Mavzu: Insonda nutq jarayoning rivojlanish Umumiy psixologiya



Yüklə 182,5 Kb.
tarix15.06.2022
ölçüsü182,5 Kb.
#89517
Мавзу 34 psixologiya

  • Umumiy psixologiya
  • 40-guruh tinglovchisi Shamsiyeva Shaxlo

Reja:

  • Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish.
  • Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish.
  • Tovish tizizmi, intonatsiyaning mohiyati va mazmuni
  • Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish
  • Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida о‘z davrining ilmiy yutuqlarini о‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil О‘zbekistonda demokratik jamiyatning tо‘laqonli quruvchilari bо‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
  • Bolalarga nutqni о‘rgatish uchun bо‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur о‘rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bо‘lgan metodlarini о‘zlashtirishi, bolaning ona tilini о‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.

Nutqning tovush madaniyati

  • Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni tо‘g‘ri talaffuz etish. Sо‘zlardagi, tez aytishlardagi, qisqa she’rlardagi tovushlarni tо‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonasiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni о‘rgatish.
  •  
  • Mashg‘ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga о‘jar jо‘jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jо‘jasi bor ekan. Ulardan bittasi о‘jar ekan. Onasining sо‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jо‘jalarga yolg‘iz kо‘chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, - deb о‘zi donlagani ketibdi. Oradan kо‘p о‘tmay haligi о‘jar jо‘ja kо‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yо‘lda bir gala g‘ozlarni kо‘ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ? – deb sо‘rabdi. G‘ozlar bilmaymiz, deb suvga chо‘milgani ketishibdi. Jо‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi, yо‘lda kuchukchani kо‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb sо‘rabdi. О‘jar jо‘jacha yо‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi.
  • Shular haqida hikoya tuzib aytib bering.
  • Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi.
  • Yо‘lda о‘jar jо‘jacha mushukni kо‘rib qoladi. Mushuk jо‘jani aldab tutib olmoqchi bо‘lib turganda Ona tovuq yugurib kelib mushukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq о‘jar jо‘jachani ham urishibdi. Jо‘ja esa о‘jarligidan pushaymon bо‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3-4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi.
  • Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag‘batlantiradi.
  •  
  • Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «О‘jar jо‘jacha».
  • Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bо‘ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni о‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bо‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə