Mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari Reja



Yüklə 6,28 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü6,28 Kb.
#151841
3-O \'zbek tilining leksik qatlamlari O\'TSQ

Mavzu: O‘zbek tilining leksik qatlamlari

Reja:

1.So‘z – leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida.

2.So‘zlardagi bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik.

3.Ijtimoiy leksika. Sohaviy leksika.

 

So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi. Masalan, anor, tosh so‘zlarining narsa haqida ma’lumot berishi, qattiq, shirin so‘zlarining belgi haqida ma’lumot berishi shular jumlasidandir

Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilm - fan sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi.

Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga ham ega bo‘ladi. So‘zning nutqdan tashqarida, ya’ni tilda ifodalagan ma’nosi o‘z ma’nosi deb ataladi. Masalan, ko‘z, etak so‘zlari yakka holda ishlatilganda uning asl, ya’ni o‘z ma’nosi anglashiladi. So‘zning gap ichida, ya’ni nutqdagi o‘z ma’nosidan boshqacharoq mazmun ifodalashi uning ko‘chma ma’nosi deb yuritiladi. Masalan, ishning ko‘zi, tog‘ning etagi kabi birikmalar tarkibida ko‘z va etak so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan.

So‘zning ma’no ko‘chish usullari. O‘zbek tilida polisemantik so‘zlar ma’no ko‘chishning to‘rt xil usuli mavjud: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) vazifadoshlik.

Metafora (yunoncha «ko‘chirma» so‘zidan olingan) biror narsa, belgi yoki harakatning nomi o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga ko‘chishidir. Misollar: 1. Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir- vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. 2.Mungli kuy yurakni tirnar edi. 3.Daryoning yoqasida bir chol baliq ovlardi. 4.Havoda o‘tkir ananas hidi gurkirar edi.

Metonimiya (yunoncha «qayta nomlash», «nomini almashtirish») narsa yoki hodisalarning makon va zamonda o‘zaro bog‘liqligi, doimiy aloqadorligi asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishidir. Bunda narsa, harakat va belgi o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik emas, balki doimiy aloqadorlikning mavjudligi birining nomini aytganda ikkinchisini anglash, nazarda tutish imkonini beradi. .

1.Zal oyoqqa turdi. 2.Auditoriya kuldi. 3.Chilonzorda tushaman. 4.Osmon fonarini ham yoqdi shu onda. 5.Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman. 6.Maktab bolalari uchun “G‘uncha” yaxshi. 7.Alisher Navoiy o‘z qalami bilan butun dunyoni zabt etdi. 8.Salim kirib kasalning oyog‘iga o‘tirdi.

1.Besh qo‘l barovar emas. 2.O‘n qo‘li – o‘n hunar. 3.Dunyoda o‘zimizdan qoladigan tuyog‘imiz faqat shu Otabekdir. 4.Kechgacha tuz totmadi. 5.Eshitgan quloq nima deydi. 6.Besh og‘izni qanday boqaman. 7.Bizning eshikka ham kiring aylanay.

Vazifadoshlik narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik, o‘xshashlik asosida nom ko‘chishidir. Masalan, chiroq so‘zi o‘tmishda moy shimdirilgan pilik yordamida yorug‘lik beruvchi moslamani anglatgan. Hozirda esa elektor yoritgichlar ham chiroq deb yuritiladi. Yoki tarixan qamish yoki patdan yasalgan yozuv quroli qalam deb atalgan. Hozir esa grafitli maxsus yasalgan yozuv quroli ham shu nom bilan yuritiladi.

O‘zbek tili leksikasi,ya’ni so‘z boyligi bir qancha manbalar asosida boyib ,rivojlanib boradi.Ularni ikki guruhga ajratish mumkin. 1.Ichki manba 2.Tashqi manba Umumturkiy so‘zlar bir bo‘g‘inli va ochiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni o‘z ichiga oladi:men,ikki,tog‘,bola,dala,tush…

Fors – tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar, asosan, kasb –huarga doir so ‘zlar va turmush uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar.Masalan,anor,barg,poytaxt,baxt, farzand,yakshanba,kaft,kuy,ovoz… O‘zbek tili:o‘t,to‘n,muqova,quyosh,ko‘k… Tojik tili:olov,chopon,jild,oftob,osmon…

Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar ,asosan, fan, maorif, davlatchilik, din, huquq, adabiyotshunoslikka doir.Masalan:ilm,ta’limot,shoir,adib,qalb,a’zo,tabib,vatan, talaba,suhbat.Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida unlilar qo‘sholoq va tutuq belgi ishlatiladi.Misol:muomala,rais,soat,inshoot,tabiiy, qoida, mutolaa,ma’no,ra’no,e’lon,ta’lim


Yüklə 6,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə