Mavzu: Dinamik parallel hisoblashlar uchun parallel jarayonlarni tashkillash Mundarija



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə1/19
tarix13.05.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#87025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
611.17.Soyibov.kurs.ishi




Mavzu: Dinamik parallel hisoblashlar uchun parallel jarayonlarni tashkillash

Mundarija


I. BOB. 6

1.1. Parallel hisoblash usullari 6

Ma'lumot uzatishni tashkil etish turlari  6

1.2. Yuklarni muvozanatlash 7

1.3.OrepMP parallel dasturlash standarti 8

1.4. MPI xabarini uzatish interfeysi 9

1.5. Ketma-ket parallellik 13

II BOB. 2.1. Parallel hisoblashni boshqarish modeli 16

2.2. NAND elementining modeli 17

2.4. Kommutativ va komutativ bo'lmagan parallellik 27

2.5. Ma'lumotlar parallelligini oqimlash 29

2.6. Asenkron va sinxron parallellik 30

2.7. Tezlashtirish omili 32

Xulosa 37

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 38

1. M.M. Musayev. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” Toshkent 2013. 38

2. А.С. Антоновv “Параллельное программирование с использованием технологии OpenMP”. Москва 2009. 38

3. V.V. Voyevodin “Parallel hisoblash”. Москва 2002. 38

4. Stolings U. “Kompyuter tizimlarini arxitekturasi”. Москва 2002. 38

5. David A. Patterson John L. Hennessy “COMPUTER ORGANIZATION AND DESIGN” 2012. 38

6. M. Sato “OpenMP. Parallel programming for multicore processors”. University of Tskuba 2012. 39

Internet manzillar 39

www.Ziyonet.uz 39

www. texnoman.uz 39

www.wikipedia.org.ru 39



Kirish.

Muammolarni paydo bo’lish sababini tushunish uchun dastavval “oddiy” kompyuter qanday tuzilganligini ko’rib chiqamiz. Biz foydalanuvchi ko’zi bilan oddiy kompyuterni super kompyuter sifatida ko’ramiz va uning yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz. Kompyuterdagi eng asosiy ma’lumotli element so’z hisoblanadi. Har bir so’z o’zida tartiblangan bitlar to’plamini ifodalaydi. So’z baytlarga bo’linishi mumkin. Bayt tartiblangan 8 bit ga teng. So’zdagi bitlar soni so’zning uzunligi deyiladi. Muayyan kompyuterlar bir xil so’zga va bir xil so’z uzunligiga ega bo’ladi. Turli xil kompyuterlar turli xil so’z uzunligiga ega bo’lishi mumkin. Misol uchun shaxsiy kompyuterlarda so’z bir baytdan iborat bo’lsa, Sgau-1 kompyuterida so’z 64 bitdan iborat. Agar so’zga qandaydir ma’lumot yozilsa, bu shuni anglatadiki, so’zning har bir biti qabul qilishi mumkin bo’lgan 0 yoki 1 bilan fikrsirlangan bo’ladi. So’zning barcha bitlarining to’plami so’zning tashkil etuvchisini aniqlaydi. So’zlarning to’plamini saqlaydigan qurilma xotira deb nomlanadi. U kompyuter bajaradigan vazifasi, yoki kompyuter tipidan kelib chiqqan holda oddiy yoki murakkab, bir xil qurilmali yoki turli xil qurilmali bo’lishi mumkin. Barcha so’zlar o’z nomiga ega bo’ladi. So’zning nomi adres bilan nomlanadi. Ma’no aniqlagan adres strukturasi xotira strukturasini aks ettiradi. Har xil so’zlar har xil adreslarga ega bo’ladi. Har bir adres muayyan fizik joy - xotira bilan bog’langan bo’ladi. Istalgan kompyuterning asosiy vazifasi xotirada saqlanadigan ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. U alohida so’zdan tuzilgan, bir xil ma’noli, oddiy funksiya ketma - ketliklari bajarilishi kabi amalga oshiriladi. Qoida shunday, barcha funksiyalar ko’pi bilan 2 ta argumentdan iborat.



Funksiyalar so’zni to’laligicha yoki so’zning qismlarini ishlatishi yoki ularni o’zgartirishi mumkin. Umumiy holda aytilganda, har xil kompyuterlar har xil foydalanadigan funksiylar to’plamiga ega bo’loladi. Har qanday ma’lumot, mashina buyrug’i ham so’zlar kabi yoziladi. Buyruq ta’rifi operatsiya kodlari va operandlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə