Mavzu: Bog’lovchisiz qo’shma gap. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarining birikish usullari (sanash va tobelanish ohanglari). Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi komponentlarning mazmun munosabati



Yüklə 105 Kb.
səhifə1/6
tarix24.05.2023
ölçüsü105 Kb.
#112486
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Bog’lovchisiz qo’shma gap. Bog’lovchisiz qo’shma gap qism

Mavzu: Bog’lovchisiz qo’shma gap. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarining birikish usullari (sanash va tobelanish ohanglari). Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi komponentlarning mazmun munosabati. Bog’lovchisiz qo’shma gap turlari: bir tipdagi va turli tipdagi komponentlardan tuzilgan bog’lovchisiz qo’shma gaplar. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Bog`lovchisiz qo`shma gaplar bog`langan yoki ergash gapli qo`shma gaplarning bog`lovchisiz varianti emas, balki qo`shma gapning alohida tipidir. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasiga teng yoki ergashtiruvchi bog`lovchilarni majburan kiritib bo`lmaydi. Aks holda, gap konstruksiyasi o`zgaradi; yopiq konstruksiya hosil bo`ladi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar esa ochiq konstuktsiya hisoblanib, mazmunan o`zaro birikkan bir necha tipli sodda gaplardan tashkil topadi. Mas:Qor va shamol kuchaya bordi, tashqarida qishni va qorni sog`ingan qarg`alarning qag`illashlari… (O.)

  • Bog`lovchisiz qo`shma gaplar bog`langan yoki ergash gapli qo`shma gaplarning bog`lovchisiz varianti emas, balki qo`shma gapning alohida tipidir. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasiga teng yoki ergashtiruvchi bog`lovchilarni majburan kiritib bo`lmaydi. Aks holda, gap konstruksiyasi o`zgaradi; yopiq konstruksiya hosil bo`ladi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar esa ochiq konstuktsiya hisoblanib, mazmunan o`zaro birikkan bir necha tipli sodda gaplardan tashkil topadi. Mas:Qor va shamol kuchaya bordi, tashqarida qishni va qorni sog`ingan qarg`alarning qag`illashlari… (O.)

Qo`shma gapda komponentlarini biriktiruvchi ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`llanmagan o`rinlarda leksik va intonatsion vositalarning roli ortadi. Shu sababdan ham bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini biriktirishda ayrim leksik elementlarning, olmosh va mavhum ma’noli so`zlarning qo`llanishi, umumiy va ikkinchi darajali bo`laklarning takrorlanib kelishi kabilar bog`lovchisiz qo`shma gap turini shakillanishi hamda mazmun munosabatlarini yuzaga chiqishi uchun vosita funksiyasini bajaradi.

  • Qo`shma gapda komponentlarini biriktiruvchi ergashtiruvchi bog`lovchilar qo`llanmagan o`rinlarda leksik va intonatsion vositalarning roli ortadi. Shu sababdan ham bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarini biriktirishda ayrim leksik elementlarning, olmosh va mavhum ma’noli so`zlarning qo`llanishi, umumiy va ikkinchi darajali bo`laklarning takrorlanib kelishi kabilar bog`lovchisiz qo`shma gap turini shakillanishi hamda mazmun munosabatlarini yuzaga chiqishi uchun vosita funksiyasini bajaradi.
  • Shuni aytib o`tish kerakki, biz yuqorida sanab o`tgan vositalar keng ma’noda sintaksis bobida bog`lovchilar hisoblangani uchun ham, shu vositalar yordamida tuzilgan qo`shma gap turiga nisbatan qo`llangan «bog`lovchisiz» atamasi shartli ishlatiladi. (bu o`rinda eslatib o`tish kerakki, ba’zi darsliklarda bog`lovchisiz qo`shma gaplarning «bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gap» atamasi ostida yuritilishi ham bejiz emas.)

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə