Mavzu: Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish. Reja



Yüklə 425,4 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü425,4 Kb.
#136492
  1   2
Muloqatchanlik sifatlarini tarbiyalash




Mavzu: Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish.
REJA:
1. Muloqot sifatlarini takomillashtirish.
2. Muloqot va uning ahamiyati.
3. Maktabgacha ta‘lim tashkilotida muloqotni rivojlantirish
vositalari va usullari
Maktabgacha davrdagi bolalik lingvistlarni shunisi bilan jalb qiladiki, bunda o‘rganilayotgan predmet (bola nutqi) lingvistik jihatdan ko‘p qirrali va qiziqarlidir. Lingvist olimlar fikriga ko‘ra, bola nutqiga oid har bir fakt kamida ikki yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin va shart: 1) «Kattalar tili» tomon borishdagi vaqtincha nutq sifatida (agarda so‘z innovatsiya haqida borayotgan bo‘lsa); 2) Bolaning avtonom til tizimi elementi sifatida, uning ichida bola muayyan funksional vazifaga ega bo‘ladi.
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologo-lingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisob lanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo‘ladi, bola nutqining ob'yektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo‘nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu «u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo‘lgan ko‘plab tashqi va ichki munosabatlar» (B.F.Lomov) hodisasini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq-til tizimi ko‘plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma'noni so‘zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya'ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashtiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar
Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o‘rganilishi favqulodda muhim bo‘lgan ushbu hodisaning o‘ta murakkabligi va ko‘p qirraliligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi…» (A.N.Leontyev).
Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o‘rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin.
N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o‘z ichiga
oladi.
N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir. Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi.
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3-4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish.Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so‘zlardan foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug‘atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan o‘zgartirishga va gapdagi so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalarcha usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid o‘z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirishBolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli -og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish.
Kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan, ulaming asosiy ko'zlagan maqsadlaridan biri — o'zaro bir-birlariga ta ’sir ko'rsatish, ya’ni fikr-g'oyalariga ko'ndirish, harakatga chorlash, ko'rsatmalarni o'zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta ’sir — bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xattiharakatlariga ta ’sir ko'rsata olishdir. V. Karimovaning fikricha, psixologiyada, psixologik ta’siming uch vositasi farqlanadi:
1. Verbal ta ’sir — so'z va nutqimiz orqali ko'rsatadigan ta ’sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so'zlardir. Nutq — so'zlashuv, o'zaro muloqot jarayoni bo'lib, uning vositasi so'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o'zidagi barcha so'zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta ’sirchan so'zlami topib, sherigiga ta’sir ko'rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir — nutqning atrofidagi uni bezovchi, kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to'xtashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do'stim iz bizga biror narsani va’da berayotgan bo'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’siming ma’nosi “nutqsiz”likdir. Bunga suhbatdoshlarning ttiakonda bir-birlariga nisbatan tutgan o ‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantom im ika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko'ra, birinchi m arta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harakatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta’sirga ega bo'lishi sheriklaming rollariga bog'liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta ’sir ko'rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o'm idan turib kutib oladi, quyuq so‘rashadi, keyin maqsadga o'tadi. Ta’siming adresati — ta ’sir yo'naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskoming suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo'lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo'lsa, u tashabbusni o'z qoiiga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo'ladi.
Kommunikativ jarayonda o'zaro aloqa to'rt bosqichni bosib o'tadi:
1-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-biriga yo'nalishi.
2-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-birini aks ettirishi.
3-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-biriga axborot uzatishi.
4-bosqich: muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi aloqaning tugatilishi.
Masalan, avtobusda kelayotgan A ning oldidagi bo'sh o'rindiqqa В o'tirish uchun tayyorlanmoqda. В aw al A ga qaradi. A o'z navbatida В ga razm soldi (tom onlar bir-biriga yo'naldi). A esa В ning tashqi ko'rinishida hech qanday xavotirga soladigan belgilar yo'qligini ko'rdi. В ham A ning hech qanday yoqimsiz belgilari yo'qligini payqadi (tomonlar bir-birini aks ettirdi). В o'tirdi. A o'z navbatida В ning unga xalaqit bermayotganligini yuz ifodasi yoki so'z bilan bildirdi. В ham A ning biroz surilganligiga yuz ifodasi yoki so'z bilan tashakkur bildirdi (tom onlar axborot almashdi). A o'qib kelayotgan kitobiga e ’tiborini qaratdi. В o 'z xayollariga berildi (aloqa tugatildi). Biror sabab tufayli aloqani tugatishga hali erta bo'lsa, individ ikkinchi bosqichga qaytadi, undan uchinchi bosqichga o'tadi. Aloqa tugatilmaguncha bu jarayon davom etaveradi.
1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum sifatida munosabatda bo'lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi, xalaqit berayotgan bo'lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi.
2. Manipulativ daraja — unda muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb biladi va uni yengishga harakat qiladi. Manipulator ongli yoki ongsiz ravishda moddiy yo psixologik manfaatni ko'zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi ustidan g'alaba qozonishga urinadi. M anipulativ darajaning m uhim belgisi shuki, unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo'ladi.
3. Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud bo'ladi. Bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada muloqot ishtirokchilari o'rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: «nol niqob» — «men sizga tegmayapman, siz ham menga tegmang», degan befarqlik niqobi, «ylbars niqobi» — «menga tegib ko’ringchi» degan m a’noni anglatuvchi qo'rqitishga qaratilgan niqob, «quyon niqobi» — «menga tegmang, men juda kuchsizman» degan m a’noni anglatuvchi niqob, «masxaraboz niqobi» — «men hech narsani bilmayman, menga tegishning hojati yo'q» degan m a’noni anglatuvchi, o'zini anqov, go'l qilib ko'rsatishga harakat qiluvchilar niqobi Muloqotning o'rta darajasi quyidagidan iborat: Konvensional daraja — bu daraja quyi va yuqori darajalar oralig'idadir. Unda ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman bo'lsa-da ochiqlik (suhbat ro'y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo'ladi. Konvensional darajadagi muloqot to'laqonli, suhbatdosh haqida qayg'urish, uning o'rniga o'zini qo'yishga tayyorlik vujudga keladigan muloqotdir. Muloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat:
1. Ishchan daraja — unda suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo'ladi. Ishchan darajada suhbatlashib insonlar o 'z munosabatlarining moddiy natijalariga ega bo'ladilar, ular o'rtasida ancha barqaror ishonch va bog'lanish hislari shakllanadi. Yoki juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin.
2. O‘yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g'araz maqsadlami ko'zlamaydigan qiziqish mavjud bo'ladi. 0‘yinli darajada muloqot ishtirokchilarining bir-biriga bo'lgan qiziqishi ancha yuqori bo'ladi, tom onlar o‘zini juda ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir-birining «rolini» o'yngydi. Bu daraja pedagogik muloqot uchun ancha samarali.
Ma’naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. Unda suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmatga sazovor xislatlar egasi, betakror ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu xislatlar suhbatdoshga nisbatan iliqlikni uyg'otadi, u bilan bo'lgan muloqot unutilmas darajaga yetadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali muloqot sub'yekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak-xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan muloqotga kirirish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta'siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqinli qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf -molflar», «o‘yin-po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Qulay shart-sharoitlarda muloqotning uchinchi yiliga kelib bola kattalar bilan muloqotda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z tassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida («Mustaqillik» maydoniga, hayvonot bog‘iga uyushtirilgan sayohat, Qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish v a z i f a l a r i : Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zahirasini asta-sekin kengaytirib borish.
Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish.
Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta harakatdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish («koptokni ol va menga uzat»).
Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish. Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-hohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik ob'yektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.
Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari
Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash.
Lug‘at. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
Lug‘atni so‘zlar bilan - kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qimslarining nomlari (ko‘ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g‘ildiriklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish.
Nutqning grammatik qurilishi. Bildirilgan fikrlarni grammatik rasmiylashtirishni, ya'ni so‘zlarni o‘zgartirish (soni, kelishigi va vaqtiga qarab), ularni gapda kelishtirish, kichraytiruvchi-erkalovchi nomlarni, tugallangan va tugallanmagan fe'llarni vujudga keltirishni o‘zlashtirishga ko‘maklashish.Nutqning tovush madaniyati. Bolalarga unlilarni va oddiy undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni mashq qildirish. Tovushga taqlid qilishga oid so‘zlardagi tovushlar bilan mustaqil o‘yinlarni va o‘yin harakatlarini turli xil tovushlar bilan kuzatib borishni qo‘llab-quvvatlash.
Tovush taqlidiga qarab personajlarni tanib olishni o‘rgatish.
Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh)
Ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga ko‘ra o‘ziga xosdir: ushbu davrda bola tilga, uning tovush va mazmun jihatlariga yuqori darajada beriluvchan bo‘ladi. Tilni boyitish muomalada va o‘z faoliyatida vujudga keladigan yangi vazifalar bilan rag‘batlantiriladi, va o‘z navbatida ularning yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Ushbu yoshda nutqning asosiy irsiy vazifasi - aloqa funksiyasi, ijtimoiy aloqalar va atrofdagilarga ta'siridan iborat. O‘yin faoliyatini rivojlantirish, predmetli-manipulyativ va individual syujetli-aks ettirish o‘yinlaridan birgalikda-rolli, syujetli-rolli o‘yinga o‘tish munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu esa nutqiy faoliyatga qo‘shilishning yangi usullariga - fikr bildirishga - bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib keladi. Fikr bildirishning yangi vazifaviy turlari: o‘z o‘yin faoliyatini sharhlovchi, sherik xulqini tartibga soluvchi, yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taqsimlovchi turlari paydo bo‘ladi.
Bolalar jilmayish, kulgi, ifodali harakatlar, ko‘z urishtirishlar kabi kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq faoliyati odatda muvofiqlashtirilgan bo‘ladi. Bolalar bir-birining oldida ovoz chiqarib gapiradilar va ko‘pincha qo‘shnisining gapiga e'tibor bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda ifodalanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda vaziyatga asoslangan nutqning (faqat muayyan vaziyatga nisbatan tushunarli bo‘lgan) mutlaq hukmronligidan nutqning vaziyatli va matndan kelib chiquvchi (ko‘rgazmali vaziyatdan alohida tarzda)vositalarini mos tarzda qo‘llashga o‘tish ro‘y beradi.
Ikki yoshga kelib fonematik tinglash qobiliyati yangi ko‘rinishda shakllanadi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o‘z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish kirita olish, so‘zdagi umumiy va turlicha tovushlarni ajrata olish (anglay olish) qobiliyati shakllanadi (3-4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan qatordagi bir xil tovushlarni eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta so‘zni tanlay olish, so‘zni berilgan tovushni ta'kidlab ko‘rsatgan holda talaffuz qilish, ajratib ko‘rsatilgan tovushni tinglash). Besh yoshga kelib esa tovush talaffuzini o‘zlashtirish asosan nihoyasiga yetadi. Talaffuzdagi faqat ayrim xatoliklar uchraydi: «sh»li so‘zlar har doim ham aniq aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. Lug‘at atrof-muhitda o‘z yo‘lini to‘g‘ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi. Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob'yektlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishadi va bir vaqtning o‘zida ularning nomlarini bilib oladi. Lug‘at nutqning turli qismlari nomlari (ot, fe'l, sifat), umumlashtiruvchi so‘zlar (o‘yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va antonimlar (qarama-qarshi ma'noli so‘zlar) bilan to‘ldiriladi.Bola ko‘rgazmali vaziyatga qaramasdan so‘zlardan foydalanishni o‘rganadi. Buyumlar va hodisalar, ularning munosabati va aloqalari to‘g‘risida ko‘p sonli savollar beradi. Fe'llarning faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe'llardan foydalanish nutqqa sur'at baxsh etadi, bayoniy tusdagi qisqa matnlarning tug‘ilishi uchun sintaktik asos yaratadi.Nutqning grammatik qatorini shakllantirish lug‘atni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Bola har bir yangi so‘zni o‘zlashtirar ekan, uni to‘g‘ri o‘zgartirishni, gapdagi boshqa so‘zlarga moslashtirishni, ular o‘rtasida so‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rnatishni o‘rganadi (o‘rdak-o‘rdakcha, qant-qanddon). Oddiy gap tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar, bevosita va bilvosita nutqlar gaplar faol qo‘llaniladi. Bolalarni tilni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalar usulidan (tovushlar, qofiyalar, so‘z ijodkorligi o‘yinlari) foydalangan holda o‘rganadilar. So‘z bilan o‘ziga xos tarzda sinov o‘tkazish, tovush bilan o‘ynash, so‘z shakllarini «ushlab ko‘rish» bolalar tomonidan yasalgan, kattalar lug‘atida mavjud bo‘lmagan so‘zlar va shakllar sonining keskin oshishiga olib keladi. Bu qonuniy jarayon butun nutq rivojining borishi uchun o‘ta foydalidir.
Nutqiy rivojlanishda individual farqlar doirasi keng. Ilk rivojlanish bosqichida bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo‘lib, ko‘p savollar beradilar (nima uchun, nega), tanish ertaklarni jon deb aytib beradilar, o‘yinlar to‘plami, suratlar bo‘yicha kichik hikoyalar to‘qiydilar, bilishga ishtiyoqmand ekanliklarini namoyish etadilar, quvnoq so‘zlar va qofiyalar o‘ylab topadilar. Ular tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yinlarda nutqni faol qo‘llaydilar.
Nisbatan sust bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbus ko‘rsatmaydilar, biroq ular kattalarning suratlarni ko‘rish, yangi o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, uydagi ana shunday o‘yinchoqlar to‘g‘risidagi savollarga javob berish haqidagi takliflariga ishtiyoq bilan javob beradilar. Tengdoshlari bilan birgalikda o‘yinlarni yo‘lga qo‘yar ekanlar, bunday bolalar ko‘pincha muloqotning so‘zsiz vositalarini qo‘llaydilar. Ular pedagogni undash uchun tovushlar va so‘zlar bilan o‘ynaydilar(muammoli o‘yin vaziyatlarida).
Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy).
So‘nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.Verbal bosqichgacha bo‘lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi, ovoz munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - rivojlanishning nutq bosqichiga o‘z vaqtida o‘tishning muhim shartidir.Bolaning faol nutqqa o‘tishi paytida uning nutqini rivojlantirishga oid ko‘p sonli tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, ushbu asosiy qoidalarni bayon qilamiz.Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o‘z faol nutqini shakllantirish. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish chog‘ida nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish muddati va sur'atlaridagi individual farqlar juda sezilarli bo‘ladi, odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo bo‘ladi.
Bolaning o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar bilan muloqotga ehtiyoji nutqni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlantirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi vazifasidir.
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi.
Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, hamtomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Sahnalashtirish o‘yini – bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning syujetli-rolli o‘yinlaridir.
Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalarga birinchi navbatda, o‘z nutqida ertak matnidan chetga chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so‘zlashuv nutqi me‘yorlaridan chekingan xollardagina to‘g‘rilaydi; o‘yin chog‘ida fonetik xatoliklarga yo‘l qo‘yilganida uni to‘g‘rilash shart emas.
Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o‘yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko‘zlagan
maqsadi – o‘z tinglovchi do‘stlarining ko‘nglini olishdir; bu tomoshada bolalar teatr kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar.
Qo‘g‘irchoq teatri – bu syujetli «rejissyorlik» o‘yinning har xil turlaridir: bolalar bir vaqtning o‘zida oddiy o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo‘l barmoqlariga kiyiladigan qo‘g‘irchoqlar, suratlar qirqimlari va x.k.)ni asar qahramonlari rolini o‘ynashga majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar.Qo‘g‘irchoq tearti shakli quyidagilardir: o‘yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, «barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf.
Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘g‘irchoq teatri turlari maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar nutqini faollashtiruvchi metodik vositalar sifatida foydalaniladi: bolalar pedagog yordamida, katta guruhlarda esa o‘zlari mustaqil ravishda qo‘g‘irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so‘zlaydilar va shu tariqa o‘zlarining nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Sahnalashtirish o‘yini – maktabgacha yoshdagi har qanday bolaning teatrlashtirilgan chiqishidir.Bolalarniing og‘zaki nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirishining borishiga qarab, ularning savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo‘ldib borishi lozim.Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og‘zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog‘liqdir.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan javob berishlari mumkin (Sizga ertak yoqdimi – Xa.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to‘g‘ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Baxorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? Bu xaqda aytib bering».Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‘rtog‘ingizdan chiroyliroq javob bera oladi»). Zarur holatlarda pedagog qo‘yilgan savolga keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin.Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.

Yüklə 425,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə