Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 72,3 Kb.
səhifə1/9
tarix07.05.2023
ölçüsü72,3 Kb.
#108861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amirova Munisa kurs ishi




Mavzu: Odobnoma darslarida xalq og’zaki ijodini o’rganish.
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
I. Bob. Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsligidagi xalq og`zaki ijodi asarlari mundarijasi va ularni o`rganishning nazariy-metodik asoslari.
1.1Boshlang`ich sinflarda xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganishning nazariy-metodik asoslari.

    1. Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarining mazmun-mundarijasi.

II Bob. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalashda xalq og`zaki ijodi asarlaridan foydalanish.
2.1 Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalashda ertaklardan foydalanish.
2.2 Xalq maqollarini o`qish orqali o`quvchilarda ma’naviy barkamollikni shakllantirish.
2.3 Boshlang`ich sinflarda latifalarni o`rganish orqali o`quvchilarda insoniy fazilatlarni shakllantirish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mamlakartimizda mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun, ularning qobiliyat va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997-yil avgustda qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida” gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobilyatli, zamonaviy ilim va kasb-hunarni mukammal egallagan, o`zining shaxsiy fikriga ega vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko`zda tutilgan.
Yurboshimizning fikirlari ham yosh avlodni boshlang`ich siniflardayoq ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Ma’lumki, boshlang`ich ta’lim insonning bilim va tarbiya olishida poydevor vazufani o`taydi. Boshlang`ich siniflardagi ona tili ta’limi sohasining asosiy maqsadi bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda og`zaki va yozma nutqini hamda tafakkurini o`stirish, ularni shaxs sifstida shakillantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga bo`lgan qiziqishni o`stirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobilyatlarini o`stirish hisoblanadi. Bolararni aqliy va nutqiy qobilyatlarini muvaffaqiyatli o`stirish kelgusida fanlarni puxta o`zlashtirishga imkonyat yaratadi. Ayniqsa, “O`qish va nutq o`stirish” dasturi asosida tashkil qilinadigan boshlangich sinif o`qish darslari o`quvchilarni har tomonlama rivojlangan ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda alohida o`rin tutadi.
Boshlangich sinif “Odobnoma kitobi “ darslarida turli badiiy va ilmiy ommabop asarlardan hamda xalq og`zaki ijodidan namunalar berilgan. Jumladan, darsliklar orqali boshlang`ich sinif o`quvchilari A. Obidjon, A. Oripov ,X. Nazir, A.Avloniy, M. A’zam, X. To`xtaboyev, M. Raxnon, G`ayratiy, S. Anorboyev, S. Jo`ra, G`. G`ulom, Oybek, Safo Ochil, M. Murodov kabi bir qator o`zbek adabiyoti vakillari, shoir va yozuvchilarining asarlari bilan hamda xalq og`zaki ijodiga mansub asarlar: ertak, maqol, topishmoq, latifa, dastonlar bilan yaqindan tanishdilar.
Boshlang`ich sinf “Odobnoma kitobi” darsligida berilgan xalq og`zaki ijodiga mansub materiallarni o`qish jarayonida o`quvchilar nafaqat o`zbek xalqining o`lmas ma’naviyat buloqlaridan bahramand bo`ladilar, balki o`zlari ham sevib o`qigan ertak- dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to`g`riso`z, mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo`lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar; ezgulikni hayotdagi o`rnini bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakillanishiga yordam beradi.

Yüklə 72,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə