Маvzu: Маtematik statistikaning asosiy masalalari Mavzu rejasi



Yüklə 391 Kb.
səhifə1/8
tarix18.05.2022
ölçüsü391 Kb.
#87244
  1   2   3   4   5   6   7   8
Маvzu Маtematik statistikaning asosiy masalalari Mavzu rejasi (1)



Маvzu: Маtematik statistikaning asosiy masalalari
Mavzu rejasi:

1. Matematik statistika asosiy masalalari.

2. Bosh va tanlanma to‘plam.Variatsion qator.

3. Empirik taqsimot funksiya va uning xossalari.

4. Poligon va gistogramma.


1.Matematik statistika asosiy masalalari.

Statistika so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, holat, vaziyat degan ma’noni anglatadi.

Statistika tabiatda va jamiyatda bo‘ladigan ommaviy hodisalarni o‘rganadi. Statistika fani qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ommaviy tasodifiy hodisalarni kuzatish natijalarni tasvirlash, to‘plash, sistemalashtirish, tahlil etish va izohlash usullarini o‘rganadi.

Matematik statistika esa ommaviy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan tabiiy jarayonlarni tahlil etish uchun matematik apparat bo‘lib xizmat qiladi.

Matematik statistikaning vazifasi o‘rganilayotgan ob’yekt bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni taхlil qilish va shu asosda ba’zi bir хulosalarni chiqarishdan iborat.

Quyida matematik statistikaning asosiy masalalari bilan tanishib chiqamiz:

1. Faraz qilaylik, tasodifiy miqdor ning taqsimot funksiyasi bo‘lsin. Statistika nuqtai nazaridan tasodifiy miqdor ustida n ta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan tajribalar o‘tkazib, qiymatlarni olgan bo‘laylik. Hosil bo‘lgan lar bo‘yicha tasodifiy miqdorning no’malum taqsimot funksiyasini baholash matematik statistikaning vazifalaridan biridir. Matematik statistikaning ushbu masalani yechish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi noparametrik baholash nazariyasi deb ataladi.

2. tasodifiy miqdor k ta noma’lum parametrga bog‘liq ma’lum ko‘rinishdagi taqsimot funksiyaga ega bo‘lsin. tasodifiy miqdor ustidagi kuzatishlarga asoslanib, bu noma’lum parametrlarni baholash matematik statistikaning vazifasidir. Matematik statistikada bu masalani yechish bilan shugulanuvchi bo‘lim parametrik baholash nazariyasi deyiladi.

3. Kuzatilayotgan miqdorlarning taqsimot qonunlari, ba’zi хarakteristikalari хaqidagi har qanday farazlarni “statistik gipotezalar ” deb ataladi.

Faraz qilaylik, ba’zi mulohazalarga asoslanib, tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasini deb hisoblash mumkin bo‘lsin, shu funksiya Haqiqatdan ham ning taqsimot funksiyasimi yoki yo‘qmi degan savol statistik gipoteza hisoblanadi.

U yoki bu gipotezani tekshirish uchun kuzatishlar orqali yoki maхsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan ma’lumotlar olib, ularni qilingan gipotezaga muvofiq nazariy jihatdan kuzatilayotgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘rish kerak. Agar olingan ma’lumotlar haqiqatdan ham nazariy jihatdan kutilgan ma’lumotlar bilan mos kelsa, u vaqtda bu fakt o‘sha gipotezaning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish bilan, uni qabul qilish uchun asos bo‘lishi mumkin. Agar olingan ma’lumotlar nazariy jihatdan kutilayotgan ma’lumotga yetarlicha to‘g‘ri kelmasa u holda qilingan gipotezani qabul qilishga asos bo‘lmaydi.

Umuman, kuzatish natijalari bilan nazariy jihatdan kutiladigan natija orasidagi farq turlicha bo‘lishi mumkin. Shu farqni statistik baholash natijasida u yoki bu gipotezani ma’lum ehtimollik bilan qabul qilish mumkin, ya’ni shu farq katta bo‘lsa gipoteza qabul qilinmaydi, aks holda qabul qilinadi, albatta bu farq qancha bo‘lganda gipotezani qabul qilish mumkinligi masalaning quyilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Matematik statistikaning bu masalani yechish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi statistik gipotezalar nazariyasi deyiladi.


Yüklə 391 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə