Mavzu: Menejment korxonani boshqarish sanʼati sifatida



Yüklə 35,89 Kb.
səhifə1/6
tarix31.05.2022
ölçüsü35,89 Kb.
#88419
  1   2   3   4   5   6
munisiqtisodkurs ishi 1 qism



Mavzu: Menejment korxonani boshqarish sanʼati sifatida

Kirish…...…………………………………………………….…………………….…….2-3



1.Bob. Boshqaruvning umumiy nazariyasi

1.1. Boshqaruvning mohiyati, usullari va mazmuni……………………….……………4-13

1.2. Menejmentning boshqaruv sifatida asosiy tamoyillari……………………………14-22

1.3.Zamonaviy korxonalarni boshqarish tizimi sifatida boshqarish………...…………15-33



2.Bob. Zamonaviy korxona menejmentining xususiyatlari va modellar

2.1. Menejmentning xorijiy modellari(Аmerikacha va yaponcha menejment )……….22-30

2.2. Sifatli boshqarishning xorij tajribasi…………………………………………… 22-14

2.3. Hozirgi zamon oʼzbek menejmentining xususiyatlari………………………….…34-43



Xulosa …………………………………………………………………………….………39

Adabyotlar ro‘yxati .………………………………….…………………………………40

Tayanch iboralar : ………………………………………………………………………41

Ilovalar :………………………………………………………………………………….42

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Menejment-bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan quyidagilarni o‘rganadi:
 boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
 boshqarish ob’ekti va sub’ekti;
 boshqarish tamoyillari va usullari;
 boshqarish madaniyati;
 menejer va uning fazilatlari;
menejer reytingi;
 boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
 boshqarish funksiyalari;
xodimlarni boshqarish;
 ishlab chiqarishni boshqarish;
 samaradorlikni boshqarish;
 o‘z-o‘zini boshqarish;
 hududiy boshqarish va xokazolar.
Ko‘rib turibmizki, bu mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdan iborat. Chunki Hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, soqial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib etishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish xam ularning zimmasiga tushadi.
Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin. Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi. Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi.



Yüklə 35,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə