Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 25,83 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü25,83 Kb.
#166723
INVESTITSION FAOLIYATNI KUCHAYTIRISH VA UNING SHART



DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI TALABASI
BO’TAYEV ANVARNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN O’ZBEKISTONDA INVESTITSION FAOLIYATNI KUCHAYTIRISH VA UNING SHART SHAROITLARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Tayyorlovchi: A.Bo’tayev
Qabul qiluvchi: N.Eshqobilova


Denov-2022

Milliy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan shu yildagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilgan asosiy vositalarning eskirgan qismiga (eyilgan) teng miqdorda ammortizatsiya ajratmalari ajratiladi. Bu ajratmalar asosiy vositalarni qayta tiklash uchun ishlatiladi. Yalpi ichki mahsulotning qolgan qismi (sof ichki maxsulot) ya’ni, yangidan vujudga keltirilgan mahsulot sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi milliy daromadni tashkil etadi. Undan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng



ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat bo‘ladi.
Moddiy iste’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli xil buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qish yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish, o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolari moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi.

Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning shu yildagi hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:



bu yerda:

Y  C  S ,

Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad; C – iste’mol miqdori;
S – jamg‘arma miqdori.
Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Aholi

daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida vaqtincha sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi holati yuz berishi mumkin. Lekin jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday etishmaslikni to‘ldiradi. Ikkinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni amalga oshirsalar ishlab chiqarishning uzluksizligi ta’minlanib, doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromadning hajmi va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Uning hajmi yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmalari hamda biznesga egri soliqlarni chegirib tashlash orqali aniqlanishi 14-bobda aytilgan edi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin korxonalar va aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Shaxsiy iste’mol va jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyoridagi yoki sof daromad deb ataymiz. Demak, bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga

harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol pasayib, jamg‘arma esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol – uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:
C  f (Y ) .

Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (16.1-rasm). Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi.
F
S

V


C0

0 Y1 Y
16.1-rasm. Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri1

Har ikkala o‘q o‘rtasidan 45 ostida o‘tuvchi 0F to‘g‘ri chiziq iste’mol sarflari va ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. 0Y o‘qidagi har

1 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.

qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0S o‘qning tegishli miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi sof daromadning barcha hajmini to‘liq iste’molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda doimo ham ro‘y beravermaydi. Iste’mol sarflari miqdori ba’zida joriy sof daromadlar miqdoridan past bo‘lishi, ba’zida esa oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun iste’mol egri chizig‘i S sof daromad 0F chizig‘iga mos tushmay, unga nisbatan ma’lum darajada og‘adi. Har ikkala chiziqning o‘zaro kesishgan V nuqtasi «0 darajadagi jamg‘arma»ni anglatadi. Bu nuqtaning chap tomonida iste’mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu manfiy jamg‘arma deb ataladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda har doim ham iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, biron- bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste’mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi.
Rasmdagi V nuqtaning o‘ng tomoni esa ijobiy (musbat ishorali) jamg‘arma deb ataladi. Aynan V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg‘arma miqdori ortib boradi. Rasmdagi daromadning Y1 darajasida iste’mol miqdori E1E0 kesmadan, jamg‘arma miqdori esa E0E2 kesmadan iborat bo‘ladi.
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi (16.2-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy

jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E0E2 kesma sof daromadning Y1 darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.
Yüklə 25,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə