Mavzu: yoriq va karst suvlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/3
tarix21.05.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#87582
  1   2   3
8 - Ma\'ruza

Mavzu: YORIQ VA KARST SUVLARI.

Reja:

  • Yer osti yoriq suvlari magmatik (granit, granodiorit, porfirlar, dioritlar va b.q.), metamorfik (gil slanetslari, argillitlar, marmarlar va b.q.), cho‘kindi (ohaktoshlar, qumtoshlar, dolomitlar va b.q.) qoya tog‘ jinslari bila, bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Ma’lumki yuqoridagi guruhga kiruvchi qoya tog‘ jinslari tabiiy tarqamish sharoitiga, er satxiga nisbatan yotish chuqurligiga qarab, ana shu jinslar tarqalgan hududning o‘tgan va hozirgi zamondagi tektonik sharoitiga qarab, o‘zlarining tabiiy holatini turlicha darajada saqlangan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda u yoki bu darajada nurash jarayoniga uchragan har xil o‘lchamdagi yoriqlarni hosil qilgan bo‘ladi. Ana shu yoriqlarga atmosfera yog‘ining, er usti suv oqimlarining sizib kirishi oqibatida vujudga kelgan va harakat qiluvchi suvlarni gidrogeologiya fanida er osti yoriq suvlari deb ataladi.
  • Yer osti yoriq suvlari geologik omillarining, ya’ni tog‘ jinslari va ulardagi mavjud yoriqlarning xillariga qarab litogenetik yoriq suvlarga, qatlamlararo yoriq suvlarga va nixoyat tektonik yoriq suvlariga bo‘linadi.
  • Litogenetik yoriq suvlar hamma qoya tog‘ jinslarining nurash jarayoni ta’sir etgan zonasida uchrab, har xil qalinlikda bo‘ladi, oqish chuqurligi 100-200 m boradi va tog‘ jinslarini nurash jarayoniga uchraganlik darajasiga, yotish holatiga, hamda er osti suv oqimi ta’sirida qirqilganligiga qarab, ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi.

1-rasm. Qatlamlararo Yoriq suvlarning vujudga kelish va xarakat qilish sxemasi: 1-suv o‘tkazmaydigan qatlamlar; 2-nurash jarayoniga uchragan qoya ohaktoshlarining nurash zonasida yoriq yer osti suvlarining vujudga kelishi; 3-qatlamlararo yoriq suv satxi; 4-qatlamlararo yoriq suvlarning xarakat yinalishi; 5-qoya ohaktosh qatlamining nurash jarayoniga nisbatan uchramagan yoki kam uchragan qismi

  • Shu bilan birga turli litologik, mineralo-petrografik tarkibiga ega bo‘lgan tog‘ jins qatlamlarida vujudga kelgan suvlar bir-birlari bilan o‘zaro gidrovlik bog‘langan bo‘lib, bir qatlamdagi suvni tarkibini, yillik, ko‘p yillik rejasini o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
  • Qatlamlararo yoriq suvlar, o‘zidan deyarli suv o‘tkazmaydigan (gil jinslari, argillit va b.q.) jinslar oralig‘ida uchrovchi ohaktoshlar, qumtoshlarning yoriqlarida vujudga keladi).
  • Yoriq suvlar, yer yuzasiga nisbatan turlicha chuqurliklarda, har xil ginetik turdagi yoriqlarda vujudga kelishini, hamda gidravlik hususiyatlarini hisobga olib, ginetik nuqtai nazaridan, ularning yoriq grunt suvlari, tomirli (jilni), tomirli-yoriq bosimli er osti suvlari gruhlariga ajratiladi. Yoriq grunt suvlari tog‘ jinslarini nurash yoriqlarida paydo bo‘lgan er osti suvlari bo‘lib, er yuzasiga yaqin joylashganligi bilan harakterlanadi. Yoriq va yoriq-tomirli bosimli suvlar tektonik regional va lokal chuqur yoriqlarida paydo bo‘ladi va er yuzasiga nisbatan turlicha chuqurliklardan o‘rin olgan suvlar bo‘lib, yoriq grunt suvlariga nisbatan er qoyuig‘ining ancha chuqur qismlarida harakat qiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə