Mavzu: pulning va uning vazifalari



Yüklə 475,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix19.02.2022
ölçüsü475,53 Kb.
#83921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
700. PULNING VA UNING VAZIFALARI с паролем.



 

 



MAVZU: PULNING VA UNING VAZIFALARI 

 

                                                  

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Mundarija: 



 

 

Kirish………………………………………………………………………………3 

I. Bob. Pul muomalasi va uning amal qilish qonunlari………………………… 

1.1. Pul massasini tartibga solish muammolari……………………...………..…..19 

1.2. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari…...……….22 

II. Bob. Pul tizimi va uning rivojlanishi…………….......……………………... 

2.1. Hozirgi zamon pulining tabiati……………………………………………….30 

2.2. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalalarini barqarorlashtirish 

usullari………………….…………………………………………………………38 



Xulosa va takliflar……..…………………………………………..…………….48 

Foydalanilga adabiyotlar ro‘yxati…..……………………………..……………50 

 

 


 

Kirish 

Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy 

dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli 

va  ahamiyati  yana  oshib  boradi.  Darhaqiqat,  pul  -  «bozor  tili»  deb  bekorga 

aytishmagan.  Har  bir  iqtisodiy  axborot,  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi,  to’lovlar, 

daromadlar  va  xarajatlar,  moliyaviy  talablar  va  majburiyatlar,  iqtisodiy  aloqalar 

makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. 

Bozor  iqtisodiga  o’tish  sharoitida  pulni  ahamiyatining  oshishi  shundaki, 

jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi -

daromadi  pul  bilan  bog’liq.  Shuning  uchun  ham  pul  barcha  iqtisodiy  rivojlanish 

pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan.

1

 Avstraliyalik iqtisodchi olim K. 



Mengerning  fikricha  Aristotel  va  Platondan  boshlab  XX  asrning  boshigacha  pul 

to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz 

hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha 

marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p 

bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, 

iqtisodga  ta’siri,  nega  alohida  olingan  individumlar  qo’lida  pulning  ko’payishi 

ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi 

pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi 

degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas. 

Pul  va  uning  vazifalari  to’g’risida  mavjud  xorijiy  mamlakatlar 

iqtisodchilarning  qo’llanmalarini  olib  qaraydigan  bo’lsak,  pulning  kelib  chiqishi 

to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va 

evolyutsion  g’oyalardir.  Ratsionalistik  qarashning  asoschilaridan  biri  Aristotel 

bo’lib,  u  pul  kelib  chiqishining  asosini  o’zaro  bir-biriga  teng  qiymatni  harakatga 

keltiruvchi  biror  bir  maxsus  «qurol»,  kishilar  orasida  o’zaro  kelishuv  natijasida 

qabul qilingan shartli birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo’lishiga olib 

kelgan deydi. O’zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda tovarni sotish 

 

1



 

Shodmonov Sh.Sh., Mamaraximov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.: Iqtisod-moliya, 2016. – 

728 bet.

 



 

jarayoni  tovarni  sotib  olish  jarayoni  sifatida  yuzaga  kelgan.  Tovarlar  o’rtasidagi 



proportsiya  tasodifan,  masalan,  sotilishi  kerak  bo’lgan  mahsulotga  talab  qay 

darajada  va  uning  miqdorining  kam  ko’pligiga  bog’liq  holda  o’rnatilgan. 

Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ba’zi tovarlar 

ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib 

keladi. 

Rivojlanishning  birinchi  bosqichlarda  bular  mis,  bronza,  temir  bo’lib 

almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar 

o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham ba’zi chet el 

olimlari,  masalan,  Pol  Samuelson  pulni  sun’iy  sotsial  shartlashish  belgisi1  deb 

izohlangan.  Boshqa  amerikalik  olim  Jon  Gelbreit  qimmatbaho  metallarning  pul 

vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda. 

Pulning  kelib  chiqishini  tadqiqot  qilishda,  u  A.Smit,  D.Rikardolarning 

tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. 

Pulning o’zi ham Tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqich 1 Samuelson P. 

Ekonomika, M.:1964, - 64 b. larini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish 

va  ishlatish  uchun  ma’lum  mehnat  sarflanadi,  shu  mehnat  oltin  va  kumushda 

gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o’lchashning asosi bo’lib xizmat 

qiladi deb ko’rsatgan. 

Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o’xshagan real pullar o’rniga o’z qiymatiga ega 

bo’lmagan  qog’oz  va  kredit  pullar  muomalada  ishlatilmoqda.  Shuning  uchun, 

qog’oz  va  kredit  pullar,  pul  kelib  chiqishi  to’g’risidagi  ratsionalistik 

kontseptsiyaning  to’g’ridan-to’g’ri  isboti  bo’la  olmaydi.  Qog’oz  pullar  yuzaga 

kelguncha  jamiyat  bir  necha  rivojlanish  bosqichlarini  bosib  o’tgan.  Pulning  kelib 

chiqish  tarixi  pulning  evolyutsion  nazariyasi  bilan  ko’proq  bog’liq.  Tovar 

muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har 

xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. 

Lekin  jamiyat  tarraqiyoti  shu  tovarlar  ichidan  ikki  guruh  tovarlarning  ajralib 

chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan 

tovarlar  va  zebu-ziynat  tovarlaridir.  Ishlab  chiqarishning  rivojlanishi 



 

natijasida  dehqonchilik  va  chorvachilikdagi  mehnat  taqsimoti,  tovar  turlarining 



ko’payishi  almashinuv  jarayoninig  yana  rivojlanishini  taqozo  qildi.  Almashuv 

jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini 

(mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo 

qilgan. 


Mamlakatimizning  iqtisodiy  jihatdan  rivojlanishida  ham  pulning  vujudga 

kelishi  hamda  uning  amal  qilishining  o’rni  beqiyosdir.  Pul  tizimining  vujudga 

kelishi  milliy  valyutamiz  so’mning  vujudga  kelishiga  ham  eng  oliy  sabab  bo’ldi 

desak  xato  bo’lmaydi  va  albattaki,  milliy  valyutamiz  orqali  jahon  bozoriga  klirib 

bormoqdamiz. 

Ushbu  kurs  ishida  pul  tizimi  va  uning  amal  qilishi,  pulning  qanday  kelib 

chiqgani, uning mohiyati va vazifalari, pulmuomalasining amal qilish qonunlari, pul 

massasini  tartibga  solish  muammolari,  pul  tizimining  rivojlanishi,  hozirgi  zamon 

pulining tabiati, O’zbekistonda hozirgi bosqichda ul muomalasini barqarorlashtirish 

usullari ko’rib chiqiladi. 

 

 



 


Yüklə 475,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə