Mavzu: bozor infrotuzulmasi va uning usullar reja



Yüklə 313,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix29.09.2023
ölçüsü313,26 Kb.
#125007
  1   2   3   4   5
42.22.guruh. Xalikov Abdurashid. Iqtisodiyot fanidan-BOZOR INFROTUZULMASI VA UNING USULLAR



 

MAVZU:
 BOZOR INFROTUZULMASI VA UNING USULLAR 

 
 
 
REJA: 
 
1.
 
Bozor 
infrotuzulmasi va uning usullar 
 
2.
 
Bozor infratuzilmasi va uning unsurslari. 
 
3.
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga 
xos yo’li. 
4.
Xulosa 
5.
Foydalangan adabiyotlar 
 

 
 


Hozirgi zamon iqtisodiyoti - bozor iqtisodiyotidir. Yer yuzidagi ko’pgina 
mamlakatlar har xil darajada va o’ziga xos hususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. 
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar pul munosabatlari - 
tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos 
munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni 
yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-harajatlar jamiyat uchun 
zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxining muvofikligi ta’minlanishi, 
individual mehnat sarflari zaruriy darajada bo’lishi, tovarlar qiymati mehnat 
unumdorligiga teskari proportsional tarzda o’zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. 
Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga karab tovarlarni 
yaratadilar, bozor talabi, qondirilgandagina daromad topadilar. Yaratilgan 
tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o’rtasidagi 
erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni 
bir vaqtda ham sotuvchi ham xaridor vazifasini o’tashadi. Bozor aloqalari kerakli 
tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. 
Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy 
vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo’ladi. Tovar-pul munosabatlari 
umuminsoniy xodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog’lab turadi. 
Ammo bu munosabatlar yuksak darajada rivoj topgandagina bozor iqtisodiyoti 
shakllanadi. 
Hozirgi dunyoda, ayniqsa, arab mamlakatlarida iqtisodiyot xaqida gap 
ketganda faqat bozor iqtisodiyoti tushuniladi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor 
iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz 
berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi 
tasarruf qilinadi. Bozor iqtisodiyoti g’oyat ko’p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. 
Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash 
kerak. Bu belgilari shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor 
iqtisodiyoti sharoitida vujudga keladi, bu esa Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul 
munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy 
mo’ljalga, aholini ijtimoiy muxofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib 
(tartiblanib) turuvchi iqtisodiyotdir. O’ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy 
yo’nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik 
iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo’lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq 
qiladi. 
Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari mavjud: 
a) iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar 
yoki guruxlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital soxiblari, 
ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o’z mulkidan 
daromad topadi yoki yollanib ishlaydi; 
b) firma, korxona, xo’jaliklar, ularda band bo’lgan tadbirkorlar. Ular foyda 
olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar; 
v) davlat, aniqrog’i, davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham 
ishlab chiqarish ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda 
qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar. 


Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer 
kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z 
navbatida ishlab chiqarish, omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, 
ularni taklif etadilar. 
Bozor iqtisodiyotining mohiyatini anglash uchun uning asosiy belgilarini 
ko’rib chikamiz. 
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi - iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, 
ya’ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir. Turli 
shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, xech bir chegaralanmagan holda 
rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo’lib, ayrim mulk shaklining 
hukmronligiga yo’l berilmaydi. Ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi o’z tovarini 
yoki pulini o’zi bilganicha ishlatadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo’lganidan u har 
qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan 
holda o’rnatiladi. Ish yuzasidan bo’lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. 
Turli ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan manfaatli aloqa o’rnatadilar. Bozorda esa 
xaridor bilan sotuvchi bir-birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi 
bo’lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi 
(xaridor) o’z izmini o’tkazadi, tovar va xizmatlarning sitfatiga va narxiga qarab 
tanlab olish imkoniga ega bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-
navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, 
narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste’molchi tazyiqi
 
ostida shakllanmaydi. Narx 
bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuviga 
binoan yuzaga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit 
o’zgarishlariga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab 
chiqarishni ta’minlaydi. Uning muhim belgilaridan yana biri innovatsiyaga 
moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini darhol qabul qiladi, yangi tovarlarni, 
yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini joriy etishini 
ta’minlaydi, chunki bu raqobatda yutkazmaslik, yaxshi foyda ko’rish, obro’-e’tibor 
orttirish sharti bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar 
to’kinchiligini yuzaga keltiradi, ko’pchilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan 
holda extiyojni kondirish imkonini beradi. 
Ammo bozor iqtisodiyotini xaddan tashkari olqishlash kerak emas, unga 
holisona baho berish zarur. Uning o’ziga xos muammolari zaif tomonlari ham yuq 
emas. Bozor iqtisodiyoti millionlab ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning 
faoliyati bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. Bozor 
iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab tsiklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar 
bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining ham, har 
qanday iqtisodiyot kabi o’z rivojlanishi qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar 
tizimini ikki guruhga bo’lish mumkin: 
a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal kilishda davom etgan 
qonunlar; 


b) faqat bozor iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan qonunlar. Bozor 
iqtisodiyotiga xos bo’lgan tub belgilar sekin asta shakllanib, pirovard natijada 
yaxlit iqtisodiy tizimni hosil etadi
.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish XX asrga xos bo’lgan umumbashariy, ya’ni 
umumjahon voqeligidir. Xalqaro tajriba ko’rsatganidek, bozor iqtisodiyotiga 
o’tishning uch shakli yoki modeli mavjud: 
1) 
g’arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li; 
2) 
mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustakil taraqqiyot yo’liga o’tib 
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlar yo’li. 
3) SHarkiy Yevropa mamlakatlari va MDX mamlakatlari yo’li; 
Yuqorida qayd qilinganidek, bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan 
mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi. 
Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi - 
chayqov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi 
XVIII va XIX asrlarda bo’lgan.
Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U tsivilizatsiyalashgan yoki 
madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o’tish deganda tsivilizatsiyalashgan 
iqtisodiyot sari borish tushuniladi. 

Yüklə 313,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə