Mavzu: Kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/9
tarix03.06.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#88592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi O`chirilmasinAbdulaziz Isaboyev

Mavzu: Kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari


Reja:
Kirish

  1. Yetakchilik strategiyasi mohiyati

  2. Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan SAMO brendi ostidagi “NIL-GRANIT” MCHJ rivojlanish tarixi

  3. Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan SAMO brendi ostidagi “NIL-GRANIT” MCHJ ning asosiy ko`rsatkichlari, strategik taxlili

  4. Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan SAMO brendi ostidagi “NIL-GRANIT” MCHJ yetakchilik strategiyasini takomillashtirish yo`llari

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish

XX asrning so‘nggi 10-15 yili mobaynida sayyoramizda, xususan, O‘zbekistonda jahonshumul ahamiyatga molik bir qator ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar yuz berdi. Kuchli mafkura va rejali tizimga tayangan «sotsializm» tuzumining barham topishi bu boradagi eng muhim va ahamiyatli voqeadir. Buning oqibatida dunyoda tamomila o‘zgacha yangi geografiksiyosiy vaziyat shakllandiki, jahon hamjamiyatida tub o‘zgarishlarga sabab bo'ldi. Hozir ko‘plab firma va korxonalar tashkil etilmoqda, iqtisodiy islohotlar jadallashib chuqurlashmoqda. Shu bilan birga biznesning xususan, kichik biznesning. rivojlanishi shu kunda ko‘ngildagidek emas. Ko‘plab firmalar biznes bilan shug‘ullanish ko‘nikmalari va marketing tajribalari yetishmasligi, shuningdek, yetarlicha o`ylab ko‘rilmagan biznes rejalar va loyihalarni amalga oshirishga urinishlari tufayli omadsizlikka uchrab, barbod bo`lmoqda. Chunonchi, bozorni shoshilinch va yuzaki o'rganib va xaridorgir bo‘lib turganligi uchungina bozorga chiqarilgan tovarlarni ishlab chiqara boshlaydigan tadbirkorlar ham uchraydi. Biroq ular kutganlariday foydani ololmagach, boshlovchi biznesmenlar ishlab chiqarishni to'xtatib qo‘yadilar.


Ma’lumki, har qanday tashkilot muvaffaqiyatini unda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning tayyorgarligi, xohishi, ishbilarmonligi va tadbirkorligi ta’minlaydi. Yangi sharoitda mutaxassis tayyorlaydigan muassasalar bozor iqtisodiyoti qo'yadigan masalalarni yecha oladigan, menejmentning iqtisodiy mexanizmiga oid bilimlarni to‘la egallagan xodimlar yetishtirishlari lozim. Bo`lajak menejerlar texnologik ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish, tijorat (xarid qilish. sotish va almashtirish), moliyaviy (mablag` topish va oqilona foydalanish) va xavfsizlik (aholining mulkini muhofaza qilish) faoliyatlari, ekkaunting (tahlil qilish, hisobga olish va statistika) hamda boshqarish (rejalashtirish, marketing, tashkil etish, taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazorat) faoliyatlarini amalga oshirish konikmalariga ega bo‘lishi lozim. Ma’lumki. «strategik menejment» atamasi o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori pog‘onada amalga oshiriladigan boshqarishni ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqini ifodalash uchun kundalik hayotga kirib keldi. Kasbiy faoliyat xo'jalik yuritishning barcha pog‘onalarida boshqarishning qonunlari, tamoyillari, tashkiliy tuzilmalari va munosabatlari to‘g`risida nazariy bilimlar beruvchi juda ko‘p darsliklar yaratilgan. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'rsatadigan har bir firmaning ichida o‘ziga xos nuqtayi nazari bor. Tashqi muhit ta’siri, ichki bo‘lim va bo‘linmalardagi turli jarayonlar, me’yorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya boshqaruv apparatiga ta’sir ko'rsatadi. Aynan shu kabi hodisalarni va ularning talqinini o‘z ichiga olgan, «strategik menejment» fanidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashda talabalarga yordam beradigan amaliyot darslari uchun o'quv qollanmalari bo’yicha taqchillik sezilmoqda.
Nima uchun biz kompaniya biznes-strategiyasi to‘g‘risida jarayon sifatida fikr yuritamiz? Chunki biznes strategiyasi hech qachon to‘xtab qolmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Bizni o‘rab turgan muhit juda tez o‘zgarib turishligini hisobga olib, strategik maqsadlarni qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Umuman strategiyaning ma’nosi ham bizni o‘rab turgan muhitga moslashtirishdan iboratdir. Faqat shu shart bajarilgan holdagina kompaniyaning yashab qolish yoki rivojlanishi ehtimoli bo‘lishi mumkin. Strategiya shuning uchun ham jarayon hisoblana-diki, u aniq belgilangan uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
1) strategik tahlil;
2) strategik tanlov;
3) strategiyaning amalga oshirilishi va menejmenti.
Strategiyaning birinchi bosqichi strategik tahlilning maqsadi - informatsiyalar (ma’lumotlar) yig‘ish. Chunki biz biror masala bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilishda mos va kerakli informatsiyalarga tayanamiz. Kompaniya faoliyati ham shundaydir.
Strategik jarayonning ikkinchi bosqichi-strategik tanlov. Strategik tahlil o‘tkazilishi natijasida olingan informatsiyalar asosida kompaniya kelgusi faoliyati uchun to‘g‘ri va samarali harakat yo'nalishini tanlab olishdan iboratdir. Ushbu bosqichda strategik tahlilning o'rni behisobdir, chunki noto'g'ri va oxiriga yetmagan informatsiya no-to`g`ri strategiyani tanlashga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, strategiya tanlovi strategik tahlil natijalarini o‘rganib chiqishdan boshlanadi. Ushbu natijalar asosida muqobil variantlar ishlab chiqiladi.
Strategik jarayonning uchinchi bosqichi tanlangan strategiyani qo"llab-quvvatlash va uni amaliyotga qo‘llashni o`z ichiga oladi. Bu etap oldingi ikki etaplardan ham muhim va qiyin jarayon hisoblanadi. Bu etapda strategiya amalga oshiriladi va bu yerda, o‘z navbatida, menejmentning о‘rni beqiyosdir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə