o’smirlar bilan oilaviy hayotni o’ziga xos ravishda shakllantirish haqidagi korreksion (tuzatish) – rivojlantiruvchi ishlar majmuini tuzishga oid ma’lumotlar defektologlar, ruhshunoslar, tarbiyachilar tomonidan bolalarni oilaviy hayotga tarbiyalashda foydalanish mumkin.

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

-aqli zaif o’smirlarda oila haqidagi tushuncha va tasavvurlarning o’ziga xosligi;

-aqli zaif o’smirlarning oilaviy hayotga tayyorlash yo’llari;

-aqli zaif o’smirlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning korreksion maqsad-vazifalari.

Ishning tarkibiy tuzilishi:

Ish kirish, 2 bob, 5 ta paragraf, tajriba-sinov natijalari, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.



I -BOB. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari

1.1. Sharq va g’arb mutafakkirlarining yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqidagi qarashlari

Sharq mutafakkirlarining oila qurish va oilada bola tarbiyasi yuzasidagi qarashlari bilan tanishar ekanmiz, ularning ko’pgina asarlari yoshlarni komil insonlar qilib tarbiyalash xususiga bag’ishlanganligining guvohi bo’lamiz.

Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Imom at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar yaratgan asarlarida bola tarbiyasi, uning inson hayoti, faoliyatidagi ahamiyati yorqin misollarda o’z ifodasini topgan.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Navoiyning “Mahbub-ul qulub” va “Nazmul javohir”, Sa’diyning “Guliston” kabi noyob va qimmatli asarlari asosida o’z ma’naviy-ahloqiy hayotlarini ko’rishgan, shularga tayanib farzandlarni tarbiya qilishgan.

Rivojlanishida nuqsoni bor bolani tarbiyalayotgan oilalarning muammolari o’ziga xosligi hammaga ayon. Nuqsonli bolani tarbiyalash uchun ota-onalarga ayrim metodik tavsiyalar va maslahatlar berish kifoya deb hisoblash mumkin. Lekin, bu oilalarning ijtimoiy moslashishi masalalarini hal etish uchun, avvalo ota – onalarning o’zlariga korreksion – pedagogik yordam va ta’sir ko’rsatish lozim.

Oilaviy hayotga tayyorlash oilaviy jinsiy tarbiya masalalarini to’g’ri hal qilishga bog’liq.

Jinsiy tarbiya bolalar, o’smirlar va yoshlarni axloqan yetuk va barkamol qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan tibbiy va pedagogik meyor bo’lib hisoblanadi. Er va xotin orasidagi jinsiy munosabatini to’g’ri tarbiyalash oilaviy hayotga tayyorlashning ajralmas qismidir. Hozirgi bosqichda bu muammo shifokorlar, pedagoglar, ruxshunoslar, jamiyatshunos (sosiolog) lar tomonidan kompleks ravishda o’rganish ishlari olib borilmokda, juda ko’p miqdorda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-ommabop adabiyotlar chiqarildi. (Dobrovich A.B., Gluxova, R.I., Gutko, L.N., Jelvis V.I., Isayev D.N., Kogan K.E., Kon I.S., Kolesov D.E., Maksovskiy M.S, Nachayev V.V, Timashenko Ya.N., Xarchev A.G, Xripkova A.G.)

Mualliflar jinsiy tarbiya muammosidagi munosabatlarda odob-ahloq qoidalarining meyoriy, o’zining va qarama-qarshi jinslarning madaniy va ishqiy munosabatlarni tarbiyalash o’zining harakatlari va yaqin sirdoshlik munosabatlarida ijtimoiy jihatidan javobgarlik hissasi ayol va erkak ehtirosining tuzilishi va jinsiy mayl haqida malumot beradilar. Shuningdek, o’z tanasini parvarish qilishida sanitariya-gigiyena malakalarni tarbiyalash yo’llarini tushuntirib beradi, jinsiy tarbiyaga daxldor salbiy odatlarni, jinsiy tarbiyaga zarar yetishining oldini olish manosida to’xtalib, qimmatli nazariy va amaliy ma’lumotlarni berib o’tadilar.

O’smir bolalarning jinsiy jihatdan tarbiyalashda juda ko’plab muammolar yuzaga keladi. Ayniqsa o’smir yoshidagi bolalar tarbiyasi eng murakkab masaladir. Bu insonlarning ijtimoiy munosabatlarida «soddalashtirilmagan» ko’pincha yoshidagi qiyinchiliklar jinsiy balog’at bilan bog’liq bo’ladi. Bu vaqtda aloqada hayajonlanish tasirchanlikning oshishi yuzaga keladi, sigaret chekishga siprtli ichimlikka, jinsiy havasga oid har qanday patalogik intilish paydo bo’ladi. Bu yosh butunlay ixtilof nazaridan iborat. Tadqiqochilar o’smirlik davri tarbiyachilar uchun katta qiyinchiliklarni ifodalashni qayd qilganlar. Bundan tashqari o’smirlar katta hayot bo’sag’asida turadi. Ayniqsa ota-onalar va pedagoglar ruhiy xislatning asosiy buyurtmachilari bo’lib, ularning maqsadi o’smirlarning ahloqi, yurish-turishini tartibga solishdan iborat. Sir emas, ko’pchilik jinsiy hayotni o’smirlik yoshida boshlaydi, natijada homiladorlik ona organizmini og’ir asoratlarga olib keladi.

AQShda har bir balog’atga yetmagan ona uchun uning o’qishini davom ettirish, ota-onasi bilan munosabatini o’rnatish chaqaloqni ruhiy va tibbiy jihatidan tarbiyalash, parvarish qilish va o’z ichiga olgan patronaj dasturini tuzganlar. Vatanimizda esa bu muammoni hal qilish uchun oilaviy hayotning odob-axloq qoidalari hisoblanmish ruhshunoslik kursi kiritiladi. Lekin bunda muayyan muammolar ham bor. Bu kurs 9-sinflarga mo’ljallangan, boshqa ko’p muammolar kabi bu o’rta sinfdanoq yuzaga keladi. Yana bir muhim muammo- qiz va o’g’il bolani alohida o’qitish bu oilaviy hayotga tayyorlash qanchalik samarali ekanligiga bog’liq. Bizning pedagogikimizda jinsiy fakt qiyinmasligi umuman tastiklangan hozirgi tartibiy jarayon o’g’il bolalar va qizlar uchun mutlaqo bir xil. Bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malum bo’lishicha qizlar qiyin axvolda qoladilar. Ular kelgusida rafiqa va ona bo’lishlari kerak. Bolalarning yoshiga qarab to’g’ri olgan malumotlarni murakkab muammo hisoblanadi. Hozirgacha jinsiy malumot zaifligi haqidagi muhofaza tugallanmagan. Umumta’lim maktablarning o’quv dasturlarida jinsiy tarbiyaga oid ma’lumotlar yetarli emas. Pedagoglar ota-onalar bu «Qiyin» masalalar oldida muammoli vaziyalarga tushib qolmoqdalar. O’smirlar hozirgi kundagi axborot oqimidan ajralib qola olmaydilar, ularni bexabar holda tutish mumkin emas. Bu malumotlarni ular (teshik ko’zguda ko’rib) noto’g’ri talqin qilishlari mumkin.

Nagayev V.V. o’zining tadqiqotlarida o’quvchilar masalasiga oid axborotlarning birinchi manbasi sifatida faqat 8%, ota-onalar 9,2%, bu vaqtda do’st tengdoshlari 33% aloqada ishtirok etishlarini ko’rsatadi. Axborotlar asosiy manbalarning yetarli malumotga ega bo’lmaganligi biron masalani hal qilishga haqli emasligi sababli noto’g’ri bo’lib tuyuladi. Yoshlarning ruxiy va jinsiy bilimsizligi jinsiy jihatidan axloqsizlikka buni o’ylamay o’tish ajralishlar quydagilar foizini orttirishga 17 yoshgacha bo’lgan bolalarda axborotlar sonining ko’payishga olib keladi. (Nagayev V.V., Marщinina Ye.) Lishnevskaya M. tibbiy-ilmiy diqqatiga va pedagogikaga asoslanib, jinsiy tarbiyani o’quv jarayonga kiritish zarurligi haqida so’z yuritadi.

D.V. Kolesov jinsiy tarbiyani bir butun soha deb hisoblaydi. Jinsiy tarbiya uning fikriga, nikoh munosabatlari doirasida amaliy tavsiyalar to’plash oqibati biror natijaga olib bormaydi, bolalar jinslarining o’zaro munosabatida axlokiy madaniyatga ega bo’lishlari kerak. Jinsiy tarbiya doimiy murakkab mehnat jarayonidir. U oilada ota-onalar bilan, maktabda o’qituvchilar va tarbiyachilar bilan muntazam ravishda o’tkazilishi zarur.

Oilaviy tarbiyaning muhimligi bolalar ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari o’rtasida shakllanib yuzaga keladigan o’ziga xos muammo, shuningdek, bola shaxsini shakllanishda ham kichik muhit xuddi shunday rol o’ynaydi. Oilada bolaning bo’lishi uning hayotini eng muhim davriga o’z- o’ziga xizmat qilishning amaliy masalalarning to’plash, muomala qilishning bilish, o’ziniki bir xil boshqarish davriga to’g’ri keladi. Bu muxitga bolaning hamma ijobiy va salbiy faoliyatlari shakllanadi. Oila ijtimoiy jihatidan hammaga bir xilda oid bo’lib rang-barang ijtimoiy munosabatlarni to’playdi. Bu yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashdan iborat bo’lgan ilk fandir. Shuningdenk, oilaviy tarbiya muamosi Minovarov A.K., Nefedov F.I, Ostrovskaya L.F., Timashenko L.N., Щyerban Yu.Yu va boshqalarning ishlarida ifodalangan. Bu ishlarda bolani xar tomonlama tarbiyalash va uni jamiyatga tayyorlashi xal qilish kerak bo’lgan oilaning ijtimoiy aloxida etibor beriladi. Ota-onalarning bolalar bilan o’zaro to’g’ri munosabatlari xaqqoniy ravishda, oidligini ko’rsatadi, bolalar tarbiyasida maktab va oilaning o’zaro yaqin munosabati zarurligi takidlanadi. Pankova L.M., Timashenko L.N kabi mualiflar o’smirlarning oilaviy hayotga tayyorlash muamosi muhimligi asoslab, «Axloq-odob qoidalari va oilaviy hayot masalalari» fanini takomilashtirish zarurligi ta’kidlaydilar. Bu mualiflarning ishlarida oilaviy munosabatlarni belgilovchi mustahkam, oilada manaviy kadriyatlarni yuzaga keltirish, yosh o’smirlar bilan qizlar orasidagi shaxslar aro munosabatni to’g’ri tarbiyalashni belgilovchi omillar haqida gap yuritildi. Yevgarfova, Yufereva T.I ishlarida usmirlar, oilada va internetda tarbiyalunuvchi yetim bolalarning oilaviy hayotga tayyorlashning qiziqarli jihatlarning ishlab chiqish, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlarini tushuntirib berishdan iborat. Ular oilaning ijobiy tasirining mavjud emasligi oilaviy hayotga tayyorlashga tasirini ko’rsatadilar. Maktab-internatini bitiruvchilar oilaga qiyinchilik bilan moslashadilar. Ularda jinsiy yetilish noto’g’ri shakllanadi. (Yufereva T.I) Mexribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida oila ahloqi va me’yorlarining noto’g’ri shakllanganganligi natijasida ko’plab salbiy oqibatlarga olib keladi. «Men erimni (xotinim) sportchi, boy, kuchli bo’lishini istayman-usuli”dagi talab kelgusidagi oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarni shaklanishga salbiy tasir qiladi. Mardlik va nazokatlikning namunasini shakllantirish lozim. Buning uchun rolli o’yinlar tavsiya qilinadi.

Mehribonlik uylarida norma doirasidagi qarindoshlarga munosabatda bo’lish amalga oshiriladi. Qarindoshlar bilan muomalada, munosabatda bo’lish tajribasi bo’lmagan bolalarni kuzatish qarindoshlarga bog’liq yo’qligi qarindoshlik munosabati juda past (Ular bir-biri bilan shug’ullanmaydi, ular boshqalarga yaxshilik qilish g’amxo’rlik va qizikib nomayon qilmaydilar) ko’rsatadi.

Oiladan tashqarida yashovchi bolalar oila a’zolarning vazifasi, oila a’zolarning turli-tuman hayotda ishtirok imkoniyatlaridan maxrumligi (ovqat pishirish xonani, tozalash) haqidagi noanik tasavvurga egalar. Bu ularni kelgusidagi oilaviy hayotga tayyorlashga salbiy tasir qiladi. Ayniqsa A.K.Minovarovning o’zbek halqining oilaviy tarbiyaga oid axloqiy o’zaro munosabatlari urf-odatlari, an’alarning mustahkamligi qizikarli ravishda yoritilgan ishlar diqqatgaga sazovordir. O’zbek oilasi o’smirlar avlodining oilaviy hayotga tayyorlashda qulay sharoit yaratib beradi. Bu sharoit ilmiy ananalar (kattalarni xurmat qilish)mexmondustlik, erkak va ayolarning ananaviy vazifalari, voyaga yetmagan va voyaga yetgan qizlarni aloxida tarbiyalash, ularni oilaviy hayotda bo’lajak rafiqa, ona sifatida, oilada o’ziga xos vaziyatlarga tayyorlanadi. O’zbek oilalarning aksariyati ko’p bolali ekaligini ta’kidlash zarur. Katta oilalarda tabiiy ravishda turli yoshdagi bolalarning mustahkam jamoasi yuzaga keladi, bunda uning azolari bir-biriga o’zaro g’amxo’rlik hissini namoyon qiladilar, boshqa shaxslarga g’amxo’rlik bilan tarbiyalanadi, qarindosh-urug’lar va yaqinlarning qizikishlari bilan o’zining savol va talablarini qiyinlashishi paydo bo’ladi. Mehnat tarbiyasi masalalarini (bolalarning kattalarga yordami, uyda xujalikni yuritishni bilish) tushuntirib beriladi. Shunday qilib umumpedagogik adabiyotlarida jinsiy tarbiya masalalariga oid adabiy manbalarning tahlili biz tanlagan muamoning muhimligini ko’rsatadi. Bu ishlar biz tadqiq qilayotgan ishimizning mazmunini tushuntirib berishga, oilaning manaviy kadiriyatini aniqlashga, bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda maktab va oilaning birgalikdagi mustahkam hamkorlikda ishlashining zarurligini ko’rsatadi. Oilaviy hayotga tayyorlash pedagokika va psixologiyada eng kam ishlagan jihatidir. Bu ishlarda oilaviy hayotga tayyorlashni amalga oshirish vositasi va ko’rsatilishga shuningdek, bitiruvchilarga oilaviy hayotni barpo etishga yordam, ushbu ishlarni amalga oshirishda tayyorgarlik ishlarining yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha ma’lumotlarga duch kelmadik. Oilaviy hayotga tayyorlash tushunchasi yetarlicha tushuntirilib, yoritib berilmagan.
1. 2. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarining muammoli tomonlarining defektologiyaga oid adabiyotlarda o’rganilish holati

Rivojlanishda kamchiligi bo’lgan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalasi pisixalogiyaning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Tadqiqotchilarning diqqati o’quvchilarni moslashtirishga uning umumiy xususiyatlari, ahamiyati va iktisodiy hodisa tarzida qaratiladi. Bu mexanizimni o’rganishning u yoki bu umumiylikka qaratish jarayoni tavsiflovchi obe’ktiv qonuniyatlarni bilishni talab qiladi. Maxsus maktabning sobik tarbiyalanuvchilari ijtimoiy manaviy va mehnatga moslashtirish masalasini o’rgatish vatanimiz va xorijiy davlatlar defektologlari O.K. Agavelya, A.G Asafova, A.L. Vatajina, Yu.G Gaponova, T.I Goldovskaya, D.A Gordiyenko, Sh.N Nichayev, A.I Timofeyeva, D.Ye Gorelov, V.Yu Korvyaliskning tadqiqotlarida yetarli ravishda keng ifodalab berilgan. L.S.Vigotskiyning anomal shaxislarning moslashtirish asosiy yullari sifatida rivojlantiruvchi talim va tarbiyaning zarurligi haqidagi konseniyasi mualliflari hamda tadqiqotning asosiy pastulotlardir.

Ruxiy-jismoniy rivojlanishda kamchiligi bor bolalarning tarbiyalash bolalarning o’zlari uchun mos bo’lgan ijtimoiy muxit bilan munosabati natijasida yuzaga kelgan yurish turish normasining buzulishidan «ijtimoiy xatolikni» tuzatishga yo’naltirilishi lozim. ( L.S. Vigotskiy) D.N.Isayev, D.V Kogan asabiy ruxiy jihatidan xafagarchilik bo’lganda jinsiy faollik namoyon bo’lishini tushuntirib beradilar, normasidagi bilan taqqosladilar. Turli yoshdagi davrda yuldan ozishlariga (Jinsiy qiziquvchalikning kuchayishi, uyatsiz iboralarni qo’llash) qisqacha tavsifnoma beriladi. Yuqorida tasirchalikka bog’liq holda guruxli okanizim, gomaskulizim jinsiy o’yinlar uchraydi, mualiflar jinsiy yuldan ozishlari sababi manaviy alokiy karashlarni kechikishda qarama- qarshi jinslarga noto’g’ri munosabatlarda deb tushinadilar. V.A.Malinauskene malumotlarga qaraganda 23 ta tekshirilgan o’smirlar oligofren qizlarda jinsiy xavasning yuqoriligi asosiy o’rinni egallaydi. Ko’pchilik o’zining axlokiga tanqidiy munosabatida bo’ladi. Ko’pchilik qizlar jinsiy hayotni 11-12-14-yoshidan boshlaganlar. Bu asosan manaviy ruxiy darajasi past oilalarda uchraydi. (Ye. Marщinina, G.B Shoumarov).

Anomal bolalarning rivojlanishda jinsiy tarbiya masalalari o’ziga xos xususiyati bilan murakkablashadi. Aqli zaif bolalar, aqliy rivojlanishda past darajaga ega, zararli tasirlarga beriluvchan bo’ladilar. Chunki ular o’zining hatti-haraklariga tankidiy yondosha olmaydilar. Ularda qattik xayajon va aqil o’rtasidagi munosabat o’zgarishi soxta kompesatorlik ta’limi, iboning yo’qligi odob-axlok normalarning kechikishi, qarama-qarshi jinsga noto’g’ri munosabat yuzaga keladi. Oligofrenlarning passiy balog’at davri xarakterning shaklanishi mushkil xisoblanadi. Bu jinsiy fizaologik, ruxiy xususiy o’zgarishlari bilan bog’lik. L.S. Vigotskiy o’smirlik davrini insoning ontagenizida eng mushkil deb xisoblaydi. Uni oldin bolalik davrida yuzaga kelgan osoyishtalik jinsiy balog’at sababli buzulgalik davri tarzda tavsiflandi. Jinsiy garmonlarning faol ishlashi va asab sistemasini o’zgaruvchaligi yuz beradi. Ularning bekorga lovillab ketishi, nikoxga qiziqishni to’xtatishi tasirchalikni yuqoriligi yurish turishi aloqaning janjali bo’lishi, jinsiy faoliyatning oshirish shundan. S.Ya Rubinshteyn «aqili zaif bolalar fikrlashning o’ziga xos ravishda rivojlanmasligi umumiy tushuncha va obyektiv konuniyatlarga asoslanganligi sust o’zlashtirish natijasida ijtimoiy tizim, axloq odob tushunchalarini sinchiklab tekshirishdan nisbatan kech boshlaydilar.1 Aqli zaif bolaning bialogik jihatidan norosiligi uning eng gudaklik yoshidanoq insoniyat madaniyatini o’rganish imkoniyatlaridan maxrum qiladi. 1

17ta o’g’il bolalardan 8 tasida jinsiy xavas yulidan ozish yelementlari 7 tasida esa gomeseksual xisatlari aniqlanadi.

E.Ya Albrext noxush malumotlarni keltiradi xuddi jinsga o’xshash axloqli oligofren bolalarda qiziqish patalogiyasi ayniqsa ko’p ifodalangan. Ularda jinsiy balog’atni tez jadal yuzaga kelishini nazarda tutadi.

Ijtimoiy jihatdan qabul qilsa bo’ladigan axloq yurishtirish haqida to’liq malumot va tasavvurlarning mavjud emasligi muhim ahamiyatga ega bo’lib, unga amal qilmaydilar. K.S Lebedinskiy shunga o’xshash malumotlarni keltiradi.

Jinsning rivojlanishda faqat jinsiy sezgining xarakterga fredizm sabab bo’ladi. Bu qonuniyat tariflarida aqli zaif bolalar rivojlanmaydilar, ular jinsiy yo’ldan ozishni murakkab davr xisoblaydilar. Shu sababdan jinsiy tarbiyaning vazifasi asosan, sezgi jinsi «Qo’lga olish buysuntirish va zararli odatlar bilan kurashishlardan iborat bo’lmog’i kerak.

Jinsiy tarbiyani tashkil qilishda Vatanimiz olifgoferenopedagokasida L.S. Vigotskiyning anomal bolalarning oliy ruxiy funksiyasining rivojlanish, birlamchi va ikkilamchi konunlarning asosiy xususiyati haqidagi taminoti nazariy asos bo’lib xisoblanadi. Bolaning axloqini shaklantirishda yetakchi rol o’ynovchi yaxshilash tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Anomal bolalarni tarbiyalash qiyinligiga karamay hamma muammolar ularda axloqiy xususiyatlarini tarbiyalash zarurligini va imkoniyatlarni takidlaydilar ( Graborov A.N, Dulnev G.M., M, Poroskaya T.I, Smirnova A.N).

T.I. Poroskaya maktab tarbiyachisining ishini tushuntirib berib, axlokiy tarbiyaga jinsiy tarbiya (gigenik masalalari tarbiyalash) talab qiladigan o’g’il bolalar va qizlarning yoshini xisobga olib yakkama yakka yondashuv elementlarni kiritadi.

A.N Smirnova jinsiy tarbiyaga katta ahamiyat berib, quyidagicha ta’kidlab o’tgan: «Aqli zaif bolani jinsiy munosabatga tarbiyalash juda muhim, uni istak va qizikishini imkon qadar tuxtatib, o’zini tutishiga o’rgatish zarur. Bolaning hayot va faoliyati kichik yoshdan boshlab katiy tartib va doimo katta yoshdagilarga ijobiy ravishda o’rnak bo’lishlari kerak». 1

Aqli zaif bola uchun dastlabki ijtimoiy muhit oila xisoblanadi. Aqli zaif bolaga, uning nuksoniga ota-onalarning, oila azolarining ijobiy qarori ijtimoiy maishiy masalalarni oilalardan xisoblanadi.

Anomal bolalarning kelgusida oilaviy hayotga tayyorgarligini o’rganish maqsadida biz oilaviy tarbiya masalalariga oid adabiyotlarni o’rgandik va «Defekto0logiya» jurnalida, ilmiy sessiya, anjumanlarda, oligofrenopedagogikaga oid o’quv qo’llanmalarida yordamchi maktab o’quvchilarning, anomal bolalarning tarbiyasiga oid nashr qilingan ishlarni o’rgandik. (Aytmetova S.Sh, Agavelyan O. K, Asafova A.G, Gordiyenko Ye.A., Karvyalis V.Yu, Minkovskiy G.M, Pavlova N.P, Sagdullayev A.A, Rau A.I, Smirnova A.N, Morщinina Ye.A, Shoumarov G.B. va boshqalar) Bu ishlarda rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarning kichik muxitdagi ijtimoiy statusi (xak-xukuki) o’rganiladi. Oiladagi turli toifadagi rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarning ijtimoiy moddiy-manaviy rivojlanishning pedagoik va ruxiy sharoitlari va anomal bolalarni tarbiyalashda maktab, oila va jamoachilikning birgalikdagi ishi o’rganiladi (Jismoniy tarbiya, D.A.Gordiyenko hamma mualliflar aqli zaif bolalarni tarbiyalashda oilaning muhimligini tasdiqlaydilar. Bunday kichik muxitda bola shaxsining ijobiy va salbiy fazilatlari shakllanadi.

T.I Goldovskaya L.G Krasovskaya, V.Yu Karvyalis, A.I Raku, A N.Smirnova va boshqalar yordamchi maktab o’quvchilarning hayot va mehnatga tayyorligi oilaning ota-onaning bilimiga va kasbi bilan bog’liq darajasiga ularning ijobiy o’rnak bo’lishiga etibor qozonishiga balki to’g’ri tarbiyalashga oilaning tarkibiga bog’liqligini qayd qiladilar. U o’z oilasini tashkil yetishda xuddi o’sha kichik muxitda yuzaga keladigan oilaviy munosabatlarga moslashadi.

Qator mualliflar (A.N Graborov (1929), A.I Gureyev, Ye.I Papernaya yuqorida aytilgan oilalar aqli zaif bolalar uchun doimo ijobiy tarzda yuzaga kelavermasligini qayd qiladi. V.Yu Karvyalis, T.N Nigayev (1975), A.I Raku va boshqa mualiflar 60 yildan so’ng o’tkazgan tadqiqotlar aqli zaif bolalar ega bo’lgan (yashagan turar joylar oiladagi moddiy sharoitlar, ota-onalarning bilim darajasi va kasbi bilan bog’liq aqli pastligi qayd qiladilar Oligofen bolalar faqat moddiy jihatdan tushkin oilalarda yashaydilar V.Yu Karvyalis, A.I. Rau talabga to’la javob bermaydigan mukammal bo’lmagan oilalar umumtalim maktablariga nisbatan yordamchi maktablar zimmasiga ikki uch marta ortik tushinishi qayd qiladilar.

Sh.N Nichayevning malumotlariga qaraganda, aqli zaif bolasi bor ko’pchilik oilalar to’liq emas. Oilografen bolalarning 28,4%ini ko’p hollarda faqat onasi bor yarim yetimlar tashkil qiladi, odatdagidek bu bolalar nikoxi qayd qilinmay tug’ilgan va bu toifadagi bolalarning ko’chiligi otalaridan xech qanday yordam olmaydilar. Sh.N Nichayev «Rossiyaning viloyatida yordamchi maktab o’quvchilarning oilaviy axvolining jadvalini keltiradi. 1-8 sinflar buyicha tekshirilgan 700 ukuvchidan





Ota-onasi borlar

466

66,5 %

Yarim yetimlar

199

28,4 %

Yetimlar

35

5,1 %

Aqli zaif (giperopika, gioopeka) oilasida favqulotda vaziyati egallaydi. Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarning ijtimoiy vazifasi buzilganda yoki istisno qilinganda oilaviy tinchligi, salomatligi, moddiy jihatidan taminlangaligi, oilada shaxslar orasidagi o’zaro munosabatlarning ahvoli qarab chiqiladi. A.I Raku, V.Yu Karvyalis, aqli zaif bolalar va o’smirlarning tarbiyalashda oilaviy maishiy muxitda qiyinchiliklarni yuzaga keluvchi olimlar aniqlanadi. Bu ota-onalarning nikoxga betartib munosabatlari, hayotdagi janjallar, oila azolarning spirtli ichimliklar va nokotik moddalar kabul qilishi, ota-onalardan birining yoki ikkalasining axloqsiz turmush tarzi ayrim hollarda bo’ladigan xodisalar. Noxush oilaviy axvolga quyidagi omillar ham kiradi. Oilaning to’liq bo’lmagan tarkibiy (ota-onalardan birining yo’qligi), madaniy va bilim senzining pastligi, pedagogik va defektologik malumotining yetarli darajasida emasligi. Ko’rsatilgan omillar ko’pincha o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.

Minkovskiy G.M asosan quyidagi noxush axvolidagi oilalarning tasnifi berib o’tgan:

- ota-onalari band bo’lganligi yoki kasalligi sababli, ota-onalardan biri yoki ikkalasi yo’q bo’lgan oilalrda korreksion tarbiyaviy va umumpedagogik vazifalarni imkoni boricha bajara olmaydilar.

- ota-onalarning aqli zaif bolalarning ruxiy-jismoniy rivojlanishi va faoliyatini bilimi va madaniy darajasi past bo’lgan oilalarning o’ziga xos xususiyatini tushungalik tasirida yaxshilash tarbiyaviy vazifalarni bajara olmaydilar.

-ota-onalar o’z bolalarini tarbiyalashni oilalarda (axloqi buzuk oilalar). D.A Gordiyenkaning ishlarida noxush oilaviy axvolga uxshash tasnifni aniqlaymiz.

- ota-onalar bola tarbiyasida, javobgarlikning tushunadilar o’zlaring burchlari maktabga, ukituvchilar zimmasiga yuklanadi.

Shuni ta’kidlamoq lozimki, oila bu birinchi va muhim sosializasiya institutidir. Psixofizik rivojlanishi orqada qolgan bolalarning shaxsi shakllanish paytida oilani tarbiyaviy ahamiyati keskin ko’tariladi va bu masala defektologiyada aktual o’rganish orqali aniqlanadi. Anomal bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro harakatida qanchalik adekvat yoki noadekvatligi oilaga bog’liq. Buni V.Yu. Karvyalisni tekshirish natijalari ham tasdiqlaydi.


Yüklə 259,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə