Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə1/10
tarix19.03.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#84571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot


Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari

Skelet (skeletos – quritilgan) organizmda tayanch bo‘ladigan zich to‘qimalar (tuzilmalar yig‘indisi)dan iborat. Skelet bir qancha alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalar, boylamlar va tog‘aylar vositasida o‘zaro birlashib turadi hamda sust harakat apparatini hosil qiladi. Skelet organizmda, asosan, tayanch, harakat va himoya vazifasini bajaradi.

1. T a ya n ch v a z i f a s i – yumshoq to‘qima va a’zolarning skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi.

2. H a r a k a t v a z i f a s i – skeletni tashkil qilgan suyaklarning har xil richaglar hosil qilib, bo‘g‘im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi.

3. H i m o ya v a z i f a s i – skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo‘shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig‘ilib, orqa miyaning joylashishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan hosil bo‘lgan – kallaning miya bo‘shlig‘i, yurak va o‘pkaning saqlanishiga moslangan ko‘krak qafasi, jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirdan saqlab turadigan chanoq bo‘shlig‘i shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, suyaklar organizmning biologik muhofazasini bajaradigan va to‘qimalarga kislorod yetkazib beradigan qon tanachalarini vujudga keltiradigan ko‘mikni ham saqlab turadi. Odam skeleti kalla suyagining tepa bo‘lagi va yuz qismining ba’zi suyaklari, o‘mrov suyaklarining ko‘pgina qismlari bundan mustasno. Embrionning o‘rta varag‘i – mezoderma uch davrda: 1) biriktiruvchi to‘qima (parda) davri; 2) tog‘aylanish va 3) suyaklanish davrlarida rivojlanadi.


Anatomiyada tana qismlarining fazodagi holatini o’rganishda o’zaro perpendikular sathlardan foydalanadilar. Bular sagittal, frontal va gorizontal sathlardir. Sagittal sath deb tananing oldingi va orqa tomonidan kesadigan yuzaga aytiladi. Sagittal sath odam tanasini chap va o’ng bo’laklarga bo’ladi. Frontal sath tananing ikki yon tomonidan kesib o’tadigan, peshonaga parallel bo’lgan (peshona suyagi lotincha “os frontale”) yuzaga aytiladi. U tanani oldingi va orqa qismlarga ajratadi. Gorizontal sath frontal va sagittal sathga nisbatan perpendikular, 90o burchakda joylashadi. U tanani yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi. Sathlarni inson tanasining istalgan qismidan o’tkazish mumkin va ularning soni cheklanmagan. Gorizontal sathda ajratilgan tana qismlarining inson boshiga yaqin tomonini superior (yuqori) deb, oyog’iga yaqin tomonini esa inferior(pastki) deb nomlanadi. Sagittal sathda ajralgan tana qismlari dexter(chap) va sinister(o’ng) deb, frontal sathda ajralgan tana qismlari anterior(oldingi) va posterior(orqa) deb yuritiladi.




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə