Mavzu: Aylanmadan olinadiga soliq



Yüklə 20,58 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2023
ölçüsü20,58 Kb.
#107596
  1   2   3   4
Aylanmadan olinadigan soliq


Mavzu: Aylanmadan olinadiga soliq
Reja:



  1. Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilar

  2. Aylanmadan olinadigan soliq imtiyozlari

  3. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari

Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqto’lovi joriy etildi.
Ushbu farmon kichik biznes subyektlarini iqtisodiy rag’batlantirishni samarali tashkil etish orqali ularni yanada rivojlantirish va ularning Iqtisodiyotdagi ulushini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Ilgori to’lanib kelingan quyidagi majburiy to’lovlar urniga Ushbu aylanmadan olinadigan soliqqabul kilindi:
— yagona Soliq;
— byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
— Respublika yo’l jamg’armasi;
— maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalar.
Aylanmadan olinadigan soliqto’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli farmoniga ko’ra kichik biznes subyektlari tarkibiga 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi lar kiritilgan:

  1. yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi lar;

  2. xodimlarining urtacha yillik soni:

— ishlab chiqarish tarmoklarida 20 kishidan;
— xizmat ko’rsatish soxasida 10 kishidan;
— ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish soxasida 5 kishidan oshmagan
mikrofirmalarda;

  1. quyidagi tarmoklarning urtacha yillik xodimlari soni:

yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik yogochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan;
— mashinasozlik metallurgiya yokilgi-energetika va Kime sanoati, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish soxalari 50 kishidan;
— Fan, ilmiy, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish soxasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan soxalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Soliq obyekti
Kichik biznes subyektlariga Soliq solish obyekti bo’lib , yalpi tushum hisoblanadi.
Yalpi tushum quyidagi daromadlardan tashkil topadi:

  1. tovarlarni (ish va xizmatlarni) sotishdan olingan sof pul tushumi;

  2. asosiy faoliyatning boshqa daromadlari;

  3. moliyaviy faoliyat daromadlari;

  4. fovkulodda yuzaga kelgan daromadlar


Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə