|
 Mavzu. Biznesni tashkillashtirish. Biznes g’oyalar
|
səhifə | 1/4 | tarix | 20.04.2023 | ölçüsü | 9,41 Kb. | | #106567 |
| Mavzu. Biznesni tashkillashtirish. Biznes g’oyalar-kompy.info KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), KENJAYEV FOZILBEK REFERAT (1), Baha mustaqil
Mavzu. Biznesni tashkillashtirish. Biznes g’oyalar
MAVZU. BIZNESNI TASHKILLASHTIRISH. BIZNES G’OYALAR 1.1.Biznes va tadbirkorlik tushunchasi Tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag`larini foyda topish yo`lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlarni etkazib, kishilarga naf ksltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Tadbirkorlik — bu o`z mulkini ishlatib yoki o`zga mulkidan amalda foydalanib, tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko`rsatish. Undan kutilgan maqsad esa pul topish. Bu ishni aholining maxsus toifasi — tadbirkorlar olib boradilar. Tadbirkorlik maxsus tayyorgarlik va iste`dod talab etadi. Tadbirkorlar sinfi bor, ular foydani ko`zlab ishlaydi, o`ziga to`q va farovon yashovchi guruhni tashkil etadi. Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir.
Tadbirkorlik - mulkchilik sub`ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir.
1.2.Biznes va tadbirkorlik tamoyillari
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari bor.Mulk sohibi bo`lish, tadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|