Mavzu: Hamid Olimjon lirikasi



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə1/2
tarix29.05.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#113861
  1   2
HAMID-OLIMJON-1




HAMID OLIMJON
(1909-1944)


«Hamid Olimjon nodir iste’dod egasi. Qonida, ko‘z qorachig‘ida, to‘qson ikki tomirida tug‘ma zukkolik, shoirona sajiya, bilgichlik ayon...»
Mirtemir
.Reja:

1. Hamid Olimjonning hayot va ijod yo’li.


2. Adabiyotlar.
3. Asarlari.
4. Mavzuga oid tayanch tushunchalar.
Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi.
O’sha davrlarda Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O’lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi. Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini yaratdi.
Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi. Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek adabiyotpning dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.
O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan 1938-yilda chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qildi.
Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi qator balladalari ham yaratildi.
Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi abadiylashtirilgan.


ADABIYOTLAR:

1. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to’plami.10 tomlik, T.,


«Fan», 1975-1984 yil.
2. N.Karimov. Hamid Olimjonning poetik mahorati. T., «Fan», 1964 yil..
3. S.Mamajonov. Shoir dunyosi. T., Gafur Gulom nomidagi
nashriyot, 1972 yil.
4. N.Karimov. Hamid Olimjon. T., «Yosh gvardiya»,1990 yil.
5. S.Azimov. Hamid Olimjon abadiyati. Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, T., 1967 yil.
6. H.Yoqubov. Hamid Olimjon. Manba: «O’zbek Sovet adabiyoti tarixi,» P tom, «Fan», T., 1971.
7. Nafosat chashmasi (Hamid Olimjon haqida maqolalar). «Fan», Toshkent.,1970 yil
8. Sen elimning yuragida yashaysan. To’plam. Gafur Gulom nomidagi nashriyot, T., 1973 yil



Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə