Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə1/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1




MAVZU: TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI


KIRISH

  1. BOB. Turoperatolik faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari

    1. Turoperatorlik tush

    2. Turoperator turizm bozorining sub’ekti sifatida.

    3. Xalqaro turlarni tashkil etish.




  1. BOB. “Tomas cook Group” kompaniyasi rivojlanishi

2.1. Tomas Kuk – zamonaviy turizm asoschisi
2.2 Tomas Cook turoperatorlik kompaniyasi tarixi
2.3 Kompaniyaning bugungi kundagi faoliyati


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmokda.
Turoperatorlar faoliyati bosh yo‘nalishi ommaviy iste’mol talablariga mo‘ljallangan turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Ulgurjichilar seriyali xizmatlarni yig‘ib komplektlashadi. Ularni safar marshrutlarini standartlash, dasturlar va kompleks xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan turistlarga yagona paketda (pekij-turlar) sotadilar. Bu esa ularga bozorga raqobatbardosh takliflar bilan chiqishga imkon beradi.
Turoperatorlar tomonidan tashkil qilingan xizmat ko‘rsatish turlari uzoq yillar davomida sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. Xizmat to‘plamlari ular tomoniga kamayayotgan pekidj – turlar evolyutsiyasi ruy berayapti. Bir tomondan turistik firmalarni bu qisqartirishga o‘tkir raqobat majbur etayapti. Mijoz uchun kurashda har birturoperator jalb qiladigan narxlarni belgilashga intiladi. U paketdan ayrim xizmatlarni chiqarib tashlaydi. Bu bilan arzon safar tasavvurini uyg‘otadi. Masalan, ko‘pchilik firmalar o‘zlari sotayotgan safarlarda faqat marshrut bo‘yicha joydan-joyga olib borish va aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga va yana orqaga transferni saqlaydi. Boshqa xizmatlar (ovqatlanish, ekskursiya, bagajni olib borib berish va boshq.) ni turistlar safar chog‘iga qo‘shimcha pul to‘lash orqali olishadi. Natijada sayohatchilarning asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga harajatlari 60 ga 40 nisbatga keladi. Bunday proporsiyaga turgan gap turizm infrstrukturasi yuksak rivojlangan sharoitda (kofe, barlar, attraksionlar, kazino va boshq.) gina erishiladi.
Turoperator xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadigan turistik firma(tashkilot)dir.
Turoperator - bu turistik paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadilar.
Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardantanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi. Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to‘g‘ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi.
Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to‘ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachisifatida keladi.
Birinchi holda, ya’ni, turoperator paket shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, ya’ni, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud.
Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‘zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo‘ladi. Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
Turlarni iste’molchining o‘ziga, turistga chakanalab sotishni turistlik agentligi (yoki qisqacha turagentlik) amalga oshiradi. Ba’zan turoperator o‘z huzurida maxsus strukturaviy bo‘linma - faqat turistlarga ko‘rsatishnigina emas, balki barcha agentlik ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan ham shugullanuvchi turlarni chakanalab sotish bo‘yicha markaziy turistlik agentligini tuzishi mumkin. Amaliyotda turizm sohasidagi korxonalar ichida turoperatorlarning soni 5 % dan oshmaydi, turagentliklar esa 95 % ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, turoperator turistlik mahsulotni iste’molchi (turist) oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistlik mahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borishni amalga oshiradi. Odatda turoperatorlik funksiyasini amalga oshirish uchun korxonani shundayligicha yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs ma’lumotiga ega bo‘lmagan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishigina emas, balki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya ham olish zarur. Masalan, Rossiyada litsenziya olish faqat xalqaro turistlik faoliyatni amalga oshirishda talab etiladi. Ichki turizm sohasidagi faoliyatda litsenziya va maxsus ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. O‘zbekistonda esa ichki va xalqaro turizm uchun yagona litsenziya zarur.
Turoperator turistlik mahsulot iste’molchisi oldida javobgar hisoblanadi, iste’molchi ko‘pgina turli xil korxonalar xizmatini o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishlar paketini aynan undan sotib oladi. Bu javobgarlik turoperatorning tegishlicha kafolatlarini (ma’lum summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank kafolati, agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo‘lsa, malakaviy javobgarlikni sug‘urtalashni nazarda tutadi. Turli mamlakatlarda javobgarlikning ta’minlanish darajalari turlicha belgilangandir, masalan, 10 dan 250 ming USD.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə