Mavzu: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar. • Reja



Yüklə 34,71 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü34,71 Kb.
#144753
Mamadaliyeva Mohichexra



Mamadaliyeva
Mohichexra


Mavzu:
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi xuquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar.

Reja:

O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul
qilinishi.

Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi.



SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga
olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. 
Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo’mitasi
O’zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR 
ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. 
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo’mitasi, prokuraturasi va adliya
organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’sbinlar, Turkiston harbiy
okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda
respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy
Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy
Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun
loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI 
sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.


1991— yil 28-avgust kuni O’zbekiston 
Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 
komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib 
o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning 
SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo’lgan 
fojiali voqealar va respublika partiya 
tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi 
axboroti tinglandi va muhokama qilindi. 
Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS 
MQ bilan har qanday aloqalarni 
to’xtatishga, KPSSning barcha 
tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy 
organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga 
qaror qildi.
1991— yil 31-avgust kuni O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 
Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 
nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda 
yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, 
davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil 
qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz 
tarixiga bevosita daxldor ekanligini har 
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib 
chiqqan holda, O’zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon 
qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun 
bilan mustahkamlashni taklif qildi.



Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy
Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:

«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini
va ozod suveren davlat — O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini
tantanali ravishda e’lon qiladi».

Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini
e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi.


Davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-
noyabrda qabul qilingan va 407-XXI sonli qonun bilan 
tasdiqlangan hisoblanadi.
• Davlat bayrog
ʻ
i to
ʻ
rt rangdan iborat ular: moviy, yashil, oq va qizil 
ranglardan iborat to
ʻ
g
ʻ
ri to
ʻ
rtburchak shaklidadir. Bayroqning eng yuqori 
qismida havorang bilan qoplangan bu esa yurt osmoni doimo tinch, 
osoyishta va mussaffo bo
ʻ
lishini bildiradi. Oq rang esa bayroqning o
ʻ
rta 
qismida joylashgan bo'lib, uning ma'nosi ko'ngil pokligi yurt obodligi 
nishonasidir. Bayroqning quyi qismida yashil rang hilpirab turadi. Bu degani 
yangilanish , shodumonlik , navqironlik ramzi hisoblanadi. Ikki qizil chiziq 
havorang va yashil ranglar o
ʻ
rtasida joylashgan bo
ʻ
lib bu tomirlarimizda 
oqayotgan ajdodlar qonini bildiradi. Bayroqning yuqori qismidagi yarim oy 
va o
ʻ
n ikki yulduz O
ʻ
zbek xalqining birdamliligi va qadimdan barpo 
bo
ʻ
lgan davlatchiligi ramzlaridan hisoblanadi.
Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm ga teng.


O
ʻ
zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-
iyulda Oliy kengashning o
ʻ
ninchi sessiyasida qabul 
qilingan. Gerbda oltin vodiy uzra charaqlab turgan quyosh 
va o
ʻ
ng tomonda ochilib turgan paxta chanoqlari chap 
tarafda esa bug
ʻ
doy boshoqlari tasvirlangan. Gerbning eng 
yuqori qismida davlat birdamliligini anglatuvchi sakkiz 
qirrali yuduz uni ichida esa yarim oy va yulduz tasviri 
bor.Ezgulik ,poklik ,tinchlik va barcha ezgu fazilatlarni 
o
ʻ
zida jo qilgan Humo qushi esa Gerbning markazida 
qanot yozib turadi shuni aytish joizki bularning hammasi 
O
ʻ
zbekiston xalqi madaniyati va ananalariga mos va hos 
tanlangan. Gerbning eng pastki qismida O
ʻ
zbekiston 
bayrog
ʻ
i ichga O
ʻ
zbekiston deb yozib qoyilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin 
“Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat 
tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish 
tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro 
munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini 
belgilab beradi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilishidir.
“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q 
odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi 
millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi”.


“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda 
mustahkamlangan muhim huquqiy 
qoidalar endilikda Asosiy 
Qonunimizning 4-moddasida 
quyidagicha muhrlab qo‘yildi:
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili 
o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi 
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha 
millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va 
an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoit 
yaratadi”.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi 
ikkinchi huquqiy qadam –
Prezidentlik instituti ta’sis 
etilishi va yangi davlat 
ramzlarini tayyorlash bo‘yicha 
komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi 
uchinchi huquqiy qadam – “Mustaqillik 
deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir.



O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning
8-bandida O‘zbekiston “o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, 
madhiya) o‘zi ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam – Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil
etilishiga borib taqaladi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam – Birinchi Prezidentimizning Hindistonga
1991-yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq.

Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol arafasida vujudga kelgan og‘ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz o‘zining asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat
suvereniteti va mustaqilligi sari qat’iyat bilan harakat qilishda davom etdi. O‘sha beorom davrda qabul
qilingan Prezident farmoni va qarorlarida aks etgan muhim huquq va qoidalar keyinchalik
Konstitutsiyamizning asosiy bo‘lim, bob va moddalari sifatida mustahkamlandi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi oltinchi huquqiy qadam – Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir.

Mamlakatimiz rahbarining 1991-yil 31-avgustda, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi, ayniqsa, o‘sha nutqdagi: “Men shu
bugundan e’tiboran 1-sentabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilishni
taklif etaman”, degan otashin so‘zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan manguga yozilgandir.


Parlament deputatlari 
tomonidan loyiha moddama-
modda muhokama qilinib, unga 
yana bir qator o‘zgartishlar 
kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr 
kuni Bosh Qomusimiz qabul 
qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 
dekabr – umumxalq bayrami deb 
e’lon qilindi.

Yüklə 34,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə