Mavzu: Iqtisodiy indekslar reja: Indeks so`zining lug’aviy ma`nosi va qo`llanishi



Yüklə 5,5 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü5,5 Kb.
#180044
IQTISODIY ISNDEKSLAR

MAVZU:Iqtisodiy indekslar

REJA:

1.Indeks so`zining lug’aviy ma`nosi va qo`llanishi

2..Indekslarning turlari va tasnifi

3.Iqtisodiy indekslar

Lotincha indeks (index) so`zi aynan tarjima qilinganda alomat, belgi

degan ma`noni bildiradi. Bu so`zni ko`pincha «ko`rsatkich» mazmunida ham

sharhlaydilar.

Statistikada indekslar deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkichlar

tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o`rganishda muhim qurol

hisoblanadi. Statistik indekslar iqtisodiy hodisalarning rivojlanish darajasini

ko`rsatadi, ya`ni ular o`rganilayotgan

hodisalarning umumiy hajmini ifodalamaydi, balki ularni qiyosiy jihatdan

xarakterlaydi, o`zgarishini aniqlaydi.

Indekslar odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalanadi. SHunga asoslanib,

indekslarni nisbiy miqdorlar deb ta`riflash darsliklar va ilmiy asarlarda keng

tarqalgan. Ammo bunday ta`rif indekslar mohiyatini haddan tashqari

soddalashtirish, ularning sotsial-iqtisodiy hodisalarni bilish quroli sifatida roli va

o`rnini tor doirada chegaralashdan boshqa narsa emas.

Indekslarning nisbiy miqdorlarda ifodalanishi, ularning mohiyatini

namoyon bo`lish shakllaridan biridir, xolos. Indekslar nafaqat nisbiy

ko`rsatkich, balki shu bilan birga o`rtacha ko`rsatkichdir, chunki ular o`rtacha

o`zgarishlarni ta`riflaydi. Bundan tashqari, mutlaq o`zgarishni ham ta`riflashi

mumkin, chunki o`rtacha nisbiy o`zgarishda mutlaq o`zgarish ham o`z ifodasini

topadi.

Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko`rsatkichdir, tabiatan u nisbiy,

o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi.

Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansada, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Nisbiy miqdorlarda

asosiy urg’u va e`tibor taqqoslanayotgan ko`rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati,

predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so`z u yoki bu jarayonda

kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi.

Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni

shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi.

Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy

hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini

taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali

o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi.

Bu ta`rifda «hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli

ko`rsatkichlari» degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki

undan ortiq holatlar orasida ma`lum jarayon kechadi, indekslar esa o`sha

jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni

ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar,

mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan

(rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak,

indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi

Indekslar qanday jarayonni ta`riflashi va vazifalari jihatidan to`rt turga

bo`linadi: dinamika indekslari, reja (shartnomani) bajarish indekslari, hududiy

indekslar va xalqaro indekslar.

Hududiy indekslar turli hududlarga yoki ob`ektlarga tegishli iqtisodiy

hodisalarning o`zaro nisbatini ko`rsatadi. Ular ayrim viloyat va mintaqalar

rivojlanish darajasi va ixtisoslashishi, milliy iqtisodiyotga qo`shayotgan hissasi

kabi muhim masalalarni o`rganishda asosiy qurol hisoblanadi.

Xalqaro indekslar iqtisodiy hodisalarning butun jahon va jo`rofiy

mintaqalar miqyosida rivojlanish darajasi, mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy

taraqqiyot yo`lida erishgan qiyosiy darajalarini tavsiflaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 5,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə