Mavzu: O‘lcham qo‘yishga doir misollar Tayanch so`z va iboralar



Yüklə 44,38 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü44,38 Kb.
#163736
  1   2
AvtoCAD O‘lcham qo‘yishga doir misollar


Mavzu: O‘lcham qo‘yishga doir misollar


Tayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element.

Olmani chizmaga qo‘yish juda ham qulay bajariladi, chunki chizmani chizish paytidayoq o‘lchamlari berib chizilgan bo‘ladi.


Chiziqli va parallel razmer qo‘yish tartibi quyidagicha: buyruq berilgach o‘lcham qo‘yiladigan ikki nuqta ketma-ket «sichqoncha» bilan ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘lchamning detal kontur chizig‘idan uzoqlik masofasi ko‘rsatiladi.
Yoy uzunligi, radius va diametr o‘lchamini qo‘yish uchun buyruq berilgach ob’yekt ko‘rsatiladi so‘ngra ob’yektdan o‘lcham­gacha (yoy uchun) yoki o‘lchamning joylashish o‘rni (radius va diametr uchun) ko‘rsatiladi.
Burchak o‘lchami qo‘yish uchun avval kesishuvchi ikki chiziq ko‘rsatiladi so‘ngra burchakdan o‘lchamning uzoqligi ko‘rsatiladi.
Chizmaga qo‘yiladigan o‘lchamlarning asosiy turlari 11-rasmda keltirilgan.

chiziqli o’lcham



bazoviy o’lcham

burchak o’lchami



zanjirli o’lcham

radius

diametr

parallel o’lcham

yoy o’lchami

11-rasm.



Chizmaga o‘lchamni Размеры jihozlar paneli orqali qo‘yish juda qulay. U yerda har bir o‘lcham turi uchun o‘z piktogrammasi (tugmachasi) mavjud. Quyida shu piktogrammalar rasmi va ularning qisqacha vazifasi keltirilgan.



Tug­ma

Vazifasi



chiziqli o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan o‘lcham qo‘yadi. Ya’ni chiziq proyeksiyalarining o‘lchami;



parallel o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga chiziqqa parallel o‘lcham qo‘yadi;



yoy o‘lchami, ko‘rsatilgan yoy uzunligining o‘lchamini qo‘yadi. O‘lcham qiymati oldiga  belgisini qo‘yadi;



ordinata, ko‘rsatilgan nuqta uchun x yoki u o‘qiga nisbatan koordinatani ko‘rsatadi;



radius, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. O‘lchamning o‘rnini foydalanuvchi o‘zi tanlaydi;



siniq radius, yoy yoki aylanani va uning mavhum markazini ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. Agar haqiqiy markaz ko‘rsatilsa oddiy radius o‘lchamini ko‘yadi;



diametr, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida  belgisi yoziladi;



burchak, ko‘rsatilgan ikki chiziq orasidagi burchak o‘lchamini ko‘rsatadi, o‘lcham birligi gradus belgisi qo‘yiladi.



tez o‘lcham, bir necha ob’yektlarlarni belgilab bir yo‘la o‘lchamlarini qo‘yish. Belgilanadigan ob’yektlar bir tipda bo‘lgani ma’qul



bazoviy o‘lcham, ko‘rsatilgan nuqtalar o‘lchamini birinchi nuqtaga nisbatan tagma-tag qo‘yib beradi;



zanjirli, ko‘rsatilgan nuqtalar orasidagi o‘lchamni yonma-yon qo‘yib beradi;



chiqaruv yozuvi, chiqaruv chizig‘i chiziladi so‘ngra chiziq yoniga yozuvi yoziladi;



dopusk belgilari va qiymatlari tanlab qo‘yiladi;



marker, aylana markaziga markaz belgisi (kesishuvchi chiziq) qo‘yadi;



o‘lcham yozuvini ma’lum burchakka burash yoki o‘lcham chiqaruv chiziqlarini siljitish;



o‘lcham yozuvining o‘rnini o‘zgartirish;



qo‘yilgan o‘lcham qiymatlarini yangilab olish;



o‘lcham stili, yaratilgan stilni o‘lchamga qo‘llash;



o‘lcham stilini o‘zgartirish yoki yangi stillar yaratish;

Qo‘yim (допуск) o‘lchamlarini qo‘yishda muloqat oynasi chiqa­di. Oynadan kerakli qo‘yim belgilari tanlanib, qiymatlari yoziladi (12-a, rasm). So‘ngra chizmada ko‘rsatilgan joyga tanlangan qiymatlar qo‘yiladi (12-b, rasm).




Yüklə 44,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə