Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol



Yüklə 18,49 Kb.
tarix03.02.2023
ölçüsü18,49 Kb.
#100106
iqtidorli o\'quvchilar bilan matematika o\'qitishni tashkil etish


Mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilishda interfaol
metodlardan foydalanish.
Reja
1.Ta`lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash.
2.Interfaol ta‘lim metodlarini tasniflash.
3.Interfaol ta‘lim metodlaridan na‘munalar.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim-tarbiya jarayonining
samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta
tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol
ta‘lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta‘lim muassasalarida keng
qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta‘lim metodlarining turlari
ko‘p bo‘lib, ta‘lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish
maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun
moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta‘lim metodlarini
ma‘lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta‘lim beruvchi tomonidan ta‘lim
oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib
turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy
hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn,
loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta‘lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil
bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki,
butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga
tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta‘lim maqsadi, ta‘lim oluvchilarning
soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti, ta‘limning davomiyligi,
o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e‘tiborga olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta‟lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan metodlar
tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchini faol ishtirok etishga
chorlaydi. Ta‘lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta‘lim oluvchi markazda
bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ta‘lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
ta‘lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e‘tiborga olinishi;
ta‘lim jarayoni ta‘lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta‘lim oluvchining tashabbuskorligi va mas‘uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab
o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda
muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning
ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar
orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va
chuqurlashishiga erishiladi.
Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari.
O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi.
O‘z vaqtida o‘quvchi -o‘qituvchi -o‘quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o‘rnatiladi.
O‘qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta
guruh).
O‘quv jarayoni o‘qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi.
O‘zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi esda qoladi.
O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘zi o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi
rivojlanadi.O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish
jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi.Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil
fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.Interfaol usulda o‘tilgan
darslarda o‘quvchi faqat ta`lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va
mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak
rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohoda yuritishga,
muammolarni o‘z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda
darsni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish o‘zi – o‘ziga zamin yaratishdan
boshlanishi kerak. Ya`ni o‘quvchining:
O‘zi mustaqil mutoala qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi;
O‘zini -o‘zi anglab etishga, anglab tarbiya topishga;
O‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
O‘quv mehnatiga mas`uliyat xissi bilan qarashga;
O‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir daqiqani g‘animat bilishga;
O‘quv mehnatiga o‘zida hoxish, istak uyg‘ota olishga;
Har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga;
Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va
bosh maqsad qilib olishga o‘rganmog‘i zarur.Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining
o‘zini – o‘zi rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida echimini
kutayotgan dolzarb muammolardandir.Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga
qaratilgan ta`lim nima? Interfaol metodda o‘qitish nima uchun zarur? Uning qanday turlari
mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni ta`lim jarayoniga qanday olib kiriladi? Uning avvalgi
usullardan farqi nimada? degan savollar uchraydi.Bu savollarga aniq javob topish uchun shu
kunlarda umumta`lim maktablarimizda olib borilayotgan an`anaviy darslarni yana bir marotaba
tahlil etish joizdir.An`anaviy usul 17 asrda Chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiy
tomonidan taklif etilgan.U o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars
sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng tarqalgan. An`anaviy
maktab sinf dars sistemasi quyidagicha o‘ziga xos an`analarga ega: taxminan bir xil yoki yaqin
yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfni tashkil etadi.Sinf yagona reja, dastur, darslik,
dars jadvali asosida ishlaydi.
Mashg‘ulot turi asosan yagona dars hisoblanadi. Dars ma`lum bir o‘quv predmeti, mavzuga
oid bir xil material ustida ishlaydi.O‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, har bir
o‘quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o‘quvchini sinfdan – sinfga ko‘chirishni
ham u hal qiladi, ya`ni o‘quvchilarning taqdirining hal etilishi o‘qituvchi qo‘lidadir.
Endi interfaol metodlarga batafsilroq to‘xtalamiz.
Interfaol metodlar – shunday metodlarki, u o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va o‘zaro
ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usuldir.
2.Interfaol ta‟lim metodlarini tasniflash.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta‘lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu
asosda ularni tasniflash zarurati ma‘lum bo‘ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy
mulohazalarni keltiramiz.Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta‘lim
strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta‘lim metodlari quyidagilar sanaladi:
1. Interfaol metodlar: ―Keys-stadi‖ (yoki ―O‘quv keyslari‖), ―Blist-so‘rov‖,
―Modellashtirish‖, ―Ijodiy ish‖, ―Muammoli ta‘lim‖ va b.
2. Interfaol ta‘lim strategiyalari.―Aqliy hujum‖, ―Bumerang‖, ―Galereya‖, ―Zig-
zag‖, ―Zinama-zina‖, ―Muzyorar‖, ―Rotastiya‖, ―Yumaloqlangan qor‖ va k. Interfaol ta‘lim
metodlari tarkibidan interfaol ta‘lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga
yondashuv ma‘lum ma‘noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu
strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida
boshqa farqlar yo‘q.
3. Interfaol grafik organayzerlar: ―Baliq skeleti‖, ―BBB‖, ―Konsteptual jadval‖,
―Venn diagrammasi‖, ―T-jadval‖, ―Insert‖, ―Klaster‖, ―Nima uchun?‖, ―Qanday?‖ va b.
Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik
shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan
ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta‘lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida
boshqa farqlar yo‘q.
Interfaol ta‘lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari
texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta‘lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu
munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo‘yicha hozirgi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli
shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi shartli
ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi.Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta‘lim metodlarining turli
shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash uchun qulayligi bir muncha
shartli va aslida muayyan o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko‘p interfaol
metodlarni aniq maqsadlar yo‘lida qo‘llash mumkin ekanligini alohida ta‘kidlash zarur.
Yüklə 18,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə