Mavzu: Evolutsion ta’limotning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 17,31 Kb.
tarix24.12.2017
ölçüsü17,31 Kb.
#17128

Mavzu: Evolutsion ta’limotning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
Sistematika fani.

15 asrning yarmiga kelib Yevropa mamlakatlarida feodalizm o’rniga burjuaziya hokimiyati o’rnatildi.Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqish, o’zga mamlakatlarni bosib olish, ularning tabiiy boyliklarini talash, xalqlarni ekspluatasiya qilish avj oldi. Yirik shaharlarda botanika va hayvonot bog’lari tashkil etildi. Boshqa yerlardan yevropaliklarga notanish ko’pgina o’simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o;simlik va hayvonlarni o’rganishga katta qiziqish uyg’otdi. Buning oqibatida kishilarning o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zooligiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun avvalo ma’lum bo’lgan o’simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoj tug’ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707-1778) shug’ullandi. Fan fidoiysi 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsiflab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni esa sinflarga birlashtiradi.Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o’qiganingizda suv o’tlari, sporali o’simliklar, ochiq va yopiq urug’lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning bir qancha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va turlari bilan tanishgansiz.

K.Linney zamonida esa biologiyaning juda ko’p so’halari hali rivojlanmagan edi.

Shu sababli K.Linney o’simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoffaq bo’ldi. U barcha o’simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko’ra 6 sinfga bo’ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo’lgan organizmlar boshqa-boshqa sinflarga, aksincha kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirdi. K.Linney o’simlik hayvon turlari o’zgarmaydi, degan. Uning tomonidan tuzilgan tema sun’iy bo’lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik atroflicha o’rganishga imkon berdi. Linney ishlaridan so’ng botanika, zooligiya fanlari tez sur’atlar bilan rivoj topdi.

Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve katta hissa qo’shdi. U morfoligiya, anatomiya, siztematika, paleontologiya sohalarida yadqiqot olib brogan olimdir. Uning ta’kidlashicha, morfologiya fanining asosiy vazifasi hayvonlar tuzilishini oddiygina tasvirlash bo’lmay, balki uning qonuniyatlarning ochishidan iborat. Kyuve mulohazasiga ko’ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo’lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Shunga ko’ra, hayvonning bir organi masalan, ovqat hazm qilish organing o’zgarishi u bilan aloqador bo’lgan boshqa organlarning ham o’zgarishiga olib keladi. Olim og’izda hayvon organlarini bir-biriga bog’liq holda o’zgarishini e’tirof etsa ham, lekin amalda uni inkor etdi.

Kyuve ilgari surgan mulohaza binoan har bir hayvon turi o’zi yashaydigan muhitga muvofiq ravisgda yaratilgan. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Kyuve o’zi kashf qilgan korrelyatsiyaprinsipini hayvon sistematikasiga ham tatbiq etdi. U Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda tashqi muhit bilan bog’lovchi asosiy organ-nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarb olim barcha hayvonlarni 4 guruhga-tipga ajratdi. Bular umurtqalilar, mollyuskalar,mog’imlilar, shu’lalilar. Kyuve qayd qilishicha bu hayvon tiplari doimiy, o’zgarmasdir.

18-19 asrlarda hayvon va o’simlilarning shaxsiy taraqqiyotini o’rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kash etdi. U jo’ja taraqqiyotini sinchiklab o’rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivojlanishini aniqladi. U umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o’zaro o’xshashliklarini aniqladi.

18-asrning oxiri 19-asrning boshlarida qazilma holda saqlangan hayvon va o’simliklar to’g’risidagi fan poleontologiya shakllandi. Bu fanning rivojlanishida Jorj Kyuve xizmatlari nihoyatida katta bo’ldi. Kyuve qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o’rgandi. U korrelyatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, o’lib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. U turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan. Vaqt o’tishi bilan ular murakkablashganini ko’rgan bo’lishiga qaramay, olim ularni halokatlarni nazariyasi bilan tushuntirishga intildi. 19-asrning 40-yillariga kelib hujayra nazariyasi yaratildi.uning mualliflari bo’lib nemis olimlari T.Shvann, M.Shleyden sanaladii. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi 19 asrdagi tabiyatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujayra nazariyasiga ko’ra barcha tirik mavjudotlar, o’simlilar, hayvonlar, odamlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. Hujayra nazariyasi barcha organizmlar tuzilishi jihatidan o’zaro o’xshash degan tushunchaga asos bo’lib xizmat qildi.
J.B LAMARK ta’limoti
Organik dunyo evolutsiyasi haqidagi nazariyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744-1829) yaratdi. U dastlab botanika, keyinchalik zooligiya sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. Lamark evolutsiya haqidagi g’oyani dastlab <> asarida ilgari surgan bo’lsa-da, 1809-yilda cop etilgan <> asarida uni evolutsion nazariya holiga keltirdi. Lamark fikricha, sodda mavjudotlar o’z-o’zidan anorganik tabiatdan paydo bo’ladi. Keyinchalik tashqi muhit ta’siri ostida o’zgarib, davrlar o’tishi bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak bo’lgan organizmlarga aylanadi. Binobarin, organizmlar evolutsiyada vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Organizmlar murakkablashgan ekan, u hold anima sababdan hozirgi vaqtda o’simlik va hayvonlar olamida oddiy mavjudotlar uchraydi, degan savolga javob berib, olim ular yaqinidagina o’lik tabiatdan hosil bo’lgan va takomillashiga hali ulgirmagan, deb izoh beradi. Lamark tayvonlar sistematikasi bilan ham shug’ullangan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga ajratdi. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko’tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi mrakkablasha borganligini e’tirof etdi. Binobarin Lamark K.Linneydan farqli ravishda tabiiy sistema tuzishga intilidi. Lamarkning eng buyuk xizmati shundaki, uning evolutsion g’oyasi juda ko’p dalillar bilan tasdiqlandi. Olim e’tirof etishicha, organizmlarning o’zgarishi, uning yangi turlariing paydo bo’lishi bir tomondan tashqi omillaarning bevosita ta’siri tufayli amalgam oshgan.

Lamark qayd etishicha, o’simliklar, nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan tuban hayvonlar, tashqi muhit ta’sirida to’g’ridan to’g’ri o’zgardilar. Nerv sistemasi tuzilishi murakkab bo’lgan havonlar esa bilvosita, ya’ni ularning talabi, qiliq-odatlari, organlarining mashq qilishi yoki qilmasligi natijasida o’zgaradi.

Lamark organik olamdagi o’zgarishlar asta-sekin ro’y beradi, deb turlarning haqiqatan ham tabiatda real ekanligini tan olmadi.

Olim organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos solgan bo’lsa-da, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari- yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini bila olmadi.

Shunday qilib, 19 asrning birinchi yarmiga kelib tabiatshunoslik turli shoxobchalarida to’plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o’zgarishini ko’rsatdi. Biroq organik olam evolutsiya evolutsitasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi.

Tabiatshunoslik oldida turhan asosiy vazifa, uning turli shoxobchalarida yig’ilgan dalillarni, fikr-mulohazalarni to’plash, xulosalash va ular zamirida organik olam evolutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asrlardan beri hukmronlik qilib kelayotgan noto’g’ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyingi rivoji ilmiy asosga yo’naltirilgan bo’lar ekan. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo’lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin o’zining shunday shaxs ekanligini amalda namoyon etdi.

19 asrda Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti
19 asrga kelib Angliya juda ko’p mamlakatlarni bosib olgan sanoati, qishloq xo’jaligi rivojlangan yirik kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning rivojlanishi qishloq aholisi bir qismining shaharda yashashiga talab qila boshladi. Xomashyoga bo’lgan talabni qondirish maqsadida ingliz seleksionerlari ko’p mahsulot beradigan qo’y, qoramol, parranda zotlarini, ko’p hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya natijalari o’sha davrda hukmron bo’lgan hayvon, o’simlik organizmlari o’zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi.

Angliya hukumati sanoatni rivojlantirish uchun yangi-yangi xomashyo manbayi toppish uchun o’zga yurtlarga ekspeditsiyalar tashkil etar edi. Ana shunday ekspeditsiyalarning birida Ch.Darvin ham tabiatshunos sifatida qatnashdi.

Darvinning tarjimayi holi va <> kemasidagi safari. Charlz 1809-yili 12-fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tavvalud topdi. U maktabni tugatgach, Edinburg dorlfununing shifokorlar tayyorlaydigan fakultetiga kirdi. Biroq ko’pgina tibbiyot fanlarining lotin tilida oqitilishi hamda be’morlarning narkozsiz operatsiya qilishi Darvida tibbiyotda nisbatan hech qanday qiziqish uyg’otmadi. Shu sababli u dorlfuninni tashlab, otasining tafsiyasiga ko’ra Kembrich dorlfununning cherkov hodimlari tayyorlaydigan fakultetiga oqishga kirdi. Bu u yerda Darvin diniy aqidalar bilan unchalik shug’ulanmasdan proffesorlar D.Gukker va A.Sedjviklar rahbarligida tabiiy fanlari bilan shug’uolandi va tabiatga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda faol qatnashdi. 1831-yili dorlfununi tomomlasa ham, cherkov hodimi bo’lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlari organishga bo’lgan ishtiyoqning zo’rligi va tabiyat qo’ynida kuzatish ishlari bo’lib, bo’rish mahortidan habardor bo’lgan professor Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan <> kemasiga tabiatshunos sifatida qabul qilinishigga tafsiyanoma berdi. Mazkur kemada Darvin 5 yil mobaynida Atlantika, tinch va hind okeanlarining ko’pgina oralarida, janubiy amerikaning sharqiy, g’arbiy qirg’oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o’lkalarida bo’ldi va u yerlarda qadimgi davrlarda va hozirig vaqtda tarqalgan o’simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgarigi vaqtlarda olib ketgan va hozirda yashayotgan hayvonlar o’rtasida juda ko’p oxshashlik va farqlar borligini e’tirof etdi. Shimoliy va Janubiy Amerika hayvinlarini o’zaro taqqoslab, Darvin janubiy Amerika lama, taper, yalqov, chumolixo’r, zirkli hayvonlar borliigini, ular shimoliy Amerikada uchramasligi aniqladi. Darvinning uqturishicha, qadimgi davrlarda bu ikki qit’a yagona bo’lgan. Keyinchalik MeksikA tog’lari tufayli ikkiga bo’lingan. Natijada ularning hayvonot va o’simlik olamida farqlari paydo bo’lgan. Darvinni ayniqsa janubiy amerikaning g;arbiy qirg’og’idan 900 kilometr uzoqlikdagi Golopokoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar o’lami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko’p uchraydi chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklar, sudraluvchilardan to’shbaqalarning har-bir oroldagi turlari o’ziga xos tuzilishga ega.

Umuman olganda, golopokos orxipelagining hayvonot va o’simliklar olami janubiy amerika hayvonot va o’simlikarga o’xshash lekin ayrim belgi, xossalri bo’yicha farq qiladi.

Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya, gerbariy va qotirilgan hayvon, preparatlar bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo’lgan dalillarni to’plash imkoniyatini yaratadi va Darvinning kelaja belgilab berdi.
Yüklə 17,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə