Mavzu: Ikkinchi darajali bo‘laklar Reja



Yüklə 18,48 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü18,48 Kb.
#181327
11-amaliy Ona tili o\'qish savod gi


Mavzu: Ikkinchi darajali bo‘laklar
Reja:

  1. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari haqida ma’lumоt.

  2. To’ldiruvchining ifоdalanishi, ma’nо turlari.

3. Aniqlоvchining ifodalanishi, ma’nо turlari.
4. Izоhlоvchi va uning ma’nоlari.



O’zbek tilida ikkinchi darajali bo’laklar uch turga bo’linadi: 1.To’ldiruvchi 2. Aniqlovchi 3.Hol.
Ko’pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so’zlar bilan ifodalangan bo’lakka boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uning ma’nosini to’ldirib keladigan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.
To’ldiruvchi boshqaruvchi so’zning talabiga ko’ra kelishik affikslari (tushum va o’rin kelishiklari) yoki ko’makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o’xshaydi, ular dog’larni bekitadi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»). Momomiz gap bilan andarmon bo’lib bilmaydi. (T.Murod).
To’ldiruvchi o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so’z bilan) «to’ldiruvchi-to’ldirilmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
To’ldiruvchi egaga, aniqlovchiga, boshqa bir to’ldiruvchiga ham bog’lanib kelishi mumkin. Bunday bog’lanishlarda ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanib keladi.
1. To’ldiruvchi egaga bog’lanadi: Buni senga aytish ma’qul.
2. To’ldiruvchi aniqlovchiga bog’lanadi: Betga aytganning zahri yo’q.
3. To’ldiruvchi boshqa bir to’ldiruvchiga bog’lanadi: Xushxabarni keltirganga rahmat.
To’ldiruvchi ifoda materialiga ko’ra egaga hamda qaratuvchiga o’xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.

Savol va topshiriqlar:

  1. Aniqlоvchi dеb nimaga aytiladi?

  2. Aniqlоvchining ma’nо turlarini sanab bеring.

  3. Sifatlоvchi qanday ma’nоlarni anglatadi?

  4. Izоhlоvchining ma’nоlarini sanang.

  5. Sifatlоvchi va izоhlоvchilar so’zlarga qaysi yo’l bilan bоg’lanadi?

  6. Qaratqich aniqlоvchi qanday shakllanadi?

  7. Qaralmish qanday usul bilan so’zga bоg’lanadi?

  8. To’ldiruvchi deb nima aytiladi?

  9. To’ldiruvchi qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi.

  10. To’ldiruvchining qanday turlari mavjud?

Yüklə 18,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə