Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari barcha davlat sektori institutsional birliklariga taalluqlidir



Yüklə 34,86 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü34,86 Kb.
#166827
dsmhxs 1-oraliq


1. Davlat sektorida hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishning jahon amaliyotida ikki modeli bor (6.1-rasm). 6.1-rasm.
Xalqoro amaliyotda davlat budjeti ijrosi natijalari bo’yicha hisobotlar davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa usuli, hisoblash usuli, modifikatsiyalashtirilgan hisoblash usuli asosida shakHantiriladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash usulida sodir bo’ltan barcha hodisalar sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Barcha akgivlar qiymati ulardan foydalanish davri davomida ularning xizmat qilish muddatiga mutanosib ravishda eskirish hisoblanib, bu eskirish summasi xarajatlarga amortizatsiya sifatida qo’shib boriladi.
Hisoblash usuliga asoslangan Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qabul qilingan bo’lib, ushbu standartlardan biri «Moliyaviy hisobotning taqdim etilishi» 1 - DSBHXSdir.
Mazkur Standart talablari davlat korporatsiyalaridan tashqari barcha davlat sektori institutsional birliklariga taalluqlidir.
Mazkur Standart davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq hisoblash metodidan foydalanib tuziladigan va taqdim etiladigan ko’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan barcha moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda qo’llaniladi.
Mazkur Standartning maqsadi institutsional birlikning o’tgan davrlar uchun tuegan moliyaviy hisoboti bilan hamda boshqa institutsional birliklarning moliyaviy hisoboti bilan solishtirish mumkinligini ta’minlash uchun qo’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini o’rnatish hisoblanadi.
Bu maqsadga erishish uchun mazkur Standartda hisoblash metodidan foydalanib tayyorlangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha bir qator 95 umumiy mulohazalar, moliyaviy hisobotning tarkibi bo’yicha tavsiyalar va moliyaviy hisobot mazmuniga minimal talablar belgilangan.
Ko’pchilik foydalanishi uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobot - o’zlarining aniq ma’lumotlarga bo’lgan talablariga muvofiq hisobotlarning shakllarini o’zgartirishni talab qila olmaydigan moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish uchun tayinlangan hisobotdir. Mazkur Standart moliyaviy faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda hisobot davridagi institutsional birlikning foydalari yoki zararlari haqidagi ma’lumotlarni «nazorat qiladigan institutsional birlikning egasiga tegishli foydalar yoki zararlar» va «kamchilikni qiziqishiga tegishli foydalar yoki zararlar» o’rtasida bo’lingan holda alohida taqdim etishni talab qiladi.
«Moliyaviy hisobotning taqdim etilishi» 1 - DSBHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda talablar belgilangan. Jumladan,
a) Foydalanuvchilar talabiga mos qarorlar qabul qilish imkoniyati bo’lishi
b) Ishonchli bo’lishi bunda: - moliyaviy holati va moliyaviy natijalari asoslangan holda aks ettirilishi; - hodisa va muomalalarni faqat yuridik shaklini emas balki iqtisodiy mazmunini ham aks ettirish; - holislik; - hamma jarayonni qamrab olish.
Xalqaro amaliyotda Davlat moliyasi statistikasida hisobotlarni shakllantirish uslubiyoti alohida ahamiyatga ega. Umuman davlat budjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzishda yuqorida takidlab o’tilgan xalqaro tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

6.2. Davlat sektorida hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o‘tishning “Katta shok” modeli Hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishning «Katta shok» metodi qo’llanilganda davlat boshqaruv sektorining barcha sub’yektlari qisqa vaqt ichida davlat sektorida hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tkaziladi. Bu tartibda hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishning afzalliklari va o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Uning afzalliklari bo’lib davlat boshqaruv sektorining barcha institutsional birliklarida o’zgarishlarning qo’llab - quvvatlanishi, tezda natijalarga erishish va avvalgi holatga qaytmaslikning oldini olish hisoblanadi.


Hisoblash usuliga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tish ushbu modelining kamchiliklari bo’lib, paydo bo’layotgan masalalarni hal qilish uchun vaqtning yetishmasligi va siyosiy ishonchga putur etish xavfi hisoblanadi.
Hisoblash usulidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari hisoblash (moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo’yicha tuzilishi kerak) hamda faoliyatni uzluksizligi (moliyaviy hisobot odatda tashkilot faoliyat ko’rsatyapti va operatsion 96 faoliyatini bundan keyin ham davom ettiradi degan taxmin asosida tuziladi) tamoyillariga asoslangan.
Hisoblash usuliga asoslangan moliyaviy hisobot tarkibi: > moliyaviy holati haqida hisobot; > faoliyatning moliyaviy natijalari haqida hisobot; > sof aktiv/kapital o’zgarishi haqida hisobot; > pul mablag’lari harakati haqidagi hisobot; > tasdiqlangan budjet. Moliyaviy holati haqida hisobotda taqdim etiladigan axborotlar - asosiy vositalar, investitsion ko’chmas mulk, nomoddiy aktivlar, moliyaviy aktivlar, investitsiyalar, zaxiralar, almashuvsiz muomalalardan tushum (soliq va transfertlar), valyuta almashuv muomalalaridan tushumlar, pul mablag’lari va pul ekvivalentlari, to’lanadigan soliqlar va transfertlar, valyuta almashuv muomalalariga tulovlar, rezervlardan iborat. 6.3. Davlat sektorida hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o‘tishning “Bosqichma-bosqich” modeli Hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishning «Bosqichma - bosqich» metodi qo’llanilganda buxgalteriya hisobida avvaldan qo’llanib kelingan usullar asosida bosqichma - bosqich tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi, amaldagi normativ - huquqiy hujjatlar qayta ishlanadi yoki yangi normativ - huquqiy hujjatlar tayyorlanadi, moliyaviy hisobotning tegishli formatlari aniqlanadi va keyingina davlat boshqaruv sektorining barcha institutsional birliklarida hisoblash metodi bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishga o’tiladi. Bu tartibda o’tishning afzalliklari bo’lib, hisoblash metodi bir necha yil davomida sinab ko’rish, bu sinash davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni hal qilish hamda parallel davlat sektorining barcha institutsional birliklarida kassa metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish mumkinligi hisoblanadi. Hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishning «Bosqichma-bosqich» metodining kamchiligi bo’lib, ikki tizimning bir vaqtda yuritilishi, o’zgarishlarning barchasini qamrab ololmasligi va hisoblash metodiga o’tish jarayoni uzoq, yillarga cho’zilib ketganda harakat kuchini yo’qotib ko’yish xavfi borligi hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ko’pgina mamlakatlarda o’tishning shu metodi qo’llanib kelinmoqda. Hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tish uchun tegishli buxgalter kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash talab qilinadi. Hisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishga o’tishda davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini qayta tashkil qilish zaruriyati tug’iladi. Bu ish ham ko’p yilga cho’zilishi mumkin.


2. Mamlakatlararo tizimning shakllanishi bilan parallel holda xalqaro buxgalteriya hisobi tizimi, yagona hisob va hisobot berish xalqaro tizimiga milliy regional hisob tizimlarining yaxlit bir butun qilib birlashtirilishi bo’lib o’tdi. XX asrda iqtisodni internatsionalizatsiya qilish bo’lib o’tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi internatsionalizatsiya qilindi. Bu bir qancha muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi: > xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish; > xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo’ysunish; > xalqaro biznes bilan moslikda information - boshqaruv tizimini tashkil qilish; > joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks ettirish. Qilingan ishlar natijasida BMT vakillari xulosaga kelishdiki, turli mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotni topshirishga xilma - xil qarashlar mavjud bo’lsa ham, dunyo xo’jaligi va moliyaviy bozorlarning internatsionalizatsiyalashuvini aks ettiruvchi umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur. Shu maqsadlar uchun ham buxgalteriya hisobi Xalqaro standartlar yoki Standartlar bo’yicha Komitet (International Accountins Standart Commitee - IASC) tashkil topgan. Bu Komitetning bosh maqsadi imkon boricha turli mamlakatlarning hisob standartlari va hisob siyosatini uyg’unlashtirishdir. IASC standartlarni ishlab chiqishda faqat asosiy hisob parametrlariga, standartlarni juda mukammal qilishga urinmay, alohida olingan mamlakatda ularning qo’llanilishi qiynab qo’ymasligiga ahamiyat beradi. 1983 yildan 2001 yilga qadar MHXSK tarkibiga Buxgalterlar Xalqaro uyushmasiga a’zo bo’lgan barcha buxgalter va auditorlar MHXSKga 2 million buxgalterning vakili hisoblangan 112 mamlakatning 153 a’zosi kirgan. MHXSK faoliyatiga uning a’zosi bo’lmagan boshqa tashkilotlar ham jalb qilingan. MHXSKning faoliyatini professional buxgalterlardan tashqari ko’pchilik biznes hamjamiyatlari, kompaniyalar moliyaviy rahbarlari, moliyaviy tahlilchilar, fond birjalari, bankirlar, huquqshunoslar hamda qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va ularni sotishni boshqaruvchi agentlar qo’llab quvvatlamoqdalar. Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari Kengashi Xalqaro buxgalterlar uyushmasi (1977 yilda tashkil bo’lgan) tarkibida bo’lgan. Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari Kengashi a’zolari Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan tayinlanadi. Jami 18 ta a’zo bo’lib, 15 tasi Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan, 3 tasi jamoatchilikdan tavsiya etiladi. 102 Kengashning jamoatchilik a’zolari har qanday shaxsdan yoki tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin. Bundan tashqari Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari kengashiga cheklangan miqdorda davlat sektorida moliyaviy hisobotga manfaatdor organlardan kuzatuvchilar tayinlanadi va ular yig’ilishda fikr bildirish huquqiga ega lekin ovoz berish huquqiga ega emas. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi tomonidan maslahat guruhi tashkil etiladi va ular ishchi guruh hisoblanib, ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Maslahat guruhi rahbari bo’lib Kengash raisi hisoblanadi. Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari Kengashining maqsadi: 1. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini chop etish; 2. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini qo’llash, butun dunyodagi standartlarni mazkur standartga yaqinlashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish 3. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi qo’llashga oid masalalarni qamrab olgan boshqa hujjatlarni chop etish.
Quyida MHXSKning 2000 yil 1 yanvar holatiga strukturasini keltiramiz. 2001 yilda uning tarkibi qisman o’zgartirilganligini aytib o’tamiz3 . MHXSKning asosiy tuzilmasi uning Ustavi bilan belgilangan. Yuqorida aytib o’tganimizdek MHXSKning a’zolari asosan Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasiga a’zo bo’lgan barcha buxgalter va auditorlar professional tashkilotlari a’zodirlar. Uning a’zolari barcha faoliyat uchun javobgarlikni uning Ustaviga binoan MHXSK Boshqaruviga topshirganlar. Boshqaruv qator huquqlarga ega bo’lib, shu jumladan:  jamoatchilik hukmiga xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli munozarali va muammoli masalalarni, agar ularni chop etishga Boshqaruv a’zolarining ko’pchiligi ovoz bergan bo’lsa, havola etish;  MHXSK nomidan jamoatchilik hukmiga “Standartlarning dastlabki (taxminiy) varinatlari” ko’rinishidagi hujjatlarni havola etish;  Boshqaruv a’zolarining to’rtdan uch qismi ovoz bergan hollarda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari ni nashr qilish va boshqalar. MHXSK tomonidan Standartni nashr qilish jarayoni:  Dastur haqida qaror;  Boshqarma tomonidan Tayyorlov qo’mitasining tayinlanishi;  Asosiy momentlarni rejalashtirish: -loyihaning amal qilish sohasini aniqlaydi; -tayyorlov qo’mitasi tayyorlaydi, boshqarma tasdiqlaydi;  Printsiplarning loyihaviy shakllantirilishi. Izohlarni yig’ish maqsadida Tayyorlov Komiteti tomonidan chiqariladi  Printsiplarning oxirgi tasdiqlanishi: -tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi -boshqarma tomonidan tasdiqlanadi  Standartning dastlabki varianti: -tayyorlov Komiteti tomonidan tayyorlanadi; - boshqarma tomonidan tasdiqlanadi; -jamoatchilik mulohazalarini o’rganish maqsadida chop etiladi MHXSK rasmiy nashrlari uch asosiy kategoriyalarga bo’linadi:  Moliyaviy Hisobotni tayyorlash va taqdim etishning Kontseptsiyalari;  Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari;  Interpretatsiyalar (izohlar). MHXSK o’z Standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari deb nomlangan seriya sifatida nashr etadi. Standartlar tartib bilan raqamlangan bo’lib, agar biror bir standart qayta ko’rib chiqilsa, uning eski raqami saqlanib qoladi, lekin qayta ko’rib chiqish sanasi qavs ichida ko’rsatiladi. Odatda Standartlar MHXSK tomonidan u ishlab chiqilgan sanadan boshlab 30 kun ichida nashr qilinadi. Taklif qilinayotgan standartlar esa alohida raqamlanib, TQS kabi belgilanadi va ular alohida nashr etiladi. 3 M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.10- 13. 13 1998 yilda “Deloitte & Touche” auditorlik firmasidan Stig Enevolden MHXSK Boshqaruv Raisi etib tayinlangan edi. MHXSK Boshqaruviga Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Meksika, AQSh kabi mamlakatlar vakillari a’zodirlar. Ular “Deloitte and Touche”, “KPMG”, “PricewaterhouseCoopers” kabi yirik firma va kompaniyalar vakillaridirlar. Boshqaruv tomonidan ma’muriy masalalar bo’yicha Ijroiya Komitet tayinlanadi. Ijroiya Komitet tomonidan quyidagi vazifalar bajariladi: - MHXSKning strukturasi, rejasi va tashkil ‘tilishi; - Standartlarni tavsiya etish bo’yicha faoliyat; - Byudjet va moliya; - Tayyorlov Komitetlariga a’zolikning shartlari va tayinlanishi; - Boshqaruv yig’ilishlarini o’tkazish joyi va vaqtini belgilash; - Bosh Kotibni tayinlash; - MHXSKning majburiy rasmiy jarayoni; - Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va a’zolari bilan o’zaro aloqalar. 1981 yilda MHXSK Boshqaruvi Maslahat guruhiga asos soldi. Maslahat guruhiga yirik tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, ular jumlasiga  Evropa Komissiyasi;  Fond Birjalar Xalqaro Federatsiyasi;  AQSh moliyaviy hisobot standartlari bo’yicha Boshqaruvi;  Xalqaro Savdo Palatasi;  Buxgalterlik Ta’limi va tadqiqotlari Xalqaro Assotsiatsiyasi;  Mehnat Konfederatsiyasi;  Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (IFC);  Baholash Standartlari bo’yicha Xalqaro Komissiya;  Jahon Banki;  Xalqaro iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti;  BMTning transnatsional korporatsiyalar va investitsiyalar bo’yicha bo’linmasi kiradi. Standartlarni ishlab chiqishda maxsus Tayyorlov Komiteti faoliyat ko’rsatadi. Ushbu Komitet dastlabki tadqiqotlarni o’tkazib, masalalar rejasini hamda ularning sharhini beradi. Jamoatchilik fikr-mulohazalarini o’rganish asosida printsiplarning yakuniy formulirovkasini Boshqaruvga taqdim etadi. Komitet Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari loyihasining dastlabki variantini ishlab chiqadi va taqdim etadi. Yuqoridagi vazifalarni o’z vaqtida amalga oshishini ta’minlash maqsadida Interpretatsiya bo’yicha Doimiy Komitet tuzilgan. Hozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida moliyaviy hisobotning ikki global tili yanada ko’proq tan olinmoqda: AQSh buxgalteriya hisobi umumqabul qilingan printsiplari (US GAAP) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Moliyaviy xisobot aniqligi va yakunlanganligi, uning global kompaniyalar tomonidan foydalanish extiyojlari tufayli ko’proq Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga murojaat etishmoqda. MHXS asosida tayyorlangan hisobotni juda ko’p mamlakatlar qimmatbaho qog’ozlar bozorlari tomonidan e’tirof etilmoqda.

3. Xalqaro amaliyotda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini qo’llash ikki yondashuvda amalga oshirilmoqda, ya’ni: > Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartini to’g’ridan - to’g’ri qabul qilish bunda xalqaro standartlardan o’zgarishsiz foydalanish; > Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida milliy hisob va hisobot tizimini shakllantirish. Shvedsariya tajribasi Shvedsariya 20 - asrning 70 - yillarigacha davlat sektorida buxgalteriya hisobi «ananaviy» modelda - kassa usulida yuritilgan. Shu yildan boshlab buxgalteriya hisobini hisoblash usuliga o’tkazish bo’yicha islohatlar boshlangan. Federatsiya darajasida buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi kontseptsiyasini (New Accounting Model, NAM) 2002 yildan boshlandi. Shvedsariyada amaldagi buxgalteriya hisobini isloh etish zaruriyatiga quyidagi sabablar asos bo’lgan: ❖ Buxgalteriya hisobini markazlashmagan holda yuritilishi; ❖ Faqat kassa usulini qo’llanilishi; ❖ Moliyaviy hisobotlarni axborot imkoniyatlarining pastligi; ❖ Yagona tartibdagi moliyaviy axborotlarga bo’lgan hukumatning hamda jamiyatning talabi; ❖ Davlat moliyasini boshqarish tizimida yagona axborotlarga talab. Buxgalteriya hisobini isloh etishda uslubiy ba’za sifatida Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (IPSAS) olingan va 2004 yilda to’la foydalanish belgilangan hamda qonunchilik darajasida tan olingan. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi modelini qo’llash quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: ❖ Parlament tomonidan moliyaviy boshqaruv to’g’risidagi qonunni maqullash; ❖ Federal kengash tomonidan moliyaviy boshqaruv to’g’risidagi qonunni joriy qilish bo’yicha qarorini maqullash; ❖ Buxgalteriya hisobi va hisoboti yangi modelini qo’llash bo’yicha qaror qabul qilish; ❖ Buxgalteriya hisobi va hisoboti yangi modelini asosida shakllantirilgan birinchi budjetni maqullash; ❖ 2010 yilda Buxgalteriya hisobi va hisoboti yangi modelini asosida birinchi konsolidatsiyalashgan hisobotni maqullash; Buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi modelini qo’llashni amalga oshirish uchun Shvedsariyada mutaxassislarni qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi va Bernda IPSAS instituti tashkil qilindi. Bu institutning funktsiyasi davlat 105 sektorida moliyaviy hisobotlami tuzish bo’yicha mutaxassislar o’rtasida axborot va tajriba almashishni tashkil etishdan iborat.



Buyuk Britaniya tajribasi Buxgalteriya standartlari bo’yicha Britaniya kengashi 80 yillarda tashkil etilgan (ASB). Bu kengashning asosiy vazifasi standartlarni ishlab chiqish hamda qo’llash bo’yicha tavsiyalarni berishdan iborat. Milliy hisob tizimini shakllanishi mamlakatning iqtisodiy holati, biznesning milliy va ananaviy xususiyatlari, soliq qonunchiligi, boshqa mamlakatlar hamda buxgalteriya tizimi bilan aloqalar ta’sirida amalga oshirildi. 1995 yildan budjetlashtirish va moliyaviy hisobotlarni tuzish IPSAS standartlari asosida hisoblash usulida amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilindi. Ushbu bosqich bosqichma - bosqich amalga oshirilib, 2007 yil 31 martdan (moliya yili oxiri) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish belgilandi. Frantsiya tajribasi Buxgalteriya hisobini isloh etish 2001 yildan boshlandi va bu budjet to’g’risidagi qonunda belgilandi. Unga ko’ra 2005 yil 1 yanvardan davlat hisobotlarini tuzishda an’anaviy usul modifikatsilashgan kassa usulini saqlagan holda hisoblash usuliga o’tish belgilandi. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (International Public Sector Accounting Standards (IPSAS)) - davlat sektoridagi tashkilotlarda (davlat ishtirokidagi tijorat korxonalaridan tashqari) yuqori sifatda jahon standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 1. Mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish; 2. Hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi; 3. Hisobni yuritishda to’la foydalanish uchun qabul qilish (standartlardan o’zgartirishlarsiz foydalanish). Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo’llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tuzishga shuningdek, davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to’liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati 106 yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majbuгiyatlari qandayligi va uni o’z resu^lm bilan qanday boshqaгayotganligi shuningdek, moliyaviy holatni tushinish asosida chet el investitsiyalarini hajmini oshishi va donoriik mablag’larini ko’payishi imkonini beradi hamda davlat sektorida moliyaviy intizom darajasini oshiradi.
Yüklə 34,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə