Mavzu: “Minglik” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi Mundarija kirish



Yüklə 55,62 Kb.
səhifə1/6
tarix27.06.2023
ölçüsü55,62 Kb.
#119014
  1   2   3   4   5   6
“Minglik” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



MAVZU: “Minglik” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
Mundarija
KIRISH.
I.BOB. MINGLIK ARIFMETIK AMALLARNI O`RGATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
1.1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga minglik mavzusini tushuntirishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi
1.2.Ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishning pedagogik asoslari
II. BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA 1000 ICHIDA KO’PAYTIRISH VA BO’LISHNI O’RGATISH METODIKASI
2.1. Ming ichida qo’shish va ayirishning og’zaki usullarini pedagogik texnologiyalar asosida tushuntirish
2.2.Ming ichida ko’paytirish va bo’lishning og’zaki va yozma usullarini o’rgatish metodlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang’ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang’ich maktabda 4 yil o’qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar konsentrlari bo’yicha kiritishni nazarda tutadi. Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganadilar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. O’nliklarni ajratish o’nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og’zaki va yozma nomerlash bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalarni o’rganishga imkon beradi. Birinchi o’nlikni o’rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo’lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to’plamlari ustida operatsiyalar bajarish asosida, so’ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o’rni bo’yicha sonlarning tarkiblarini) o’zlashtirib olish nazarda tutiladi. O’qitishning boshidanoq bolalarda ba’zi muhim umumlatirishlar shakllanadi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo’lishi aniqlanadi, qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o’rnatiladi va shu bilan birga bo’sh to’plamning harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 ichida, so’ngra 21–100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o’rganishda ikkinchi o’nlikni ajratish sonlarning o’nli tarkibini va raqamlarning o’rin qiymati prinsipini yaxshi o’zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11–20 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o’nli tarkibi o’rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o’quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o’nta birlik o’nlikni, o’nta o’nlik yuzlikni, o’nta yuzlik minglikni anglatishi kabi yangi sinf tushunchasini kiritish o’rgatiladi. III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o’qishga doir sonlarning yuzliklardan, o’nliklardan va birlikdan hosil bo’lishiga doir mashqlar beriladi. IV sinfda sinf tushunchasi kiritilib, sonlarni og’zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o’zlashtirishga oid mashqlar beriladi.
Bir xonali songa ko’paytirish va bo’lishni puxta ôrganish boshlangʻich sinfda juda muhim hisoblanadi,chunki bunda olingan ko’nikma va malakalar ikki xonali va uch xonali songa ko’paytirish va bo’lishni o’zlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bir xonali songa yozma ko’paytirish va bo’lishni o’rganishga tayyorlash maqsadida bolalarning ko’paytirish amali bir xil qo’shiluvchilarni qo’shish ekanligi haqidagi bilimlar umumlashtiriladi, ya’ni a sonini v soniga ko’paytirish, a sonini v marta qo’shiluvchi qilib olish demakdir. Shu munosabat bilan 1ni 1ga ko’paytirish, nolga nolni ko’paytirish hollari kiritiladi va tegishli xulosalar ifodalanadi. Agar ko’paytuvchilardan biri 1 ga teng bo’lsa, u holda ko’paytma ikkinchi ko’paytuvchiga teng bo’ladi. Agar ko’paytuvchilardan biri nolga teng bo’lsa, nolga teng bo’ladi, ya’ni 1 · a = a; a · 1 = a; 0 · a = 0; v · 0 = 0. Yozma ko’paytirish usulini ochib berishga tayyorlash maqsadida yig’indini songa ko’paytirish qoidasini va ikki xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish usulini takrorlash kerak, uch, to’rt va undan ortiq sonlar yig’indisini ham har xil usullar bilan songa ko’paytirish mumkinligini ko’rsatish kerak. ko’paytirishning taqsimot xossasini o’quvchilar ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki ko’paytirishga tadbiq qila oladilar. Masalan: 234 · 3 = (200 + 30 + 4) · 3 = 200 · 3 + 30 · 3 + 4 · 3 = 600 + 90 + 12 = 702. Shundan so’ng o’quvchilarni bir xonali sonlarga yozma ko’paytirish bilan tanishtiriladi. Yozuvni ustun qilib yozilishini ko’rsatadi va shu misolning yechilishi to’liq tushuntirib beriladi. Ikkinchi ko’paytuvchini birinchi ko’paytuvchining birlari tagiga yozamiz va chiziq chizamiz. Chap tomonga ko’paytirish belgisini yozamiz. Yozma ko’paytirishni birliklardan boshlaymiz. 4 birlikni 3 birlikka ko’paytiramiz. 12 birlik hosil bo’ladi. Bu 1 o’nlik va 2 birlik, 2 birlikni birliklar tagiga chizamiz. 1 o’nlikni dilda saqlaymiz, 2 o’nlikni 3 ga ko’paytiramiz, 6 o’nlik hosil bo’ladi. 6 o’nlik va 1 o’nlikdan 7 o’nlikni hosil qilamiz. Uni o’nliklar tagiga yozamiz.3 yuzlikni 3 ga ko’paytiramiz, 9 yuzlik hosil qilamiz. 9 ni yuzliklar tagiga yozamiz. Ko’paytma 324•3,ya'ni 972 ga teng. To’liq tushuntirishlardan keyin qisqa tushuntirishlarga o’tiladi. O’quvchilar bundan keyin ham hisoblashlarning og’zaki usullarini unutib yubormasliklari uchun ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki va yozma ko’paytirish usullarini taqqoslashga doir misollar berish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarning o’zlari bu misollardan qaysinisi og’zaki va qaysinisini yozma yechish maqsadga muvofiq ekanini aniqlaydilar.Yechib bo’lganidan keyin yechish usullari taqqoslanadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ta’kidlanadi. O’quvchilar ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma ko’paytirishning umumiy holini o’zlashtirib olganlaridan keyin ular birinchi ko’paytuvchi bitta yoki bir nechta nollar bilan tugaydigan hollar bilan tanishtiriladi. Masalan: 150 · 4 = 15 o’n · 4 = 60 o’n = 60 800 · 7 = 8 yuz · 7 = 56 yuzlik = 5600 18000 · 3 = 18 ming · 3 = 54 minglik = 54000 27000 · 3 = 27 ming · 3 = 81 minglik = 81000 8100 3 2700 43 × - - - Bunday hollar hisoblashlarni osonlashtirish uchun ko’paytirishni ustun qilib yozish kerakligini o’qituvchi aytadi va bolalarga bir xonali sonni ko’p xonali songa ko’paytirishda 4 · 187, 8 · 184 ... misollarni yechishda ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasidan foydalanish mumkinligi ko’rsatiladi. Shundan keyin o’quvchilar o’lchov birliklarida ifodalangan ismli sonlarni bir xonali songa ko’paytirish usuli bilan tanishtiriladi. Buning uchun son oldin bir xil ismli maydaroq birliklarda ifodalanadi, so’ngra ismsiz sonlar ustida amallar bajariladi va topilgan natija yirikroq o’lchov birliklarida ifodalanadi: 8 kg 263 gr · 6 = 49578 gr 6 8263 = 49 kg 578 gr. Ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lishni o’rganishga tayyorgarlik maqsadlarida eng oldin o’quvchilar xotirasida bo’lish amalining ma’nosini, uning ko’paytirish bilan aloqasini tiklash kerak. Bo’lish ko’paytirish bilan bog’langan. 48 ni 4 ga bo’lish kerak, demak 4 ko’paytirganda 48 chiqadigan sonni topish kerak. Bu son 12 ga teng. Demak, 48 : 4 = 12. Shu munosabat bilan yana 1 va 0 bilan bo’lish qoidalari takrorlanadi. a : a = 1.a: 1= = a. 0 : a = 0. Ko’paytirish bilan bo’lish orasidagi bog’lanishni bilishdan keyinchalik bo’lishni ko’paytirish bilan tekshirishda ifodalanadi. Masalan: Bo’lish to’g’ri bajarilganini ko’paytirish bilan tekshiring: 95 : 19 = 5. Yozma bo’lishni o’rganish uchun nomerlashga oid malakalarni mustahkamlash kerak: har bir xona birligi sonni, har-bir xona birliklarining umumiy sonini, sonning yuqori xona birligini, sonning yuqori xonasi birligi nomi bo’yicha u belgilanadigan raqamlar sonini aniqlashni bilishi kerak. Bir xonali songa yozma bo’lish algoritmini o’zlashtirish maqsadida ko’p xonali sonni bir xonali songa og’zaki bo’lish usullari bilan tanishtiriladi. Bunda yig’indini songa bo’lish qoidasi nazariy asos bo’lib hisoblanadi. Masalan: 36963 : 3 = (30000 + 6000 + 900 + 60 + 3) : 3 = 30000 : 3 + 6000 : 3 + +900 : 3 + 60 : 3 + 3 : 3 = 12321.Shundan keyin bo’linuvchi qulay qo’shiluvchilari yig’indisi shaklida ifodalanadigan misollar yechiladi. 168 : 3 = (150 + 18) : 3=150 : 3 + 18 : 3 = 50 + 6 = 56. Bir xonali songa yozma bo’lish algoritmini bunday tushuntiriladi va ushbu maʼlumotlarni ôquvchilar ham yetarli darajada anglab yetishi orqali katta samaraga erishiladi.

Yüklə 55,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə