Mavzu: “Ona tabiatni e’zozlang”



Yüklə 7,53 Kb.
tarix24.04.2018
ölçüsü7,53 Kb.
#39913

Mavzu: “Ona tabiatni e’zozlang”

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga O’zbekiston faunasi va florasi haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy: O’quvchilarda ona tabiatga hurmat ruhini tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: Ekologiyani asrash inson hayotini asrash demakligini uqtirish

Yangi mavzu bayoni:

Atrof – muhitini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishda muvozanatni saqlash hozirgi zamonning eng dolzarb muommolariga aylanmoqda. Bugun sayyoramizda kuzatilayotgan iqlim o’zgarishi, suv resurslari taqchilligi, biologik xilma – xillikning kamayishi, tuproq yemirilishi butun insoniyatda katta tashvish uyg’otmoqda. Shu sababli xalqaro hamjamiyat tabiiy resurslarni saqlash, tabiatni asrab – avaylashga qaratilgan say’ - harakatlar kuchaytirmoqda.

Ushbu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan nufuzli tashkilotlardan biri – 1991 yilda tashkil qilingan Global ekologik jamg’armadir. Mustaqil moliya tashkiloti bo’lgan va dunyoning 182 mamlakatini birlashtirgan ushbu jamg’arma rivojlanayotgan hamda iqtisodiy o’tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga atrof – muhitni muhofaza qilish borasida grantlar taqdim etmoqda. Jamg’arma tomonidan bioxilma – xillikni saqlash, iqlim o’zgarishi, tuproq yemirilishi, azon qatlami parchalanishi, zararli moddalar chiqarilishiga qarshi kurash bilan bo’g’liq loyihalar moliyalashtiriladi.

Seminarda BMT Konvensiyalari va Global ekologik jamg’armaning 50 nafardan ortiq milliy muvofiqlashtiruvchisi, Shvetsariya, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ekspertlar, taniqli olimlar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillari qatnashmoqda.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi rahbari V. Chub, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari K. Sodiqov va boshqalar mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahbarligida ekologik barqarorlikni saqlash borasida muhim va izshil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.

Davlatimiz rahbarinijng tashabbusi bilan mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro me’yorlarga to’liq javob beradigan milliy qonunchilik shakllantirilgan va u takomollashtirib borilmoqda. Maqsadli davlat dasturlari, milliy harakat rejalari amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008 – 2012 yillarda O’zbekiston Respublikasining atrof – muhitini muhofaza qilish ishlari dasturi to’g’risida”gi qarori bu boradagi faoliyat ko’lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

  • Global ekologik jamg’arma Kengaytirilgan okrugining navbatdagi seminarini o’tkazish uchun O’zbekistonning tanlangani bejiz emas, - dedi Global ekologik jamg’armaning tashqi munosabatlar bo’yicha direktori Uilyam Elers. – Mamlakatingizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy tizimlar va biologik resurslarni himoya qilish, tabiiy boyliklarni asrab – avaylash sohasida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Hamkorligimiz doirasida ko’plab dastur va loyihalar qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda O’zbekistonda jamg’arma tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati 11 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz umumiy qiymati 51 million dollar ortiq mintaqaviy loyihalarni hayotga tadbiq etishda ham ishtirok etmoqda. 10 yilga mo’ljallangan “Yer resurslarini barqaror boshqarish bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabbusi” loyihasi shular jumlasidandir. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Orol dengizi Havzasida ekologik tanazzul darajasini kamaytirish imkonini beradi.

Seminar ishtirokchilariga Global ekologik jamg’armaning tarixi, tuzilmasi va imkoniyatlari, resurslarni oshkora taqsimlash tizimi (STAR), shuningdek, jamg’armaning moliya resurslari umumiy miqdori 4,2 milliard dollardan oshadigan beshinchi sikli haqida ma’lum qilindi. Bu mablag’lar butun dunyoda atrof – muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq loyihalarni amalga oshirish uchun aajratiladi. Shuningdek, mehmonlar Global ekologik jamg’armaning O’zbekistonda amalga oshirilyotgan loyihalar bilan tanishadi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzu yuzasidan matn (konspekt) yozib kelish.
Yüklə 7,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə