Mavzu: qo‘shinlarni statsionar va dala sharoitida joylashtirishga bo‘lgan gigiyenik talablar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/2
tarix21.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#87515
  1   2
Qo'shinlarni dala sharoitida joylashtirish (1)


MAVZU: QO‘SHINLARNI STATSIONAR VA DALA SHAROITIDA JOYLASHTIRISHGA BO‘LGAN GIGIYENIK TALABLAR
Qo'shinlarni doiraiy-kazarmalarga yoki vaqtinchalik dala sharoitida joylashtirish mumkin. Kazarmalarga joylashtirish qo‘shinlarni uzoq vaqt turishlariga moijallangan maxsus binolarga joylashtirishdir. Bunday binolar qo'shin turi va qismlar joylashadigan tumanning iqlim sharoitlarini hisobga olib tanlanadi. Bunday holda kazarmalar, harbiy shaharchalar yoki harbiytexnik qurilmalar qurilishi mumkin. Qo'shinlarni statsionar obyektlardan boshqasiga joylashtirish dala sharoitida joylashtirish deyiladi. Tinchlik vaqtida ham, harbiy vaqtlarda ham dala sharoitida joylashtirish mumkin. Tinchlik vaqtlarida dala sharoitida qo'shinlarni o‘qitish, marsh va dam olish vaqtlarida joylashtiriladi. Qismlami joylashtirishda gigiyenik ta’minotning asosiy vazifasi shaxsiy tarkibning jangovarlik qobiliyatini tiklash va dam olishlari uchun yaxshi sharoit yaratishga yordam berish hisoblanadi.
QO'SHINLARNI KAZARMALARGA JOYLASHTIRISH
Kazarma askar va serjantlami shoshilinch ishlarni bajarilayotganda doimiy joylashtirish uchun moijallangan bino hisoblanadi. Kazarmalarda, shuningdek, siyosiy-yalpi va madaniy-tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Kazarmalar issiq, quruq, yorug', toza havo bilan doimiy ta’minlanadigan boiishi va uxlash krovatlariga, yordamchi xonalarga ega boiishi kerak. Ichki xizmatlar ustavida kazarmalarda quyidagi xonalar ko'zda tutiladi: uxlash xonasi, kanselariya, qurollami saqlash va tozalash xonasi, harbiy xizmatchilaming shaxsiy kiyimlari va rota mulklarini saqlash uchun ombor, yuvinish xonasi, maishiy xizmat ko'rsatish, chekish va tufli tozalash, kiyim va oyoq kiyimiarini quritish xonalari. Mashg'ulotlar uchun kerakli xonalar jihozlanadi.
Uxlash xonalarida bitta harbiy xizmatchi uchun 2,5-4 m2 maydon va 9-12 m3 havo hajmi belgilanadi. Krovatlar bir, ikki qator qilib deraza va tashqi devorlardan 08-1 m uzoqda joylashtiriladi. Har bir harbiy xizmatchi uchun alohida krovat va yotish anjomlari majmuasi (to'shak, odeyal-ko'rpa, yostiq va jild, choyshab, sochiq) beriladi. Krovatlarning hammasi bir xilda joylashtirilishi va ozoda saqlanishi kerak. Tungi dam olish vaqtida harbiy xizmatchilarning kiyimlari taburetkalarda, etik va boshqa shunga o'xshash oyoq kiyimlari krovatning quyi qismi tagida ozoda holda terib qo'yilishi kerak. Yashash xonalarida suv ichish favvoralari o'matilishi va suv tarqatish tarmog'i bo'lmaganda, ichimlik suvi solingan idish va krujka qo‘yilishi kerak. Idishlardagi suv har kuni almashtirilishi shart; haftasiga 1 marta suv idishi va krujkalar dezinfeksiya qilinadi. Yashash va xizmat xonalarida tuflagichlar o'matilish zarur. Yuvinish xonalari suv jo‘mraklari bilan jihozlangan bo'lib, uning yuqori qismiga sovun va tish yuvish anjomlari qo'yiladigan taxtachalar o'rnatiladi. Bu xonada albatta oyoq yuvish uchun maxsus joylar jihozlanishi kerak. Yashash xonalaridagi tozalik uchun navbatchi javobgar hisoblanadi.
Kazarmaning ayrim xonalariga bo'lgan gigiyenik talablar Xonalarning nomlari va ko'rsatkichlar Gigiyenik me’yor Uxlash xonalari 1 ta xizmatchiga ajratiladigan maydon 2,5-4 nr 1 ta xizmatchiga zarur bo'ladigan havo kubaturasi 12 m'
Xona havosining harorati 18°
Yorug'lik koeffitsiyenti 1:8-1:10 Sun'iy yoritilganlik me'yorlari - qism xizmatchilari uchun xona 25 lk - tungi nazorat chirog'ining yoritilish darajasi 5 - soldatlar uchun sinflar 150 - yuvinish xonasi va hojatxona 15 Havo almashinish karralagi Soatiga 1 marta Yuvinish xonalari, hojatxonalar, dushxonalar - 1 ta yuvinish jo ‘mragi 5-7 xizmatchiga -oyoqyuvish vannalari 2-xizmatchiga - 1 ta dush setkasi 15-20 kishiga - 1 ta unitaz, pissuar, o‘tirish joyi 10-12 kishiga Harbiy xizmatchilarni kazarmalarda joylashtirishning muhim bir tomoni shundan iboratki, ularni haftasiga 1 m arta hammomda cho'miltirish va yotish anjomlari, ichki kiyimlari to'liq almashtiriladi. Yuvinish uchun harbiy xizmatchiga alohida sovun, sochiq va dezinfeksiyalangan mochalkalar berilishi kerak. Kazarmalarga joylashtirishni sanitar nazoratidan o'tkazish sanitariyagigiyena qoidalariga va m e'yorlariga rioya qilinganligi, harbiy xizmatchilarning barchasi uxlash anjomlari bilan to'liq ta’minlanganligi, sovunlaming berilishi, shaxsiy gigiyena buyumlari, xonalarining sifatli tozalash va dezinfeksiyalanishi, quritish xonalarning ko‘lami, maishiy xizmat ko'rsatish xonalari jihozlanganligi, harbiy qism hududining sanitariya holatiga e’tibor qaratiladi. Sanitariya tekshiruvi kam deganda oyiga 1 marta o‘tkazilishi kerak. Sanitariya tekshiruvining o‘tkazilganligi haqidagi bayonnoma tuzishda uning tarkibiga quyidagi elementlarni kiritish lozim: bayonnomaning pasport qismi, qism hududi va kazarmalaming sanitar holati, kalamushlar va omborxona zararkunandalariga qarshi olib boriladigan tadbirlarning bajarilishi, axlatlardan tozalash, kirish joylarining holati, oyoq tozalash joylaridagi axlat tushadigan joylaming jihozlanganligi, tamburlar, chiqish yo‘llari va zinalaming holati haqida ma’lumotlar bayon etiladi. Kazarmani birlamchi tekshirishdan o'tkazilganda kazarma tarkibidagi lta xizmatchi uchun ajratilgan maydon va havo kubaturasi yoritilishi kerak. Bayonnomada shuningdek xonalardagi havoning shamollatish sifati, xonalarning tabiiy va sun’iy yoritilganligi, isitilishi (qish faslida), kazarmadagi asosiy xonalardagi havo harorati ko‘rsatilishi shart. Kazarmada harbiy xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini, ustki kiyimlarini saqlash xonalari, ichimlik suvi bilan ta‘minlanganligi, bachoklarning holati, xonalarni tozalash tartibi va ularning sanitar holati, yotish anjomlarining almashtirilishi, to‘shaklaming vaqti-vaqti bilan qoqib tutilishi bayon etiladi. Shuningdek, kazarmada hojatxona, yuvinish xonalari, maishiy xizmat ko'rsatish xonalarining mavjudligi va ulaming sanitar holati ko‘rsatiladi. Bayonnomaning xulosa qismida kazarmaning umumiy holatiga “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” mezonda baho berilib, aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf qilish uchun takliflar va tavsiya etilgan tadbirlarning bajarilishi uchun muddat belgilanadi. Bayonnoma tekshirishda ishtirok etgan lavozimli shaxslar tomonidan imzolanadi va kamchiliklarni bartaraf qilish muddatlari qism komandiri bilan kelishiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə