Mavzu: Oq amur va do’ngpeshona baliqlarning morfologik belgilari haqida ma’lumot



Yüklə 2,1 Mb.
tarix31.03.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#103785
6 Oq amur va do’ngpeshona baliqlarning morfologik belgilari haqida ma’lumot


Mavzu: Oq amur va do’ngpeshona baliqlarning morfologik belgilari haqida ma’lumot

I Kirish
II Asosiy qism


1.1 oq amurning-ctenopharyngodon idella (valen) biologik ta`rifi

    1. taksonomik xususiyati

1.3. morfologikko`rsatkichlari
1.4 Oq do`ngpeshananing-hypophthalmichthys molitrix(valen) biologik ta`rif
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar royhati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Baliq ovlash va akvakultura oziq-ovqat ishlab


chiqarishning asosiy qismi bo`lib hisoblanadi. Baliq va baliq mahsuloti sifatli oqsilga, vitamin A va D ga boyligi bilan ajralib turadi. Dunyo bo`yicha baliq iste`mol qilish o`rtacha 16,6 kg/yilni tashkil qiladi.O`zbekiston suvliklaridan 1991-yilda 27 ming tonna baliq ovlangan bo`lasa, 2006-yilda bor yog`I 7200 t baliq ovlangan. Natijada baliq iste`mol qilish jon boshiga 5-6 kg/yilga tushib qolgan. Ammo respublika aholisi tibbiyot xodimlarining maslahatlaricha 12 kg/yil baliq iste`mol qilishlari kerak.
O`zbekiston qishloq va suv xo`jaligi vazirligi 2007-yil iyul oyida BMT huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi xavfsizligi masalasi bilan shug`ullanadigan( FAO) tashkilotiga murojaat qilib O`zbekistonda baliq ovlash va akvakulturani rivojlantirishni qo`llab-quvvatlashlarini bildiradi. Shu munosabat bilan FAO TSP /UZB/3103(D) texnikaviy hamkorlik dastur loyihasi tuzildi, hamjihatlik strategiyasini-baliq ovlash va akvakulturani O`zbekistonda mustahkam rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.Dastur O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Suv muammolari instituti, o`simlik va hayvonlar genafondi instituti tomonidan tasdiqlandi.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003-yil 13- avgust №350 qarori qabul qilindi. Baliqchilik sohasida demonopolizatsiya va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida qarorga asosan Buxoro viloyatida noyabr oyidan boshlab barcha suvliklar xususiylashtirildi. Buxoro viloyatidaDengizko`lmaydoni 35 ming/ga, Qora Qir maydoni 27 ming/ga, Og`itma-14,2 ming/ga, Xaticha-10ming/ga, Zamonbobo-8,2 ming/ga, Devxona -1700 ga, Zikri-2000 ga, Qumsulton-3,5 ming/ga kabi tabiiy ko`llar va 1ta Sho`rko`l suv ombori-maydoni 2,5 ming/ga mavjud. Ularning umumiy maydoni 100 ming/gad an ortiq. Tabiiy suvliklar 17 ta MCHJ baliqchilik korxonalari ixtiyoriga topshirildi. Tabiiy suvliklardan bor yog`I 220 tonna yoki 2,2 kg/ga baliq mahsuloti olingan. Bu ko`rsatkich respublika miqyosida 18 kg/ga ni tashkil qiladi. 2014-yil 27-noyabrda viloyat MCHJ va baliqchilik fermer xo`jaliklarining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishni viloyat hokimining birinchi o`rinbosari Umarov M.A. o`tkazdi. Yig`ilish qattiq tanqid asosida o`tdi. 2015-yildan boshlab tabiiy suvliklardan 8 kg/ga va akvakulturadan 15 ka/ga baliq mahsuloti olish bosh vazifa qilib qo`yildi. Demak, tabiiy suvlik lardan 1000 tonnagacha, akvakultura sharoitida esa 2000 tonnagcha baliq mahsulotlari yetishtirish vazifa qilib belgilandi. Tabiiy suvliklardagi ozuqa zahirasidan oqilona foydalanishning yakka-yu yagona yo`li bu-qo`shimcha baliqlantirishdir. Bizga ma`lumki tabiiy suvliklarning biomeliorativ holatini yaxshilash maqsadida o`simlikxo`r baliqlardan foydalaniladi. Ayniqsa oq amur kanallarni, tabiiy suvliklarni yuksak suvo`tlardan( qamish, lux, qo`g`a, rdest, urut, xara, shoxbarg) tozalab suvlikning biomeliorativ holatini yaxshilaydi. Oq do`ngpeshana esa suvdagi mikroskopik suv o`tlari iste`mol qilib suvlikning evtroflanishini oldini oladi. O`txo` r baliqlarn ing ikkinchi ijobiy tomoni ularni yuqori baliq mahsuldorligiga ega. O`txo`r baliqlar reofill xususiyatga ega bo`lganligi sababli to`xtagan yoki sekin oqadigan kanal, zovurlarga o`z tuxumini qo`ymaydi. Ularni tuxum qo`yishi uchun ko`l, suv ombor, zovur, kanallardan daryoga chiqishiga to`sqinlik qiladigan katta katta to`siqlar mavjud. Shu sababli o`txo`r baliqlardan nasl olib tabiiy suvliklarni baliqlantirish uchun inkubatsion sexdan foydalaniladi. Sex sharoitida o`txo`r baliqlardan inyeksiya usulidan foydalanib chavoq olish usulini o`zlashtirish ishning dolzarbligi hisoblanadi.Oq amurning biologik xususiyatlari-Ctenopharyngodon idella(Valen)
. Taksonomik birliklari:turkum Cypriformes –karpsimonlar, oila-Cyprinidaekarplar, urug`-Ctenopharyngodon Steindochner idella(Valencicnnes)-oq amur (Berg , 1949)Tarqalishi : tabiiy tarqalish zonasi Osiyo daryolari havzalari, Tinch okeaniga daryo irmoqlari, Xitoyning markaziy, janubiy, shimoliy qismlarida, Rossiyaning Amur daryosida. Oq amur balig`I Xitoy faunasiga tegishli hisoblanadi. (Nikolskiy, Verigin 1966) Oq amur akvakultura obyekti sifatida iqlimlashtirildi, yuksak suv o`tlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan dunyo miqyosida keng tarqalgan. O`zbekistonda uning chavoqlarini birinchi bo`lib 1960-yillarda Moskva Davlat Universiteti, Ixtiologiya va gidrobiologiya kafedrasi olimlari G.V.Nikolskiy, V.B.Verigin, V.V.Vinagradov, I.A.Komilov tomonidan GZRP Toshkent viloyati Yangiyo`l tumaniga keltirilgan. Asosan shimoliy Xitoydan Amur basseyenidan keltirilib, hozirgi Baliqchidagi Chirchiq baliqchilik xo`jaligida boqilgan. T.B.Salixov 1984 –yil Amudaryoda, 1990-yil A.A.Amonov Janubiy O`zbekiston suvliklarida, Amudaryoda, 1984-yil B.H.Haqberdiyev quyi Amudaryo suvliklarida oq amur chavoqlarini kuzatishgan. b) marfologik ko`rsatkichlari: oq amur juda tez o`sadigan baliq. Amur daryosida uzunligi 120 sm, og`irligi 32 kg (Berg, 1949),Sirdaryo daryosida uzunligi 112 sm, og`irligi 120 kg gacha uchraydi(T.B.Salixov). 1990-yil ABMK kanali dvoynik yaqinida Hamza nasos stansiyasidan Yoshi 12+, uzunligi 91 sm, og`irligi 12,8 kg bo`lgan oq amur ovlab o`lchangan. (Niyozov,1990), ichidagi ikra og`irligi 1,2 kg (Mart.12.1990). Oq amurning tanasi torpedasimon, tangachasi katta sikloid tipda. O`ng jabra yoyida
jabra ustunchalarining soni 15, yon chiziqdagi tangachalar soni quyidagicha:

Oq do`ngpeshana boshqa karpsimonlar singari jinsiy voyaga yetgunga qadar o`sishdan to`xtamaydi. Lekin adabiyotlardagi ma`lumotlarga qaraganda 2+, 4+ yoshda nibatan tez o`sadi. Keyinchalik 5+, 6+ yoshlarda nisbatan sekinlashadi. “Zarafshon” hovuz baliqchilik xo`jaligi sharoitida 5+ yoshda voyaga yetadi. Serpushtligi. 3-5 yoshda, uzunligi 72-80 sm, og`irligi 6000-8500 g kattalikdagi zotlar asosan inkubatsion sexda nasl olish uchun ishlatiladi. Inkubatsion absalyut serpushtlik 980-1800 (o`rtacha 1580 140,5) uvildiriq. Ishchiserpushtlik-iyun oyida 750-800 g/ona baliq uchun yoki o`rtacha 800-1500 uvildiriq.3-4 yoshli ona zotlarda 100-300 g ni tashkil qiladi. Ishchi serpushtlikning eng yaxshi ko`rsatkichi 6-8 yoshda namayon bo`ladi. O`simlikxo`r baliqlar orasida serpushtligi bilan (800-1500 uvildiriq) oq do`ngpeshana ajralib turadi. Bulardagi uvildiriq massasi 0,7-1,1 kg bir ona baliqdan olinadi. Agar iqlim qulay kelsa(23-23 C) bir mavsumda 3-4 marta inkubatsion sex sharoitida nasl olish mumkin.


II bo`lim


Material va uslub.
a)gipofiz olish texnalogiyasi.
Buxoro viloyati tabiiy suvliklari stagnofil ya`ni to`xtagan, kam oqadigan suvlar bo`lganligi sababli o`simlikxo`r baliqlar(oq amur, oq do`ngpesha) uvildiriq tashlamaydi. Chunki bu baliqlar reofil(daryo baliqlari) bo`lganligi sababli tabiiy ko`payish sharoiti yo`q. to`xtagan suvliklarda yashaydi, o`sadi, lekin ko`payish davrida daryoning yuqori qismiga ko`tarilishi kerak. Masalan, To`dako`l suv omboridan chiqmoqchi bo`lgan baliqlar ko`plab to`siqlarga uchraydi, shu sababli o`simlikxo`r baliqlardan nasl olish inkubatsion sex sharoitida amalga oshiriladi. Buning uchun karpsimon baliqlardan (lesh, zog`ora, karp, do`ngpesha, karas) gipofiz olinadi. Gipofiz tayyorlash uchun quyidagi qaydlarga amal qilish kerak.
1-jinsiy voyaga yetmagan baliqdan gipofiz olinmaydi.
2-nerstdan keyin darhol gipofiz olinmaydi. Gipofiz tayyorlashning eng yaxshi davri nerestgacha bo`lgan davrdir. Gipofizni ikralari yetilishning 4-bosqichidabo`lgan baliqlardan olish kerak.
3-har bir baliqdan olingan gipofiz alohida idishlarda saqlanishi kerak.
Gipofiz tayyorlash uchun baliq bosh qutisi ochiladi. Buning uchun maxsus
stol tayyorlanadi(iloji boricha yog`och). Stol balandligi 65-70 sm, eni esa 1,0 metr.Asboblardan ko`z va stamotologiya pinseti, gistologik kurakcha, lansetsimon scalpel zarur. Baliq bosh qutisi ochilganidan keyin uzunchoq miya sohasida oq dog`-biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan parda ko`rinadi. Sekinlik bilan shu parda kesiladi va gipofiz ko`rinadi. Gipofiz olingacha u darhol ateston solingan idishga solinadi. Idishdagi atseton haji gipofizdan 15 marotaba ko`p bo`lishi kerak. Chunki gipofiz atestonga to`liq botib turishi lozim. Atsetonnning bu porsiyasi birinchi deyiladi. Gipofiz bu atestonda, ya`ni birinchida 12 soat davomida saqlanadi. 12 soat o`tishi bilan idishdagi ateston boshqa idishga solinadi va yangi atseton porsiyasi quyiladi, bu ikkinchi deyiladi.ikkinchi atestonda gipofiz 6-8 soat saqlanadi. Bu muddat o`tishi bilan idishdan gipofiz olinadi va filtr qog`ozi ustiga qo`yiladi, xona haroratida qorong`u joyda quritiladi. Quriltilgan gipofizning rangi sarg`ish, tillarang bo`ladi. 33Gipofiz quruq probirkaga olinadi. Etiketka olib, unga baliq turi, gipofiz olingan sana, yig`ilgan joy va gipofiz olgan odamning ism-familiyasi, gipofiz soni yozib qo`yiladi. Probirka og`zi yopiladi va usti parafinlanadi. Qurutilgan gipofizning saqlanish muddati 2 yil.
b) ota-ona oq amur va oq do`ngpeshana baliqlarni tanlash va bantirovka qilish texnalogiyasi: Bantirovka qilish bahor paytida o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi transport va jihozlar zarur: uzunligi 50-80 sm, kengligi 30-35 sm bo`lgan qanor qopdan tayyorlangan maxsus yenglar, zambil, jihozlangan maxsus mashina, texnik tarozi, belanchak-zambil, baliqlarni uzunligini o`lchash uchun bantirovka stoli. Nasldor ota-ona baliqlarni ovlashda, ko`chirib o`tkazishda, har bir jinsni alohida saqlashda, og`irligi va uzunligi o`lchashda ularni avaylab -asrash zarur. Ozgina noo`rin harakat nasldor baliqlarni jarohatlab qo`yishi mumkin. Bantir ovka paytida birinchi bo`lib kasllangan va shikastlangan baliqlar chiqitga chiqariladi. (boshi shikastlangan, oyquloqlarida kamchiliklari bo`lgan, dum o`zani qisqargan, umurtqa pog`onasi qisqargan baliqlar) c)nasldor o`simlikxo`r ota-ona baliqlar jinsini farqlash, nasl berishga tayyorligini aniqlash.Umimiy to`dadan nasldor sog`lom baliqlar tashqi belgilariga qarab ajratiladi. Erkak o`simlikxo`r baliqlar tanasi uzun, qorni tarang, to`liq, jinsiy teshik esa uchburchak shaklda ichkariga so`rilgan holatda bo`ladi. Urchish paytiga kelib baliqlar serharakatchan bo`lib qoladi. Urchish belgisi sifatida esa suzgich qanotlarida kichik g`adir-budurliklar paydo bo`ladi. Ularni barmoq bilan paypaslab sezish mumkin. Urchishga tayyor ota baliqni pastga qarab osiltirganda jinsiy teshikdan oq rangli sutsimon urug` hujayralari(spermatazoidlar) ajralib chiqadi. Ona baliqni qorni kattaroq, yaxshi rivojlangan, yumshoq hamda yumaloq shaklda bo`ladi. Jinsiy teshigi yumaloq shaklda, qizargan, shishgan bo`ladi. Boshini pastga qarab osiltirganda jinsiy hujayra ya`ni uvildiriqlar oqib chiqadi. Bundan tashqari ko`krak suzgich qanotining orqasidagi arrachalarga qarab ham jinsni farqlash mumkin. Oq do`ngpeshanada bunday tishsimon arrachalar kattaroq va uchlari o`tkir bo`ladi. Chipor do`ngpesha-34nada g`adir-budurliklar siyrak joylashgan. Oq amurda bular yanada mayda bo`lib jilvir qog`ozni eslatadi. Urg`ochi baliqlar urchishga tayyorligiga qarab uch guruhga bo`linadi:
1-guruh yetilgan ona baliqlar. Ularning jinsiy belgilari yaqqol ko`zga tashlanadi.
Qorni yumshoq, osilgan, shishgan, och qizil rangda. Bu baliqlardan birinchi navbatda
foydalaniladi.
2-guruh yaxshi yetilmagan, jinsiy belgilari kamroq ko`zga tashlanadi. Bular ikkinchi
navbatda ishlatiladi.
3-guruh tashqi ko`rinishidan erkak baliqdan farq qilamaydi. Bu baliqlar suvlikka qo`yib yuboriladi.
Ona baliqlar yoz davomida yaxshi boqilgan bo`lsa, qishda yaxshi saqlanadi, urchish
davrida 80-85% gacha yaxshi nasl beradi.Erkak baliqlar ikki guruhga ajratiladi:
1-guruh-yaxshi urug` beruvchi erkak baliqlar. Urchish belgilari yaxshi rivojlangan, g`adir-budurlikni barmoq bilan sezish mumkin.
2-guruh-kam urug` beradigan, bular zahirada saqlanadi. Baliq yirikligi nasldorlikni belgilamaydi. 3-4 yoshli yirik baliqlar nasl bermasligi ham mumkin. Eksteryer ko`rsatkichlari.Baliq eksteryer ko`rsatgichni o`rganish ularni nasliga baho berishda foydalinadi. Eksteryer ko`rsatkichlari orqali baho berishda nisbiy ko`rsatgichlari bilan birga ayrim nuqsonlari-umurtqa pog`onasidagi va dum ustunidagi kamchiliklar, tangchalarnin g tushganligiga e`tibor beriladi. Baliqlarni sinflarga ajratish.Bantirovka jarayonida baliqlar o`tgan yilgi bantirovka xulosalariga sinflarga
ajratiladi. 35
1-sinf. Sermahsul 5-8 yoshli urg`ochi, 4-7 yoshli erkak oq amur va do`ngpeshana, jinsiy belgilari yaqqol ko`zga tashlanadi.
2-sinf: 4-5 yoshli endigina voyaga yetgan, to`ldrib turuvchi to`dasidan olib, nasldor to`daga qo`shilgan, ikkinchi navbatda ishlatish mumkin. Ammo yaxshi nasl bermaydi. Jinsiy mahsuloti kam.
3-sinf: ayrim sabablar oqibatida to`ldirib turish to`dasidagi baliqlar tomonidan lamshtiriladigan baliqlar. Ikkilamchi jinsiy belgilari yaxshi rivojlanmagan, eksteryer ko`rsatkichlari yaxshi emas, qarigan yoki Yoshi to`g`ri kelmaydigan baliqlar. Bunday baliqlar zahirada saqlab turi ladi, urchish ishlari tugashi bilan bu baliqlar maxsus dalolatnoma orqali chiqitga chiqariladi. Baliqlarni birinchi va ikkinchi sinflarga ajratishda, ko`paytirishda eng yaxshi eksteryer belgilarga ega baliqlar tanlanadi. Bantirovka o`tkazishda baliqlarning og`irligi va tana uzunligi.Baliq uzunligi(l), bosh uzunligi(C), balandligi(H), eni (B), tana aylanasi(O) va og`irligi aniqlanadi. Bu ko`rsatgichlar orasida quyidagi nisbit ko`rsatgichlar aniqlanadi. Baliq yelkasi balandligi(baliq uzunligini baliq balandligiga nisbati-lH), yelkaning eni-kengligi(baliq eni yoki kengligining baliq uzunligiga nisbati- ), uvuldiriqlarning borligi( baliq tana uzunligini tana aylanasiga nisbati-lO). Semizlik koeffitsenti esa quyidagi formula bilan aniqlanadi.

O`simlikxo`r ota-ona nasldor va to`ldirib turish baliqlarni tamg`lash.


Baliqlarni ko`paytirish ishlari ikki yo`nalishda: 1-tabiiy nerest, 2-sun`iiy otalantirish yoki sex sharoitida ko`paytirish asosida olib boriladigan bo`lsa, har bir zot to`dasi alohida alohida tamg`alanadi. Vaqt o`tish bilan tamg`asi yo`qolgan kelib chiqishi noaniq bo`lgan baliqlar chiqitga chiqariladi. Baliqlarni tamg`alash ishlari ular ikki yoshga to`lganidan keyin boshlanadi. Nalsdor ota-ona baliqlar to`dasiga o`tkazilayotgan davrda urg`ochi va erkak baliqlarni jinsi tamg`alanadi. Hozirgi vaqtda baliqlarni ko`krak, qorin, dum suzgich qanotlaridan ma`lum bir qismi kesiladi(bu usul “Zarafshon” baliqchilik xo`jaligida qo`llaniladi). Bu usul ancha ishonarli. Bunda baliq suzgichi uzunasiga qarab yarmigacha qaysi bilan kesiladi. Birinchi mavsumni o`zida suzgich qanotlarining kesilgan qismi o`sib tiklanadi. Lekin o`sha kesilmaning chandig`I yoki izi qoladi va 3-4 yil saqlanadi. Tamg`alar yo`qolib ketmasligi uchun yangila b turish kerak. Har xil yoshdagi nasl berib turuvchi baliqlarni suzgich qanotini tamg`alash quyidagi tartibda olib boriladi. Chap ko`krak, chap qorin, o`ng ko`krak, o`ng qorin sxemasida olib boriladi va ular yoshidagi farq 4 yoshni tashkil qilish mumkin. Agarda zarurat paydo bo`lsa, birdaniga ko`krak va qorin suzgichlarini tamg`alash mumkin. To`ldirib turish to`dasidan nasl beruvchilar to`dasiga o`tkazilgan baliqlar urg`ochisining dum suzgichini ustki qismini, erkak baliqlar dum suzgichi ostki qismini kesish orqali tamg`alanadi. Dunyo miqyosida baliqlarni tamg`alashda turli bo`yoqlardan ham foydalaniladi. Bunda to`qimachilik sanoatida ishlatiladigan, suvda eriydigan bo`yoqlar ishlatiladi. Ma`lum rangdagi toza tayyorlangan bo`yoqning 3 %li eritmasi 0,02-0,05 ml miqdorda shprist orqali baliq terisi ostiga yuboriladi. Har xil rangdagi bo`yoqlarni (havorang birlar, qizil rango`nlar, zangori rang-yuzlar) tayyorlab tamg`alash bir to`da baliqlarni yoki ayrim baliqlarni ko`p miqdorda tamg`alash imkonini beradi.

Chavoq, molki va segoletkalarning o`sish davrlari va bosqichlari.


I davr .
–chavoqligigacha bo`lgan davr(A v B bosqichlar). Uvildiriqdan chiqqan holat, sariqlik xaltasi bor, yog` tomchilari saqlangan. Suzgich qanotlari differensiyalash magan. Havo pufagi B rivojlanish oxirida havo bilan to`ladi.
II.
davr-vaqtli chavoqlik(C1,D
1bosqichlari)-sariqlik xaltasi yo`q, suzgich burmalari
bor. Orqa(D), dum(C), analoldi(A) suzgichlar differensiyalashgan. Dum suzgich qanotining pastki qismida mezinxema nurlari paydo bo`ladi. Davr oxirida dum suzgichi ikki pallaga ajraladi.

III. davr kechki chavoqlik va vaqtli malki(D


2 va G bosqichlari) bu davrning boshlanishida qorin (V) suzgichida mezenxima nurlari suyakka aylanadi. Bu davrda barcha suzgich qanotlari shakllangan bo`ladi. Tanada tangachalar shakllanadi. Chavoqlik davri tugaydi va molki davri boshlanadi. Bu davr D2
-E-F va G rivojlanish bosqichlarini o`z ichiga oladi.
IV davr molki( baliqcha), molod yoki segoletkalik davri. Tana to`liq shakllangan. Katta yoshdagi baliqga o`xshaydi. Segoletkalarni aniqlashda asosiy sistematik belgi sifatida quyidagilarga e`tibor beriladi. 41a) chavoqlikkacha davr uchun tana, bosh, og`iz joylashishi, yog` tomchilarining borligi yoki yo`qligi, tana uzunligi va dum bo`limining nisbati, mo`ylovlar borligi, muskullarining soni, suzgich qanotlarining burmalari, pigment joylashishi. b) vaqtli chavoqlik uchun tana shakli, bosh, og`iz joylashishi, tana va dum uzunligining nisbati, tepalik va mo`ylovlarning borligi, muskullar soni, orqa suzgich(D) va anal suzgich(A)ning joylashishi, pigementlarning mavjudligi. c) keying chavoqlik va vaqtli malki uchun tana tuzilishi, tana bo`limlarining joylashish nisbati, mo`ylovlari va jag`larda tishlarning borligi, qorin suzgichi(V)ning joylashishi, shoxlangan va shoxlanmagan nurlarning soni. d) molki va segoletkalar uchun tana, bosh shakllari, og`izning katta-kichikligi, jag`larda tishlarning joylashishi, mo`ylovlar soni, D va A ning joylashishi, yon chiziqdagi, chiziq usti va ostidagi tangchalar soni.
III bo`lim.

Oq amur va oq do`ngpeshana baliqlarini inkubatsion sex sharoitida gipofiz preparati bilan inyeksiya qilish.Barcha o`simlikxo`r baliqlarni inyeksiya qilishda ularning tana og`irligi va uzunligi, suv harorati, jinsi kabilar inobatga olinadi. Agarda o`simlikxo`r baliqning og`irligi 6 kg, tana aylanasi 54 sm bo`lsa, bu holda har bir kg baliqga 5,0 mg gipofiz preparati inyeksiya qilinadi. Birinchi marta inyeksiya qilishda shu 30 mg gipofiz presparatini 1/8 yoki 1/10 qismi sarflanadi. Qolgan qismi ikkinchi inyeksiyada ishlatiladi. Erkak baliqlarni inyeksiyalashda baliqning har 1 kg massasiga 1 mgdan gipofiz sarflanadi. Gipofiz preparati baliq tanasiga distillangan suvga eritilgan holda yuboriladi. Gipofiz analitik tarozida o`lchab olinadi va hajmi 30-50 sm3 bo`lgan chinni hovonchaga solib maydalanadi. So`ng 1 tomchi disstillagan suv yoki fiziologik eritma solinib yaxshilab eritiladi. Shndan so`ng hovonchga kerakli miqdorda disstillangan suv yoki fiziologik eritma quyiladi va yaxshilab aralashtirila-di. Inyeksiya hajmi 1 marta ukol qilishda 0,5-1,0 ml 2-martada esa 1,0-2,0 mlni tashkil etishi kerak. Suv harorati 20-22 C bo`lganda birinchi va ikkinchi inyrksiya qilish orasidagi farq 24 soatni tashkil etishi kerak. Suv harorati 23-24 C ga teng bo`lganda esa ikkinchi inyeksiya 12 soatdan so`ng amalga oshiriladi. Ona baliqlarni uvildiriq olishni kunduz kuniga mo`ljallab inyeksiya qilish kerak. Inyeksiyalar oralig`I 12 soatni tashkil etadigan bo`lsa, ona baliqlar soat 10-11 larda, ikkinchi marta marta esa kechasi 22-23 larda qilinadi. Shu holatda uvildiriq olish vaqti 9-10 larga to`g`ri keladi.agar inyeksiyalash 24 soat dan so`ng amalga oshirilsa, ishni kechki 22-23 larda yoki ertalab 5-6 larda boshlagan ma`qul. Urg`ochi o`simlikxo`r baliqlarni ikkinchi marta inyeksiyalashdan bir soat oldin erkak baliqlar inyeksiya qilinadi. 1-2 ta urg`ochi baliqqa 1 ta erkak baliq olish kifoya. Ob-havo o`zgarib suv harorati 20 C dan past bo`lgan vaqtlarda o`simlikxo`r baliqlarni urchitish ishlari vaqtincha gto`xtatiladi. Inyeksiyalangan baliqlar hajmi 15 -20 sm3 bo`lgan kichik hajmdagi bassyenlarda to harorat mo`tadil bo`lganga qadar saqlanadi.Urg`ochi baliqlar 2-marta inyeksiya qilgandan so`ng suvning haroratiga qarab


yetilish muddati.
11-jadval

O`simlikxo`r ona baliqlarni uvildiriq berishga yetilish davrida suv harorati nazorat ostida bo`ladi va uning o`zgarib turishiga e`tibor beriladi. olib borilgan kuzatishla r natijasida ikkinchi marta baliqlar inyeksiyalangandan so `ng har bir soatda suv haroratini tekshirib borish va bu ko`rsatkichlar qo`shib borganda 240 0gradus-kunga yetgandan so`ng baliqlarning yetilishi aniqlanadi. Ona baliqlarni uvildiriq berishga tayyorligini ularning tez-tez harakatlanib, suvni to`lqinlantirishidan bilish mumkin. Ona baliqlardan uvildiriq olishdan 30-60 minut oldin erkak baliqlar jinsiy mahsuloti probirkalarga olinib, probka yoki paxta bilan bekitilib, muz solingan termosga yoki sovutgichda saqlanadi. 0,5 l termosni 1/3 qismi muz bilan to`ldirib usti 3-4 qavat doka bilan yopib qo`yilgan bo`lishi kerak. Olingan har bir guurh uvildiriqni otalantirishda 3 ta erkak baliqlar jinsiy mahsulotidan foydalaniladi. Foydalanilmay qolgan jinsiy mahsulotning qolgan qismi yana termos yoki muzlatgichda saqlanadi. Termos yoki muzlatgichdagi erkaklik jinsiy mahsuloti o`zining urug`lantirish xususiyatini 10-12 soatgacha saqlaydi. Olingan har 1 kg uvildiriqni otalantirish uchun 4-5 ml erkaklik jinsiy mahsuloti yetarli hisoblanadi. Ona o`simlikxo`r baliqlardan uvildiriqni olish ishlari oftob tushmaydigan, salqin joyda olib boriladi. Yetilgan uvildiriq anal teshigidan oson oqib chiqadi. Sifatli uvildiriqda suyuqlik kam bo`ladi. Har bir urg`ochi baliqdan olingan uvildiriq o`lchov idishlarida o`lchanib, ularning 45og`irligi aniqlanadi.O`simlikxo`r baliqlarning har 1 kg uvildirig`ida 1 mln dona uvildiriq bo`lishi aniqlangan.


“Zarafshon” hovuz baliqchilik xo`jaligida tog`oraga solingan uvildiriqlar ustiga to`g`ridan-to`g`ri erkaklik jinsiy mahsuloti quyi ladi va tovuq pati bilan aralashtiriladi. So`ngra tog`oradagi uvildiriqni yengil tebaratish orqali otalantirish jarayoni tezlashtiriladi. Bir oz distillagan suv quyiladi. Oradan 2 -3 minut o`tishi bilan tog`oradagi suv to`kib tashlanadi va yangi suv quyilad i. Suv quyib uvildiriqni yuvish bir necha marta takrorlanadi. Bu ishlar uvildiriq qobig`idagi shilimshiq moddadan, tangachadan qon qoldiqlaridan tozalash maqsadida amalga oshiriladi. Uvildiriqlarni shishini tezlashtirish uchun yuvish ishlari 20 minut amalga oshiriladi. Keyinchalik uvildiriq IVL apparatlaridan birida 1,5 mln (VNIPRIX-200) o`tkaziladi. Apparatga o`tkazilgandan so`ng, uvildiriq apparatning pastki qismida yengil harakat qiladigan qilib suv ochish kerak. Uvildiriqlarning urug`lanish foizi oradan 4 soat o`tgach har bir apparatdan alohida alohida namuna olinib, MBC-2 mikraskopida ko`riladi. Yaxshi otalangan uvildiriqlarda otalanish 90% dan yuqori bo`ladi. Otalangan uvildiriqlarning normal rivojlanish bosqichlari.

-rasm.Otalangan uvildiriqlarning normal rivojlanish bosqichlari.


Uvildiriqlarni otalantirish davrida suv haroratining 17 C dan pasayishi
uvildiriqlarning ma`lum qismining o`lishiga, majruhlanishiga sabab bo`lishi mumkin. (14-aprel 2014-yil. “Zarafshon” xo`jaligi). Uvildiriqlarning sifati yaxshi, suv harorati 22 C bo`lganda chavoqlar chiqish miqdori 70-80% ni tashkil qiladi. Otalangan uvildiriqlar apparatning ayrim qismlarida harakatsiz turub qolishi va apparatdan chiqib ketmasligiga e`tibor berish kerak. Agarda otalantirish sifatli o`tmasa, apparatda otlaanmagan uvildiriqlar miqdori ko`p bo`lsa, o`lik uvildiriqlarni rezina shlang yordamida sifon usuli bilan apparatning ustki qismidan yig`ib olinadi. O`lik uvildiriqlar apparatning ustki qismida to`planadi. Uvildiriqlarni apparatda otalantirish davri suvning haroratiga bog`liq. Suv harorati 21-25 C bo`lganda 23-33 soatda, 27-C bo`lganda esa 17-19 soatni tashkil etadi. Chavoqlarni uvildiriqlardan chiqishi odatda 1-3 soatda tamom bo`lsa, ayrim hollarda esa 10-12 soatgacha cho`zilishi mumkin. Chavoqlarni uvildiriqlardan chiqishini tezlashtirish maqsadida apparatga sarflanadigan suvni 3-5 marta kamaytirish kerak. Bunda chavoqlarning chiqish
jarayonini7-20 minut davomida yakunlash mumkin. Chavoqlarning suzgich pufaklari havo bilan to`lgancha vaqtinchalik saqlab turish otalantirilgan apparatning o`zida yoki chavoqlarni suvda oqizib o`tkazish orqali boshqa apparatlarda amalga oshiriladi.
1 2-jadval.

Otalantirish uchun olingan uvildiriq lar sonidan tashqari ozuqa bilan oziqlanishga o`tgan chavoqlar soni 50 % dan kam bo`lmasligi kerak.


47Xorioginin, Nerestin I va Nerestin I A preparatlari bilan o`simlikxo`r baliqlarni inyeksiya qilish tartibi.Bu preparatlarni qo`llashda ota-ona baliqlarni tayyorlash, inyeksiya qilish, jinsiy mahsulot olish tartibi gipofiz bilan inyeksiya qilishdek ekanligini yodda tutmoq kerak. Farq qiladigan tomonlari quyidagilardan iborat:
1.Preparat tayyorlovchi korxona( Rossiya federatsiyasi) tomonidan suyuqlik shaklidagi eritma qilib 2 ml li ampulalarda (Nerestin I ) yoki 20-50 ml li shisha idishlarda ( Nerestin I A) qo`llash uchun tayyor holda ishlab chiqariladi. 2.Preparat bilan o`simlikxo`r baliqlar 1-ukoldan so`ng 12-14 soat o`tkach, 2-marta inyeksiya qilinadi. Har bir inyeksiya qilishda qo`llaniladigan suyuqliklar nisbati 1:1 yoki 1:2 ni tashkil qiladi. Ota baliqlar 1 marta, ona baliqlarga sarflanadigan preparatning yarim miqdorida inyeksiya qilinadi. Baliqlar 2-marta inyeksiya qilinganidan so`ng oradan 11-14 soat o`tgacha yetilib, uvildiriq berishni boshlaydi. Ayrim hollarda ona baliqlarni otalantirish oldidan tayyorligiga qarab uvildiriq berish muddati 38 soatgacha davom etishi mumkin. Preparatlar bilan ona-ota o`simlikxo`r baliqlarni inyeksiya qilish quyidagi miqdorda amalga oshiriladi. O`simlikxo`r baliqlarni Nerestin-I 0,15-0,3 mg/kg
Nerestin-I A 0,08-0,15 mg/kgSuyuqlik shisha idishdan shprist bilan flakon tiqinini teshish orqali olinadi. Atmosfera bosimi o`zgarib, ob-havo turg`un bo`lmagan hollarda preparatni
qo`llamagan ma`qul.Preparatni qorong`u joyda, muzlatgichda 0, +4 C da saqlanadi.Xorionindan foydalanish tartibi:Xorion qo`llanilishining o`ziga xos xususiyatlaridan biri uni qo`llashda hisobni preparat aktivligini o`lchovchi xalqaro birlik hisobida olib boriladi. Olib borilgan tadqiqiot ishlarinatijasida preparat bilan ota-ona baliqlarni ikki marotaba inyeksiya qilishda ona baliqlar har bir hisobiga 2,0-2,5 ming xalqaro birlik bilan inyeksiya 48qilish ko`rsatilgan. Birinchi marta inyeksiya qilishda 200-400 x/b qo`llaniladi. Ota o`simlikxo`r baliqlar 1 marta har bir kg massasiga 700-1000 x/b dan inyeksiya qilinadi. Xorioginin preparatini ishlatish tartibi:Xorioginin preparatida masalan uni aktivligi 2500 x/b deb ko`rsatilgan bo`lsa, demak uning tarkibida har bir milligrammda 2500 x/b aktivlik bor. Saralab olingan ota-ona baliqlarning o`rtacha og` irligi 4 kg dan bo`lib, ularning soni 20 dona bo`lsa, ikki marta inyeksiya qilishda xoriogininning dozasi 2000 x/b deb qabul qilingan, u holda
1 ta baliq uchun
2000 ·4=8000 x/b ni tashkil etadi.
8000:2500=3 mg.
Yoki hamma baliqlarga sarflanadigan xorioginin miqdorini hisoblaymiz.
20 dona baliq 4 kg dan= 80 kg
80 kg ·2000=160000 x/b ni tashkil qiladi. 16 000 x/b : 2500=64 mgDemak, 20 dona ota-ona o`simlikxo`r baliqni ikki marta inyeksiyalash uchun 64 mg x/b kerak bo`ladi. Inyeksiya qilish tartibi quyidagicha: xorioginin eritmasi gipofiz preparatidek disstillangan suvda yoki fiziologik eritmada tayyorlanadi.Kerakli doza tayyorlanib har bir o`simlikxo`r baliq tanasiga 1,0 -1,5 ml hajmda yuboriladi.Oq amur Ctenopharangodon idella (Valenciennes)Ctenopharingodonidella(Val.)[13.113.142.164.200.250.252.253.259] Tanada segmentlar soni 28 -31, dumda 12-16.
Nurlar DIII-7, A III-8.
l .l halqum tishlari bir qator 5-5.

Chavoqlikkacha bo`lgan davr. Uvildiriqdan chiqqandan keyin tana uzunligi 5,0-5,5-5,7 mm. Tana uzunchoq, dum kalta. Dumda 12-14 segment bor. Sariqlik xaltasi sigarasimon, bosh kichik, tumshuq yumaloq, og`iz pastki. Dumda suzgich hoshiyasi egilgan. Oradan 48 soat o`tishi bilan sariqlik xaltasida melonofora hosil bo`ladi. U bir chiziqda qiyshiq holda uning oldingi qismida joylashgan. Bu davrda chavoqlikkacha bo`lgan zot uzunligi 7,5 mm. Tana uzunligi 7,0-7,5 mm bo`lganda sariqlik yo`q. Chavoqlik davri. Sariqlik xaltasining so`rilishi davomida pigmentatsiyaga uchraydi. Bosh sohasida pigment paydo bo`ladi. Ko`krak sohasida mayda pigment hujayralaridan qiyshiq chiziq joylashgan. Qorin sohasi bo`ylab suzgich pufagi ustida pigment chiziqlari bor. Ayniqsa havo pufagining dorzal tomonida kuchli pigmentatsiya ko`zga tashlanadi. Orqa suzgich qanot 11-12 segmentlar sohasida boshlanadi. (anal teshigi oldida). D va A hosil bo`lishi ikkita sigmentga teng. Hosila mezenxima nurlaridan shakllangan. Orqa va anal suzgichi o`rniga suzgich burmalari hosil bo`ladi. Og`iz oxirgi. Tananing yon tomonida pigmentli chiziq joylashgan. Tana uzunligi 10,0-10,5 mm bo`lgan chavoqda qorin suzgichining hosilalari, toq suzgichlarda nurlar, suzgich pufagi ikki kamerali. Ko`krak suzgichi (P) nursiz, uning oxiri havo pufagining ikkinchi kamerasining oxiriga yetib boradi. Orqa suzgich qanotning boshlanishi qorin suzgichining boshlanishining oldida joylashgan. Bosh, og`iz katta. Butun tana bo`ylab mayda pigment hujayaralar joylashgan. Pigment hujayralarining ko`p qismi boshda, hamda tananing orqa 50qismida. Pigmentlar suzgich burmalarida, dum tanansining yuqori va pastki qismida ham uchraydi. Chavoq tana uzunligi 7,5-14,5 mm. orqa suzgichida 7, anal suzgichida 8 ta nurlar bor. Chavoq tanasi 20 mm bo`lganda tanada tangachalar paydo bo`la boshlaydi. Molki, segoletkalik davrida katta baliqqa xos barcha belgilar mavjud, lekin tana kalta va yo`g`on. Bosh katta. O`g`iz katta va oxirgi. Yuqori jag`ning oxirgi uchi ko`zning boshlanishigacha keladi. Tangacha katta. Molki tanasi 40-45 mm bo`lganda tana to`liq tangacha bilan qoplanadi. Orqa (D) va qorin (V) suzgich qanotlari joylanishi xuddi chavoqlarnikidek. Orqa (D) suzgich qanoti katta va yumaloq. Anal (A) suzgich qanoti kesilgan. Ko`krak(P) suzgich qanoti kichik, uning oxiri ko`krak va qorin suzgichi orasigacha yetmaydi. Iyul oyi oxirida tana uzunligi 12,5 sm, og`irligi 14,3 g, avgust oxirida tana uzunligi 16,5 sm, og`irligi 20,4 g, sentabr oyida 35,7 g, uzunli gi esa 22,1 sm. Oq do`ngpeshana-Hypophthalmichthys molitrix( valenciennes)Hypopphythalmichthys molitrix (val) [164.200.250.252.253.258.4 259]


Tanada segmentlar 24-26, dumda 14-19, D da III-7, A da II-III-12-14.

Chavoqlikkacha bo`lgan davr. Uvildiriqda chiqqa chavoq uzunligi 5,2-6,0 mm. ko`zda, tanada pigmentatsiya yo`q. Tanasi kalta. Suzgich hoshiyalari katta, keng, 51dumda o`yma yo`q. Bosh kichik, og`iz keng. Ikkinchi sutka o`tishi bilan ko`krak suzgichi paydo bo`la boshlaydi. Bu davrda uzunligi 7,0 mm ni tashkil qiladi. Sariqlik asta sekinlik bilan so`rila boshlaydi. Bu davr oxirida ko`z to`liq pigmentlashadi. Katta-katta yulduzsimon melonoforalar paydo bo`ladi. Bunday melonofora pigmentlari orqada, ichak atrofida ham uchraydi. Suzgich pufagida havo yo`q. Chavoqlik davri: chavoqlikning boshlanishi davrida (aralash oziqlanish davrida) suzgich pufagi havo bilan to`ladi. Sariqlik xaltasi to`liq so`riladi. Og`iz oxirgi bo`ladi. Tanasidagi pigment lar uch liniya bo`yicha joylashgan bo`ladi. D vaA larni asoslari hosil bo`ladi. Orqa suzgich qanoti (D) asosi 6-segmentda joylashgan, anal teshigi oldida. Boshlanishida 3-segment sohasini egallaydi. So`ngra uning hosil bo`lishi 5-segmentgacha davom etadi. Dum suzgichida mezenxima nurlari paydo bo`ladi. Orqa (D) va anal(A) suzgich qanotida mezenxima nurlari keyinchalik ya`ni tana uzunligi 9 mm bo`lganda paydo bo`ladi. Bu vaqtda xordaning oxirgi uchi yuqoriga qarab egiladi. Tana uzunligi 10 mm bo`lganda suzgich pufagining birinchi kamerasi havodan to`ladi. Shu davrdan boshlab suzgich qanotlari hosil bo`la boshlaydi. Orqa (D) va anal suzgichlarida hali mezenxima nurlari shakllanmagan. Ko`krak (P) suzgichlarida mezenxima nurlari yo`q. Bu mezenxima nurlari baliq tana uzunligi 11-12 mm bo`lganda hosilbo`ladi. Analoldi burmasi juda ham katta va kuchli pigmentlashgan. Lichinkalikdavrining oxirida qorin suzgichlari paydo bo`ladi. Bu davrda tana uzunligi 12,8-13,5 mm ga teng. Orqa (D) va anal(A) suzgichi to`liq shakllangan. Dumdan alohida ajralgan. Molki va segoletka davri: Molki yoki kichik baliqcha davrida uzunligi 13-15 mm, barcha qanotlari shakllangan. Uzunligi 22-25 mm bo`lganda butun tananing yon tomoni bo`ylab tangachalar hosil bo`ladi. Orqa suzgich (D) kalta, oval shaklda. Anal suzgichi(A) cho`zinchoq, kuchsiz o`yilgan. Bosh katta, og`iz oxirgi. Anal oldi burmasi hali saqlangan bo`ladi. Iyul oyida tana uzunligi 70-80 mm, tana to`liq tangacha bilan qoplangan, ko`z pastroqqa siljigan. Avgust oyida tana uzunligi 110-115 mm, tashqi ko`rinishi xuddi voyaga yetgan baliqqa o`xshaydi. Ammo ikkilamchi jinsiy belgilar hali shakllanmgan. Oktabr oyida uzunlik 120 -126 mm, og`irligi esa 5238,7 g ni tashkil qiladi. Oktabr oyining ikkinchi yarmida qishlash hovuzlariga


ko`chiriladi.

IV bo`lim:


Oq amur, oq do`ngpeshana yetishtirish va bir yozli molod yoki
segoletka davrigacha o`stirish.a)Baliqlashtirish uchun hovuz tayyorlash.
Kuz-bahorda molki boqiladigan hovuz ( qoidagi muvofiq quruq bo`lishi lozim) tozalanishi kerak. Aprel-mayda to baliq qo`ygunga qadar(5-10 kun oldin) har bir gektar hovuz maydoniga 500-700 kg so`ndirilmagan ohak beriladi. Ohak butun maydon bo`ylab sepib chiqiladi. Ohak sepib chiqilganidan 5-10 kun o`tishi bilan, har bir gektarga 1200 kg toza mol go`ngi to`da-to`da qilib to`kib chiqiladi. (har bir m2 ga 0,120 kg. Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin filtr setka orqali suv quyiladi. To`r setka №20 kapron matosidan tayyorlanadi. To`r setka konus shaklida bo`lib, uuznligi 1,5 m, ikkinchi uchiga setkaning o`zi bog`lab qo`yiladi. Birinchi uchi esa suv kiradigan turbaga mustahkamlanadi. Filtr moslama har 4-5 soatda tozalanib turadi. Buning uchun filtr moslama ikkinchi uchi suvdan chiqarilib, biron bir idishda uning ichidagilari olinadi va yana bog`lab qo`yib yuboriladi. Hovuz avvaliga 20 sm chuqurlikkacha suv quyiladi. Iloji boricha suv hovuzning quyi qismidan suv chiqadigan tomondan to`lib kelishi kerak. Chunki hovuz 15-200qiyalikda tayyorlanadi.b) chavoqlarni transportirovka uchun tayyorlash: Chavoqlar ekzogen oziqlanishga o`tishi bilan IVL apparatidan olinadi va baliqshunos tomonidan ular transpartirovka uchun tayyorlanadi. Apparatni bo`shatishdan 3 -5 soat oldin chavoqlar oziqlantiriladi. Buning uchun 1 dona tovuq tuxumi qattiq bo`lgunga qadar qaynatiladi va sarig`I olinib 1 ta VNIPRIX apparatiga, hajmi 200 l ga dokadan o`tkazib beriladi. yoki sariqlik 1 l li bankada oldin eritilib so`ngra berilsa ham bo`ladi. 53c) baliqlashtirish normasi: Har bir baliq turi chavog`I alohida hovuzda 2sboqish ma`qul-sadok, basseyn va boshqalarda. Barcha karpsimon chavoqlar2-3 hafta davomida mayda infuzoriya, klovaratka, kapepodit, naupli bilan boqiladi. “Zarafshon” baliqchilik xo`jaligida 2-vanli un bilan boqiladi. Baliqshunosning asosiy maqsadi chavoqlarni o`stirish paytida sog`lom malki yetishtirish, chavoqlarni nobud bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, 90-100% baliq mahsuloti olishdan iborat. Buning uchun quyidagilarni bajarihs lozim:
1.Tabiiy ozuqa bazasini shakllantirish( fitoplankton, zooplankton).
2. Chavoqlarni “dushman”lardan himoya qilish
3. Yo`qotishlarsiz molkilarni ovlash va o`stirish hovuziga o`tkazish.
4. Chavoq boqiladigan hovuzlarda sikloidlarni(zooplankton to`ri) ko`paytirish kerak. Masalan, Cyclops Visinus yirtqich -chavoqlarni iste`mol qiladi. Bu baliq chavoqlarining asosiy dushmani hisoblanadi. “Zarafshon” hovuz baliqchilik xo`jaligida chavoq boqiladigan yerda
kavlangan hovuz maydoni 0,5 ga va umumiy soni 10 dona. Chavoq o`tkazish normasi 1,5 mln ekz/ga. Bu xo`jalikda 0,5 ga suvlikka 750-800 ming ekz chavoq o`tkaziladi. Aprel oyida karp chavoqlari, may-iyun oyida oq amur va oq do`ngpeshana olinadi. Ob-havo ancha injiq kelganligi sababli yetarli miqdorda chavoq olinmadi, taxminan 7,5-8,0 mln ekz chavoq olindi. 1-chavoq boqiladigan hovuz maydoni 0,4 ga, umumiychuqurligi 0,5 m, suv chuqurligi 35-40 sm. 500 ming ekz oq amur chavog`I qo`yiladi(20-may 2014-yil). Asosan oq amur uzunligi 10,1 mm. 3 ta IVL apparatining har biriga 150-200 ming chavoq. Chavoqlar soni aniqlashda 100 ml suv olinib, Bogerov kamerasida saqlanadi. IVL-VNIPRIX apparati hajmi 200 l. apparatda qancha chavoq borligini aniqlash uchun pipetka yordamida 100 ml chavoqli suv olinadi. Bogorov kamerasiga qo`yiladi va chavoqlar sanaladi.0,1 l-5,8 ekz oq amur chavog`I borligi aniqlandi, 1000 ml(1l)
1l *58 ekz=580 ekz, 580*200 l=11600 ekz.1 ta apparatdagi oq amur chavog`I 116000 ekz. Ona oq amurning ishchi serpushtligi 450 ming uvildiriq.
54450 ming uvildiriq--------------100%
1 16000 ekz chavoq------------x
Otalangan uvildiriqlardan oq amur chavoqlarini chiqish % 26. Bu degani ¼ bir qismi
yaxshi otalangan va chavoqlar chiqqan. Ikkinchi apparat VNIPRIX-200 l gonada
og`irligi 280 g. 526400 dona uvildiriq asta-sekinlik bilan apparatga suv quyildi. Suv
harorati 19,9 C. 1432 gradus/ sutka dan so`ng chavoqlar chiqa boshlaydi. 26 may kuni chavoqlarning chiqish % iz aniqlandi. 526400 uvildiriqdan 128 000 dona chavoq c hiqqan. Chavoq chiqish % I -24,3 %

Uvildiriqdan chavoq chiqishi o`rta 24-25 % ni tashkil qiladi. Bu ko`rsatkich tabiiy


sharoitda 0,08-0,9 % ni tashkil qiladi.
12 ta ona oq amurdan 1,2 mln chavoq olindi va 0,3 ga lik hovuzga qo`yildi. Iyun oyining boshida suv harorati 21,5-22 C gacha ko`tarildi. Majburiy ravishda oq do`ngpeshana inyeksiya qilindi. Og`irligi 6,5 kg. tana uzunligi 68,3 sm. Yoshi 6+. Olingan gonadalar og`irligi 783,5 gr. Gonada tana og`irligi n12,05 % ni tashkil qiladi. 1 gr gonadada 1995 gr ikra bor. 1 gr gonadada 1995 dona uvildiriq bo`lsa, 783,5 grda qancha uvildiriq bor?
1g---------1995
783,5-------x

Gonadadagi umumiy ikralar soni 1563082 dona. Bu ishchi serpushtlik. Iyun


oyining 10-sida apparatga solinadi. Iyunning 13-sanasida chavoqlar chiqa boshladi.
14-iyunda chavoqlar soni tekshirildi. 1 litrda 739 ta chavoq sanaldi.
55739 dona x 200l=147800 dona chavoq
1563082 dona uvildiriq-----100%
147800 dona chavoq -------x

uvildiriqdan chiqish foizi 9,45%, suv harorati mo`tadil bo`lmaganligi sababli 89 % ga yaqin uvildiriq nobud bo`ldi. Chavoqlar maxsus oq do`ngpeshana uchun mo`ljallangan 0,5 ga lik suvlikka o`tkazildi. Mavsumda 10 VNIPRIX apparatida oq kzogebchiqarildi. O`tkazilgan mayda baliqchalar o`sishini nazorat qilish va


Xulosa
1.”Zarafshon” hovuz xo`jaligida nasldor ota va ona oq amur Ctenopharyngodon della(val). O`zbekiston hovuz xo`jaligida o`stiriladigan zotlar bilan bir xil, hech qanday merestik, plastic o`zgarishlar yo`q. Oq amur quyidagi meristic belgilar bilan xarakterlanadi. Yon chiziqdagi tangachalar soni 36 , chiziq ustida 7-9, chiziq ostida 5-6, orqa suzgich qanotidagi nurlar DIII-8, anal suzgich qanotidagi AIII-8. Birinchi o`ng jabrada ustunchalar soni 9-24. Halqum tishi2,4-2-5 ikki qatorli. Oq do`ngpeshana-Hypophthalmichthys molitrix(val) ning merestik belgilari ham o`zgarmagan. Orqa suzgich qanotidagi nurlar DIII-7, anal suzgich qanotida
AIII-12-14. Halqum tishlari bir qatori 4-4.
Yon chiziqdagi tangachalar 108 soni 108-126, chiziq ustidagi
tangachalar soni 27-34, chiziq ostidagi 18-26. 2.Oq do`ngpeshananing tangachasi kichik sikloid tipda, oq amur tangachasi katta sikloid tipda. Oq amurni tangachasi orqali yoshini aniqlash ancha oson, yillik zonasi bo`yicha. Oq do`ngpeshana yoshini tangachasidagi yon sektordagi skleritlar orqali aniqlansa bo`ladi. Har ikkala turning o`sish sur`atini aniqlashda emperik usul-katta miqdordagi material bo`lsa(100-150 ekz). Oq amur uchun Roza Li usuli foydalansa o`zgarish koeffitsenti 3,5 sm, oq do`ngpeshana uchun Eyner Lea usuli qo`llansa bo`ladi. 3. Oq amur va oq do`ngpeshana “Zarofshon” xo`jaligida yuqori darajali o`sish suratiga ega. Lekin 2014-yil ob-havo ancha noqulay kelganini munosabati bilan qo`shimcha berilgan ozuqa tarkibidagi protein moddasi talab darajasiga bo`lmaganligi sababli baliqchalarni semizlik koeffitsenti juda ham past bo`ldi. 4.Ota-ona nasldor o`simlikxo`r baliqlarning rivojlanishi o`rtacha o`tadi. Oq amur ona balig`I uzunligi(l) 55-58 sm, yoshi 3-4, og`irligi 3,5-4,0 kg bo`lganda, oq do`ngpeshana esa 58-62 sm, uzunligi 4-5 yoshda, og`irligi 5,5-6,0 kg bo`lganda voyaga yetishadi. Voyaga yetish tezligi baliq o`sishi bilan bog`liq. Har ikkala turning erkak zotlari urg`ochi zotlarga nisbatan bir yil oldin yetiladi. 5.4-5 yoshli ona oq do`ngpeshana baliqda absalyut serpushtlik 800-1570(1340) ming uvildiriq, nisbiy serpushtlik 168-400(350) uvldiriq/gramm. Ishchi serpushtlik 580-1300 ming uvildiriq. 6.Buxoro viloyati hovuz baliqchilik xo`jaligida oq amur va oq do`ngpeshana monosikloid bir vaqtda uvildiriq beradigan zotlar hisoblanadi. oq amurning yetilgan ootsit kattaligi 1,0-1,4 mm, ovulyatsiyalangan uvildiriqlar 1,2-1,8 (o`rtacha 1,3) mm.
ovulyatsiyalangan uvildiriqlar(to shishgancha) 1,4-1,7(o`rtacha 1,5)

Adabiyotlar ro`yxati


1. ”Новоеисследования по экологии и разведениго растителъноядных рыб”


Москва-1968
2. “Инструкция по применениго хоринического гонотропина для разведения
белого и пестрого толстолобика” Москва-1985
3. Грюзев Г.Д. “Разомношение отглешдане на растительноядни рыби”
4. Шекидзе А.Л. “Балиқларни сунъий урчитиш” Тошкент-1973
5. Проблемы рыбохозяйственного исполъзования растительноядни рыб в
водоёмах СССР. Ашхабад-1963
6. Ивлева И. В. «Биологические основы и методы массового культивирования
кормовых беспозвоночных ». Москва. 1969г.
7. Вишнякова Р. И. «Кормление рыб и удобрение прудов Роселльхозиздат».
1986.
8. Захаров Л.Н. Разведения рыбы. Тошкент-1980
9. Правдин И. Ф. Руководство но изучению рыб. Москва. 1966г.
10. Инструкция но применению препаратов Нерестин-1 и Нерестин 1А.
Ташкент 1920.
11. Axmedov X. “Baliqchavoqlariniyetishtirish” Toshkent-2008
12. Камилов Б. Г, Салихов Т. В., Қурбонов Р. Б. Рекомендации по
Вырашиваниль Мильков и сеголетков карповых рыб поликультуре. Тошкент
2003.
13. Курбанов Р. Б. «Балиқ касалликларини аниқлаш бўйича услубий қўлланма»
Тошкент 2007.
73
14. Бауер О. Н. И др. Балезни прудовых рыб. Москва. Легка и пищевая
промышленность. 1981.


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə