Mavzu: Autoplay Ishning maqsadi



Yüklə 27,46 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü27,46 Kb.
#158622
  1   2
Asadbek 111 21


Mavzu:Autoplay
Ishning maqsadi. Talabalarda Autoplay guruxi tarkibiga kiruvchi Autoplay elektron jadvalida ishlash haqida qisqacha nazariy ma'lumotlar va amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Masalaning quyilishi: 1 . AutoPlay dasturini ishga tushirish.
2.AutoPlay dastur oynasi.
3.AutoPlay Media Studio da elektron darslik tayyorlash.
Nazariy ma’lumotlar
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar‟ to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun- menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin .Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi Autoplay Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste molga chiqardi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o’zaro ‟ bog’lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin . Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma lumotlar bazasini va shunga o’xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni ‟ boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD ‟ yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug’atlar bo’lishi mumkin.


Yüklə 27,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə