Mavzu: Elektr yuritma tushunchasi



Yüklə 43,18 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü43,18 Kb.
#158075
  1   2
jumaboyev IW


Mavzu: Elektr yuritma tushunchasi
Elektr yuritma deb mashinalaming ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining mc’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik oj yoki chiziqli tezlik v hamda ularga mos harakat yo‘nalishi boMaklari Да, AS kiradi. Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.
Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organlariga uzatish uchun mojallangan. Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi. Kuchli o ‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat.
Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq. Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi 1- rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema elektr yuritmaning ayrim elementlari va ular orasidagi bog‘lanishlami kengroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu yerda ingichka chiziqlar bilan elektr energiyani uzatish kanallari, qo‘sh punktir chiziqlar bilan mexanik energiyani uzatish kanallari, punktir chiziqlar bilan esa, elektr yuritma yokibajaruvchi mexanizmning o‘lchanayotgan koordinatlari to‘g‘risida axborot uzatish kanallari ko‘rsatilgan.
Energiya manbalari (EM) odatda, sanoat elektr tarmog‘i yoki maxsus akkumulyator batareyasi, individual generator ko‘rinishidagi mustaqil manba bo‘lishi mumkin. Bu hoi asosan uchish apparatlari va kemalardagi «bort» tizimlarida qo‘llaniladi.
Kuchli elektr о 'zgartgich qurilmasi (KEO‘Q) - rostlanmaydigan kuchlanish Ut, tok It va chastota ft ni Ut dan (masalan, tarmoqdan) olib dvigatelni ta’minlaydigan U , I v a f ga ega bo‘lgan elektr energiya Wdga aylantirib beradi. Avvallari KEO‘Q sifatida elektr mashina o‘zgartgich qurilmalari ishlatilar edi. Hozirda asosan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradigan kuchli yarim o‘tkazgich o‘zgartgichlar tiristorli boshqariluvchi to‘g‘rilagich (ВТ), tranzistorliimpuls o‘zgartgichlar hamda o‘zgaruvchan tok kuchlanishi
shaklini o'zgartirib beradigan turli tranzistorli va tiristorli invertorlar hamda chastota o‘zgartgichlari qo‘llaniladi.
Dvigatel qurilmasi (DQ) elektr energiyani Wd rotorni (yakorni) chiziqli yoki aylanma harakatga keltiradigan mexanik energiyaga Wmaylantirib beradi. Mexanik energiya Wmoqimi mexanik uzatish qurilmasidan o‘tib, xuddi shu ko‘rinishdagi energiya Wim ga aylanadi, bu esa ish mashinasi orqali qabul qilinadi. IMlarda W, energiya aylanma harakatda koordinatlari MLo - qarshilik momenti, со,,,, - burchak tezlik hamda ilgarilanma harakatda esa koordinatlari Fio - qarshilik kuchi va Vt0 – chiziqli tezlikka ega boMgan ish organi (IO)ning mexanik ishiga aylantiriladi.
Tabiiyki, energiya oqimi M, ni M, ga aylantirish elektr yuritma
clementlarining sifati hamda energiya oqimini boshqarish qonuniga ko‘ra isroflar bilan amalga oshiriladi. Boshqarish qurilmasi (BQ) KEO‘Q yoki DQ, yoki 0 ‘Qlarning ayrim, ba’zi hollarda esa bir vaqtning o‘zida ikki, uch qurilma koordinatlarini boshqaradi. Boshqarish qurilmasi boshqarish qonunini berish qurilmasi BQ berilayotgan axborot va xabarchi
o‘zgartgichlardan kelayotgan axborotlami taqqoslab, kerak bo‘lgan ko'rinishda shakllantiradi. Xabarchi - o ‘zgartgichlar elektr yuritmaning turli koordinatlarini (momentlar, kuchlar, burchak va chiziqli tezlik, tok, kuchlanish va h.k.) o‘lchashga mo‘ljallangan axborot - o‘lchov qurilmalari ko‘rinishida bo‘lib, ular bu koordinatalami bir turdagi (masalan, kuchlanish) elektr signallariga aylantiradi.

Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə